|
-Rasm. Respublikaga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb
|
bet | 6/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #113510 |
Bog'liq 30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 21-Rasm. Respublikaga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb
qilish sxemasi
Bu sharoitda har bir mamlakatda yuzaga keltirilgan investitsiya muhiti shu mamlakat investitsiya jozibadorligining eng muhim omili bo‘lib qoladi, chunki ayni shu muhit investorlar yo‘l qo‘yadigan xatar qanchalik katta degan savolga javob beradi. Investitsiyalarni jalb etish va moliyalashtirish xozirgi sharoitida
muhim o‘rin tutadi. Investitsiyalar ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida mamlakatda yoki chet ellarda iqtisodiyotning turli tarmokdariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo‘yilmalar) degan ma’nosini bildiradi.
Investitsiyalarni chuqur o‘rganish uchun avvalo uni belgilari bo‘yicha turkumlash lozim. Ob’ektlarga investitsiya mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha investitsiyalar real va moliyaviy investitsiyalarga bo‘linadi:
- real investitsiyalar sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalarga kapital (pul mablag‘lari) qo‘yish demakdir;
- moliyaviy investitsiyalar qimmatli kog‘ozlar chiqarish va realizatsiyasi bilan bog‘lik;
ishlar uchun sarflanadigan mablag‘lardan iboratdir.
Investitsiyalashda qatnashish xarakteriga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
- to‘g‘ridan — to‘g‘ri investitsiyalar (asosan ob’ekt aniq bo‘lgan, ma’lum maqsadni amalga oshirish real bo‘lgan taqdirda yunaltiriladigan mablag‘lardir);
- egri investitsiyalar (bular vositachilar orqali ob’ektlarga sarflanadi va olingan daromad mijozlar o‘rtasida taqsimlanadi).
Investitsiyalar davriga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
- qisqa muddatli investitsiyalar (bir yilgacha bo‘lgan qisqa muddatli omonat sertifikatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlar);
- uzoq muddatli investitsiyalar (bir yildan ortiq mudddtlarga qo‘yilgan kapital, pul mablag‘lari).
Investorlarning mulk shakllariga ko‘ra investitsiyalar quyidagilarga bo‘linadi:
- xususiy investitsiyalar (shaxslar, fuqarolar, nodavlat korxonalari tomonidan qo‘yiladi);
- davlat investitsiyalari (markaziy va mahalliy xukumat boshqarish organlari tomonidan qo‘yiladigan investitsiyalar);
- xorijiy investitsiyalar (chet el fuqarolari, yuridik shaxslar va davlatlar tomonidan qo‘yilgan investitsiyalar);
- xamkorlikdagi investitsiyalar (mazkur mamlakat va xorij mamlakatlari birgalikda qo‘yadigan investitsiyalar).
Xududiy belgilar bo‘yicha investitsiyalar quyidagilarga bo‘linadi:
- mamlakat ichkarisida yoki xududlarga qo‘yiladigan investitsiyalar;
- xorij mamlakatlari ishlab chiqarishiga investitsiyalar qo‘yish (xorij investitsiyalari pul mablag‘lari yoki aksiya shaklida ham bo‘lishi mumkin).
Investitsiyalarni jalb etish va moliyalashtirishda investitsiyalarning
turlari va investitsiya bozorining aktivlik darajasi uning elementlari o‘rtasidagi nisbatga bog‘lik bo‘ladi. (talab, taklif, raqobat, baho). Ularni bozor kon’yukturasini o‘rganish orqali aniqlash mumkin. Jahon tajribasida mamlakatlarning iqtisodiy holatini va ba’zi mamlakatlarni investitsiyalarni o‘ziga jalb etish darajasini aniqlash jalb etish darajasini aniqlash indikatorlari ishlab chiqilgan. Xorijda investitsiyalarni o‘ziga jalb etuvchi mamlakatlar reytingi ekspertlar tomonidan o‘rganilayotgan mamlakatni yarim yillik daromadi, ichki va tashqi qarzlari, kredit resurslari, qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalash uchun ruxsatnomalar, investitsiyalashni iqtisodiy samaradorligi, siyosiy jihatdan risklar (tavakkallik) kabi omillarga asosan aniqlanadi.
Hozirgi sharoitda respublikada investitsiya bazasini rivojlantirish va chuqurlashtirish islohotlar strategiyasining muhim sharti bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarilishi davlat tomonidan investitsiya siyosatini olib borish shu jumladan investitsiyalarni jalb etish va iqtisodiyotni rivojlanishiga olib keladigan tarmoqlar faoliyatini moliyalashtirish bilan amalga oshadi.
Davlat xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi:
1.moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq; imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlarni sug‘urtalash va kafolatlash;
2.nomoliyaviy: yer uchastkalari ajratish; zaruriy infrastruktura bilan ta’minlash; texnik yordam ko‘rsatish.
|
| |