|
Ishlab chiqarish zahiralarini rejalashtirish
|
bet | 21/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #113510 |
Bog'liq 30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 2Ishlab chiqarish zahiralarini rejalashtirish. Ishlab chiqarish jarayonining bir maromliligi va uzluksizligini ta’minlash uchun yo‘l xo‘jaligi bo‘limlari ish sharoitiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish zahiralari bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak. Zahiralar tashkil etish zaruriyati shundaki, alohida turdagi asosiy materiallar turlari bo‘yicha yetkazib berishlar miqdori, u materiallarni iste’mol qilish muddatlari bilan mos kelmaydi.
Davrdan davrga o‘tuvchi zahiralar - bu yo‘l tashkiloti uchun zaruriy bo‘lgan rejadagi material resurslardir.
Davrdan davrga o‘tuvchi materiallarning umumiy zahirasi quyidagilarni ko‘zda tutadi:
-materiallarning yetkazib berilishlari orasidagi omborxonada bo‘lish vaqtlari;
-ya’ni joriy zahira Ntek (Mjoriy);
-materiallarni texnologik jihatdan ishlab chiqarishga tayyorlash vaqti, tayyorgarchilik zahirasi Npodg (Ntayyorg.);
-to‘lov hujjatlarining yetib kelishi bilan moddiy boyliklar yetib kelishi bilan moddiy boyliklar yetib kelishi orasidagi vaqt farqi- transport zahirasi Ntr.;
-materiallarning qurilish tashkiloti omborxonasida kafolatlangan zahira sifatida bo‘lish vaqti, Ngar (Nkafolat);
Np.z. Ntek + Npodg + Ntr + Ngar
Joriy zahiraning miqdori materiallarning yetib kelish vaqti va ularni to‘xtovsiz iste’mol etilishlari bilan bog‘liq. U yetkazib berishlarning vaqti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq, chunki materiallar qanchalik tez-tez keltirilib turilsa, shunchalik joriy zahira miqdori kamroq bo‘ladi. Joriy zahira me’yori odatda ikkita yetkazib berishlar orasidagi vaqt intervalining 50 foiz miqdorida qabul qilinadi.
Tayyorgarchilik zahirasi komplektlanish, materiallar sifatini laboratoriyada tekshirish, materialni qabul qilish va omborxonadan yetkazib olib kelish vaqtlarini hisobga oladi.
Transport zahirasi moddiy boyliklarning temir yo‘l orqali yetib kelishi vaqti bilan to‘lov hujjatlarini pochta orqali yetib kelish vaqtlari orasidagi farqdan iborat.
Kafolat zahirasi yetkazib berishlardagi bir maromlilikni kutilmagan holda buzishlarini oldini olish uchun kerak. Uning miqdori joriy zahira me’yorining 50 foiz miqdorida qabul qilinadi.
Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan aylanma mablag‘lar me’yori, ya’ni yonilg‘i va boshqa materiallar zahirasini hosil qilish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar me’yori ham, rejalashtirilayotgan davrdan oldingi yilda amalda mavjud bo‘lgan o‘rtacha ma’lumotlarga asoslanib, kunlarda belgilanadi.
Kam qiymatli va tez yeyilib ketadigan predmetlar zahirasini hosil qilish uchun kerak bo‘ladigan aylanma mablag‘lar me’yori ham rejalashtirilayotgan yildan avvalgi yil hisobotlari asosida aniqlanadi va bir ishlovchiga nisbatan pul ko‘rinishida belgilanadi.
|
| |