• Moliyaviy resurslarning mazmuni va ishlab chiqarish jarayonidagi moliyaviy-iqtisodiy o‘zaro aloqadorligi
  • -MAVZU. MOLIYA VA SOLIQQA TORTISH




    Download 4,89 Mb.
    bet24/30
    Sana07.12.2023
    Hajmi4,89 Mb.
    #113510
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
    Bog'liq
    30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 2

    10-MAVZU. MOLIYA VA SOLIQQA TORTISH
    Reja
    1.Korxona moliyasining mohiyati va funksiyalari.
    2. Korxonaning moliyaviy resurslari.
    3.Korxona foydasi va uning taqsimlanishi.
    4. Korxona ish faoliyatining rentabelligi.

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona moliyasi o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, ob’ektiv kategoriyadir. Lekin xo‘jalik yuritish amaliyotida jamiyat ijtimoiy rivojlanish jarayoniga ta’sir etish uchun undan ongli ravishda foydalanadi. Ma’lumki, korxonalari moliyasi iqtisodiy mohiyatiga binoan mutloq kategoriyadir. Biroq, iqtisodiyotda moliyadan ijtimoiy taraqqiyot jarayonlariga ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida foydalanish mumkin. Moliyaning shunday foydalanish imkoniyati ularning tabiatida mavjud. Ushbu kategoriya mohiyatini to‘la-to‘kis bilish esa ijtimoiy ishlab chiqarishda moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish imkonini beradi.


    Korxonalarning barqaror rivojlanishi davlat iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shishi, shuningdek, mahalliy iqtisodiyotning samarali ishlashida korxonalarning moliyaviy resurslari va shu moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.
    Moliyaviy resurslar – bu murakkab iqtisodiy mezon bo‘lib, ularni pul mablag‘lari bilan to‘liq tenglashtirish mumkin emas. Moliyaviy resurslar miqdor chegaralarini o‘rnatishga asos bo‘luvchi aniq mezonlarni va ularning pul mablag‘laridan farqlarini yaqqol ajratib ko‘rsatish qiyin.
    Moliyaviy resurslarning mohiyatini ta’riflash chog‘ida ularning yalpi ichki mahsulot (YaIM) va milliy daromad (MD)ning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi funksional tayinlanishidan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Ushbu jarayon tovar va pul massasining harakati bilan tavsiflanadi, bir qancha bosqichdan iborat bo‘lib, ularning har biriga tovar va pul oqimlari bir-biriga turlicha mos keladi.
    Moliyaviy resurslarning tarkibi ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga, uning samaradorligiga bog‘liq hisoblanadi. Ishlab chiqarish qancha yirik va uning samaradorligi yuqori bo‘lsa, moliyaviy resurslarning hajmi ham shuncha katta bo‘ladi. Ishlab chiqarishga jalb qilingan moliyaviy resurslar uning o‘sishiga va takomillashuviga imkoniyat yaratadi.
    Hozirgi kunda korxonalar moliyaviy barqarorligini ta’minlashning asosiy omillaridan biri ularning mavjud ishlab chiqarish va moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanish, korxonada moliyaviy resurslarning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari o‘rtasida mutanosiblikka erishishdan iboratdir.

    1-rasm. Moliyaviy resurslarning mazmuni va ishlab chiqarish jarayonidagi moliyaviy-iqtisodiy o‘zaro aloqadorligi


    Moliyaviy resurslar muayyan davr uchun takror ishlab chiqarish jarayoni moliyaviy natijasining miqdor ko‘rsatkichlarini ifodalaydi. Bu chiqib ketayotgan asosiy fondlarni qoplashga, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish jamg‘armasi, jamoa iste’moliga yo‘naltirilishi qonuniy hisoblangan pul mablag‘laridir. Ushbu makroiqtisodiy ko‘rsatkich balans xususiyatiga ega. Chunki u ham daromadlar, ham xarajatlar summasi ko‘rinishidan taqdim etilishi mumkin.
    Moliyaviy resurslar – bu ob’ektiv makroiqtisodiy mezon bo‘lib, uning mazmuni iqtisodiyotning moddiy-moliyaviy mutanosibligi bilan belgila-nadi. Moliyaviy resurslar kirimi va sarflanishining tengligi shundan dalolat beradiki, milliy xo‘jalikni rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirish natijasida korxona va tashkilotlarda vujudga keladigan to‘lovga layoqatli talab va davlat muassasalarining faoliyat ko‘rsatishi yaratilgan moliyaviy resurslarga mos kelganligi bois, moddiy qobiqqa ega bo‘ladi. Shuning uchun moddiy-moliyaviy mutanosiblik sharti moliyaviy resurslar summasining moddiy boyliklar hajmiga mosligi kabi va ular tushumi va sarflanishining tengligi sifatida tasvirlanishi mumkin.
    Umumxo‘jalik barqarorligining zarur qismini moliyaviy resurslar tushumi va sarflanishining tengligi tashkil etadi.
    Moliyaviy resurslar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish salohiyatini tavsiflaydi va iqtisodiyotning ichki zaruriy elementi hisoblanadi.
    Moliyaviy resurslarning makroiqtisodiy toifa sifatidagi mazmuni jamiyatning iqtisodiy rivojlanishini tartibga solish, moddiy va moliyaviy oqimlar mutanosibligini ta’minlashda ifodalanadi.
    Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy resurslarlarini shakllan-tirishda bir necha omil ta’sir etishi mumkin. Shulardan eng asosiylaridan soliq solish tizimini aytish mumkin.
    Korxonalar moliyaviy resurslarining ortishiga va ulardan oqilona foydalanishda ham bir necha omil ta’sir qiladi.
    Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va rivojlantirish sharoitida har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy va mehnat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‘g‘ri boshqarishni ta’minlashi zarur bo‘ladi. Iqtisodiyot oldiga qo‘yilgan vazifalardan eng ahamiyatlisi uning barqaror rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Samaradorlik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati moliyaviy natijalarida o‘z aksini topadi. Korxona moliyaviy resurslarini to‘g‘ri boshqarish uchun korxonaning moliyaviy ahvoli, resurslardan oqilona foydalanish samaradorligi, moliyaviy natijalari aniqlanishi hamda tahlil qilinishi kerak.
    Insoniyatning iste’mol tovarlariga, har xil boyliklarga, xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari to‘xtovsiz ortib bormoqda. Bu ob’ektiv holat bo‘lib, uning talablarini hisobga olgan holda xo‘jalik faoliyatini yuritish har kanday rivojlanishning zarur talabidir.
    Shuningdek, moliyaviy resurslarini shakllantirishda korxonalarga foyda keltiradigan asosiy manbalarning shakllanishiga e’tibor qaratishimiz zarur.
    Korxonalarga foyda keltiradigan asosiy manba yalpi daromaddir. Yalpi daromad tovarlarga qo‘yilgan ustama baho va savdo chegirmasi hisobiga shakllanadi. Ustama baho ulgurji bahoga nisbatan foiz hisobida belgilanib, iste’molchilardan undirib olinadi. Agar korxonalar tovar-larni chakana savdo bo‘yicha qabul qilsalar, u holda korxonalar tomonidan ular foydasiga savdo chegirmasi beriladi.
    Korxonaning harakatda bo‘lgan moliyaviy resurslarining asosiy manbai sifatida sotilgan mahsulot yoki xizmat narxi qatnashadi va tushumni taqsimlash jarayonida uning turli qismlari pul daromadlari va jamg‘armalari shaklini oladi. Moliyaviy resurslar, asosan, foyda va amortizatsiya ajratmalari hisobiga shakllanadi. Shu bilan birga, moliyaviy resurslar manbalariga eskirgan mulkni sotishdan tushgan daromad, barqaror passivlar, turli maqsadli tushumlar kiradi.
    Korxonaning moliyaviy resurslarini ishlatish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
    1. Moliyaviy majburiyatlarni bajarishda tegishli moliya-budjet tizimidagi organlarga to‘lovlar (budjetga soliq to‘lovlarini to‘lash, ishlatilgan kredit uchun foizlar to‘lash va boshqalar).
    2. Texnologiyani yangilash, nou-xau, ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqalar bilan bog‘liq kapital xarajatlarga o‘z mablag‘larini jalb etish.
    3. Moliyaviy bozordan sotib olinadigan qimmatbaho qog‘ozlar uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish (aksiya, obligatsiya va hokazo).
    4. Moliyaviy resurslarni ijtimoiy rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan pul fondlarini tashkil etish uchun yo‘naltirish.
    5. Moliyaviy resurslarni xayriya, homiylik va boshqa maqsadlar uchun ishlatish.
    Moliyaviy resurslar barqarorligini ta’minlash uchun sohalarda budjetlashtirish prinsiplarini muvofiqlashtirish lozim.
    Biz korxonalar moliyaviy resurslarining mamlakat iqtisodiyotidagi roli haqida to‘xtalar ekanmiz, albatta, resurslar, shu jumladan, barcha yer usti va yer osti resurslari haqida to‘xtalish joiz, deb hisoblaymiz.
    Tabiiy resurslar cheklanganligi, barcha ehtiyojlarimizni shundan kelib qoplashimiz zarurligi ma’lum. Shunday ekan, korxona moliyaviy resurslaridan ham oqilona foydalanish lozim. Bunday foydalanish nafaqat korxona, balki mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlanishining asosi bo‘lib xizmat qiladi.Bu mavzu bo‘yicha quyidagi takliflarni kiritish mumkin. Soliq sohasidagi imtiyoz va preferensiyalar hududlar va sohalar bo‘yicha tahlil qilinib, iqtisodiyotdagi ulushi kamroq bo‘lgan sohalarga preferensiyalar berilishi ular rivojiga ijobiy ta’sir etishi mumkin. Bu esa eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar investitsion faolligining oshishiga olib keladi.
    Bozor iqtisodiyotidagi har qanday faoliyat pul, mablag‘ talab qiladi, bu esa moliyani yuzaga keltiradi.
    Moliyaning mohiyati xalq xo‘jaligidagi pul mablag‘lari bilan bog‘langan bo‘lib, bunday resurslarni hosil qilish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarining majmuidan iboratdir.
    Bizga m’lumki har qanday ishlab chiqarish iste’moldan oldin taqsimotni talab qiladi. Avvalo qiymat shaklidagi taqsimot amalga oshirilib, mahsulot ana shu qiymatlar hissasiga qarab taqsimlanadi. Qiymat taqsimoti o‘z navbatida turli pul manbalari va jamg‘armalarni yuzaga keltiradi. Bular esa tovarlarga almashinilib, iste’molni shakllantiradi.
    Umumjamiyat iste’moli davlat tomonidan ta’minlanadi. Buning uchun resurslar turli xil pul jamg‘armalarini yuzaga keltiriladi. Shu pul manba va jamg‘armaning ishlatilishi tufayli turli tarmoq va sohalarining ehtiyoji kondiriladi. Bular davlat tomonidan amalga oshirilib, davlat organlarining moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadi.
    Yuqorilardan xulosa qilib aytganda moliya bu davlat, korxona, birlashma va boshqa tashkilotlar hamda ishlovchilarning moddiy va ijtimoiy - madaniy talablarini qondirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari jamg‘armalarini tashkil qiluvchi iqtisodiy aloqalar yig‘indisidir.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida Yo‘l xo‘jaligi korxonalar ishlab - chiqarish faoliyatini xo‘jalik hisobi usulida tashkil qilganliklari uchun barcha faoliyatlari natijasidan kelayogan daromadlar, xarajatlardan ko‘p bo‘lgan foyda olishga asoslangandir, aks holda Yo‘l xo‘jaligi korxonalar o‘z faoliyatini davom ettirish uchun qarz mablag‘larini olishga majburdirlar.
    Yo’l xo’jaligi korxonalari moliyasi bir tomondan, ish faoliyatining muvaffaqiyatli bo‘lishga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan moliyaning yetarligi ular ishining muvaffaqiyatli bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
    Yo‘l xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy holati yuk tashish qatnovi o‘z vaqtida bajarilishi, mehnat unumdorligini oshirish, tannarxni kamaytirish bo‘yicha belgilangan tadbirlarni bajarilishiga bog‘liqdir.
    Shunday qilib, Yo‘l xo‘jaligi korxonalari moliya orqali o‘z xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lgan korxona va tashkilotlari bilan hisob-kitob qiladilar.
    Yo‘l xo‘jaligi korxonalari moliya tashkilotlari, bank muassasalari bilan o‘zaro aloqalari orqali davlat budjetiga olinadigan soliq banklardan qarzga pul (kredit) olish va ularning kassa rejalari bajarilishi bilan doimo bog‘liqdir.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona moliya xizmatining asosiy ishlaridan biri, yillik, yarim yillik va chorak yillik moliya rejasini loyihalash va unga zarur bo‘lgan hisoblarni bajarishdir.
    Yo‘l xo‘jaligi korxonasining yalpi daromadi uning faoliyatining barcha turlaridan olinadigan daromadlar yig‘indisidan iboratdir, bularga yuk tashish, transport ekspeditsion xizmatlar (TEX), ortish tushirish va boshqa xizmatlardan kelgan daromadlar kiradi.
    Yalpi daromad quyidagicha hisoblanadi.
    Dyalpi=Dyuk+Dtex+Dot+Dboshk

    Yuk tashishdan keladigan daromad ishbay avtomobillarda tashilgan yuk hajmini 1 t yukni tashish tarifiga ko‘paytmasiga teng bo‘lib quyidagicha aniqlanadi.


    Dyu=Qt T1t
    bu yerda Qt-yuk hajmi,
    T1t – 1t yuk tashish tarifi, u masofa va yukning toifasiga bog‘liqdir.
    Soatbay avtomobillardan olinadigan daromad bajarilgan ish vaqtini soatbay tarifga kupaytmasi shaklida aniqlanadi.
    Dsoat=AS T1soat
    bu yerda, AS - avtomobil soat
    Tsoat - vaqtbay tarif.
    Yo‘l xo‘jaligi korxonalari daromadini aniqlash uchun yuqoridagi formuladan foydalaniladi.
    Soatbay avtomobillar va avtobuslar uchun daromadni hisoblashda vaqtbay tarifdan tashqari kilometr tarifi xam ishlatiladi.
    Dkm=ASs Tvaqt+Lkm Tkm
    bu yerda: 1 tkm - 1 kilometr uchun tarif.
    Yuk tashuvchi avtomobillari uchun soatiga 9 km me’yor qo‘yilgan, agarda soatiga 9 kmdan ko‘p yo‘l yursa unda har bir ortiqcha kilometri uchun kilometr tarifiga asosan qo‘shimcha daromad hisoblanadi. Avtobuslar uchun bu me’yor 15 kilometrni tashkil etadi.
    Misol. Soatbay ishlovchi yuk avtomobili 10 soatlik (naryad) ish vaqtida 150 km yo‘l bosdi. Vaqtbay daromad aniqlansin.
    berilgan me’yorga nisbatan avtomobil 60 km kup yo‘l yurgan
    (150-10* 9=150-90=60)
    Demak daromad aniqlashda 10 soat uchun vaqtbay tarif asosida va kolgan 60 km uchun km tarif oraligi aniqlanadi.
    Transport - ekspedigiya ishlardan olinadigan daromad junatilayotgan yoki ekspedigiyadagi yuklarni toifalariga asosan bo‘lib, yuk tashishdan olgan daromadni ma’lum foizini tashkil etadi.
    Yo‘l xo‘jaligi korxonasining ortish - tushirish ishlaridan olinadigan daromad urnatilgan tarifga bog‘liq va bajarilgan ish hajmiga bog‘liq holda aniqlanadi.
    Yuqorida aytilganlardan tashkari boshqa daromadlar tarkibiga mijozlardan undirilgan jarimalar va boshqa xil to‘lovlar kiradi.
    Amaliyotda daromadni rejalashtirish uchun o‘rtacha daromad stavkasidan foydalaniladi va u quyidagicha aniqlanadi, ya’ni amaldagi daromadni usha turdagi bajarilayotgan ishga nisbati kurinishida.
    d= Damal / Rtkm
    Yo‘l xo‘jaligi korxonasining umumiy foydasi yuk tashishdan (yo‘l qurilishiga ajratma berilgandan sung) transport ekspedigiyasi, ortish-tushirish va boshqa ish va xizmatlaridan olingan foydalar yig‘indisidan iboratdir.
    Yo‘l xo‘jaligi korxonalarining umumiy (balansdagi) foydasi barcha faoliyatlardan kelayotgan daromadlar va xarajatlar ayirmasi sifatida aniqlanadi.
    F=[(Dyuk-OO2Dyuk)+Dt.e.x+Do-t+Dbau] - [Xyuk+Xt.e.x+Xo-t+Xboshk]
    bu yerda Xyuk+Xt.e.x+Xo-t+Xboshk - mos ravishda yuk tashish, transport -ekspedigion xizmatlar, ortish-tushirish va boshqa xarajatlar
    OO2Dyuk -yuk tashish daromadidan 2% yo‘l qurilish va ta’mirlashga ajratma.
    Yo‘l xo‘jaligi korxonalarining ishlarini rejalashtirishda rejadagi foyda aniqlanadi, hisobot yilidagi ishning natijasi orqali aniqlanadi. Sof foyda umumiy foydadan yo‘l xo‘jaligi korxonasining to‘lovlari chegirib tashlangandan sung aniqlanadi. Bu to‘lovlarga agarda korxona kredit olgan bo‘lsa, bank kreditlari, yer solig‘lari va barcha turdagi soliqlar kiradi.
    Foyda bu muhim iqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanib rag‘batlantirish fondlarini miqdorini, budjetga to‘lanadigan to‘lovlar miqdorini, korxona rentabellik darajasini ko‘rsatib beradi.
    Rentabellik deganda, yo‘l xo‘jaligi korxonalarining asosiy va aylanma jamg‘armalaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi iqtisodiy ko‘rsatkich tushuniladi.
    Umumiy rentabellik bu umumiy foydani, rejadagi asosiy ishlab-chiqarish vositalarning va me’yorlangan aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qiymatlariga nisbati bilan aniqlanadi.
    Rumum= Fum * 100/ (Saf + Sayl);
    bu yerda Saf -asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati.
    Sayl-me’yorlangan aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qiymati.
    Bu ko‘rsatkich korxonaning umumiy ish samaradorligini baxolash uchun foydalaniladi. Hisobdagi rentabellik esa bu rejadagi foydadan, asosiy va aylanma fondlar to‘lovi, bankdan qarzi, yer to‘lovlari qiymatlari ayrilgandan sung asosiy va aylanma fondlarning yillik o‘rtacha qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi.
    Fum - M(S­af+Sayl) - Bk -Fer
    Rhisob= ---------------------------------------- * 100 , %
    Saf + Sayl

    bu yerda: M-asosiy va aylana fondlarga to‘lov % miqdori,


    Bk-bank krediti (qarzi) ga tulanadigan foiz qiymati,
    Fer- yer to‘lovi,
    Asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlarini o‘rtacha yillik qiymatlariga to‘lovlar tulashlik, ulardan unumli foydalanishga chorlaydi.
    Yuqorida aytilgan to‘lovlaridan sung korxonada birinchi navbatda rag‘batlantirish jamg‘armalariga foydadan ajratiladi. Shundan so‘ng foyda kapital mablag‘larini va o‘ziga biriktirilgan aylanma mablag‘larini kupaytirish uchun, uy-joylardan foydalanishdagi xarajatlarni qoplash va madaniy-ishlar xarajatlari, banklarning xizmat qilish xarajatlariga ajratiladi.
    Rentabellik darajasini oshirishning asosiy omillaridan biri - asosiy ishlab chiqarish vositalaridan va aylanma mablag‘lardan unumli foydalanishdir.
    Korxona moliyasi o‘z munosabatlarini amalga oshirishda to‘rtta guruhga bo‘linadi.
    1. Boshqa korxona va tashkilotlar bilan.
    2. Korxonaning ichki moliyasi.
    3. Yuqori tashkilotlar bilan.
    4. Moliya-kredit tizimi bilan.
    Moliya-kredit tizimi bilan aloqalar quyidagilar:
    1. Xar xil daromaddagi budjet bilan.
    2. Banklar bilan.
    3. Sug‘urta tashkilotlar bilan.
    4. Budjetdan tashqari fondlar bilan.
    5. Fond bozorlari bilan.
    6. Investitsiya fondlari bilan.
    Sanoat korxonasi pul fondlari bilan:
    1. Ustav kapitali
    2. Asosiy vositalar fondi
    3. Aylanma mablag‘lar fondi
    4. Qo‘shimcha kapital
    5. Zaxira kapital
    6. Jamg‘arma fondi
    7. Valyuta fondi
    8. Investitsiya fondi
    9. Iste’mol fondi
    10. Amotizatsiya fondi
    11. Budjetga to‘lovlar fondi va boshqa fondlar
    Korxona o‘z sof foydasini pul fondlariga sarflaydi. Korxonaning fond bozorlari bilan bo‘ladigan munosabatlari turli xildagi fondlarni xosil qilish, ularni shakllantirish va foydalanishdan iborat. Masalan: Ustav fondi. Ustav fondiga, hisobiga korxonaning asosiy vositalari va aylanish mablag‘lari shakllanadi. Bu korxonaning o‘z mablag‘larining asosiy manbasi hisoblanadi.
    Hissadorlik jamiyatida ustav fondi chiqariladigan barcha aksiyalar qiymati bilan teng bo‘lishi lozim. Ish natijasiga ko‘ra ustav fondi miqdorini ko‘payishi yoki kamayishi mumkin, ya’ni qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yoki ularning nominal qiymatini oshirish orqali ustav fondi ko‘payishi mumkin. Muomaladan aksiyalarni qaytarib olish tufayli esa ustav fondini kamaytirish mumkin.
    Moliyaviy resurslarning birlamchi shakllanishi korxona ta’sis etilgan vaqtda, ya’ni ustav fondi tashkil etilganda sodir bo‘ladi. Uning manbalari: aksionerlik kapitali, pay badallari, tarmokdagi moliyaviy resurslar, uzok muddatli kreditlar, budjet mablag‘lari hisoblanadi. Ustav fondi mikdorini ishlab chiqarish jarayoniga investitsiyalangan pul mablag‘lari (asosiy va aylanma) mikdori (razmeri, ulchovi) qursatadi.
    Harakatda bo‘lgan korxonaning moliyaviy resurslarining asosiy manbai sifatida sotilgan maxsulot (ko‘rsatilgan xizmat) ning narxi katnashadi va tushumni taksimlash jarayonida uning turli qismlari pul daromadlari va jamgarmalari shaklini oladi. Moliyaviy resurslar asosan foyda (asosiy va boshqa faoliyat turlaridan) va amortizatsiya ajratmalari hisobiga shakllanadi. Shu bilan birgalikda moliyaviy resurslar manbalariga: eskirgan mulkni sotishdan tushgan daromad, barkaror passivlar, turli maqsadli tushumlar (maktabgacha bo‘lgan muassasalarda bolalarni boqish va b.k.), qurilishda ichki resurslarni yigish kabilar xam kiradi.
    Xususiylashtirish sharoitida yana bir manba – bu mehnat jamoasi a’zolarining pay va boshqa badallaridir. Sezilarli darajadagi moliyaviy resurslar moliyaviy bozor yigishi mumkin; aksiya, obligatsiya sotish, kredit investitsiyalari va b.k.
    Bozor iktisodiyoti sharoitida sugurta kompaniyalari tomonidan tulanadigan sug‘urta koplamlari katta rol o‘ynaydi, budjet va soxadagi moliyaviy manbalarning roli esa kamayib bormokda. Qimmatbaho qog‘ozlar buyicha foiz va dividendlar xamda moliyaviy operatsiyalarni utkazishdan keladigan foyda kabi moliyaviy resurs turlari paydo bo‘lmokda.
    Korxonaning moliyaviy resurslarini ishlatish kuyidagi yo‘nalishlar buyicha amalga oshirilmokda:
    - Moliyaviy majburiyatlarni bajarishda tegishli moliya-budjet tizimidagi organlarga to‘lovlar (budjetga solik to‘lovlarini tulash, ishlatilgan kredit uchun foiz tulash va b.k.);
    - Texnologiyani yangilash, nou-xau, ishlab chiqarishni kengaytirish va b.k. bilan bog‘liq bo‘lgan kapital xarajatlariga uzlik mablag‘larini jalb qilish;
    - Moliyaviy bozordan sotib olinadigan qimmatbaho qog‘ozlar uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish; aksiya, obligatsiya va boshqalar;
    - Moliyaviy resurslar ijtimoiy rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan pul fondlarini tashkil etish uchun yo‘naltirilgan;
    - Moliyaviy resurslarni xayriya, homiylik va boshqa maqsadlar uchun ishlatish.
    Har qanday korxonaning ishlab chiqarish jarayoni moddiy-texnik asosini asosiy ishlab chiqarish fondlari tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ochilayotgan korxonalarning asosiy ishlab chiqarish fondlari birlamchi shakllanishi ustav fondlarining bir qismi hisoblangan asosiy vositalar hisobiga amalga oshiriladi.
    Korxonaning moliyaviy resurslari tarkibida foyda aloxida uringa ega. Bundan tashqari qurilishning uzidagi mablag‘larni yigish, eskirgan mulkni sotishdan tushgan mablag‘lar, uy-joy qurilishlari va maxsus rivojlantirish fondlar mablag‘lari xam ishlatiladi. Budjet mablag‘larining kapital xarajatlariga ajratilishi, bir xil texnik siyosat olib borishni ta’minlaydi. Bozor sharoitida budjet tomonidan moliyalash, maqsadli subsidiyalar (investitsion assignatsiyalash) va investitsion soliq krediti orqali amalga oshiriladi.

    Download 4,89 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




    Download 4,89 Mb.