|
1-mavzu yo‘l xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati reja
|
bet | 18/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #113510 |
Bog'liq 30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 22. Davr xarajatlari
Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Quyida 2-band bo‘yicha sanab o‘tilgan barcha xarajatlar xarajatlarning kompleks moddalari hisoblanadi va ularni hisobga olish mazkur Nizomning 1.5-bandi muqaddimasida ko‘rsatilganidek xarajatlar elementlari bo‘yicha tashkil etiladi.
«Davr xarajatlari»ga quyidagi moddalar kiradi:
2.1. Sotish xarajatlari
2.1.1. Tovarlarni temir yo‘l, havo, avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-ulovda tashish xarajatlari. Ushbu moddaga tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to‘langan jarimalar kiritiladi.
2.1.2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sotish bo‘yicha xarajatlari, shu jumladan:
2.1.2.1. Nizomning 1.2-bandida sanab o‘tilgan, mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lash xarajatlari, ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari.
2.1.2.2. Nizomning 1.3-bandiga muvofiq, 2.1.2.1. bandga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga xarajatlar.
2.1.2.3. Savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari.
2.1.2.4. Nizomning 1.4-bandiga muvofiq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.
2.1.2.5. Inventarlar va xo‘jalik buyumlari qiymatini hisobdan chiqarish xarajatlari hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash (ta’mirlash, yuvish, tuzatish, dezinfeksiya qilish va h. k.) bilan bog‘liq boshqa xarajatlar.
2.1.2.6. Gaz, yoqilg‘i, elektr energiyasi xarajatlari.
2.1.2.7. Tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari.
2.1.2.8. Savdo reklamasi xarajatlari.
2.1.2.9. Tashish, saqlash va sotish chog‘ida tovarlarning yo‘qotilishi.
2.1.2.10. O‘rash-joylash materiallari xarajatlari.
2.1.2.11. Mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari.
2.1.2.12. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari.
2.1.2.13. Ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini o‘rnatish va saqlash, tuynuklar, o‘yiqlar va boshqalarning atrofini o‘rash bo‘yicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar.
2.1.2.17. Umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun tibbiyot muassasalariga haq to‘lash.
2.1.2.18. Kassa xo‘jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari.
2.1.2.19. Umumiy ovqatlanish korxonalarida qog‘oz salfetkalar, qog‘oz dasturxonlar, qog‘oz stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati.
2.1.3. Sotish bozorlarini o‘rganish bo‘yicha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar).
2.1.4. Yuqorida sanab o‘tilmagan sotish bo‘yicha boshqa xarajatlar.
2.2. Ma’muriy xarajatlar
Ma’muriy xarajatlarga quyidagilar kiradi:
2.2.1. 1.2-bandda sanab o‘tilgan boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari.
2.2.2. 1.3-bandda sanab o‘tilgan boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar.
2.2.3. Xizmat yengil avtotransportiga va xizmat mikroavtobusini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari.
2.2.4. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish va ularni boshqarish xarajatlari.
2.2.5. Boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
2.2.6. Telekommunikatsiyalar xizmatlari, shu jumladan: mahalliy tarmoqlar abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov; kanallarni ijaraga berish; ko‘chma yo‘ldosh va peyjing aloqa; radiochastota spektridan foydalanish; ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan internet uchun haq to‘lash.
2.2.7. Shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari uchun haq to‘lash.
2.2.8. Ma’muriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq to‘lash.
2.2.9. Ma’muriy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy vositalarni saqlash va ularni tuzatish, shuningdek eskirish (amortizatsiya) xarajatlari.
2.2.10. Yuqori tashkilotlar va yuridik shaxslar birlashmalari: vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqalar xarajatlariga ajratmalar.
2.2.11. Xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari.
2.2.12. Boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha xarajatlar.
2.2.13. Vakillik xarajatlari.
2.2.14. Umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalarga binolarni tekin berish va kommunal xizmatlar qiymatiga haq to‘lash xarajatlari.
2.2.15. Bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega bo‘lgan jamg‘armalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq joriy xarajatlar, tabiiy atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari.
2.2.16. Xizmatlar qiymatini to‘lash hamda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari va ishonchli boshqaruvchilarning mukofotlari bo‘yicha xarajatlar.
2.2.17. Ma’muriy maqsadlar uchun foydalaniladigan inventarlar va xo‘jalik anjomlari qiymatini hisobdan chiqarish bo‘yicha xarajatlar hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar.
2.3. Boshqa operatsiya xarajatlari
Boshqa operatsiya xarajatlariga quyidagilar kiradi:
2.3.1. Kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektda ishlash uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno.
2.3.2. Loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini qoplash, shuningdek ob’ekt qoshidagi omborgacha transportda tashish chog‘idagi shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqqan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o‘xshash boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar ko‘rish uchun javobgar bo‘lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobiga undirilishi mumkin bo‘lmagan darajada amalga oshiriladi.
2.3.3. Maslahat va axborot xizmatlariga haq to‘lash.
2.3.4. Auditorlik xizmatlariga haq to‘lash, o‘tkaziladigan auditorlik xizmatlariga haq to‘lash.
2.3.5. O‘zining xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo‘jaliklarni saqlashdan ko‘rilgan zararlar.
2.3.6. Salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi bilan bog‘liq bo‘lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari.
2.3.7. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar (xizmatlar)ni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo‘jaligiga yordam berish va boshqa xil ishlarni) bajarish xarajatlari.
2.3.8. Kompensatsiya va rag‘batlantirish tusidagi to‘lovlar.
2.3.8.1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga ko‘ra kompensatsiya to‘lovlari.
2.3.8.2. Bir marta beriladigan mukofotlar, yil davomidagi ish yakunlari bo‘yicha rag‘batlantirishlar, uzoq muddat ishlaganlik uchun rag‘batlantirish va to‘lovlar, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘z qaroriga ko‘ra natura bilan to‘lovlar, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lov summasi, ular bo‘yicha hisoblangan haq.
2.3.8.3. Qonunchilikka yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘zining qaroriga muvofiq majburiy progul vaqti yoki past haq to‘lanadigan ishni bajarganlik uchun haq to‘lash.
2.3.8.4. Vaqtincha mehnat layoqatini yo‘qotgan taqdirda qonunchilik bilan belgilangan, haqiqiy ish haqi miqdorigacha qo‘shimcha haq.
2.3.8.5. Asosiy ish joyi bo‘yicha ishchilarga, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ishchi va mutaxassislariga ular ishdan ajragan holda malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida o‘qigan vaqtda ish haqi to‘lash.
2.3.8.6. Ikki va undan ko‘p bolalari yoki o‘n sakkiz yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolasi bor ayollarga qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha mehnat ta’tili haqini to‘lash.
2.3.8.7. Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish yoki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish.
2.3.8.8. Xodimlarning (ovqatlanishi, yo‘l kirasi, davolanish va dam olishga, ekskursiya va sayohatlarga yo‘llanmalari, sport seksiyalarida, to‘garaklarda, klublardagi mashg‘ulotlari, madaniy-ko‘ngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishi, xodimlarning shaxsiy obunasi va iste’moli hamda boshqa shunga o‘xshash to‘lovlari) xarajatlarini qoplash.
2.3.9. Ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to‘lovlar va xarajatlar:
2.3.9.1. Qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqani to‘lash bo‘yicha xarajatlar.
2.3.9.2. Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqalar.
2.3.9.3. Amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan ularning qayta tashkil etilishi, xodimlar va shtatlar sonining qisqarishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan xodimlarga to‘lovlar.
2.3.9.4. Xodimlarga to‘lanadigan moddiy yordam.
2.3.10. Sog‘liqni saqlash ob’ektlari, qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sog‘lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport ob’ektlari, xalq ta’limi muassasalari, shuningdek uy-joy fondi ob’ektlari ta’minotiga (shu jumladan barcha turdagi ta’mirlash ishlarini o‘tkazishga amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham qo‘shgan holda) xarajatlar.
2.3.11. Vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan tashqari).
2.3.12. Bankning, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlariga haq to‘lash.
2.3.13. Ekologiya, sog‘lomlashtirish va boshqa xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar.
2.3.14. Amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt xarajatlariga kiritiladigan byudjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar, yig‘imlar, davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar, shuningdek hukumat qarorlariga binoan xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash.
2.3.15. Zararlar, jarimalar, penyalar:
2.3.15.1. Bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo‘yicha yo‘qotishlar.
2.3.15.2. Moddiy boyliklarning bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan yo‘qotishlar hamda kamomadlar.
2.3.15.3. Ishlab chiqarish zaxiralarini va tayyor mahsulotni eng past baholash usuli yoki sotishning sof qiymati bo‘yicha qayta baholash yoki bahosini pasaytirish natijasidagi zararlar.
2.3.15.4. Idishlarga doir ishlar bo‘yicha zararlar.
2.3.15.5. Sud xarajatlari.
2.3.15.6. To‘lanishi shubhali qarzlar bo‘yicha zaxiraga ajratmalar.
2.3.15.7. Qonunchilikka muvofiq da’vo bildirish muddati o‘tgan va undirish noreal bo‘lgan boshqa qarzlar bo‘yicha debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan zararlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanishi shubhali qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan zararlar.
2.3.15.8. Hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillar operatsiyalari bo‘yicha ko‘rilgan zararlar.
2.3.15.9. Tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy boyliklarning nobud bo‘lishi va buzilishi, ishlab chiqarishning to‘xtashi va boshqalar tufayli yo‘qotishlar) tufayli ko‘rilgan qoplanmaydigan yo‘qotishlar va zararlar, shu jumladan tabiiy ofatlar oqibatlarining oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlar.
2.3.15.10. Aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irliklardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani undirish mumkin bo‘lmagan hollarda ko‘rilgan zararlar.
2.3.15.11. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki (aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarish)dan ko‘rilgan zararlar.
2.3.15.12. Xo‘jalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan mahsulotni yetkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to‘lanmagan to‘lovlar va boshqa xil sanksiyalar, shuningdek yetkazilgan zararlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar.
2.3.15.13. Soliq qonuni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jarima va penyalar.
2.3.15.14. To‘langan boshqa jarimalar.
2.3.16. Xodimlarga beriladigan yoki yordamchi xo‘jaliklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning umumiy ovqatlanish korxonasi uchun ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha narx tafovutlari.
2.3.17. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mol-mulk bo‘yicha, belgilangan tartibda.
2.3.18. Yangi texnologiyalar yaratish va qo‘llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borish, xom ashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bog‘liq mahsulotlar sifatini oshirish xarajatlari.
2.3.19. Ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperiment ishlari olib borish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari bo‘yicha modellar va namunalarni tayyorlash va sinash, ko‘rgazmalar va ko‘riklar, tanlovlarni, sertifikatlashni hamda ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflar haqini to‘lash xarajatlari va boshqa xarajatlar.
2.3.20. Ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta’minlash xarajatlari;
2.3.21. Boshqaruv xodimlariga va ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydigan boshqa xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq.
2.3.22. Yangi ishlab chiqarishlarni, sexlar, agregatlarni, shuningdek seriyali va ommaviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni va texnologik jarayonlarni o‘zlashtirish xarajatlari.
2.3.23. Ayrim mashinalar va mexanizmlarni yakka tartibda sinab ko‘rish hamda foydalanilayotgan uskunalar va texnik qurilmalarning barcha turlarini ularni montaj qilish sifatini tekshirib ko‘rish maqsadida kompleks (mahsulot chiqarmasdan) ishlatib ko‘rish.
2.3.24. Yangidan ishga tushirilgan korxonada ishlash uchun ishchi kuchlarini jalb qilish va kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar.
2.3.25. Foydalanishdagi to‘liq eskirgan uskuna uchun to‘lov.
2.3.26. Ishlab chiqarish jarayonini to‘xtatib turish davrida ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarni saqlash hamda ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
2.3.27. Boshqa xarajatlar.
3. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar
3.1. Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo‘yicha foizlar (investitsiya davrida kapital qo‘yilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalarga olingan bank va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo‘yicha foizlardan tashqari), shu jumladan, muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha foizlar.
3.2. Mol-mulkni moliyaviy ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari.
3.3. Chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar.
3.4. Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar.
3.5. O‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar.
3.6. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
4. Favqulodda zararlar
Favqulodda zararlar — bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir. Bunga favqulodda moddalar va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo‘lgan o‘tgan davr moddalari kirmaydi.
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
— korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga xos emaslik;
— bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;
— boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq emaslik.
Tegishli moddalarni favqulodda xarajatlarga kiritish yoki kiritmaslik to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo‘lsa, u holda — iqlim sharoitlariga bog‘liq holdagi ishlamay turib qolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda «bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak» mezoniga javob bermaydi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish — xo‘jalik faoliyati natijasida olinadigan daromadlar ro‘yxati
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ularning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi natijasida olinadigan daromadlari hisobotga quyidagi asosiy bo‘limlar bo‘yicha kiritiladi:
— Sotishdan olingan sof tushum.
— Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (operatsiya daromadlari).
— Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar.
— Favqulodda daromadlar.
1.Sotishdan olinadigan sof tushum
1.1. Sotishdan olingan sof tushum tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxida hisobga olinadigan, unga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moli soliqlari summasi kiritilmagan tushum sifatida aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi.
1.2. Eksport faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, daromad (foyda)ni amaldagi qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqaradilar.
1.3. Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushum buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.
2. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
2.1. Undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar va xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar.
2.2. Hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda.
2.3. Ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi boshqa daromadlar.
2.4. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki chiqib ketishidan olingan daromadlar.
2.5. Da’vo bildirish muddati o‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar.
2.6. Tovar-moddiy boyliklarni puxta baholash. Tovar-moddiy boyliklarni puxta baholash summasi ularning sotilishiga qarab foyda sifatida e’tirof etiladi.
2.7. Davlat subsidiyalaridan daromadlar.
2.8. Xolisona moliyaviy yordam.
2.9. Boshqa operatsion daromadlar.
3. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
3.1. Olingan royaltilar va sarmoya transferti.
3.2. O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo‘yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar.
3.3. Mol-mulkni moliyaviy ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to‘lovini olish).
3.4. Valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi operatsiyalar bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari.
3.5. Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar.
3.6. Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
4. Favqulodda foyda
Favqulodda foyda moddalari — bu ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo‘lgan, hodisa yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo bo‘ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo‘limida aks ettirilishi kerak bo‘lgan o‘tgan davrlardagi foyda kirmaydi.
Nazorat savollari
Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari qanday
Davr xarajatlari nima
Xarajatlar qanday guruhlarga bo‘linadi
Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish
Korxonaning boshqa harajatlariga nimalar kiradi
|
| |