|
Moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish
|
bet | 26/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #113510 |
Bog'liq 30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 2Moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish
Avtomobil yo‘llari qurilishi rejasining muvaffaqiyatli bajarilishining eng asosiy sharti uni o‘z vaqtida va to‘liq ishlab chiqarish vositalari: yo‘l-qurilish materiallari, yig‘ma konstruksiyalarning detallari, mashinalar, asboblar, yonilg‘i-moylash materiallari va boshqalar bilan ta’minlanishidir.
Moddiy resurslar qiymati quriladigan yo‘l qiymatining 70-75% ni tashkil etadi. Shu sababli ta’minlash manbaalarini tanlash, yuklarni tashish sharoitlari qurilishning smeta qiymatiga va uning tannarxiga nixoyatda katta ta’sir qiladi.
Moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish qurilishni kompleks tashkil etishning eng zaruriy tarkibiy qismi sanaladi. Uni loyixalashtirishda quyidagilar bajarilishi kerak:
qurilishning xar xil materiallar, mashinalar va boshqa ishlab chiqarish vositalariga bo‘ladigan extiyojini xisoblab chiqish;
qurilishni tashkil etish loyixalarida qabul qilingan qurilish-montaj ishlarini bajarish vedomostlari va grafiklari bilan muvofiqlashtirilgan tarzda, etkazib berish muddatlari va xajmlarini aniqlash;
ta’minlash manbaalarini aniqlash (etkazib beruvchi tashkilotlar, o‘z kuchlari bilan tayyorlash va hokazo) va material balansi tuzish. Material balansi qurilish extiyojining muddatlari va xajmlari, zaxiralar mavjudligi (avvalgi ishlardan ortib qolgan qoldiqlar) materiallarni xar bir manbaadan aloxida olish imkoniyatlari bilan muvofiqlashtirilgan xolda tuziladi.
Bu xisob-kitoblar asosida ta’minlash xizmati xodimlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak:
barcha turdagi etkazilib beriladigan materiallar va ashyolarni talab etilgan xajmda va belgilangan muddatlarda olish va tashib keltirish uchun zarur bo‘lgan xujjatlarni rasmiylashtirish (shartnomalar, naryadlar, buyurtmalar);
ombor xo‘jaligini (material omborxonalari) tashkil etish va xizmat ko‘rsatish, xom ashyo, yarim fabrikatlar va tayyor buyumlarning optimal zaxiralarini yaratish;
ishlab chiqarish vositalarining to‘g‘ri ishlatilishini nazorat qilish, ularni tejamiga erishish, materiallarning isrof bo‘lishiniqisqartirish va pirovard natijada barcha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish.
Moddiy-texnika ta’minoti barcha masalalarining muvaffaqiyatli echilishi faqat ta’minot xizmati xodimlariga emas, balki qurilishning muxandis-texnik xodimlariga xam bog‘liq bo‘lib, ular bu vazifalarni birgalikda amalga oshirishlari kerak.
Yo‘l qurilishida moddiy-texnik ta’minoti manbaalari quyidagilarga va shunga mos keluvchi reja bo‘yicha taqimlash darajalariga ajratiladi:
sanoat korxonalari maxsulotini markazlashgan tarzda etkazib berish (sement, bitum, metall, yonilgi, mashinalar, uskunalar va xokazo), ular markaziy xukumat organlari tomonidan rejalashtiriladi;
kavlab olinadigan ruda byo‘lmagan (tosh, shagal, qum) va maxalliy sanoat maxsulotlarini (gisht, oxak, temirbeton detallar va xokazo) markazlashmagan tarzda etkazib berish, ular maxalliy (viloyat, tuman) reja organlari tomonidan rejalashtiriladi;
yo‘l qurilishining ishlab chiqarish korxonalarida o‘z kuchlari bilan tayyorlash (maxalliy karerlarning tosh materiallari, beton va asfaltobeton qorishmalari va xokazo).
Ba’zi material turlari qurilish olib borilayotgan xudud va ularni tayyorlash sharoitlariga qarab turli guruxlarga kiritilishi mumkin. Masalan, tosh, yogoch materiallar yo‘l tashkilotining tayyorlanishi xam, rejaga muvofiq ravishda boshqa tashkilotlar tomonidan etkazib berilishi xam mumkin.
Qurilish tashkilotlari (birlashmalari) o‘zlarining ta’minlash va maxsulotni sotish organlariga egalar (moddiy-texnika ta’minoti idorasi yoki bo‘limi).
Ishlab chiqarish tashkilotlarini qayta qurish jarayonida ta’minlash organlari ham tegishli qayta qurishga uchraydilar. Qurilish tashkilotlari uchun, qurilayotgan ob’ektni qurilish konstruksiyalari va detallari komplektlari bilan ta’minlovchi, ishlab chiqarish-texnologik komplektlash tizimiga o‘tish koyda tutiladi.
Birlashmalarda (trestlarda), o‘z tarkibiga transport, materiallarni yuklash-tushurish va barcha ombor xo‘jaligini oluvchi ishlab chiqarish-texnologik boshqarmalarining (idoralarining) byo‘lishi maqsadga muvofiq.
Yo‘l qurilishi uchun materiallarning birqismi (qum, shag‘al, tosh yo‘l tashkilotlarining (DSU, DRSU) o‘z kuchlari bilan tayyorlanadi, bir qismi ishlab chiqarish korxonalaridan (ABU, SBU) chiqariladi. Bu xollarda, ayniqsa oraliq omborlarsiz “g‘ildirakdan” iste’mol qilayotganda, xisobga olish va taqsimot bevosita ishlab chiqarish bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ishlar shunday bajarilsaki, qurilishga kelayotgan materiallardan darxol foydalanilib, inshootga to‘shalsa, nixoyatda qulay bo‘lar edi, bunda tayyorgarchilik ishlariga sarflash uchun ajratiladigan mablaglar qisqarib, omborxona xarajatlari butunlay tugatilar edi.
Ammo ko‘pchilik materiallarni tayyorlash, tashish va ishlatilish sharoitlari shundayki, qurilishning muvaffaqiyatli borishi uchun ularning zaxirasini (omborxonalarni) barpo etmaslikning xech bir iloji yo‘q.
Masalan, qurilish tashkilotlarining o‘z kuchlari bilan mahalliy karerlardan materiallarni tayyorlashni va tashish ishlarini qishda bajargan ma’qul, unda esa resurslarning katta qismini qurilish-montaj ishlariga jalb etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. sanoat korxonalarining materiallari (sement, bitum) yo‘l qurilishida asosan iste’mol qilinadi, etkazib berishi esa to‘liq yilga rejalashtiriladi. Xakiqatda etkazib berish bir necha kun ichida birdaniga amalga oshiriladi.
Shu sababli, ishlarni tashkillashtirishni ishlab chiqarishda, avvaldan materiallarning ma’lum bir zaxirasini yaratish ko‘zda tutiladi. Bunda xar bir materialning zaxirasi, ikkita etkazib berishlar o‘rtasidagi vaqt mobaynida va biror-bir sababga ko‘ra materiallar, etkazib berish to‘satdan kechiqib qolganda, ishlarning bir maromda ketishini ta’minlash uchun etarli bo‘lishi kerak.
Shu bilan bir vaqtning o‘zida, aylanma mablag‘larning ortiqcha jalb etilmasligi uchun, xar bir materialning zaxirasi minimal bo‘lishi xam kerak.
Materiallarning ishlab chiqarish zaxiralari quyidagi turlarga ajratiladi: joriy, tayyorgarchilik, kafolat va mavsumiy.
Joriyzaxira qurilishga ikkita ketma-ket materiallar etkazib berilishlari oralig‘idagi vaqt mobaynida ishlarni zaruriy materiallar bilan ta’minlab turishni ko‘zda tutadi. Joriyzaxiraning miqdori, etkazib beruvchi bilan iste’molchi o‘rtasidagi shartnomaga (etkazib berish grafigiga) muvofiq ravishda qanchalik tez-tez va qay maromda materiallar etkazilib berilishiga qarab aniqlanadi.
Tayyorgarchilik zaxirasi talab qilingan materialning etib kelgan partiyasini qabul qilish, tushurish, sinab ko‘rish, saralash va boshqa operasiyalarni bajarilishi davrida ishlab chiqarish ehtiyojlarini ta’minlab turishi kerak.
Ko‘pchilik xollarda tayyorgarchilik zaxirasi aloxida ajratib ko‘rsatilmaydi va joriyzaxiralar xajmini aniqlashda xisobga olib ketiladi.
Kafolat zaxirasi, materiallarni etkazib berishning grafiklari bo‘lgan xollarda va navbatdagi etkazib berish kechikganda, ishlarni to‘xtatmaslik imkoniyatini ta’minlab turishi kerak.
Kechikishlarning qancha vaqt davom etishini bashorat qilish nixoyatda qiyin. Ba’zan ularni shunaqangi sharoitlardagi ish tajribalari bo‘yicha qabul qilinadi. Qator mualliflar kafolat zaxirasining miqdorini joriyzaxiraning taxminan 50% ga teng deb qabul qilishni tavsiyaetadilar. Uning miqdorini xisob-kitob orqali xam aniqlash mumkin, bunda kafolat zaxirasini xosil qilish uchun bo‘ladigan qo‘shimcha xarajatlar, materiallar etkazib berilishida kutilayotgan eng ko‘p kechikishlardan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarardan ortiq bo‘lmasligi kerak. Kafolat zaxirasini xosil qilish uchun bo‘ladigan qo‘shimcha xarajatlar, asosan vaqtinchalik foydalanilmaydigan materiallarga jalb etilgan mablaglarning xarakatsizligidan keladigan zarar va omborxonalar sig‘imining o‘sishi munosabati bilan ortuvchi omborxona xarajatlaridan iborat bo‘ladi.
Sanoat materiallari omborxonalarining kattalashuvi anchagina xarajatlarni talab etadi (sement, bitum). Sheben, qum, shagal kabi materiallar odatda ochiq maydonlarda saqlanadi va ular xajmining ortishi qo‘shimcha xarajatlarni ko‘p talab qilmaydi.
Mavsumiyzaxira to‘liq qurilish mavsumini (yoki mavsumning ancha qismini) qurilish materiallariga bo‘ladigan extiyojini ta’minlashi kerak.
Bunday zaxiralar, birinchidan, keltiriladigan materiallar bilan suv yo‘llari orqali, ba’zida temir yo‘l orqali ta’minlanuvchi joylarda kerak bo‘ladi. ikkinchidan, maxaliy materiallarning ko‘pgina zaxiralari odatda yangi qurilish mavsumi boshlanishigacha yig‘ib boriladi, chunki ular qurilish tashkilotlarining o‘z kuchlari bilan qish davrida tayyorlash bilan shug‘ullanishlari natijasida xosil bo‘ladi, bir qator ob’ektlarda tosh, qum, sheben, shag‘al, shlak kabi materiallarning qish paytida tayyorlangan miqdorlari yillik extio‘jning 60-80% gacha uetib boradi. Sanoat materiallari (bitum, qoramoy, yog‘och materiallar) odatda extiyojning 20-50% atrofida aktivligi oshib borishini xisobga olgan xolda extiyojning 15-25% atro- fida tayyorlanadi.
Materiallar zaxiralarini yaratish va qurilish tashkilotining barcha mexnat va moddiy resurslarining butun yil mobaynida hisoblash kerak. Bu resurslardan qish paytida tayyorgarlik va transport ishlarida foydalanishning qator ijobiy tomonlari bor.
Tashish, qayta yuklash, saqlash jarayonlarining bir qator xolatlarida materiallarning unumsiz isrof bo‘lishlari uchrab turadi. Sochiluvchi materiallarning (sheben, qum, shag‘al) isrof bo‘lishi asosan nosoz avtomobillar bilan tashilganda va yomon tayyorlangan tuproq maydonlarda saqlanganda ifloslanish sababli sodir bo‘ladi.
Changsimon materiallar (sement, mineral kukun) oddiy (maxsuslashirilmagan) avtomobillar bilan tashilganda changish xisobiga yo‘qotiladi va hokazo.
Materiallar yo‘qotilishining eng yuqori miqdorlari, odatda xar bir yirik ob’ektda (yoki hududiy tashkilotlarning faoliyatlari chegaralarida) konkret shart-sharoitlarni xisobga olib belgilangan vaqtinchalik me’yorlar bilan chegaralanadi.
Materiallar sarfi tejamiga bevosita ishlarni amalga oshirish jarayonida xam erishish mumkin. Materiallar sarfining amaldagi me’yorlari, odatda tugatilishi qiyin bo‘lgan yo‘qotishlarni va ish davrida xosil bo‘ladigan chiqindilarni xisobga olib ishlab chiqilgan. Ishlarning sifati yuqori bo‘lib, texnologik rejimga to‘liq rioya qilinganda, bu yo‘qotishlar va chiqindilar miqdorini kamaytirish mumkin. Yo‘lning (yoki boshqa inshootlarning) tugallangan xar bir konstruktiv elementini oraliq va butunlay qabul qilishlar paytida materiallarning xaqiqiy sarfini loyixa ma’lumotlari va amaldagi ularning sarflanish me’yorlari bilan taqqoslab ko‘rish kerak.
|
| |