|
1-mavzu yo‘l xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati reja
|
bet | 28/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #113510 |
Bog'liq 30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 2Qurilishlarning aniq ro‘yxati – ob’ektlar ro‘yxatini, shuningdek ulardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar va xarajatlar hajmini o‘z ichiga oluvchi har yili buyurtmachilar tomonidan ajratilgan limitlar doirasida to‘ziladigan moliyaviy xujjat.
Qurilishning titul ro‘yxati - qurilishning butun davriga kapital qo‘yilmalar hajmini va uni sarflash yo‘nalishlarini ko‘rsatgan, uning texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aks ettirgan holda har bir ob’ekt bo‘yicha to‘ziladigan moliyaviy xujjatdir.
Qurilishda ish hujjatlari – alohida binolar va inshoatlarga hamda ish turlariga ish chizmalari komplektidir.
Investitsiya faoliyatida kapital qurilishni mablag‘ bilan ta’minlovchi organga (muassasaga) buyurtmachi tomonidan qo‘yidagilar taqdim etiladi:
Qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati (loyiha-qidiruv ishlarining aniq ro‘yxati);
Qurilishning titul ro‘yxati;
Buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
Qurilish tavakkalchiliklarini sug‘o‘rtalash yuzasidan pudrat tashkiloti tomonidan tuzilgan shartnoma nusxasi va tanlov savdolari natijalari to‘g‘risida buyurtmachining hisoboti;
Har qaysi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ochilgan moliyalashtirishning har bir hisob raqami bo‘yicha bank rekvizitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Investitsiya faoliyatida kapital qurilishni mablag‘ bilan ta’minlovchi organ buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida investitsiya loyihasini mablag‘ bilan ta’minlashni amalga oshiradi.
Xizmat ko‘rsatuvchi bank kapital qurilishga mablag‘lar o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun javob beradi.
Buyurtmachi esa to‘lov topshiriqlari qurilishning titul ro‘yxatiga qat’iy muvofiq bo‘lishi uchun javob beradi.
Kapital qurilishda shartnomaviy narxlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 12 sentabr 2003 yildagi №395sonli «Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Mazkur qarorga asosan, O‘zbekistonda kapital qurilishdagi shartnomaviy narxlar yagona uslubiyati barcha mulk shakllari uchun qabul qilinib keladi.
|
| |