• 5-MAVZU. NARX-NAVONING ShAKLLANIShI Reja: Yo‘l xo‘jaligida narx shakllanishining o‘ziga xos tomonlari. Smeta xarajatlari
  • Yo‘l xo‘jaligida narx shakllanishining o‘ziga xos tomonlari
  • Smeta xarajatlari strukturasi va ularni guruhlarga ajratish
  • Smeta hujjatlari tarkibi va ularni ishlab chiqish tartibi
  • Qurilish smeta qiymatining me’yoriy bazasi
  • 1-mavzu yo‘l xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati reja




    Download 4,89 Mb.
    bet11/30
    Sana07.12.2023
    Hajmi4,89 Mb.
    #113510
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
    Bog'liq
    30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 2

    Nazorat uchun savollar

    1. Moliya nima

    2. Avtomobil yo’llarining tasniflanishi bo’yicha moliyalshtirish qanday

    3. Avtomobil yo’llarini moliyalashtirish bo’yicha qanday me’yoriy hujjatlar mavjud

    4. Avtoyo‘llarni ta’mirlash xarajatlarini moliyalashtirish to’g’risida nimalarni bilasiz

    5. 2022 yilda avtomobil yo’llari bo’yicha qanday moliyaviy ishlar amalga oshirildi

    5-MAVZU. NARX-NAVONING ShAKLLANIShI
    Reja:

    1. Yo‘l xo‘jaligida narx shakllanishining o‘ziga xos tomonlari.

    2. Smeta xarajatlari

    3. Smeta hujjatlarining tartibi va tarkibi

    4. Qurilish smeta qiymatining me’yoriy bazasi

    5. Shartnomaviy narxlar



    Yo‘l xo‘jaligida narx shakllanishining o‘ziga xos tomonlari
    Narxlanish (narx shakllanishi) tizimi mamlakat bozor iqtisodiyotining zaruriy vositasi sanaladi. Yo‘l xo‘jaligida narxlarning shakllanishi asosida narxlar bo‘yicha yagona umumdavlat siyosati yotadi va uning asl mohiyati korxona (tarmoq) xarajatlarini qoplash, foydaning shakllanishi, ishlab chiqarishning rivojlanishini rag‘batlantirish va ishlovchilarning o‘z mehnatlarining natijalaridan manfaatdor bo‘lishlarini ta’minlashga birdek yondashishni taqozo etadi.
    Mahsulotlarning narxi shunday belgilanishi kerakki, yo‘l xo‘jaligining mo‘tadil ishlayotgan korxonasi uni realizatsiya qilganidan so‘ng mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy xarajatlarni qoplash, davlat byudjeti yoki yuqori organlarda zaruriy to‘lovlarni to‘lash va undan tashqari o‘zining rivojlanishi uchun mablag‘ga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lsin.
    Narxlarda mahsulotning iste’mol xususiyatlari, uning sifati va foydaliligi hisobga olinadi.
    Iqtisodiy nazariyada narxlar shakllanishiga bir necha xil qarashlar mavjud. Kapital qurilishda «o‘rtacha qiymat» tushunchasi qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra narx o‘rtacha tarmoq qiymatiga (ijtimoiy zaruriy xarajatlar), tannarxiga proporsional bo‘lgan «rejalashtirilgan jamg‘armalar» deb ataluvchi sof daromadni qo‘shib hisoblash asosida aniqlanadi. Amalda tannarx ijtimoiy zaruriy xarajatlar miqdoridan bir qator omillar ta’sirida boshqacha bo‘ladi va ularning ko‘rsatadigan ta’siri korxona rejasining shakllantirishda hisobga olinadi.
    Yo‘l xo‘jaligida ham o‘rtacha qiymat tushunchasi qabul qilingan. Narx vazifasini smeta qiymati ifoda etadi. Smeta bu ob’ektni qurishga yoki ta’mirlashga bo‘ladigan barcha xarajatlarning hisob-kitobini tasvirlaydi.
    Yo‘l xo‘jaligida qabul qilingan narxlarning shakllanish uslubi boshqa tarmoqlardan farq qiluvchi qator muhim xususiyatlarni hisobga oladi, shu jumladan:
    -qurilish ob’ekti joylashgan yerdagi iqtisodiy-geografik va transport omillarining avvaldanoq aniq bo‘lishligi;
    -qo‘llaniladigan hajm-tyokislash, konstruktiv va texnologik qarorlarning mahalliy qurilish sharoitiga nihoyatda bog‘liqligi;
    -quriladigan ob’ektlarning liniyaviy harakterdaligi;
    -ishlarni amalga oshirishda mahalliy qurilish materiallari, ishlab chiqarish chiqindilari va ikkilamchi resurslarning keng qo‘llanilishi;
    -yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlarining umumiy hajmida transport ishlari salmog‘ining yuqoriligi, materiallar va konstruksiyalar tashilish masofasi ularning qiymatiga ta’sirini katta bo‘lishi.
    Narxlarning shakllanish jarayoni o‘z ichiga uchta bosqichni oladi:
    -texnik iqtisodiy asoslash va texnik iqtisodiy ishlab chiqarish, ya’ni loyihalashni boshlashdan avvalgi bosqichda, limit narxlarni aniqlash;
    -loyihani ishlab chiqarishda qurilishning yoki rekonstruksiya qilishning smeta qiymatlarini hisoblab chiqish;
    -buyurtmachi, pudratchi va loyiha tashkilotlari o‘zaro kelishgan holda shartnomaviy narxlarni belgilab olish.
    Davlat buyurtmasiga ko‘ra amalga oshiriladigan qurilishlar (masalan, umumdavlat va respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llar) bo‘yicha limit narxlari majburiy ravishda aniqlab chiqiladi.
    Limit narxlari topshiriqda loyihalashtirishda ko‘zda tutilgan inshootlar uchun ularning texnik va iqtisodiy parametrlari mos keluvchi normativ rolini bajaradi. Limit narxlari darajasi kapital mablag‘lar sarfining qoplanish muddatlari normativlaridan kelib chiqilgan holda aniqlanishi kerak. Shu sababli limit narxlari loyihalashtirish va qurilish jarayoni uchun kapital mablag‘lar sarfining chegarasini belgilaydi va uning miqdori shundan ortib ketmasligi kerak. Limit narxlarining ortib ketishi tasarrufga topshirilayotgan ob’ektlar bo‘yicha kapital mablag‘lar samaradorligi loyihalashtirish oldi bosqichida hisoblangandan ko‘ra past bo‘lishligini bildiradi.
    Smeta qiymati loyihalashtirish jarayonida qabul qilingan muxandislik yechimlari asosida belgilanadi va loyiha tarkibida tasdiqlanadi. Bunda uning qiymati tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha besh yillik muddatga yangidan qurilishi boshlanadigan va rekonstruksiya qilinishi texnik- iqtisodiy asoslanishiga to‘g‘ri kelishi yoki undan past bo‘lishi kerak.
    Shartnomaviy narx-qurilish va yo‘l xo‘jaligida tovar-pul munosabatlarining butunlay yangicha bo‘lgan kategoriyasidir. Shartnomaviy narxning yuqori chegarasi ob’ekt qurilishi yoki rekonstruksiyasining limit narxi bo‘lsa, pastki chegarasi pudratchining xo‘jalik hisobi manfaatlarini hisobga oluvchi loyihalashtirish bosqichida aniqlangan smeta qiymatidir. Qurilishda (shu jumladan yo‘l qurilishida), hamda yo‘l xo‘jaligida narx shakllanishining markaziy masalasi loyihani ishlab chiqishda hisoblanadigan smeta qiymati sanaladi, chunki huddi shu smeta qiymati qurilishda shartnomaviy narxlarni aniqlash uchu nasos bo‘lib xizmat qiladi. Smeta xizmatini aniqlash uchun loyiha tarkibida smeta hujjatlari deb ataluvchi hisob-kitob va hujjatlar majmui ishlab chiqiladi. Loyiha tarkibida ishlab chiqiladigan (qurilish va texnologik yechimlar, qurilishni tashkil etish, smeta hujjatlari), barcha hujjatlar majmui birgalikda loyiha-smeta hujjatlari deb ataladi.
    To‘g‘ri tuzib chiqilgan, pudratchi tomonidan qabul qilingan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta hujjatlari butun qurilish davri uchun o‘zgarmas bo‘lib, qurilish yoki yo‘l ob’ekti ta’mirlanishiga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
    Smeta xarajatlari strukturasi va ularni guruhlarga ajratish
    Smetalarda ko‘zda tutilgan avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, yo‘l inshootlari qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar qurilishning umumiy smeta qiymatini aks ettiradi (zarur bo‘lgan umumiy kapital mablag‘lar sarfini). Umumiy smeta qiymatini alohida xarajat turlariga ajratib chiqish va ularning umumiy smeta qiymatidagi salmog‘ini foizlarda aniqlashga, qurilish smeta qiymatining strukturasi (tarkibiy tuzilishi) deyiladi. Kapital mablag‘ning strukturasiga muvofiq ravishda qurilishning smeta qiymati tarkibi qurilish ishlariga (yer polotnosini tayyorlash, tayyorgarchilik ishlari, sun’iy inshootlar, yo‘l qoplamasi, yo‘l xizmatining bino va inshootlari, yo‘llarni obodonlashtirish va boshqalar), texnologik uskunalarni sotib olishga, qurilayotgan ob’ekt uchun inventar va asbob-uskunalar sotib olishga, montaj ishlariga, boshqa xarajatlarga (loyiha-izlanish ishlari, qurilishni texnik nazorat qilish, ilmiy- tekshirish ishlari, harakatlanuvchi harakterdagi ish uchun ish haqiga qo‘shimcha to‘lovlar va hokazo) ajratiladi.
    Qurilish smeta qiymatining strukturasi asosan qurilayotgan ob’ektning turi va vazifasiga bog‘liq. Sanoat qurilishida ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ob’ektlarni tiklashda qurilish-montaj ishlarining salmog‘i 40-55 foizni, ishlab chiqarishga xizmat qilmaydigan ob’ektlarda 75-90 foizni tashkil etadi. Yo‘l xo‘jaligida esa asosiy o‘rinni qurilish-montaj ishlari egallab, uning qurilishning umumiy smeta qiymatidagi salmog‘i 90 foizga yaqin bo‘ladi.
    Har qanday turdagi ishlarni bajarish yoki har qanday konstruktiv elementni tiklashda smeta xarajatlari iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra smeta xarajatlari guruhini tashkil etuvchi kompleks kalkuliyatsion moddalarga birlashtiriladi. Kalkuliyatsion moddalar qurilishda smeta hisob- kitoblarini bajarish bo‘yicha qabul qilingan yagona uslubiyotga muvofiq aniqlanadi.
    Smeta xarajatlarini guruhlashtirish ularni quyidagi moddalarga ajratilishini ko‘zda tutadi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar, (TX) ustama xarajatlar(UX) va rejalashtiriladigan jamlanmalar (RJ) SkmiqTX+UX+RJ. Har qanday ob’ektning smeta qiymati alohida konstruktiv elementlar va ish turlari qiymatidan tashqari o‘z tarkibiga limitlangan xarajatlar deb ataluvchi vaqtinchalik binolar va inshootlar, boshqa ishlar va ko‘zda tutilmagan ishlar uchun xarajatlarni ham oladi. Avtomobil yo‘lini qurishning to‘liq smeta qiymati alohida konstruktiv elementlar bo‘yicha smeta qiymatlarini qo‘shib topiladi (yer polotnosi, yo‘l qoplamasi, sun’iy inshootlar, yo‘llarni jihozlash va limitlangan xarajatlar).
    To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlardeb - ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish, qurilish ishlab chiqarishi texnologiyasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga aytiladi. Ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri deb atalishiga sabab, ularni konkret ish turi bo‘yicha amaldagi smeta me’yorlari va narxlar asosida aniqlash hamda bir-birlik ishga nisbatan taqsimlab qiymatini topish mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
    -qurilish maydoni hududida qurilish-montaj ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan ishchilarning asosiy ish haqlari. Ishchilarning qo‘shimcha ish haqlariga (ta’til haqlari, kompensatsiyalar, nafaqalar to‘lovi) bo‘ladigan xarajatlar ustama xarajatlar tarkibida hisobga olinadi. Ishchilarning asosiy ish haklariga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar va yordamchi ishlab chiqarish ishchilarining, hamda qurilish, yo‘l mashinalari va transport vositalarini boshqarish bilan shug‘ullanuvchi ishchi mexanizatorlarning ish haqlari qo‘shilmaydi;
    -materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va yarimfabrikatlarning qiymatlari. Yo‘l qurilishida ishlatiladigan barcha materiallar ikki guruhga bo‘linadi: chetdan keltiriladigan va mahalliy materiallar. Hududiy ta’minot organlari orqali yo‘l xo‘jaligi qurilishlariga yetkazib beriladigan materiallar asosan chetdan keltiriladigan materiallardir. Ular qatoriga bitum, sement, yog‘och materiallar, asidol, metall va boshqalar kiradi. Qurilish materiallari sanoati korxonalarida, qurilish industriyasidan, baza va mahalliy tosh materiallari karerlaridan, yo‘l xo‘jaligining yordamchi korxonalaridan keltiriladigan materiallar - mahalliy materiallar sanaladi. Mahalliy materiallar qatoriga qum, sheben, shag‘al, asfalt-beton va temir - beton aralashmalari konstruksiyalar va boshqalar kiradi.
    To‘g‘ridan - to‘g‘ri xarajatlarda barcha materiallar qurilishning ob’ekt oldi franko omborxonasi narxlarida hisobga olinadi, ya’ni u narxlar ulgurji sotilish narxlari, sotish tanlash tashkilotlarning ustamalari, tara va rekvizitlari narxi, materiallarni ob’ektoldi omborxonalarigacha yetkazib kelish uchun bo‘lgan transport xarajatlari, tayyorgarchilik - ombor xarajatlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
    Qurilish va yo‘l mashinalarini, transport vositalarini tasarrufiga bo‘ladigan xarajatlar mashina va mexanizmlarni qurilish maydoniga yetkazib kelish, ularni bir ob’ektdan boshqa ob’ektga ko‘chirish, montaj va demontaj qilish, amartizatsiya ajratmalari, ta’mirlash xarajatlari, ishchi - mexanizatorlarining ish haqlari, yonilg‘i - moylash materiallariga va elektr energiyaga xarajatlardan tashkil topadi.
    Qabul qilingan ish o‘lchamiga (100m2 ga, 100m3 ga 1m3 ga, 1m2 ga) to‘g‘ri keladigan to‘g‘ridan - to‘g‘ri harjatlar miqdori birlik qiymati deb ataladi.
    Bunday smeta hisob - kitoblarning ob’ekti, loyihalarda ko‘zda tutilgan, konstruktiv elementlari va ish turlari bo‘yicha ish hajmini birlik qiymatiga ko‘paytirib aniqlanadigan to‘g‘ridan - to‘g‘ri xarajatlar sanaladi.
    Ustama xarajatlar- bu qurilishni tashkil etish, boshqarish va xizmat ko‘rsatish xarajatlaridan iborat bo‘lib, to‘rt guruhdan tashkil topadi: ma’muriy xo‘jalik, ishlovchilarga xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarishni tashkil etish va boshqa xarajatlar. Ustama xarajatlarni u yoki bu turdagi ishning bir - birligiga nisbatan hisoblab bo‘lmaydi, chunki ular butun qurilish tashkilotiga tegishlidir. Shu sababli ularni to‘g‘ridan - to‘g‘ri xarajatlarning har bir so‘miga bir tyokisda taqsimlanadi va smetalarda belgilangan me’yorlarga muvofiq aniqlanadi. Ustama xarajatlarning me’yorlari qurilish tashkilotining qaysi idoraga tegishliligi va ish turiga bog‘liq bo‘ladi. Ustama xarajatlarning me’yorlari vazirliklar, idoralar va respulikalar bo‘yicha differensiyalangan. Texnika taraqqiyotining o‘sib borishi munosabati bilan ustama xarajatlarning me’yorlari vaqti - vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi, chunki ular qurilishning mexanizatsiyalashish va industrializatsiya darajasiga, qo‘llanaladigan qo‘l mehnatining ulushiga, qurilish tashkilotlarining quvvati va strukturasiga, qurilish materiallari narxlariga hamda tashish, elektroenergiya tariflarining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi.
    Smeta hujjatlari tarkibi va ularni ishlab chiqish tartibi
    Qurilishning smeta hujjatlari - inshootning (yo‘l, ko‘prik, tonnel va hokazo) smeta qiymatlarini asoslab beruvchi hujjatlar majmuidan iborat bo‘ladi. Smeta hujjatlari loyihalashtirish jarayonida qurilishni tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan loyiha yechimlari asosida ishlab chiqiladi va loyihaning tarkibiy bir qismi sifatida tasdiqlanadi.
    Smeta hujjatlarning tarkibi loyihalashtirishning bosqichligiga bog‘liq. Ikki bosqichli loyihalashtirishda loyiha tarkibida qurilish bahosining umumiy smeta hisobi va xarajatlar to‘plami (ishlab chiqarishdan tashqari ob’ektlar qurilish qiymatini hisobga olgan holda) ob’ekt va lokal smetalari, smeta hisob - kitoblari, loyiha va izlanishlar smetalari ishlab chikiladi. Ishchi hujjatlar tarkibida ob’ekt va lokal smetalari ishlab chiqiladi.
    Bir bosqichli loyihalashtirishda ishchi loyiha tarkibi qurilish bahosining umumlashma smeta hisob-kitobi, xarajatlar to‘plami, ob’ekt va lokal smetalari, smeta hisob-kitoblari va loyiha izlanish ishlari smetalaridan tashkil topadi.
    Loyiha tarkibidagi smeta hujjatlarini yiriklashtirilgan smeta me’yorlari, qurilish smeta bahosining yiriklashtirilgan ko‘rsatgichlari bo‘yicha, ishchi hujjatlarni kataloglarga jamlagan materiallar, konstruksiyalar, buyumlar, transport xarajatlari kalkulyatsiyasining birlik qiymatlari asosida tuziladi.
    Smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib qurilishning mahalliy shart-sharoitlarini belgilovchi ma’lumotlar xizmat kiladi. Ular quyidagilardan iborat:
    -mahalliy materiallar karerlar, yordamchi korxonalar va qurilishning tayanch omborxonalari, eng yaqin temir yo‘l stansiyalari, pristallar, qurilish maydonigacha bo‘lgan masofalar ko‘rsatilgan avtomobil yo‘llari to‘g‘risida ma’lumotlar beruvchi avtomobil yo‘li qurilishi mo‘ljallanayotgan rayon haqidagi ma’lumotlar majmui (situatsion reja);
    -mahalliy qurilish materiallari olinadigan joylar to‘g‘risida ma’lumotnoma;
    -fondlashtirilgan (chetdan keltiriladigan) materiallarning olinish manbalari to‘g‘risida buyurtmachining ma’lumotnomasi;
    -avtomobil yo‘llarining texnik holati ko‘rsatilgan holda tuzilgan, avtomobil transporti bilan qurilish yuklari tashish masofalarining o‘lchanishi to‘g‘risida dalolatnoma;
    -suv, elektr energiya, bug‘, siqilgan havo va boshqalarni qanday olinishi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
    Avtomobil yo‘llari, ko‘prik va boshqa yo‘l inshootlari qurilishining smeta bahosini aniqlash uchun ikki bosqichli loyihalashtirishda, kapital mablag‘larni rejalashtirish va qurilishni moliyaviy ta’minlashning asosi bo‘lgan, qurilish bahosining umumlashma smetasi hisob-kitobi tuzib chiqilishi kerak. Uni avtomobil yo‘lining alohida konstruktiv elementlarini tiklashning smeta qiymatlarini harakterlovchi ob’ekt va lokal smetalar asosida ishlab chiqiladi: yo‘l polotnosi, yo‘l qoplamasi, sun’iy inshootlar, yo‘llarni jihozlash, yo‘l va avtotransport xizmatining bino va inshootlari va hokazo.
    Yo‘l polotnosi va qoplamasiga lokal smetalar qurilish me’yorlari va qoidalarida tasdiqlangan, rayonning yagona birlik qiymatlari asosida ishlab chiqiladi. Qolgan lokal smetalar esa odatda qurilish qiymatining yiriklashtirilgan ko‘rsatgichlari asosida tuzib chiqiladi. Rayon yagona birlik qiymatlari (YeRER) dagi narxlarni mahalliy sharoitga bog‘lash kerak bo‘ladi, shu sababli yo‘l qoplamasi uchun qo‘shimcha ravishda yagona narxlarning mahalliy qurilish sharoitiga bog‘lagan ravishda materiallar narxi va bu materiallar bo‘yicha transport xarajatlari kalkulyatsiya qilib chiqilgan yagona narxlari katalogi tuzib chiqiladi.
    Yo‘l qoplamasi uchun smeta hujjatlarini ishlab chiqarish tartibi quyidagicha: rayon yagona birlik qiymatlari (YeRER) dan tegishli yagona birlik qiymatlari tanlanadi; yagona birlik qiymatlar bo‘yicha zaruriy mahalliy materiallar ro‘yxati tuzib chiqiladi; shu materiallar uchun tegishli transport xarajatlari kalkulyatsiyasi va franko qurilish maydoni smeta qiymatlari kalkulyatsiyasi tuziladi; undan so‘ng yagona birlik qiymatlari katalogi ishlab chiqiladi. Lokal smetalarda (yo‘l qoplamasi va yo‘l polotnosi) alohida-alohida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar, ustama xarajatlar va rejalashtiriladigan jamlanmalar hisoblab chiqiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar tegishli birlik qiymatlarini loyihalashtirilayotgan ish hajmiga ko‘paytirib, ustama xarajatlar belgilangan me’yorlar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlardan foiz hisobida, rejalashtiriladigan jamlanmalar smeta sohasidan (to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar va ustama xarajatlar yig‘indisidan) foiz hisobida aniqlanadi.
    Yo‘l qoplamasiga tuzilgan lokal smetada ish haqiga, qurilish mashinalari va mexanizmlarini tasarruf etishga bo‘ladigan xarajatlar, mehnat sarfining normativ ko‘rsatkichlari va qurilish-montaj ishlarida band bo‘lgan ishchilarning ish haqlari ajratib ko‘rsatiladi.
    Rayon yagona birlik qiymatlari (YeRER) asosida lokal smetalarni tuzishda, tegishli ko‘taruvchi koeffitsientlar amal qiladigan joylarda, ish haqi bo‘yicha bo‘ladigan qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu koeffitsientlar bo‘yicha ishchilarning asosiy ish haqlariga va qurilish mashinalariga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilarning ish haqlariga qo‘shimchalar hisoblanadi.
    Yo‘lning boshqa konstruktiv elementlariga lokal smetalar o‘z tarkibiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar, ustama xarajatlar va rejaviy jamlanmalarni lokal hududiy qurilish qiymatining yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlari (UPSS) bo‘yicha hisoblanadi. qurilish qiymatining yiriklashtirilgan ko‘rsatkichi (UPSS) ni ish hajmiga ko‘paytirib, smetalar bo‘yicha xarajatlarning umumiy miqdorini aniqlash mumkin.
    Avtomobil yo‘llari qurilishining lokal smetalar asosida tuzilgan umumlashgan smeta hisob-kitobi 12 qismdan iborat bo‘ladi:
    I qism. qurilish hududini tayyorlash.
    II qism. Yo‘l polotnosi.
    III qism. Sun’iy inshootlar.
    IV qism. Yo‘l qoplamasi.
    V qism. Aloqani yo‘lga qo‘yish.
    VI qism. Yo‘l va avtotransport xizmatlariga binolar va inshootlar.
    VII qism. Yo‘l jihozlari va vositalari. Chorrahalar va yondashib qo‘shilishlar.
    VIII qism. Shaharlarga, rayon markazlariga, temir yo‘l stansiyalariga kirib-chiqish yo‘llari.
    IX qism. Vaqtinchalik binolar va inshootlar.
    X qism. Boshqa turdagi ishlar va xarajatlar.
    XI qism. Texnik nazorat. qurilayotgan yo‘l direksiyasini ta’minlab turishga xarajatlar.
    XII qism. Loyiha va izlanish ishlari.
    Boshlanishdagi 8 ta qism yo‘lning konstruktiv elementlari bo‘yicha ish turlariga mos keladi.
    IX qism vaqtinchalik binolar va inshootlar bo‘yicha smeta xarajatlarini aniqlaydi (umumlashma smeta hisob-kitobining boshlang‘ich sakkizta bobidagi qurilish-montaj ishlari bo‘yicha smeta xarajatlaridan foiz hisobida). X qism boshqa turdagi xarajatlarni o‘z ichiga oladi, shu jumladan, qish oylarida ishlarni bajarish, ko‘chma elektrostansiyalar elektr energiyasidan foydalanish, foydalanuvchi materiallarni avtomobil yo‘llarida qo‘shimcha qayta tashish, ishlarning muhim bir joyda emasligi uchun to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lovlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar. Ularning miqdori ham normativlarga muvofiq ravishda qurilish-montaj ishlarining yig‘indisidan foiz hisobiga aniqlanadi. XI qism belgilangan limitlar bo‘yicha hisoblanadigan texnik nazoratga smeta xarajatlarini ifodalaydi. XII qism loyiha-izlanish ishlarining smeta qiymatini aniqlaydi, ularning miqdori qurilish uchun loyiha-izlanish ishlariga smetalar tuzish tartibi haqidagi instruksiya muvofiq hisoblanadi.
    Qurilish qiymatining umumlashma smeta hisob-kitobida, miqdori tarmoqqa oshiriladigan rayonga loyihalashtirishning bosqichligiga bog‘liq bo‘lgan, ko‘zda tutilmagan ishlar va xarajatlar uchun rezerv mablag‘lar nazoratda tutiladi.
    Mablag‘lar rezervi qurilish me’yorlari va qoidalari (SNiP) bo‘yicha belgilangan me’yorlar bo‘yicha aniqlanadi, Avtomobil yo‘llari loyihasini ishlab chiqishda uning miqdori umumiy smeta qiymatidan 5 foiz miqdorida, ishchi hujjatlarida 1,5 foiz miqdorida, bir bosqichli loyihalashtirishda ishchi loyihada 3 foiz miqdorida belgilangan.
    Rezerv ishlarini bajarish usullarining o‘zgarishi loyihada ko‘zda tutilgan mashinalar, konstruksiyalarning almashishi, loyihada hisobga olinmagan texnologiya o‘zgarishidan kelib chiqqan qo‘shimcha qurilish-montaj ishlari, hajmi-planirovka yechimlarini qayta ko‘rib chiqishlar natijasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarni qoplashga xizmat qiladi.
    Avtomobil yo‘llarni qurish uchun zaruriy kapital mablag‘lar miqdori umumiy smeta xarajatlardan qaytariladigan summalarni (ko‘zda tutilmagan xarajatlarni hisobga olgan holda) ayrib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi. qaytariluvchi summalar umumlashma smeta hisob-kitobi jamining so‘nggida keltiriladi.
    Qaytariluvchi smetalarga quyidagilar kiradi:
    -vaqtinchalik bino va inshootlarni buzish qiymati;
    -buzilgan binolardan olingan materiallar va konstruksiyalar qiymati;
    -yo‘lakay qazib olish tartibidan qo‘lga kiritilgan va so‘ngra realizatsiya qilingan materiallar qiymati (tosh, yog‘och materiallar, foydali qazilmalar va hokazo).
    Tasdiqlanadigan loyiha (ishchi loyiha) tarkibidagi smeta hujjatlariga yozma izoh ilova qilinadi, unda smeta hisob-kitoblarini bajarish uslubi, hududiy rayon, tarif poyasi, ustama xarajatlar miqdori, rejalashtirilgan jamlanmalar va smeta hujjatlarini ishlab chiqishda hisobga olingan har xil alohida shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar beriladi.
    Avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqarishning ba’zi bir o‘ziga xos hususiyatlari bor. Uning tarkibida butun yo‘lning va alohida bo‘laklarining ta’mirlashga muhtojligini texnik jihatdan zarurligini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini, ta’mirlash galma-galligini, texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqiladi. Yo‘l va uning bo‘laklari bo‘yicha harakat perspektiv intensivligi, tegishli texnik kategoriyasi, kesishuvi va kelib qo‘shiluvchi yo‘llardagi perspektiv harakat intensivliklari belgilab olinadi; transport tugunlari yechimi turlari tavsiya etilib, aholi punktlarini aylanib o‘tishning maqsadga muvofiqligi aniqlanadi, kapital mablag‘larning samaradorligini hisoblab chiqiladi.
    Avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga loyiha-smeta hujjatlari odatda bir bosqichda ishlab chiqiladi, ya’ni ishchi loyiha.
    Avtomobil yo‘lini ta’mirlashning hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi; yo‘lni ta’mirlash qiymatining umumlash smetasi hisob-kitobi, ta’mirlovchi kompleks tarkibiga kiruvchi alohida inshootlar va binolar bo‘yicha ob’ekt smetalar, boshqa turdagi alohida ishlar va xarajatlar bo‘yicha smeta hisob-kitoblari, SNiP me’yorlari va YeRER to‘plamlarida ko‘zda tutilmagan alohida ish turlari va xarajatlarning birlik qiymati mahalliy shart-sharoitlar bilan bog‘langan materiallar, buyumlar va yarimfabrikatlar qiymatlarining kalkulyatsiyasi.
    Yo‘lni ta’mirlash qiymatining umumlashma smetasi hisob-kitobini tasdiqlangunga qadar ish bajaruvchi tashkilotlarning roziligi olinadi. Umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llarni ta’mirlash uchun tuzilgan loyiha- smeta hujjatlari, ta’mirlashning smeta qiymatiga qarab, yo‘l boshqarmalari, PRSO, “O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadi, mahalliy yo‘llar uchun esa mahalliy hokimiyatlar tomonidan tasdiqlanadi.
    Qurilish smeta qiymatining me’yoriy bazasi
    Qurilishda narxlarning shakllanishi jarayoni Davlat tomonidan smeta bo‘yicha mehnat yo‘l - qurilish mashinalarining ish vaqti, qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar yarimfabrikatlar sarfini majburiy me’yorlash, qurilish ishchilari ish haqlarini hisoblashga yagona ta’rif tuzilishini qo‘llash, qurilish materiallari. buyumlar, yarimfabrikatlarga yagona ulgurji narxlarning belgilash, qurilish mashinalaridan foydalanishning smeta narxlarining belgilash, yagona transport tariflari va elektr energiyaga tariflarini o‘rnatish yo‘li bilan nazorat qilinadi va tartibga solinadi.
    Smeta me’yorlari - bu bir birlik qurilish ish hajmi inshootning konstruktiv elementiga to‘g‘ri keladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarining (qurilish materiallari, mehnat va ish haqi, qurilish mashinalarining ish vaqti) alohida elementlari miqdorining natural ko‘rinishidagi ifodasidir.
    To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar elementlari bo‘yicha natural smeta me’yorlari va qiymat (narx) ko‘rsatgichlari majmui smeta normativlari tizimini hosil qiladi.
    Qo‘llaniladigan barcha smeta me’yorlari qurilish tarmoqlari, vazifasi, ish turlari va yiriklashganlik darajasi bo‘yicha turlarga ajratiladi.
    Qurilish tarmoqlari bo‘yicha smeta me’yorlari fuqaro, sanoat, transport va boshqa qurilish turlari bo‘yicha differensiyalanadi.
    Vazifasiga ko‘ra ishlarning smeta qiymatini aniqlash uchun xizmat qiluvchi va boshqa ishlar va xarajatlar miqdorini hisoblash uchun kerak bo‘ladigan normativlarga ajratiladi.
    Yiriklashganlik darajasi bo‘yicha me’yorlar elementlar bo‘yicha, ya’ni alohida ish turlari yiriklashtirilgan (konstruktiv elementlar va bino hamda inshootlarning yirik o‘lchagichlari) me’yorlarga diferensiyallanadi.
    Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va boshqa yo‘l inshootlarining smeta qiymatini aniqlash uchun qo‘llaniladigan asosiy me’yorlar quyidagilardan iborat:
    Yiriklashtirilgan smeta me’yorlari (USN) yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) ni tuzish uchun foydalaniladigan qurilish konstruksiyalari va ishlari uchun element smeta me’yorlari (ESN) qurilish smeta qiymati hisob-kitobining to‘g‘riligi qo‘llaniladigan smeta me’yorlari va narxlarining ishonchliligi va realligi bo‘yicha aniqlanadi. Smeta normativlarini ishlab chiqarish, ishlab chiqarish me’yorlari - qurilish, montaj va qurilish - ta’mirlash ishlarining yagona me’yorlari va narxlari (YeNiR), qurilishni tashkil etishning tejamli va taraqqiyparvar loyiha yechimlariga asoslanadi.
    Resurslar xarajatining smeta me’yorlari, operativ-ishlab chiqarishni rejalashtirishi va me’yorlashtirishda foydalaniladigan ishlab chiqarish me’yorlari (YeNiR)dan shu bilan farq qiladiki, ular ma’lum bir yiriklashtirilgan ishlar majmuiga, o‘rtacha texnologiya ishlarini bajarishning o‘rtacha uslubiyoti, smeta me’yorlari ishlab chiqarilayotgan paytdagi texnika taraqqiyotining tavsiyasini hisobga olgan holda belgilanadi.
    Elementlar bo‘yicha smeta me’yorlarining barcha yo‘nalishlarida 16 mingdan ortiq me’yorlari jamlangan.
    Har bir smeta me’yori norma, paragraf, konstruktiv element yoki ish turining nomi, me’yor aniqlashgan elementining o‘lchov birligi, me’yorida hisobga olingan qurilish jarayoni va ishlar tarkibi hamda son ko‘rsatgichlariga ega bo‘lgan jadvaldan tashkil topgan. Element smeta me’yorining nomeri ikki qismdan tashkil topgan: birinchi qism - to‘plam N0 ikkinchi qism me’yorining to‘plamdagi tartib raqami. Element smeta me’yorlari qurilish ishlab chiqarishning tarmoq bo‘yicha o‘rtacha texnologik darajasini aks ettirganligi sababli, loyiha bo‘yicha ishlarni bajarishning o‘ziga xos shart-sharoitlari qurilish me’yorlari va qoidalari (SNiP) ning tegishli to‘plamlarida keltirilgan to‘g‘rilash koeffitsentlari yordamida hisobga olinadi.
    Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) bino va inshootlar qurilishining smeta qiymatining aniqlash, smeta qiymatining yiriklashtirilgan normativlarini, bino va inshootlar qurilishi preyskurantlarini ishlab chiqish va bajarilgan ishlar uchun hisoblashishga xizmat qiladi.
    Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) turli qurilish ishlarini bajarishga bo‘ladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni harakterlab, qurilish konstruksiyalari va ishlari uchun element smeta me’yorlari, materiallar, buyumlar va konstruksiyalar uchun o‘rtacha rayon narxlari, qurilish mashinalari tasarruf etishning smeta baholari asosida tuzilgan.
    Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) ning har bir yo‘nalishi texnik qismdan va konstruksiyalar yoki ishlarning qabul qilingan birligiga to‘g‘ri keladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda etgan (xarajatlar) birlik qiymatlari jadvalidan iborat.
    Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) dan foydalanish qoidalari, qurilish konstruksiyalari va ishlariga yagona rayon birlik qiymatlarini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalarda keltirilgan.
    Barcha qiymatlar (rossenkalar) uch guruh bo‘yicha diferensiya qilingan: barcha turdagi xarajatlar hisobga olingan qiymatlar (rossenkalar) (masalan, yer ishlari uchun);
    Detal va konstruksiyalarni montaj qilish qiymatlari, bunda o‘rnatiladigan konstruksiya va detallarning qiymatlari hisobga olinmagan, chunki ular tegishli smetalarda hisob-kitob qilingan (masalan, detal va konstruksiyalarni montaj qilinishi narxini aniqlashda);
    Mahalliy qurilish materiallarning narxlari hisobga olinmagan holda, faqat bu materiallarning qabul qilingan ishlar o‘lchamiga sarfi miqdorini ko‘rsatuvchi qiymatlar. Bu guruh qiymatlari yo‘l qoplamasining barcha qatlamlari qiymatini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Avtomobil yo‘llari qurilishi qiymatini aniqlashda bu qiymatlar mahalliy shart- sharoitlarga «bog‘lanishi» kerak.
    Qurilish mashinalaridan foydalanish bo‘yicha smeta narxlari to‘plami, mashina va mexanizmlarning turlari va tiplari bo‘yicha ishlab chiqarilgan bo‘lib, qurilish mashinasi ishining 1-mashina/soati uchun smeta narxlaridan tashkil topgan. Bir mashina/soat ishlashning qiymatida quyidagi normativ xarajatlar hisobga olingan: birdaniga bo‘ladigan xarajatlar (mashinani yetkazib kelish, ko‘chirish, montaj va demontaj qilish), yillik xarajatlar (mashinalarni 1 soat ishiga to‘g‘ri keladigan to‘liq ta’mirlash va tiklashga amortizatsiya), joriy xarajatlar (mashinalarni boshqaruvchi, ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi, joriy ta’mirlovchi, yoyilgan smeta uskunalarini tiklovchi va ta’mirlovchi xodimlarni ta’minlab turishga, energoresurslarga, yordamchi materiallariga, mexanizatsiya boshqarmasining ustama xarajatlarini qoplashga bo‘ladigan harjatlar).
    Materiallar, buyumlar va konstruksiyalarga o‘rtacha rayon narxlari to‘plami materiallar, buyumlar va konstruksiyalarning smeta qiymatlarini aniqlash qoidalaridan iborat bo‘lib, quyidagi qismlardan iborat:
    qurilish materiallari.
    qurilish konstruksiyalari va detallari.
    Sanitar-texnik ishlari uchun materiallar va buyumlar.
    Mahalliy materiallar.
    Montaj va maxsus qurilish ishlari uchun materiallar, buyumlar va konstruksiyalar.
    Chetdan keltirilgan materiallar qiymati qurilishda narx shakllanishi sharoitlari bo‘yicha taqsimlab chiqilgan, hududiy rayonlar bo‘yicha to‘plamning I- qismiga asosan aniqlanadi. Qurilish materiallari, konstruksiyalari va detallarining o‘rtacha rayon narxlari materiallarni, buyumlarni, konstruksiyalarni qurilishning ob’ektoldi omborxonasigacha yetkazib kelish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni hisobga oladi.
    To‘plamning 5-qismdagi ma’lumotlar, mahalliy materiallar, buyumlar va konstruksiyalarning smeta narxlarini hisoblash va yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) ni mahalliy sharoitga bog‘lash uchun xizmat qiladi.
    Qurilish-montaj ishlarini qish mavsumida bajarilganda bo‘ladigan qo‘shimcha xarajatlarni aniqlash qoidalari.
    Vaqtinchalik bino va inshootlar qurilishi uchun smeta me’yorlarini ishlab chiqish va qo‘llash qoidalari.
    Qurilish qiymatining yiriklashtirilgan ko‘rsatgichlar (UPSS) umumfoydalanish avtomobil yo‘llari qiymatini aniqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z tarkibiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar, ustama xarajatlar va rejaviy jamg‘armalarni oladi. Qurilish-montaj ishlarining qiymat ko‘rsatkichlari YeRER ning bazis sifatida qabul qilingan birinchi hududiy rayoni uchun hisoblab chiqilgan. Qurilish qiymatining yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlari (UPSS) dan boshqa rayonlarda foydalanilganda to‘g‘rilash koeffitsientlari qo‘llanilishi kerak.
    Yo‘l qurilishida har bir konkret davrida qo‘llaniladigan smeta normativlari:
    -amal qilib turgan rejalashtirish uslublari va yo‘l xo‘jaligi faoliyatiga baho berishning narxlar shakllanishi tizimi bilan bog‘lashi;
    -yo‘l ob’ektlarining smeta qiymatlari qurilishda qo‘llanilayotgan sanoat mahsulotlariga nisbatan amalda bo‘lgan narxlar, yuklarni tashishga va elektr energiyaga bo‘lgan tariflarning aks etishini ta’minlashi;
    -yo‘l qurilishi samaradorligini oshirishga, moddiy-texnika va mehnat resurslarini tejamligi smeta me’yorlari va narxlarning rag‘batlantiruvchi rolining oshishini ta’minlashi;
    -smeta hisob-kitoblarining ishonchligi ortib borgani holda, smeta hujjatlarining tuzishni soddalashtirishga imkon yaratilishi kerak.
    Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER)ni mahalliy shart-sharoitlarga bog‘lash(moslash)
    Mahalliy qurilish materiallaridan foydalanishni ko‘zda tutuvchi, qurilish konstruksiyalari va ishlari yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER), faqat qurilishning mahalliy shart-sharoitlariga bog‘langandan keyingina qo‘llaniladi.
    Bog‘lash smeta qiymatining to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarini baholashda hisobga olinmagan mahalliy materiallar, buyumlar va konstruksiyalarning franko qurilish maydoni tomonidan avvaldan kalkulyatsiya qilingan smeta narxlari asosidagi smeta qiymatini qo‘shish orqali amalga oshiriladi. Qurilishning mahalliy sharoitlarga bog‘langan yagona rayon birlik qiymatlari asosida vazirliklar va idoralar birlik qiymatlarning quyidagi turlardagi kataloglarini tuzadilar:
    -sanoat - qurilish zonalari va alohida qishloq qurilishi rayonlari bo‘yicha maxsuslashmagan qurilish uchun umumtarmoq baholar katalogi;
    -ixtisoslashgan qurilish, shu jumladan liniyaviy qurilish uchun idoralarga qarashli kataloglar;
    -yirik qurilish uchun, aerodromlarning uchish - qo‘nish polasalari va avtomobil yo‘llarini qurish uchun ularning smeta qiymatidan qat’iy nazar qurilishni ta’minlovchi yo‘llarga, xo‘jaliklar ichidagi, qurilish hududidagi aholi yashash punktlaridagi korxonalarga 3 km gacha bo‘lgan kirib-chiqish yo‘llari bundan mustasno.
    Qurilish baholari qurilish shart-sharoitlarini qoplashda
    materiallarning smeta qiymatlari yordamchi jadval bo‘yicha hisoblanadi. Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER)ni tuzishda ko‘zda tutilmagan materiallar jadvalning «Qiymatlashda hisobga olinmagan material resurslar» grafasida ko‘rsatilgan bo‘lib, u yerda bu materiallarning nomlari, texnik harakteristikasi va sarflanish me’yorlari keltiriladi. Ularning smeta qiymatlari bir birlik materialning smeta narxini uning sarflanish me’yoriga ko‘paytirib va yagona rayon birlik qiymatini ishlab chiqarishda hisobga olingan materiallarning smeta qiymatlariga qo‘shib topiladi.
    Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) asosida smetalar tuzishda (qurilishning mahalliy sharoitlariga bog‘langan) qo‘shimcha ravishda quyidagilar hisoblanadi:
    -lokal smetalarda - oshiruvchi rayon koeffitsientlari qo‘llanilishi sababli ishchilar ish haqining ortishi;
    -avtomobil yo‘llari qurilish qiymatining umumlashma smeta hisob - kitobida - elektr energiya va siqilgan havoga bo‘ladigan xarajatlardagi farq, agar qurilish ular bilan YeRERda qabul qilingan narxlardan boshqa narxlarda ta’minlansa, olib kelinadigan materiallarni tashishda bo‘ladigan xarajatlardagi farq, agar ularning tashilish masofasi YeRERda qabul qilinganiga nisbatan o‘zgargan bo‘lsa, qo‘shimcha xarajatlar, agar qurilish ishlari qish mavsumida olib borilsa va boshqalar.
    Smeta hisob-kitoblarida materiallar, buyumlar va yarimfabrikatlarning smeta qiymatlarini aniqlash.
    YeRERni mahalliy qurilish sharoitlariga (moslashda) bog‘lashda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarning hisob-kitobida materiallar, buyumlar, yarimfabrikatlar fronka - qurilish maydoni narxlari bo‘yicha hisobga olinadi, uning tarkibi yetkazib beruvchining ulgurji narxi, ta’minot va sotish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning ustama haqlari, materiallari, omborxona xarajatlaridan tashkil topadi.
    Ulgurji sotish narxlari davlat tomonidan franko turlari bo‘yicha belgilangan. Franko turi ulgurji narxlarda hisobga olingan transport xarajatlari tarkibini aniqlaydi.
    Mahalliy materiallarning ulgurji sotilish narxlari SNiP tegishli to‘plami bo‘yicha aniqlanib, franko turlari bo‘yicha harakterlanadi, masalan jo‘natish stansiyasi franko-vagoni, ishlab chiqaruvchi korxona hududi transport vositalari frankosi va material turi hamda hudud (Respublika) ga bog‘liq ravishda boshqalar qum, sheben, shag‘al, tosh uchun ulgurji narxlar jo‘natish stansiyasi franko vagonlarida, asfalt-beton qorishmalari uchun esa - transport vositasi frankosida belgilangan. Ruda bo‘lmagan barcha tabiiy materiallarga, asfalt-beton va asfaltbetum sanoati mahsulotlariga ulgurji narxlar beshta hududiy poyas bo‘yicha, beton qorishma, beton buyumlari uchun o‘n ikkita hududiy poyas bo‘yicha diferensiyalangan.
    Qurilish sharoitida tayyorlanadigan yarimfabrikatlar (agar SNiPda ularga ulgurji narxlar belgilanmagan bo‘lsa)ning ulgurji narxi ularni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan resurslar sarfini kalkulyatsiya qilish orqali aniqlanadi. Bunda mehnat, ish haqi, materiallar ishi element smeta me’yorlari bo‘yicha bir birlik materiallarning smeta narxi asfalt-beton, sement-beton zavodining ob’ekt oldi ombor-fronka narxi bo‘yicha, mashinalarni ishlatilishining smeta narxlari SNiP bo‘yicha aniqlanadi.
    Ta’minlash-sotish tashkilotlarining ustamalari faqat tashib keltiriladigan materiallar bo‘yicha ularning ulgurji narxlari tarkibiga kirmagan holatlarda hisobga olinadi. Tranzit ustamalar ishlab chiqaruvchi zavoddan qurilish ob’ektiga, oraliq omborlarni chetlab, o‘tib ta’minot fondlariga muvofiq yetkazib beriladigan materiallar uchun belgilangan.
    Transport xarajatlari franko turi, ulgurji narxlar va qurilish loyihasida qabul qilingan transport xizmati sxemasiga muvofiq aniqlanadi.
    Smeta hisob-kitoblarida transport xarajatlari SNiP ning qurilish uchun yuklarni tashish smeta narxlari to‘plamining 1-qismi temir yo‘llarda va avtomobillarda tashish va 11-qismi daryo transportida tashish bo‘yicha aniqlanadi.
    Smeta hujjatlarida barcha transport xarajatlari kalkulyatsiya tuzish orqali hisoblanadi. Temir yo‘llarda tashish bahosi tarkibiga yuklash- tushirish ishlariga, harakatlanuvchi qismni yetkazib berish va tozalash hamda tashish haqi kiradi. Tashish haqi yukning tarif kvalifikatsiyasi (tarif sxemasining) va tarif masofasiga ko‘ra aniqlanadi. Avtomobillarda tashish haqi yuklash-tushirishga, xarajatlar va tashish haqidan tashkil topadi. Tashish haqi yukning sinfi (klass) poyas koeffitsenti orqali harakterlanuvchi yukni tashish hududi va yukni tashish masofasiga bog‘liq. Alohida holatlarda SNiP da keltirilgan tarif haqiga oshiruvchi koeffitsentlar qo‘llaniladi, masalan, o‘zi ag‘dargich avtomobillarda 15 km dan ortiq masofaga yuk tashilganda tuproq yo‘llardan foydalanilganda va hokazo.
    Omborxona xarajatlari - yo‘l xo‘jaligi omborxonalarini yaroqli holda ushlab turishga, materiallarni qabul qilish va chiqarishni hujjatlashtirishga, yuklarni yo‘llarda va omborxonada yo‘qotishlari va ishdan chiqishlariga bo‘ladigan xarajatlarda belgilanadi. Bu xarajatlarning miqdori materiallarning ob’ekt oldi ombor-franko qiymatidan 2 foiz miqdorida qabul qilinadi.
    Materiallar, buyumlar va konstruksiyalarning smeta qiymatlari smeta hisob-kitoblarida kalkulyatsiya tuzish yo‘li bilan aniqlanadi.
    SNiP da keltirilgan tashib keltiriladigan materiallarning o‘rtacha rayon smeta narxlari materiallar, buyumlar va konstruksiyalarni qurilishning ob’ektoldi omborxonasigacha yetkazib kelish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni o‘z ichga oladi: ulgurji narxlar, ta’minot va sotish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot ustamasi, taraga xarajatlar, taxlash va rekvizitlar, transport va yuklash-tushirish xarajatlari va omborxona xarajatlari. Bu materiallarning smeta narxlari temir yo‘l stansiyalari, portlar, pristanlardan 30 km radiusda bo‘lgan qurilishlar uchun majburiydir, po‘lat konstruksiyalar uchun esa 10 km radiusda.

    Download 4,89 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




    Download 4,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu yo‘l xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati reja

    Download 4,89 Mb.