|
-rasm. Korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibi
|
bet | 20/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #113510 |
Bog'liq 30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 21-rasm. Korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibi
Yo‘l xo‘jaliklari aylanma mablag‘larining tarkibi umumiy iqtisodiyotdagi aylanma mablag‘lar tarkibi bilan deyarli bir xil, lyokin yo‘l xo‘jaliklarining vazifalari va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lgan o‘z xususiyatlariga ega.
Yo‘l xo‘jaliklari uch xil turdagi faoliyat bo‘yicha harakterlanadilar: pudrat qurilishi, yo‘llarni tasarruf etish, sanoat ishlab chiqarishi. Har qaysi faoliyat turi bo‘yicha aylanma mablag‘larni balans moddalari bo‘yicha yagona usulda guruhlashtiriladi.
I. Ishlab chiqarish aylanma fondlari.
A. Ishlab chiqarish zahiralari (asosiy materiallar, konstruksiyalar va detallar, kam qiymatli va tez yeyiluvchi predmetlar, boshqa materiallar va yonilg‘i).
B. Ishlab chiqarishdagi mablag‘lar (tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari).
II. Muomala fondlari.
Tayyor mahsulot;
B. Pul mablag‘lari;
Hisob-kitoblardagi mablag‘lar.
Asosiy materiallar, konstruksiyalar, detallar (sheben, shag‘al,qum, g‘isht, yig‘ma konstruksiyalar, qurilish va arxitektura detallari) ishlab chiqariladigan mahsulotning buyumlashgan asosini tashkil qiladi.
Kam qiymatli va tez yeyiluvchi predmetlarga xo‘jalik inventarlari, hizmat muddati bir yilgacha va narxi 10000 so‘m gacha bo‘lgan asbob-uskunalar kiradi.
Boshqa materiallar va yonilg‘i qurilish mahsuloti tarkibiga buyum sifatida kirmaydi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish - bu buyurtmachiga topshirilmagan va haqi to‘lanmagan, tugallanmagan qurilish mahsuloti yoki qurilish-montaj ishlaridir. Tugallanmagan ishlab chiqarish yo‘l tashkilotlarining balansida hisobga olinadi.
Kelgusi davr xarajatlari ishlab chiqarishga birdaniga qilinadigan, lyokin mahsulot yoki bajarilgan ishlar tannarxiga asta-syokin ma’lum qismlarda o‘tkaziladigan xarajatlardir. Bu xarajatlarning asosiy maqsad vazifasi oldinda kutilayotgan ishlab chiqarish jarayoniga tayyorgarchilikdan iborat. Yo‘l xo‘jaliklarida kelgusi davr xarajatlariga quyidagilar kiradi:
-titulda hisobga olinmagan vaqtinchalik inshootlar va moslamalarga bo‘ladigan xarajatlar;
-mashinalarni tasarruf etish qiymatlariga kiruvchi - ularni qurilish maydoniga yetkazib kelish va joyida montaj qilishga birdaniga bo‘ladigan xarajatlar;
-trassa bo‘ylab vaqtinchalik tosh materiallari karerlarini ochishga bo‘ladigan xarajatlar.
Yo‘l xo‘jaligida tayyor mahsulot faqat sanoat ishlab chiqarishidagina hisobga olinadi va qurilish hamda tasarruf faoliyatlarida u deyarli yo‘q, chunki buyurtmachi uchun tayyorlangan mahsulot to‘planib qolmaydi, omborxonada saqlanmaydi va darhol ishlatila boshlaydi.
Buyurtmachilar bilan hisob-kitoblardagi mablag‘lar bu yo‘l tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar uchun taqdim etilgan schetlardagi, lyokin hali to‘lov muddati yetib kelmagan mablag‘lardir.
Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish va rejalashtirish
Aylanma mablag‘larni rejalashtirish quyidagilarni ko‘zda tutadi:
-aylanma mablag‘larning alohida elementlari bo‘yicha me’yorlarni hisoblash (kun, foiz);
-tegishli elementlar bo‘yicha bir kunlik aylanish sxemasini aniqlash (pul ko‘rinishida);
-pul ko‘rinishida korxonaning o‘ziga tegishli aylanma mablag‘lar normativlarini aniqlash (so‘m);
-korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari bo‘yicha belgilangan
normativlarni qoplash manbalarini aniqlash.
Mablag‘larni limitlashtirish nuqtai nazaridan olganda
me’yorlanadigan va me’yorlanmaydigan aylanma mablag‘lar mavjud. Me’yorlanuvchi aylanma mablag‘larga ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va buyurtmachilarga bajarilgan ishlar uchun hisob-kitoblardagi mablag‘lar kiradi.
Me’yorlanmaydiganlarga barcha turdagi debitorlik qarzlari: buyurtmachilar uchun bajarilgan, lyokin o‘z vaqtida to‘lanmagan hisob- kitobdagi mablag‘lar, jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan hizmatlar va boshqalar uchun haqlar kiradi. Bu mablag‘larning miqdori operativ ravishda aniqlanadi.
Me’yorlashtirish - aylanma mablag‘larni tashkil etish va ulardan foydalanishni nazorat etishning muhim vositasidir. Me’yorlashtirishning to‘g‘ri tashkil etilishi qurilishni zarur resurslar bilan ta’minlash va ulardan ratsional foydalanish sharoitini yaratadi.
Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish - bu har bir pudratchi tashkilot bo‘yicha ularning zaruriy minimal miqdorini to‘lig‘icha va alohida elementlari bo‘yicha belgilashdir.
Qurilish faoliyati bo‘yicha aylanma mablag‘larning miqdori davlat pudrat tashkilotlarida aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish to‘g‘risidagi instruksiyaga muvofiq ravishda belgilanadi.
Belgilangan normativ ehtiyoji chegarasida korxonalar o‘zlariga tegishli bo‘lgan aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanadilar.
Qurilish tashkilotida o‘ziga qarashli aylanma mablag‘larning pul ko‘rinishidagi normativi rejalashtirilayotgan davr oxirida hisoblanadi, normativga nisbatan asoslangan tarzda bo‘ladigan barcha og‘ishlar qarz mablag‘lar hisobiga qoplanadi.
Pudratchi qurilish yoki tasarruf tashkiloti uchun kerak bo‘ladigan aylanma mablag‘larning miqdori konkret sharoitga - ishlar hajmi va strukturasi, materiallar sarfi, mehnat sarfi, ta’minot harakteri va komplektlash, buyurtmachilar bilan hisob-kitob qilish shartlariga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli aylanma mablag‘larni rejalashtirish va me’yorlashtirish moddiy-tovar boyliklari strukturasining har bir tashkil etuvchi bo‘yicha alohida amalga oshiriladi.
Me’yorlashtirishning asosida yo‘l tashkilotlari bo‘limlarining konkret ish sharoitlarini hisobga oluvchi aylanma mablag‘lar me’yorlarini ishlab chiqish yotadi. Moddiy boyliklar va xarajatlarning ba’zi turlari bo‘yicha aylanma mablag‘larining har qaysi elementi bo‘yicha me’yorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob-kitob qilish uslubi yordamida ishlab chiqiladi. Me’yorlarni ishlab chiqishda, aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshiruvchi, materiallar va mehnat xarajatlarini kamaytiruvchi, moddiy-texnika ta’minotini yaxshilovchi, buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni mukammallashtiruvchi, hujjatlar aylanishini tezlashtiruvchi, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar hisobga olinishi kerak. Bir xil ish profiliga ega bo‘lgan yo‘l qurilish tashkilotlari uchun, ya’ni ta’minot va bajarilgan ishlar uchun hisob- kitoblari o‘xshash tashkilotlar uchun, yuqori tashkilot aylanma mablag‘lar elementlari bo‘yicha tipik me’yorlar ishlab chiqishi mumkin. Me’yorlar qator yillar mobaynida amal qilib, vaqti-vaqti bilan texnologiyaning o‘zgarishi va qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish, ularning strukturasi va harakteri, moddiy-texnika ta’minoti rejalari, bajarilgan ishlar uchun hisob-kitoblar tizimi va boshqa reja ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar sodir bo‘lgan holatlarda qayta ko‘rib chiqiladi va aniqlashtiriladi.
Aylanma mablag‘larning elementlari bo‘yicha tasdiqlangan me’yorlar asosida yo‘l qurilish tashkilotining moliyaviy xodimlari har yili joriy rejani tuzishda korxonaga tegishli aylanma mablag‘lar normativini, yillik reja ko‘rsatkichlariga asoslanib, pul ko‘rinishida aniqlab chiqadilar.
Aylanma mablag‘larning pul ko‘rinishida ifodalangan normativi N reja bo‘yicha bir kunlik reesterlar xarajatini (masalan, asosiy materiallar) zahira kunlarining umumiy me’yoriga xarajat miqdori esa yillik resurslar iste’mol hajmini yildagi kunlar soniga bo‘lib topiladi:
bu yerda, M-materiallar iste’molining yillik hajmi, mln.so‘m;
Nn-zahira kunlari soni, kun
|
| |