|
1-mavzu yo‘l xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati reja
|
bet | 5/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #113510 |
Bog'liq 30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 2mahalliy investorlar — investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
reinvestitsiyalar — investitsiyalardan olingan, tadbirkorlik faoliyati va boshqa faoliyat turlari ob’ektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqlari, texnik yordam, texnik xizmatlar uchun to‘lovlar va haqlarning boshqa turlari;
to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari — chet ellik investorning hukumat kafolatlarisiz, tavakkalchilik sharoitlarida o‘z mablag‘lari yoki qarz mablag‘lari hisobidan investitsiyalari;
chet el investitsiyalari — chet ellik investor tomonidan ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar;
chet ellik investorlar — chet davlatlar, chet davlatlarning ma’muriy yoki hududiy organlari, davlatlar o‘rtasidagi bitimlarga yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tuzilgan yoki xalqaro ommaviy huquq sub’ekti bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat ko‘rsatadigan yuridik shaxslar, har qanday boshqa shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar, chet davlat fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar — aksiyalarining (ulushlarining, paylarining) yoki ustav fondining (ustav kapitalining) kamida o‘n besh foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar.
O‘quv adabiyotlari va ijtimoiy tarmoq ma’lumotlarida investitsiya (lot. investio — o‘rash) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida o‘z mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoklarga, ijtimoiyiqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzok, muddatli kapital kiritish (qo‘yish) deb ta’riflanadi. Pulning vaqt (zamon)ga bog‘liq qiymati nazariyasiga ko‘ra, Investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablag‘lar qo‘yishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bog‘lashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saklab qolish yoki bo‘lmasa kapital qiymatini vaqtda o‘stirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan Investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga bo‘lgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk bo‘lgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va boshqalar ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablag‘ qo‘yuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Uning quyidagi turlari mavjud:
davlat Investitsiyasi — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi;
chet el Investitsiyasi — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tad-birkorlar tomonidan kiritiladi;
xususiy Investitsiya — xususiy, korporativ xo‘jalik va tashkilotlar, fukarolar mablag‘lari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan qo‘yiladi.
Investitsiya qo‘yilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga bo‘linadi.
moliyaviy (portfel) Investitsiya — aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga qo‘yiladigan Investitsiya;
real Investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, q. x., qurilish va b.) soxa-siga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzok, muddatli mablag‘lar qo‘yish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida Investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablag‘lari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el Investitsiyalari, ipoteka, byud-jetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xo‘jalik yuritish sub’ektlarining boshqa mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va boshqalarga mablag‘ sarflash) ko‘rinishlari bor.
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshirishda Investitsiyadan samarali foydalanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida 1996 yildan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lari hisobidan kapital qo‘yilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati bilan olingan kreditlar hisobiga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el Investitsiya va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat bo‘lgan Davlat Investitsiya dasturini qabul qiladi. Respublika iktisodiyotiga Investitsiya kiritishda davlat byudjeti mablag‘lari, chet el investitsiyalari, korxonalarning o‘z mablag‘lari va aholi jamg‘armalari qatnashmoqda.
Respublikada investitsiya faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda 2019 yil 25 dekabrdagi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi o‘rq-598-sonli qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 oktyabrdagi “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 601-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2022 yil 21 apreldagi “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 206-sonli qarorlarning qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti bilann bog‘liq bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p xatarlarga duch keladilar. Shu sababli Investitsiyani, ayniqsa, chet el Investitsiyalarini sug‘urta qilish muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi davrda "investitsiyalar" tushunchasi, aksariyat hollarda keng
ma’noda ishlatilmoqda. Iqtisodiy fanlarning turli tarmoqlarida, amaliy faoliyatning turli yo‘nalishilarida investitsiyalashning maqsadlari, sohalar xususiyatlari, safarbar yetilish ob’ektlari, harakat yo‘nalishlaridan kelib chiqib va ahamiyatiga qarab "investitsiyalar" tushunchasi o‘ziga xos ma’noda ishlatiladi. Moliyaviy nuqtai nazardan ularning mazmuni va mohiyatini aniq belgilash muhim vazifa hisoblanadi. Faqat kapitalni yo‘qotish riski mavjud bo‘lgan pul shaklidagi investitsiyalar yangi aktivlarni vujudga keltiradi.
Investitsiyalarning mulkiy shaklidagi moddiy va nomoddiy ne’matlar va ularga bo‘lgan huquqlarni iqtisodiy va boshqa faoliyatlarga jalb yetish esa, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida, investitsiyalar evaziga barpo yetilgan aktivlarni ishlatishdan dalolat beradi. Moliya nazariyasiga ko‘ra, investitsiyalar bo‘lajak natijalarni qo‘lga kiritish maqsadida, mohiyatan hozirgi xarajatlarni bildiradi. Investitsiyalar noaniqlik ehtimoli bo‘lgan va kelgusida kutilayotgan qiymatga kapitalning aniq bugungi qiymatini almashtirishdan iboratdir. Buning dalili sifatida investatsiyalarning safarbar yetilishida ularning ongli ravishda aniq va noaniq bo‘lgan risklar bilan bog‘lanishini keltirish mumkin.
Iqtisodiyotda investitsiyalar kapitalning jamg‘arilish jarayonidir. Moliya nazariyasida investitsiyalar real yoki moliyaviy aktivlarni olishdan dalolat beradi va kelajakda kutilgan daromadlarga erishish maqsadlarida qilingan hozirgi xarajatlardan iboratdir.Boshqacha aytganda investitsiyalar hozirgi muayyan kapital qiymatini kutiladigan, kelajakdagi noaniq qiymatga almashishni bildiradi.
Shundan qilib, zamonaviy moliya nazariyasida investitsiyalar bugungi muayyan qiymatni kelajakdagi yehtimoli bo‘lgan noaniq qiymatga almashtirishni anglatadgi. So‘nggi ta’rifda investitsiyalarning mazmuni va mohiyatining asosiy mezoni tarzida kelgusi manfaatlar hamda investitsiyalar bilan bog‘liq risklar ta’kidlab ko‘rsatilgan. Masalan, P.Masse investitsiyalash bugungi yehtiyojlarni qondirishni investitsiya ne’matlari yordamida kelajakda kutiladigan qondirishga almashtirish harakatidan iborat deb hisoblaydi.
Bu yesa investitsiyalar faqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qoplash, kengaytirish, yangilash va texnika bilan qayta qurollantirishga yoki asosiy kapitalga yo‘naltiriladi degan firklarni bildirmoqda. Chindan ham, harakatlar yo‘nalishlari nuqtai nazardan almashtirish, kengaytirish, qurollantirish, fondlar tarkibini yangilash va boshqalarni ko‘rish mumkin. Shu ma’noda, bu fikrning tasdig‘iga dalil sifatida investitsiyalarning sof va yeskirishni qoplash investitsiyalariga tasniflanishi, ularning jamlanib yalpi investitsiyalarni hosil qilishini keltirish mumkin.
Professor D.G‘. G‘ozibekovning fikricha - "investitsiyalar aniq va noaniq, lekin yehtimoli bor risklar ostida kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog‘lash bo‘lib, uning hozirgi qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamg‘arish maqsadiga qaratilgan".
Investitsiyalar uchun zaruriy moliyaviy manbalarni topish iqtisodiy o‘sish shartiga aylangan. Bu yesa birinchi nabvatda iste’mol va jamg‘arma nisbatiga bog‘liq. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishda, o‘z modelini amalga oshirayotgan O‘zbekiston investitsiyalarni moliyalashtirishning samarali usullari, mexanizmlari va vositalarini izlashda davom etmoqda. Iqtisodiyotning barcha mulkchilik sektorlari doirasida investitsiya faoliyatining kuchayishi investitsiya loyihalarini baholash va tanlovni o‘tkazishni takomillashtirish, investitsiyalash uchun zarur bo‘lgan ishonchli moliyaviy manbalarni izlab topish bilan bog‘liq bir qator muammolarni hal qilish zaruriyatini ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Mamlakat investitsiya faoliyatida ayniqsa xorijiy investitsiya ishtiroki kuchayishi bilan bu masalalar ahamiyati oshib boradi.
Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo‘naltirilgan har qanday shakldagi mulkni to‘la qonli ravishda xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, yelchixona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo‘la olmaydi.
Xorijiy investitsiyalarining umumiy ta’rifi F. Xeniusning 1947 yil AQShda chop etilgan tashqi savdo lug‘atining 2-nashrida quyidagicha: “Xorijiy investitsiyalar – bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, yeksport qilingan investitsiyalar” tarif berilgan.
Chet yel investitsiyalari deyilganda chet mamlakatlarning milliy iqtisodiyotga moddiy, moliyaviy va nomoddiy ko‘rinishidagi muddatli qo‘yilmalarning barcha shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: qo‘shma korxonalarni tashkil qilishda o‘z ulushi bilan qatnashish, xorijiy sarmoyadorlarga to‘la tegishli bo‘lgan korxonalarni barpo yetish, xorijiy shaxslar tomonidan qimmatli qog‘ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish.
Xorijiy investitsiyalar ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Xorijiy investitsiyalar qo‘shma korxonalar tashkil yetish, xorijiy investorlarga to‘liq tegishli bo‘lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda qatnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga yega bo‘lish, yerkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishda juda katta va muhim ahamiyatga yegadir.
Hozirgi kunda umumiy qiymati 19 milliard dollardan ortiqroq bo‘lgan 80 dan ziyod loyihalarni investitsiyalash va moliyalash bo‘yicha aniq manbalar belgilanib, xorijiy sheriklar bilan shartnomalar imzolandi. Bu sheriklar orasida Osiyo Taraqqiyot banki (OTB), Jahon banki (JB), Islom Taraqqiyot banki (ITB) va boshqa xalqaro moliyaviy institutlari alohida o‘rin tutadi. Uzluksiz makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o‘sishning yuksak sur’atlarini ta’minlash, tuzilmaviy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirib borish, shuningdek, iqtisodiyotni hamda uning tayanch va ijtimoiy infratuzilmalarini bosqichma-bosqich modernizatsiyalash-tirib borishni ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiy strategiyasi xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik ko‘lamining yanada jadal o‘sib borishiga zamin yaratadi.
Umuman olganda, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyotining muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosida chuqur o‘ylangan, O‘zbekistonga xos hususiyatlar to‘la hisobga olingan iqtisodiy islohotlarning o‘ziga xos va o‘zimizga mos modeli mujassam. Ushbu dasturning izchil amalga oshirib kelinishi mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikatsiyalashgan, jahon bozoriga raqobatbardosh, keng darajada xilma-xil tayyor mahsulotlar bilan chiqayotgan, uzluksiz yuqori sur’atlardagi iqtisodiy yuksalishga moyil, jiddiy rasmiy omillar va benuqson kredit tarixiga yega bo‘lgan zamonaviy iqtisodiyotga aylanishini ta’minlaydi.
Bu, o‘z navbatida, inqirozning nafaqat salbiy oqibatlarini yumshatishga, balki O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada kuchli va bardoshli iqtisodiyotga aylantirishga qaratilgan inqirozga qarshi choralarning keng miqyosli kompleks dasturini ishlab chiqish hamda uni tezroq amalga oshirish imkonini berdi. Bunda esa eng hal qiluvchi vazifa — xorijiy investitsiyalar va uzoq muddatli investitsiyaviy kreditlarni jalb etish evaziga iqtisodiyotning ishlab chiqarish asosini tubdan modernizatsiyalash, uni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashdan iborat. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo‘lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
Chet ellik investorlar Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo‘lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
- birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy yetib, yeksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
- ikkinchidan, import o‘rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo‘naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;
- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o‘sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;
- to‘rtinchidan, korxonalarning yeskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi.
2. Bozor iqtisodiyotining asosiy iqtisodiy tushunchalaridan biri investitsiyalar tushunchasi bugungi xayotimizga keng va tez kirib kelishining o‘zi uning moxiyati va ahamiyatini, zarurligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi tarakkiyoti, asosan, investitsiyalarga bog‘liqligini bugungi kunda deyarli xar bir mutaxassis va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt anglab yetganligini nazarda tutsak, xozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan, chet el investitsiyalarini kengroq jalb etish ularning mamlakatimizda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta’minlashning muxim asosiga aylanganligi bilan bog‘liqligini tushunib olish qiyin emas. Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida va bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib, jahonda investitsiyalar uchun kat’iy raqobatli kurash izchil davom yetmokda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, respublika iqtisodiyotiga bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb qilinishini ta’minlaydigan xuquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va barcha shart-sharoitlarni takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarga nisbatan Chet el investitsiyalari to‘g‘risida Chet el investitsiyalari to‘g‘risida Chet el investitsiyalari to‘g‘risida ochik eshiklar siyosatini o‘tkazish, mablag‘larni mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi ustuvor yonalishlarda hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq yonalishlarda mujassam qilish respublikada o‘tkazilayotgan investitsiya siyosatining asosiy tamoyillaridir. Respublikamizga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish sxemasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 iyuldagi 927-sonli Qaroriga muvofiq amalga oshiriladi (1-rasm).
O‘zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotini shakllantirish yo‘lidan borib, muqarrar ravishda, qadam — baqadam jahon xo‘jaligi aloqalariga qo‘yilmokda. Bu holat umumjahon jarayonlari va tamoyillari, shu jumladan bizning investitsiya siyosatimiz shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishini atroflicha hisobga olinishini talab qiladi.
|
| |