|
Moliyalashtirishni rasmiylashtirish tartibi
|
bet | 9/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #113510 |
Bog'liq 30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 2Moliyalashtirishni rasmiylashtirish tartibi
Moliyalashtirish hisobini ochish uchun buyurtmachi – tashkilot bankka ekspertiza bayonnomasi bilan birgalikda tasdiqlangan umumlashma smeta hisob - kitobining nusxasini, barcha ishlar majmuini bajarish uchun buyurtmachi va pudratchi o‘rtasida tuzilgan pudrat shartnomasini, bajarilishi rejalashtirilayotgan yillik ishlar hajmi va qurilish-montaj ishlari turlarini aks ettiruvchi va buyurtmachi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan qurilishichi titul ro‘yxatini, faoliyat olib borish zonasida ishlarni bajarish huquqi uchun nazorat va tekshiruv organlari (SES, DAN, yong‘in nazorati va boshqalar) bilan kelishuvlarni, yerning o‘simlik o‘suvchi qatlami olinib, obodonlashtirish organlariga topshirilganligi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etadi.
Immobilizatsiya shundan iboratki, hisobot yilida ob’ekt qurilishi bo‘yicha ishlab chiqarish dasturi ortig‘i bilan bajarilganda, ortiqcha bajarilish hisobiga hosil bo‘lgan pudratchi tashkilotga to‘lanadigan qarzni uzish uchun buyurtmachi tashkilot tomonidan rejalashtirilayotgan yil ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmasdan, moliyalashtirish limitini oshirishdir. Mobilizatsiya esa, aksincha, o‘tgan hisobot yili mablag‘lari hisobiga sotib olingan va to‘langan, ammo rejalashtirilayotgan yilda bajariladigan limitdan ortiq material zahiralari, konstruksiyalar, uskunalar summasi miqdoriga moliyalashtirish limitini kamaytirishni ko‘zda tutadi. Kapital qurilishning tasdiqlangan reja ko‘rsatkichlari, rejalashtirilayotgan davr uchun (tomonlar kelishuviga ko‘ra) qurilishichi titul ro‘yxatiga kirgan ish turlari va hajmlari bunday hollarda o‘zgartirilishi mumkin emas.
Davlat tashkilotlari o‘rtasidagi barcha hisob - kitoblar bank muassasalari orqali faqat naqd pulsiz ko‘rinishda amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob - kitoblar quyidagi turlarga ajratiladi: aksent, akkreditiv, alohida (maxsus) schet, to‘lov topshirig‘i, pochta orqali pul o‘tkazish, rejalashtirilgan to‘lovlar, cheklar.
Aksent – to‘lovchining shu shahardagi va boshqa shahardagi yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar, pudratchi tashkilotlar bilan materiallar, uskunalar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblashishda to‘lovni amalga oshirish uchun roziligidir.
Naryad, shartnoma kelishuvi, majburiyat, talab asosida boshqa tashkilot uchun biror - bir ishni bajargan, xizmat ko‘rsatgan, materiallar, xom - ashyo, tovarlar yetkazib bergan yoki jo‘natgan tashkilot haridorga (buyurtmachiga, mijozga) to‘lov talabnomasi – schet yozib, o‘zining xizmat ko‘rsatuvchi bankiga to‘lovni undirish uchun inkassoga topshiradi. Bunday holda to‘lov talabnomasida bajarilgan ishlarning nomi va hajmi, ko‘rsatilgan xizmatlar yoki jo‘natilgan materiallarning ro‘yxati qiymati va miqdori ko‘rsatiladi. Schetga temir yo‘lning jo‘natuv kvitansiyalari, ishlarning qabul qilib olish dalolatnomalari, buyurtma - naryadning nusxasi, xatlar, hisoblagich (schetchik)ning ko‘rsatkichlarini ifodalovchi yozuvlar va boshqa hujjatlar hamda to‘lov uchun qo‘yilayotgan talabning to‘g‘riligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar ilova etiladi.
Haridor, moliyalashtiruvchi bankdan inkassoga tushgan to‘lov schetini olgach, bank tomonidan belgilangan muddat ichida, schetda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib chiqib, to‘lov uchun rozilik yoki asoslangan holda aksentni inkor etishi lozim.
To‘lovchining aksenti mavjud bo‘lganda bank talab qilingan summani uning hisob raqamidan yoki moliyalashtirish schetidan chiqarib, yetkazib beruvchining tegishli bank muassasasidagi hisob raqamiga jo‘natadi. Agar haridor aksentni inkor etmoqchi bo‘lsa, kelib tushgan yukni saqlab turish uchun qabul qilishi va bu haqda yetkazab beruvchiga xabar berishi kerak. Kelishmovchiliklar arbitraj orqali hal etiladi.
Demak, inkasso – bu haridor yoki buyurtmachidan, yetkazib beruvchi - mijozning topshirig‘iga ko‘ra uning uchun to‘lovni undirishni bank o‘z zimmasiga oladigan hisoblashish tartibi ekan. Bunda bank muhim davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan vazifani bajaradi, ya’ni u bunda faqatgina hisob – kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirishni nazorat qilish bilan bir qatorda, to‘lov uchun taqdim etilgan hujjatlarni sinchiklab tekshirib chiqish orqali ularning to‘g‘riligini ham nazorat qiladi. Bankka inkassoga tushgan to‘lov talabnomalari aksentli yoki aksentsiz operatsiyalar tarzida qondiriladi.
Aksentsiz pul – hisob operatsiyalariga to‘lovchi tomonidan qo‘shimcha tekshiruvni talab qilmaydigan operatsiyalar kiradi. Gaz, suv, issiqlik, elektroenergiya va boshqa shunga o‘xshash xizmatlar uchun o‘lchagichlar ko‘rsatkichiga asoslangan holda to‘lov uchun taqdim etilgan summalar aniq va shubxasiz bo‘lib, majburiy to‘lovlar sanaladi.
Shartnomaga ko‘ra yoki tomonlarning boshqa majburiyatlariga taaluqli bo‘lgan, qo‘shimcha tekshiruv va aniqlashlarni talab etuvchi boshqa barcha to‘lov turlari, aksent operatsiyalariga kiradi.
Akkreditiv – bir bankning boshqa bir bankka yetkazib beruvchining bajarilgan ish hajmi va turlari, tomonlar o‘rtasidagi shartnomada ko‘zda tutilgan majburiyatlarga ko‘ra ko‘rsatilgan xizmatlar uchun uning schetlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun topshiriqdan iborat bo‘lgan pul hujjatidir.
Haridor, yetkazib beruvchidan ishlar hajmining tugatilganligi yoki buyurtma berilgan mahsulotning tayyor ekanligi haqidagi pochta xabarnomasini olgach, o‘z bankiga akkreditiv ochishni rasmiylashtirish haqida ariza yozadi va bu akkreditiv yetkazib beruvchining bankiga jo‘natiladi.
Yetkazib beruvchi, o‘z nomiga akkreditiv kelganligi haqidagi pochta xabarnomasini olgach, 25 kunlik muhlat ichida (ba’zan tomonlar kelishuvi bo‘yicha akkreditivning amal qilish muddati 45 kungacha uzaytiriladi) buyurtmachiga xaqi to‘langan buyumni jo‘natishi shart. Akkreditivda ko‘rsatilgan summani bank yetkazib beruvchining hisob raqamiga yetkazib beruvchi tomonidan to‘lovchiga (haridorga, mijozga) yuklarning jo‘natilganligini tasdiqlovchi transport hujjatlarini taqdim etgandan keyin o‘tkazadi.
Hisob – kitoblarning bu turi mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarning bajarilishiga va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshishiga yordam bersada, u shu bilan bir qatorda ma’lum bir muddatga to‘lovchi pul mablag‘larining harakati to‘xtab qolishiga olib kelib, ularning aylanuvchanligiga negativ ta’sir ko‘rsatadi.
Tashkilot boshqa shaharlardagi boshqa vazirlik va idoralarga qarashli bo‘lgan yetkazib beruvchilar bilan doimiy hisob - kitob muloqotlariga ega bo‘lib, shartnomaga ko‘ra mahsulot jo‘natilgach bevosita to‘lov amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan hollarda, maxsus schet ochiladi. Buning uchun moddiy resurslar buyurtmachisi bo‘lgan tashkilot o‘zining bank muassasasidagi hisob raqamidan kerak bo‘ladigan pul mablag‘larini yetkazib beruvchining bankiga o‘tkazib, u yerda maxsus schet ochiladi. Yetkazib beruvchi tomonidan yuklar jo‘natilgandan so‘ng to‘lovga taqdim etilgan reestr – schetlarni aksentlash va pul mablag‘larini xarajat qilish huquqiga, buyurtmachi tomonidan tayinlangan, tegishli ishonch yorlig‘i bilan ta’minlangan.
Bu turdagi hisob - kitoblarning kamchiliklari akkreditivlari bilan bir xil.
To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob – kitob yuritishning mohiyati shundaki, bunda buyurtmachi (haridor) bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, yetkazib berilgan materiallar uchun schet olgach, o‘zini moliyalashtiruvchi bankiga to‘lov topshiriqnomasini taqdim etadi va o‘zining hisob raqamidan mahsulot yetkazib beruvchining hisob raqamiga tushirish uchun schet beruvchining bankiga pul o‘tkazadi.
Amortizatsiya va boshqa ajratmalarni byudjetga o‘tkazish operatsiyalari ham to‘lov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladi. Birja shahar hududida joylashgan korxonalar, tashkilotlar va mahsulot yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi hisoblashuvlarni bajarishda ham shu usuldan foydalaniladi. Uning qo‘llanilishi, hisob - kitoblarning aksent turiga nisbatan schet taqdim etuvchilarning hisob raqamlariga pul mablag‘larining kelib tushish jarayonini tezlashtiradi.
Rejaviy to‘lovlar bo‘yicha hisob - kitoblar olib borish doimiy ravishda bir maromda materiallar yetkazib berib turilganda, tomonlar o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq xizmatlar ko‘rsatib turiladigan holatlarda qo‘llaniladi. Bunda qurilish tashkiloti shartnomada ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq ravishda bazis kareriga, sement zavodiga, tashib berilgan materiallar uchun avtokombinatga, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ularning hisob raqamlariga har dekadada yoki kelishilgan boshqa muddatlarda pul mablag‘larini reja bo‘yicha o‘tkazib turilishini amalga oshiradi. Tomonlar o‘rtasida yakuniy hisob – kitob vaqti – vaqti bilan tekshirib chiqilgan hisobot ma’lumotlari va hujjatlari bo‘yicha haqiqiy bajarilgan ish hajmiga qarab o‘tkazib turiladi.
Cheklar orqali hisoblashish naqd pulsiz hisob - kitoblarning eng operativ turi hisoblanadi. Bu usul sotib olinayotgan materiallar, tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar hamda transport tashkilotlari bilan hisoblashish uchun qo‘llaniladi. Bunda to‘lov tegishli hisob – kitob operatsiyasi o‘tkazilgan joyning o‘zida chek bilan amalga oshiriladi. Chek daftarchasini to‘lovchi – korxonalar bankdan aylanma mablag‘lar hisobidan yoki bu maqsadlar uchun ochilgan limit hisobidan oladilar. Chek daftarchalari limitlangan va limitlanmagan turlarga bo‘linadi.
Limitlangan, ya’ni ma’lum bir summa bilan chegaralangan chek daftarchalari bank muassasalari tomonidan ularda limit summasi yozilgan va korxonaning hisob yoki ssuda schetida aks ettirilgan holda beriladi. Limit summasi kutilayotgan to‘lov summasiga muvofiq ravishda to‘lovchi tomonidan talab qilinadi. Hisob – kitob operatsiyalarini rasmiylashtirish paytida ekspeditor ulgurji bazaning, magazinning yoki temir yo‘l stansiyasining xazinachisiga (kassirga) to‘lov summasi ko‘rsatilgan chekni topshiradi. Limit qoldig‘i chekni qabul qilib olgan xazinchi (kassir) tomonidan chekning jildida tasdiqlanadi.
Limitlanmagan chek daftarchalari, ya’ni ma’lum bir summa bilan chegaralanmagan chek daftarchasi, odatda ishlab chiqarish dasturini doimiy ravishda bajarib kelayotgan va buning natijasida moliyalashtirish ahvolini yuqori saviyada bo‘lishligini ta’minlayotgan korxonalar va qurilish tashkilotlariga beriladi. Limitlanmagan chek daftarchalari qanday maqsadlarda foydalanilsa, ulardan ham xuddi shu maqsadlarda foydalanilib, bu cheklar bo‘yicha transport va boshqa tashkilotlar bilan mavjud bo‘lgan doimiy hisob - kitoblar amalga oshiriladi.
Ekspeditordan olingan chekni transport va boshqa soha tashkilotlari ko‘rsatilgan summani to‘lovchining hisob raqamidan chiqarilishi va ularning hisob raqamlariga o‘tkazilishi uchun bankka taqdim etadilar.
|
| |