|
-jadval
Yo‘l inshotlari bo‘yicha yillik yeyilish me’yorlari
|
bet | 14/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #113510 |
Bog'liq 30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 22-jadval
Yo‘l inshotlari bo‘yicha yillik yeyilish me’yorlari
Yeyiluvchi asosiy fondlarning turlari va guruhlari
|
Kod
|
Yillik me’yor
|
Yog‘och va yog‘och tayanchli ko‘priklardan tashqari bo‘lgan barcha turdagi va konstruksiyadagi ko‘priklar
|
2033
|
1,0
|
Yog‘och va yog‘och tayanchli metall ko‘priklar
|
2034
|
5,0
|
Betondan, toshdan, cho‘yandan bo‘lgan (trubalar) quvurlar va temir beton novlar (lotoklar)
|
2036
|
1,0
|
Umum foydalanish avtomobil yo‘llarining yer polotnosi
|
2057
|
1,0
|
Umum foydalanish yo‘llarining qoplamalari: -sementobeton
-asfaltobeton
-qoraheben va qora shag‘al
-beton yoki tosh asosga qo‘yilgan mozaikali yoki bruschatkali yo‘laklar (mostovme)
|
2058
2059
2060
2061
|
2,5
3,3
5,0
2,0
|
Avtomobil yo‘llarining qayta tiklash yo‘l tashkilotlari ishlab chiqarish faoliyatining muhim predmeti hisoblanadi. Yo‘llarni qayta tiklash bo‘yicha bajarilgan ishlarga bo‘lgan xarajat, ularni qabul qilib olingandan so‘ng ikki yo‘nalish bo‘yicha hisobdan chiqariladi.
Ta’mirlangan yo‘llar yeyilishining kamayishiga: №02-1 «Yo‘llar va yo‘l inshootlarining yeyilishi» subschetining debitiga va №85-1 «Yo‘llar va yo‘l inshootlaridagi fondlar» subschetining kreditiga.
Yo‘llar va yo‘l inshootlarining inventar qiymatlarining ortishiga:
№01-1 «Yo‘llar va yo‘l inshootlari» subschetining debitiga va №85-1 «Yo‘llar va yo‘l inshootlaridagi fondlar» subschetining kreditiga.
Bu schetlarning ja’mlari ham davriy ravishda «Balansning avtomobil yo‘llari tasarrufi» moddasida tegishli tarzda aks ettiriladi.
Mablag‘larning ko‘p qismi yo‘llarni kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishga ta’mirlash uchun sarflanishi va shunga mos ravishda ta’mirlash qiymatlarining ortib borishi shunday holatni yuzaga keltiradiki, natijada ba’zi yo‘llarni ta’mirlashga mablag‘lar yetishmovchiligi tufayli ta’mirlashlar orasidagi davrlarning cho‘zilib ketishiga va tabiiy yemirilish oqibatida yo‘llarning transport tasarruf sifatlarining pasayib ketishiga olib keladi. Eng umumlashgan ko‘rinishda bu holat ko‘p yo‘l tashkilotlarida «Yo‘llar va yo‘l inshootlarining yeyilishi» moddasida aks etadigan summasining yildan yilga ortib borishida o‘z aksini topadi.
Yo‘llarning eskirishi natijasida transport tasarruf ko‘rsatkichlarining yomonlashuvi vaqti kelib shunday darajaga yetadiki, bunda yo‘llar xarajatlanuvchi tarkib ishining loyiha bo‘yicha ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlarini va bu degan so‘z, yo‘llar qurilishiga sarflangan kapital mablag‘larning loyihada aniqlangan samaradorligini ta’minlay olmay qoladilar.
Ta’mirlash loyihalarida, bu ishlarni bajarish uchun tuzilgan smetalarda, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari me’yorlarida umumiy xarajatlar summasida oddiy va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish xarajatlari ajratib ko‘rsatilmaydi. Shunga qaramay birinchi turdagi xarajatlarni me’yorlash mumkin, chunki uning miqdori va davriyligi yo‘l qoplamasining turi, tarkibi, yo‘ldagi harakat rejimiga muvofiq ravishda aniqlansa, ikkinchi turdagi xarajatlar miqdori avtomobil yo‘llari doimiy elementlarining zamonaviy harakat talablariga javob bera olmasligi (harakatlanish qismining kengligi, qiyaliklar, ko‘rinish masofalarining ta’minlanishi, sun’iy inshootlarning yuk ko‘tarish qobiliyatlari va gabarit o‘lchamlari) kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi. Bunday nomutanosibliklarni yo‘qotish uchun bajarilishi kerak bo‘ladigan ishlar hajmi, ularni amalga oshirilish muddatlari har bir yo‘l uchun mutlaqo individual bo‘lib, tabiiy yeyilish oqibatlarini yo‘qotish bo‘yicha bajariladigan ishlar hajmi va muddatlaridan ko‘ra ko‘proq boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Amaldagi harakat intensivligi yo‘lga berilgan texnik kategoriyaning yuqori chegarasidan ortib ketgan hollarda, yo‘lni yuqoriroq texnik kategoriyaga o‘tkazish uchun uni qayta qurish masalasini qo‘yishga ya’ni uni rekonstruksiya qilishga rasmiy ravishda asos paydo bo‘ladi. Uning konkret bajarilishi muddati esa sarflanishi kerak bo‘lgan kapital mablag‘larning samaradorligi hisob-kitoblari bilan asoslanishi kerak.
Yo‘l xo‘jaliklarining, byudjet moliyalashtirishidan tashqari, ya’ni xo‘jalik hisobida bo‘lgan asosiy fondlarni qayta tiklash amortizatsiya ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.
Asosiy fondlarni oddiy qayta ishlab chiqarish (tiklash) uchun mablag‘lar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga belgilangan me’yorlar va hajmda asosiy fondlarning yeyilishini aks ettiruvchi amortizatsiya ajratmalarini kiritish yo‘li bilan hosil etiladi (yig‘ilib boriladi).
Amorizatsiya ajratmalarining umumiy sxemasi u yoki bu inventar ob’ekt uchun butun xizmat muddati mobaynida to‘liq yemirilish sodir bo‘lgach, uni tasarrufidan chiqarilganda almashtirish uchun, hamda xizmat muddati davomida kapital ta’mirlashlar uchun va ba’zan tasarruf jarayonida ularni ba’zan tasarruf jarayonida ularni modernizatsiya qilish uchun mablag‘lar yig‘ilib borishini ta’minlashi kerak. Bir yillik amortizatsiya ajratmasining miqdori, amortizatsiya umumiy sxemasini uning bir yillik xizmatiga to‘g‘ri keladigan miqdorida aniqlanadi.
bu yerda,
F – asosiy fondlar qiymati;
Kr – butun xizmat muddati uchun kapital ta’mirlashlar qiymati;
M – xuddi shu muddat mobaynida modernizatsiyaga qilinadigan xarajatlar;
Fo – asosiy fondlarning qoldiq qiymati;
T – me’yoriy xizmat muddati.
Yillik amortizatsiya sxemasining assoiy fondlar qiymatiga bo‘lgan foiz nisbatiga amortizatsiya ajratmalarining me’yori deyiladi, ya’ni
Amortizatsiya ajratmalarining me’yorlari asosiy fondlarning tabiiy va ma’naviy eskirishlarini hisobga olgan holda belgilangan.
2 tonnagacha yuk ko‘taruvchi yuk avtomobillari uchun amortizatsiya me’yorlari ular qiymatidan har 1000 km bosib o‘tilgan masofa uchun belgilangan.
Binolar va inshootlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarining me’yorlari ularning konstruksiyasi va kapital qurilganligiga bog‘liq ravishda g‘ishtni va temir beton binolar uchun 2,4-4,7foiz, yog‘ochdan bo‘lgan binolar uchun 7,0 foiz etib belgilangan. Uy joy binolari uchun amortizatsiya ajratmalari faqat ularni kapital ta’mirlash uchungina hisoblanadi.
Barcha asosiy fondlarga amortizatsiya ajratmalari oyma-oy hisoblab boriladi, faqat belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan ob’ektlar bundan mustasno. Ta’mirlashda yoki to‘xtab turib qolgan mashinalar uchun amortizatsiyani hisobga olish to‘xtatilmaydi. Ijaraga berilgan asosiy fondlar uchun amortizatsiya ajratmasi ijaraga beruvchi tomonidan hisoblanadi.
Amortizatsiya ajratmalari fondlarining xizmat muddatidan qat’iy nazar hisoblanaveradi. Agar asosiy fondlar tarkibiga kiritilgan ob’ekt, xizmat muddati tugamasdan turib ishdan chiqsa, u holda uning ma’lum bir qismi qiymati yaratiladigan mahsulotga o‘tmasdan qolib ketadi. Natijada zarar ko‘riladi va bu zararning miqdori asosiy fondning likvidatsiya qilinish vaqtiga bo‘lgan qoldiq qiymati bilan, uni likvidatsiya qilishdan tushgan mablag‘ o‘rtasidagi farqga teng bo‘ladi. Bu zarar moliyaviy faoliyat natijasiga, ya’ni foydalar va zararlar schetiga o‘tkaziladi. Bunday holatlarda tasarruf etilishi to‘xtatilgan ob’ektlarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarish muhim ahamiyatga ega. Aks holda, ularning ishdan chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan zararlar yashiringan holda qolib, ob’ektlar avvalgidan asosiy fondlar hisobida turaveradigan va qurilish va yo‘l mashinalari tasarrufi xarajatlari bo‘yicha qurilish-montaj ishlari tannarxining ortishiga sababchi bo‘ladilar. Va aksincha, belgilangan me’yorlarga nisbatan ob’ektlarning ishlash muddatlarining uzayishi yo‘l qurilish (ta’mirlash) tashkilotiga amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishidagi qo‘shimcha mablag‘larga ega bo‘lish imkonini beradi.
Asosiy fondlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari me’yorlangan miqdorda qurilish mahsulotining narxiga kiradi. qurilish va ta’mirlash qurilish ishlari uchun moliyalashtiruvchi tashkilot smeta narxlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirar ekan, u qurilish (ta’mirlash qurilish) tashkilotiga, asosiy fondlardan to‘g‘ri foydalanish sharoitida, tegishli amortizatsiya sxemalarini ham to‘lab turgan bo‘ladi. Ammo amalda hisoblangan va mahsulot tannarxiga kirgizilgan amortizatsiya miqdori amalda mavjud bo‘lgan asosiy fondlar va ulardan foydalanish rejimiga bog‘liq ravishda smeta narxiga kiruvchi sxemadan ko‘ra ko‘proq yoki kamroq bo‘lishi mumkin. Asosiy fondlarning ortiqcha bo‘lishligi yoki ulardan yomon foydalanish amalda mahsulot narxiga kiruvchi me’yorlangan darajadagidan ko‘p amortizatsiya hisoblanishiga va bu modda bo‘yicha zararning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Asosiy fondlarning har bitta ob’ektiga amalda ulardan qanday foydalanilayotganligidan qat’iy nazar amortizatsiya hisoblanadi. Shu sababli qurilish va yo‘l mashinalari ishini tashkil etishni yaxshilash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash usullarini takomillashtirish mashinalarning yillik ish kunlari sonini orttirib, amortizatsiya ajratmalari salmog‘ining kamayishi hisobiga mashina smena tannarxining kamayishiga olib keladi.
Yo‘l tashkilotlari butun amortizatsiya ajratmasi sxemasidan mustaqil ravishda, ularni ishlab chiqarish va fan-texnikani rivojlantirish yoki shunday ishlarga mo‘ljallangan boshqa fondlarga yo‘naltirish orqali foydalanadilar.
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish (tiklash) uchun xizmat qiladigan korxonaga tegishli bo‘lgan mablag‘lar manbalarining biri bo‘lib hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini to‘ldirib turish uchun, foydadan tasdiqlangan normativlar asosida, ishlab chiqarishni, fan-texnikani rivojlantirish fondiga mablag‘lar ajratiladi. Undan tashqari ushbu fondga hisobdan chiqib ketayotgan asosiy fondlarni realizatsiya etiladigan bo‘ladigan tushumlar to‘liq yo‘naltiriladi.
Korxonalar o‘zlarining ishlab chiqarishni, fan-texnikani
rivojlantirish fondlaridan, ishlab chiqarishni tashkil etishni mukammallashtirish, uni texnik jihatdan qayta jihozlash va rivojlantirish, mehnatni ilmiy tashkil etish tadbirlarni joriy etish, yangi texnikani joriy etish uchun bankdan olingan kredit va ssudalar uchun qarzlarni to‘lash, qisqasi asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish (tiklash) maqsadlarida erkin va bemalol foydalanadilar.
Nazorat uchun savollar
Yo‘l tashkilotlarining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan) asosiy fondlari o‘rtasidagi farq nimada?
Asosiy fondlarni yeyilishni hisobga olgan holda tiklanish qiymati bo‘yicha baholash qanday axborotni beradi?
Yo‘l tashkilotining asosiy ishlab chiqarish fondlariga ehtiyojini qanday aniqlash mumkin?
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligining natural va qiymat ko‘rsatkichlari qanday amaliy ahamiyatga ega?
Korrelyatsion regression tahlil uslublaridan foydalanib, asosiy fondlardan foydalanishni tahlil etish natijasida qanday xulosalarga kelish mumkin?
Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilashning qanday yo‘llari bor?
Asosiy fondlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarining vazifasi nima va ulardan qanday tartibda foydalaniladi?
|
| |