• Yo‘llarga sarmoya kiritishning jahon tajribasi
  • -MAVZU. YO‘L XO‘JALIGIDA INVESTITSIYA SAMARADORLIGI




    Download 4,89 Mb.
    bet4/30
    Sana07.12.2023
    Hajmi4,89 Mb.
    #113510
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 2

    3-MAVZU. YO‘L XO‘JALIGIDA INVESTITSIYA SAMARADORLIGI
    Reja

    1. Investitsiya nima

    2. Korxonalarga investitsiyalarni jalb qilishning ob’ektiv zarurligi va boshqarish usullari

    3. Korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning yo‘llari

    4. Yo‘llarga sarmoya kiritishning jahon tajribasi

    “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrda tasdiqlangan O‘RQ-598 sonli qoni mavjud bo‘lib, ushbu qonun 12 ta bob va 69 ta moddadan iborat. Ushbu qonunning 3-moddasida investitsiya bo‘yicha asosiy tushunchalar yoritilgan.


    3-modda. Asosiy tushunchalar
    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
    investitsiya loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmui;
    investitsiya majburiyati — belgilangan maqsadlarga erishish uchun investor tomonidan qabul qilinadigan majburiyat;
    investitsiya siyosati — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida va uning alohida tarmoqlarida investitsiyalarning zarur darajasini va tuzilmasini ta’minlashga, investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiya manbalarini topishga va ulardan foydalanishning ustuvor tarmoqlarini aniqlashga yo‘naltirilgan investitsiyaviy faolligini oshirishga doir o‘zaro bog‘liq tadbirlar majmui;
    investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui;
    investitsiya faoliyatining ishtirokchisi — investitsiyalarning amalga oshirilishini buyurtmalarni bajaruvchi sifatida yoki investorning topshirig‘i asosida ta’minlaydigan investitsiya faoliyati sub’ekti;
    investitsiya shartnomasi — investitsiya faoliyati sub’ektlari o‘rtasida tuziladigan, investitsiya shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan yozma bitim;
    investitsiyalar — investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari ob’ektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
    mablag‘larni, shu jumladan pul mablag‘larini (shu jumladan chet el valyutasini), maqsadli bank omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni, obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni;
    ko‘char va ko‘chmas mol-mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklarni);
    intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan u yoki bu ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, texnik hujjatlar, ko‘nikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa qimmatliklarni;
    investor — foyda olish maqsadida investitsiya faoliyati ob’ektlariga o‘zining mablag‘larini va (yoki) qarz mablag‘larini yoxud jalb qilingan boshqa investitsiya resurslarini investitsiya qilishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ekti;

    Download 4,89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 4,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. YO‘L XO‘JALIGIDA INVESTITSIYA SAMARADORLIGI

    Download 4,89 Mb.