• Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari
  • Nazorat uchun savollar
  • Aylanma mablag‘larni hosil qilish manbalari




    Download 4,89 Mb.
    bet23/30
    Sana07.12.2023
    Hajmi4,89 Mb.
    #113510
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
    Bog'liq
    30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 2

    Aylanma mablag‘larni hosil qilish manbalari. Aylanma mablag‘larning hosil bo‘lish manbalari - bu moliyaviy resurslardir.
    Yo‘l tashkilotlarining aylanma mablag‘lari hosil bo‘lish manbalari bo‘yicha korxonaning o‘ziga tegishli va qarzga olinadigan, ya’ni bank muassasalaridan vaqtincha foydalanish uchun olingan (kreditlar), buyurtmachilar yoki boshqa tashkilotlardan vaqtinchalik jalb etilgan (kreditorlar) mablag‘laridan iborat bo‘lishi mumkin.
    Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan aylanma mablag‘lar korxonaning o‘z mablag‘laridan va o‘z mablag‘lariga tenglashtirilgan mablag‘lardan (turg‘un passivlar) tashkil topadi.
    Korxonaga tegishli mablag‘lar bilan yo‘l tashkilotlari ularni tashkil etilishida ta’min etiladilar. Korxonaning mablag‘larini qo‘shimcha ravishda to‘ldirib turish manbalari bo‘lib, korxona oladigan foyda va kapital mablag‘lar hiobiga olinadigan mashina va uskunalar bilan birga keladigan asbob-uskunalari, ehtiyoj qismlarning qiymatlari xizmat qiladi.
    Korxonaga tegishli mablag‘lar yo‘l xo‘jaligida doimiy foydalanishda bo‘lib, uni xo‘jalik mustaqilligining zaruriy sharti hisoblanadi.
    Korxona aylanma mablag‘lariga «turg‘un passivlar» deb ataluvchi moliyaviy resurslar ham tenglashtiriladi, ular hisob-kitoblar sharti bo‘yicha tashkilotda aylanishda bo‘ladilar.
    Turg‘un passivlarga quyidagilar kiradi:
    -ishchi va xizmatchilarga oyning ma’lum bir kunlarida berilganligi sababli hosil bo‘ladigan ish haqi bo‘yicha doimiy minimal qarz; bu qarzning qiymati bir kunlik ish haqi fondlarining oy boshidan ish haqi to‘lanadigan kungacha o‘tadigan kunlar soniga ko‘paytmasiga teng bo‘ladi.
    -ish haqi bo‘yicha turg‘un passivning qiymatidan belgilangan foiz bo‘yicha aniqlanadigan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar bo‘yicha minimal qarz;
    -biror bir to‘lovlar uchun yil mobaynida rezervlanib boriladigan pul mablag‘lari; masalan, har oy qurilish-montaj ishlari tannarxiga qo‘shilib boriladigan va keyinchalik ishchi va xizmatchilarning ta’tillarini to‘lovi uchun ishlatiladigan mablag‘lar.
    -iqtisodiy rag‘batlantirish fondlaridagi mablag‘lar;
    -to‘lov uchun rozilik berilgan, lyokin to‘lov muddati hali yetib kelmagan schetlar bo‘yicha mahsulot yetkazib beruvchilarga qarzlar;
    -kapital ta’mirlash uchun materiallar zahirasini to‘ldirishga sarflanadigan amortizatsiya fondlaridagi mablag‘lar;
    Hozirgi paytda pudratchi qurilish tashkilotlarining aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojining ko‘pgina qismi qarzga olinadigan mablag‘lar jalb etilgan moliyaviy resurslar, birinchi navbatda bank kreditlarning mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
    Qarz mablag‘larining ko‘pgina qismini materiallarning mavsumiylik zahirasini hosil etish, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini vaqtinchalik o‘stirish, yangi texnikani joriy etish va boshqalarga yo‘naltirilgan qisqa muddatli bank kreditlari tashkil etadi. Hozirgi kunda aylanma mablag‘larni hosil qilishda kreditlarning roli ancha kengaytirilgan. Qarz mablag‘larining miqdori moliyalashtiruvchi bankning kredit rejasida va yo‘l tashkilotining moliyaviy rejalarida o‘z ifodasini topadi.
    Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari
    Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ularning aylanuvchanlik ko‘rsatkichlari bilan baholanadi.
    Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
    -fond sig‘imdorligi - bu ko‘rsatkich bajarilgan qurilish-montaj ishlarining har bir so‘miga to‘g‘ri kelayotgan solishtirma aylanma mablag‘lar

    bu yerda, Am-aylanma mablag‘lar summasi, ming so‘m
    Qgod-yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ming so‘m (masalan pudrat faoliyati bo‘yicha korxonaning o‘z kuchi bilan bajargan qurilish- montaj ishlari hajmi).
    -aylanuvchanlik koeffitsienti yoki aylanma mablag‘larning ma’lum bir muddat ichidagi aylanishlari soni; u aylanma mablag‘larning yillik o‘rtacha qiymatining har bir so‘miga yil mobaynida to‘g‘ri kelgan mahsulot hajmini (qurilish-montaj ishlari hajmini) harakterlaydi.

    -bir aylanishga sarflanadigan vaqt (yoki bir aylanishning kunlar hisobida davom etuvchanligi):

    bu yerda, T-aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi aniqlanayotgan davrdagi kunlar soni.
    Misol: aylanma mablag‘larning umumiy sxemasi bo‘yicha bitta aylanish davri aniqlansin. qurilish montaj ishlarining yillik hajmi 12,5 mln. so‘m; aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qiymati 4,65 mln. co‘m; Nq360 kun.

    Pudratchi qurilish tashkilotlari bo‘yicha bu ko‘rsatkichning o‘rtacha qiymati 150 kunga teng.
    -aylanuvchanlikning tezlashuvi hisobiga aylanma mablag‘lrga bo‘ladigan ehtiyojning kamayishi, ya’ni aylanma mablag‘larning bo‘lishi. Bo‘ladigan aylanma mablag‘lar summasini quyidagicha aniqlash mumkin:

    bu yerda,
    Dbaz va Dpl -bazis va rejalashtirilayotgan Davrlar uchun bir aylanishga sarflanayotgan vaqt miqdorlari, kun;
    Tpl -rejalashtirilayotgan Davrdagi kunlar soni, kun.
    Misol: ko‘prik qurish tresti yil mobaynida o‘z kuchi bilan 22900 mln so‘mlik qurilish-montaj ishlarini bajaradi. Aylanma mablag‘larning me’yorlanadigan qismi bo‘yicha bir aylanishiga 104 kun rejalashtirilgan bo‘lib, amalda esa 97 kunni tashkil etdi. U holda aylanma mablag‘lardan foydalanishning yaxshilanishi va aylanish tezligining ortishi hisobiga mablag‘ miqdori:

    Aylanuvchanlikning tezlashuvi hisobiga aylanma mablag‘larning bo‘shashi (tejalishi) mutlaq va nisbat bo‘lishi mumkin.
    Mutlaq bo‘shash (tejalish) aylanma mablag‘lar o‘rtacha miqdori hisobot davri mobaynida bazis davriga nisbatan qisqarib, bajarilgan qurilish- montaj ishlari esa bazis miqyosida saqlanib qolgan yoki undan ko‘p bo‘lgan holda yuz beradi. Aylanma mablag‘larning nisbiy bo‘shashi (tejami), agar aylanishlar hajmining o‘sish su’rati (bajariladigan qurilish-montaj ishlari) hisobot davrida aylanma mablag‘lar qoldiqlarining o‘sish su’ratidan oldinda bo‘lgan holatlarda sodir bo‘ladi.
    Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligining barcha ko‘rsatkichlari aylanma mablag‘larning umumiy sxemasiga nisbatan va me’yorlanadigan qismiga nisbatan ham aniqlanadi. Undan tashqari, aylanuvchanlik ko‘rsatkichlari va mablag‘lar bo‘shashi (tejami) aylanma mablag‘larning alohida elementlari bo‘yicha hisoblanadi.
    Aylanma mablag‘larning alohida elementlari bo‘yicha aylanuvchanligi (ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, pul mablag‘lari) aylanma mablag‘lar to‘liq aylanuvining qaysi bosqichlarida aylanuvchanligi ortganligi yoki syokinlashuviga yo‘l qo‘yilganligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi. Xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish va tahlil qilishda aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi o‘zgarishining, xususan, me’yoridan ortiq va ortiqcha tovar-material qiymatlarning paydo bo‘lish sabablarini aniqlash nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
    Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligini oshirish yo‘llari. Yo‘l xo‘jaliklarida aylanma mablag‘lar aylanuvchanligini oshirish ilmiy- texnika taraqqiyotining rivojlanishi, ishlab chiqarish texnologiyasi, uni tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish bilan chambarchas bog‘liq.
    Aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi yo‘l xo‘jaligining bevosita qurilish-montaj va ta’mirlash - qurilish, avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlashni materiallar va yarimfabrikatlar, transport bilan ta’minlovchi barcha bo‘limlarining faoliyatlari natijasiga ham bog‘liq. Aylanuvchanlikni oshirishda reja bo‘limi ishini aniq tashkil etish, moddiy-texnika ta’minoti, buxgalteriya, moliyaviy xo‘jalik bo‘limlari ishi ham katta ahamiyatga ega.
    Qurilish ob’ektlari muddatlari yoki alohida ishlarning bajarilishiga sarflanadigan vaqtlarning qisqartirilishi tugallanmagan ishlab chiqarishning umumiy hajmini kamayishiga va o‘z navbatida aylanma mablag‘lar aylanuvchanligining tezlashuviga olib keladi.
    Aylanma mablag‘lar qiymatiga ishlab chiqarish moddiy boyliklari zahiralarining miqdori katta ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishning material zahiralari, buyumlar, konstruksiyalar, yarimfabrikatlar miqdorlariga juda ko‘p omillar: yetkazib beruvchilarning uzoq - yaqinligi, yetkazib berishlarning bir maromligi va tezligi, transport turlari va tashish usullari, yetkazib berishlarning komplektligi va yetkazib berish hajmlari, yuklarni qabul qilish va ortish-tushirish xarajatlari, omborxonalarga joylashtirish, hisob-kitob formalari va hujjatlarning aylanish tezliklari ta’sir etadi.
    Moddiy-texnika ta’minoti ishlarini takomillashtirish qurilish tashkilotlarining omborxonalaridaga materiallar zahiralarining kamayishiga va aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojning kamayishiga sababchi bo‘ladi. Material zahiralaridagi aylanma mablag‘larni ortiqcha bo‘lgan moddiy boyliklarni aniqlash va realizatsiya qilish, tashish masofalarini kamaytirish, mahalliy materiallardan foydalanish, asbob-uskunalar xo‘jaligini to‘g‘ri tashkil qilish va asboblarning xizmat muddatlarni uzaytirish ham ta’sir etadi.
    Me’yordan ortiq materiallar zahiralari hosil bo‘lmasligining muhim shartlaridan biri tayyorlovchi-zavodlar tomonidan, ularni komplektlash uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish maqsadida, tayyor holda va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish maydonlariga, yetkazib berish ham katta ahamiyat kasb etadi.
    Masalan: kichik va o‘rtacha ko‘priklarni qurish uchun turli nomenklaturadagi barcha yig‘ma-temirbeton elementlarni komplektlash qurilish maydonida moddiy-texnika ta’minotidagi uzilishlar sababli ishlarni to‘xtab qolishining oldini olish maqsadida, avvaldan tayyorlab qo‘yilishi kerak. Materiallar va konstruksiyalarni tayyorlovchi zavodlar tomonidan nokomplekt holda yetkazib berilishi qurilishlarda komplektlovchi zahiralarning ortishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida qo‘shimcha ravishda aylanma mablag‘larga ehtiyojni yuzaga keltiradi.
    Aylanma mablag‘larga ehtiyojni kamaytirish uchun yil mobaynida materiallarni ishlarning bajarilishiga mos ravishda bir maromda yetkazib berish katta ahamiyatga ega. Yo‘l xo‘jaligida amalda qo‘llaniladigan mavsumiylik zahira tayyorlash aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni ko‘paytiradi va aylanuvchanlikni syokinlashtiradi.
    Muomala fondlaridagi aylanma mablag‘lar strukturasini tahlil qilish belgilangan normativlardan ortiq anchagina mavhumlashtirilgan mablag‘larni aniqlash imkonini beradi. Bu mablag‘lar buyurtmachilar tomonidan bajarilgan ishlar uchun taqdim etilgan schetlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganliklari uchun, boshqa tashkilotlar tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lanmasligi natijasida muomala sferasida chiqib ketadi. Hisob- kitoblarni amalga oshirishlarda tartib o‘rnatish, moliyaviy intizomga rioya qilish - muomala fondlaridagi mablag‘larning aylanuvchanligini tezlashtiruvchi muhim yo‘ldir
    Nazorat uchun savollar
    Yo‘l xo‘jaligida aylanma mablag‘larning vazifasi nima?
    To‘liq aylanish jarayonida aylanma mablag‘lar qanday ko‘rinishlarni oladilar?
    Ishlab chiqarishning aylanma fondlarini me’yorlashtirishning maqsadlari nima?
    Moddiy resurslar zahiralari bo‘yicha aylanma fondlar normativi qanday hisoblanadi?
    Qurilish tashkilotlarida aylanma mablag‘larni hosil qilish va to‘ldirishning asosiy manbalarini aytib bering.
    Yo‘l xo‘jaligida aylanma mablag‘lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini baholash imkoniyatini qaysi ko‘rsatkichlar beradi?
    Yo‘l xo‘jaligida aylanma mablag‘lar aylanuvchanligini tezlashtirishning asosiy yo‘llarini aytib bering?


    Download 4,89 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




    Download 4,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aylanma mablag‘larni hosil qilish manbalari

    Download 4,89 Mb.