|
1-mavzu yo‘l xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati reja
|
bet | 29/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #113510 |
Bog'liq 30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 2Shartnomaviy narxlar - bozordagi mavjud sharoitlarni hisobga olgan, material qiymatning kon’yunkturasi, ishlatiladigan mashina va mexanizmlar qiymati hamda pudrat tashkilotlarini foydasini anglatadi. Buyurtmachi va pudratchi tashkilotlarning kelishuviga asosan qurilishda qo‘yidagi ikki narx turi qo‘llanilishi mumkin:
- qat’iy va yakuniy shartnomaviy narx. Bunda qurilishning butun muddatiga qabul qilingan shartnomaviy baho o‘zgarmaydi. Bunday baholar asosan muddati bir yildan oshmaydigan qurilish ob’ektlari uchun tavsiya etiladi. Ushbu narxlar tarkibida prognoz o‘zgartirishlar kiritishni inobatga oluvchi pudratchi tashkilotlarning riski ham hisobga olinadi;
- ochiq shartnomaviy narxlar. Bunday narxlar qurilish shartnomasi shartlari asosida qurilish materiallari, ish xaqi to‘lovlari shartlari va boshqa xarajatlarning vujudga kelishi hisobiga aniqlashtiriladigan narxlarga aytiladi.
Qurilish mahsulotlarida shartnomaviy baholarning qo‘llash butun qurilish ob’ektiga alohida ob’ektlarning shartnomaviy bahosi asosida qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ayrim xollarda maxsus kapital qurilish ob’ektlarida shartnomaviy narxlar ish hajmiga mos xolda loqal smeta asosida xam shakllanishi mumkin. Shartnomaviy narxlar qurilish buyurtmachisi va pudratchisining o‘zaro kelishuvchi asosida belgilanadi.
Amaliyotda, ba’zi hollarda qurilishda narxlarni aniqlashda tarmoqdagi ishchilar o‘rtacha oylik ish xaqi fondidan kelib chiqib aniqlanadi.
Kapital qo‘yilmalar samaradorligini baholash.
Investitsiya mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan mexanizmlarni ta’minlaydi. Boshqacha qilib aytganda, investitsiyalar kapital qiymatinining o‘sishini va daromad keltirishini ta’minlaydi.
Kapital qo‘yilmalar qiymati davlat, korporativ va xususiy investitsiyalarni rejalashtirish jarayonida qo‘llaniladi, ular asosida investitsion faoliyat prognozlashtiriladi. Yillik o‘zlashtirilish zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalar hajmi Davlat investitsiya dasturida ko‘rsatib o‘tiladi. Kapital qo‘yilmalar hajmi Dastur tarkibidagi dastlabki xujjat Prognozda aks ettiriladi. Kapital qo‘yilmalar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilanadi, qo‘yilmalar qiymatini aniqlashda, Moliya vazirligi va Markaziy bank ham ishtirok etadi.
Kapital qo‘yilmalarning samaradorligini baholashda vaqt omilini hisobga olmaydigan quyidagi usullardan foydalaniladi:
- kapital qo‘yilmalarning mutloq iqtisodiy samaradorligi;
- sarflangan mablag‘ning qoplanish muddati;
- keltirilgan sarf.
Kapital qo‘yilmalarning mutloq iqtisodiy samaradorligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
(7.1) K P E /
Bu yerda: P – har yilgi daromad;
K – mablag‘lar sarfi.
Bu ko‘rsatkich samaradorlik belgilanganlik me’yoridan katta bo‘lish kerak, E ≥ Yen.
Avval Yen – xukumat tashkilotlari tomonidan markazlashtirilgan holda joriy etilgan. Hozirgi kunda Yen sifatida bank foiz o‘lchovidan (i) foydalanmoqda yoki o‘z loyihasini uchun belgilangan kattalikni olishlari mumkin.
Misol. 7.1. Zavod sexini qayta ta’mirlash uchun 50 mln. so‘m kapital qo‘yilma sarf etilgan, qayta ta’mirlashdan so‘ng zavod sexi 10 mln. so‘m miqdorida foyda olmoqchi. Bank foiz stavkasi yiliga 10 foizga teng. Zavod sexini qayta ta’mirlash uchun mablag‘ sarflash ma’qulmi?
Bu misolni yechishda avvalo kapital qo‘yilmalarning samaradorligini hisoblaymiz:
% 20% 100*2,0% 100*50 10 mln mln E
Demak, loyihani tasdiqlash mumkin.
Sarflangan mablag‘ning qoplanish muddati quyidagi formula bilan hisoblanadi:
(7.2) n T PK T
Bir necha taqqoslanishi mumkin bo‘lgan investitsiya loyihalari uchun quyidagi formuladan foydaniladi:
a) bir yilga keltirilgan, KS = K * Yen + S; (7.3)
b)qoplanish muddatiga keltirilgan,
KS = T * S + K; (7.4)
Bu yerda: K – kapital qo‘yilmalar hajmi;
S – ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi;
Yen – norma yoki kapital qiymati.
Kapital qo‘yilmalar hajmi, asosan, ikki manba hisobidan shakllantiriladi: markazlashgan va markazlashtirilmagan qo‘yilmalar. Markazlashgan qo‘yilmalar ustivor investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladi, xususan, injener - texnik infrastrukturasini yaxshilash, uy-joy qurilishini tashkil etish, moddiy va texnik bazani yaxshilash uchun ishlatiladi.
Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ob’ektlarni barpo etish, ishga tushirish, qayta qurollantirish, zamonaviylashtirish, yangi faoliyat ob’ektiga aylantirish maqsadida mablag‘lar quyidagilar kapital qo‘yilmalar hisobiga ta’minlanadi:
1. Markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
davlat budjeti mablag‘lari;
davlat budjetidan tashqari fondlar mablag‘lari;
hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar;
hukumat qarorlariga ko‘ra belgilanadigan boshqa manbalar.
2. Markazlashtirilmagan kapital qo‘yilmalar:
mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar mablag‘lari;
tijorat banklarining, shu jumladan, xorijiy tijorat
banklarining kreditlari;
jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy jismoniy shaxslar mablag‘lari;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar.
Investitsiyaning milliy daromaddagi xissasi investitsiya normasi deb ataladi. Bu qo‘yidagi formula asosida xisoblanadi;
YaIS
YaIN k x 100
YaMM
Bu yerda YaIN- yalpi investitsiya normasi
YaIS- yalpi investitsiya summasi
YaMM- yalpi milliy daromad
|
| |