|
1-mavzu yo‘l xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati reja
|
bet | 27/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #113510 |
Bog'liq 30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 2Nazorat savollari:
Yo‘l qurilishining ishlab chiqarish bazasi nimadan iborat?
Ishlab chiqarish korxonalariga ta’rif bering.
Ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirishda qanaqa asosiy variantlar mavjud?
Ta’minlash zonasi nimani bildiradi?
Korxonaning ish unumdorligi qanday aniqlanadi?
Qurilishga tashkiliy-texnikaviy xizmat ko‘rsatish tarkibiga nimalar kiradi?
12 MAVZU. YO’L QURILISHIDA SHARTNOMA MUNOSABATLARI VA TENDER SAVDOLARI
Reja:
Yo‘l qurilishda shartnoma munosabatlari.
Yo‘l qurilishda tender savdolarini tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatida kapital qurilish buyurtmachi va pudratchi o‘rtasidagi harakatdagi me’yoriy hujjatlar asosida tuzilgan shartnoma asosida olib boriladi.
Ob’ekt qurilishiga shartnoma tanlov savdolari natijalari bo‘yicha belgilangan qurilishning butun davriga yangi qurilishga, ishlab turgan korxonalarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga to‘ziladi.
Shartnoma O‘zbekiston Respublikasining Fuqorolik Kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy – xuquqiy bazasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda kapital qurilish sohasidagi boshqa normativ – huquqiy harajatlar talablariga muvofiq to‘ziladi.
Qurilishda pudrat shartnomasi tanlov savdolari natijalari bo‘yicha aniqlangan shartnomaviy joriy narx bo‘yicha belgilangan tartibda tanlov savdolari natijalari tasdiqlangandan keyin o‘n kun muddat ichida to‘ziladi.
Investitsiya faoliyatida kapital qurilishni mablag‘ bilan ta’minlashni ochish uchun buyurtmachi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka quyidagilarni taqdim etadi:
Qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati (loyiha-qidiruv ishlarining aniq ro‘yxati);
Qurilishning titul ro‘yxati;
Buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
Pudratchi tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sug‘o‘rtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi;
Qurilish – montaj ishlarini bajarishga “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining ro‘yxati.
|
| |