|
Yo‘l qurilishda tender savdolarini tashkil etish
|
bet | 30/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #113510 |
Bog'liq 30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 2Yo‘l qurilishda tender savdolarini tashkil etish.
Yo‘l qurilishda pudrat shartnomalari konko‘rs asosida to‘ziladi va imzolanadi. Konkurs shartlari buyurtmachi tomonidan aniqlab olinadi. Shartnoma imzolanishigacha qurilishni moliyalashtirish va xujjatlashtirish ishlari xam aniqlab olinishi talab etiladi.
Qurilish ishlarida olib boriladigan tenderlar O‘z.R. Vazirlar Mahkakmasining 03.09.1998y.dagi №375 sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Tenderlarning tartibi qarorning 5-ilovasida «O‘z.Res. xududida kapital qurilish ishlarida konko‘rs savdolar – tenderlarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida»gi Nizomda keltirilgan. Qurilish ishlarida tender o‘tkazishdan maqsad belgilangan muddat va qiymat doirasida qurilish, montaj, remont ishlarini sifatli amalga oshiruvchi qurilish tashkilotini konko‘rs asosida tanlab olishdan iborat. Tender savdolarini o‘tkazish markazlashtirilgan davlat mablag‘laridan, mahalliy xukumat mablag‘laridan foydalangan holda qurilish ishlarini bajarish uchun majburiy shart qilib belgilangan. Tenderda quyidagi tomonlar qatnashadi:
- buyurtmachi – qurilish ishlariga buyurtma beruvchi va tenderni chaqiruvchi, buyurtmalovchi yuridik shaxs;
- tenderni uyushtiruvchi – buyurtmachi tomonidan tenderni tashkil etish, uyushtirishga buyurtma olgan shaxs;
- “da’vogar” – tenderda g‘olib chiqish maqsadida qatnashuvchi qurilish tashkiloti;
- tender komissiyasi – tenderdagi takliflarni baholovchi va g‘olibni aniqlovchi doimiy yoki vaqtinchalik tarkibga ega organ.
Buyurtmachi tenderni tashkil etish maqsadida Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi va injener-konsultativ firmalarni yollashi mumkin. Tender uyushtiruvchi tomon quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- tender savdosi jarayonini tashkil etish va rasmiylashtirish;
- tender xujjatlarini ishlab chiqish;
- tenderga taklifnomalar tarqatish, tenderni e’lon qilish;
- tender komissiyasi tarkibini belgilash;
- tenderga kelib tushuvchi takliflarni qabul qilish.
Tenderni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlar buyurtmachi tomonidan to‘lanadi. Tenderni o‘tkazishda buyurtmachiga qulaylik yaratish va da’vogarlarning o‘z majburiyatlarini bajarishni ta’minlash maqsadida tender xujjatlari to‘plami pulga sotiladi. Tender xujjatlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
-tender e’lonining matni;
-tenderga taklifnomalar;
-qurilish shartnomasining shartlari;
-savdoda qatnashish uchun ariza formasi;
-savdoda qatnashish instruksiyasi;
-pudratchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga talablar;
-takliflarni texnik, moliyaviy baholash va g‘olibni aniqlash mezonlari;
-qurilish shartnomasi loyixasi;
-tenderning texnik xujjatlari.
Tender komissiyasi tarkibi buyurtmachi tomonidan belgilanadi. Komissiyaga buyurtmachi vakillari, loyixalashtirish, ilmiy ilanish, injener-konsultatsion, moliyaviy tashkilotlar, maxalliy nazorat organlari mutaxassislari a’zo bo‘lishi mumkin. Komissiyaga tenderda g‘olibni aniqlash vazifasi yuklatilgan. Qurilish ishlariga tender ob’ekt qurilishi moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlangan va zarur xujjatlar bilan tasdiqlangan xoldagina o‘tkaziladi, ular kredit shartnomasi, xisob-kitob schotidan ko‘chirma, bank ma’lumotnomasi, maxalliy xoqimiyat organlari qarorlari bo‘lishi mumkin. Tender ochiq va yopiq shaklda o‘tkaziladi, ochiq shaklda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha sub’ektlar qatnashishi mumkin, yopiq shakl ishtirokchilari va uning o‘tkazilishi faqatgina VM tomonidan belgilanadi. Ochiq tenderlar o‘tkazilishidan 1-3 oy oldin e’lon qilinadi, e’lonlar chop etiladigan davriy nashrlar ruyxati Dav. Arx.qurilish ko‘mitasi bilan kelishib olinadi. Yopiq tenderlarda esa buyurtmachi avvaldan belgilangan da’vogarlarga savdoda qatnashishga taklifnomalar jo‘natadi va tender faqatgina ularning orasida o‘tkaziladi.
Tenderlar buyurtmachi joylashgan binoda o‘tkaziladi, aynan shu yerda tenderga kelib tushgan takliflar – ofertalar baholanadi, taxlil qilinadi. Ofertalar yopiq konvertlarda tender komissiyasi nomiga yuboriladi, ular 1 vaqtda 1 joyda ochiladi va o‘qiladi. Tender forumida da’vogarlar yoki oferentlar vakillari qatnashishi mumkin. Ofertalar quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi: taklif qilinayotgan qurilishlar xizmatlari qiymati; qurilishni bajarish muddati; qurilish ishlari tartibi; tajribali subpudratchilarni jalb qilish imkoniyatlari; boshqa texnik, tijorat aspektlari va afzalliklari. Tenderda g‘olib yashirin ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Tender natijalari komissiya tomonidan tasdiqlangach, tender savdolari tugallangan deb hisoblanadi.
Tenderga bironta xam oferta kelmasa, yoki kelgan ofertalar tender talablariga mos kelmasa, tenderlar o‘tkazilmaydi, keyinga qoldirilishi mumkin. Shuningdek,taklif etilayotgan narxlarning eng kichigi ob’ektning xaqiqiy bahosidan sezilarli darajada katta bo‘lsa ham, tenderlar qaytadan utkazilishi mumkin. Tender muvaffaqiyatli tugagach, g‘olib aniqlangan, buyurtmachi g‘olibga xabarnoma – tender ofertasining akseptini yo‘llaydi va u bilan qurilish shartnomasini imzolaydi.
Oferentlarga beriladigan tender xujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishi zarur, ekspertiza xujjatlarning to‘liqligini, tender reglamentiga mosligini, konko‘rs savdolari shartlarining bajarilishini nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi. Ekspertiza o‘tkazuvchi organ – Dav.arx. qurilish ko‘mitasi. Respublikamizda tender xujjatlari ekspertizasi ushbu ko‘mitaning 16.09.2002 y.dagi №7 qaroridagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Qurilish hajmi katta va murakkabliklarga ega bo‘lsa, ko‘mita chetdan ekspertlarni ekspertizaga jalb qilishi mumkin. Tender xujjatlari ekspertizasi xujjatlar to‘liq taqdim etilgandan so‘ng odatda 2 kun ichida o‘tkaziladi, ekspertizaning umumiy muddati 10 kundan oshmasligi kerak, qayta ekspertizaning umumiy muddati esa 5 kundan oshmasligi kerak.
Ekspertizada quyidagilar tekshiriladi:
- tender xujjatlari to‘liqligi;
- xujjatlarda yagona terminologiya qo‘llanilishi;
- oferentlarga quyiladigan talablarga rioya qilish;
- ofertani texnik va moliyaviy baxolash mezonlarining ob’ektivligi;
-tender xujjatlarining texnik qismini to‘zishda foydalaniladigan xujjatlar tahlili;
-tender komissiyasini to‘zish to‘g‘risidagi qaror;
-moliyalashtirish manbalarini tasdiqlovchi xujjatlar.
Ekspertiza bilan bog‘liq barcha xarajatlar buyurtmachi tomonidan qoplanadi, keyinchalik ular tender predmetining umumiy qiymatiga ko‘shib yuboriladi. Tender yakuni bo‘yicha xulosa tayyorlanadi.
Ekspertiza taqdim etilgan tender xujjatlariga asosan olib borildi.
Ekspertizaga quyidagilar taqdim etildi:
1. Savdoda qatnashishiga taklifnoma;
2. Kontrakt umumiy shartlari;
3. Savdo qatnashchilari – oferentlarga instruksiya;
4. Oferentning tenderda qatnashishiga buyurtmasi formasi;
5. Kontrakt loyixasi;
6. Tenderning texnik qismi;
7. E’lon matni.
Ekspertiza natijalari ijobiy bo‘lsa, ob’ektning tender xujjatlari tasdiqlashga tavsiya qilinadi. Agar kamchiliklar bo‘lsa, ob’ektning tender xujjatlarini qayta ishlashga yuboriladi.
Nazorat savollar:
1. Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalarga izox bering?
2. Kapital qo‘yilmalarni tavsiflanishi va uni tarkiblarini yoritib bering?
3. Asosiy vositalarga qilinadigan investitsiyalarning manbalari bo‘yicha tuzilishiga izox bering?
4. Qurilishning tashqiliy shakllari (yangi qurilish, ta’mirlash, kengaytirish, texnik qayta jihozlash)va uning loyixalashtirish tartibini tushuntirib bering?
5. Kapital qurilishda tender savdolarini tashkil etish mexanizmini yoriting?
6. Qurilishda shartnoma shartlarini izoxlab bering?
|
| |