|
-MAVZU. YO‘L XO‘JALIGIDA JORIY VA KAPITAL XARAJATLARNI MOLIYALASHTIRISH
|
bet | 8/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #113510 |
Bog'liq 30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 24-MAVZU. YO‘L XO‘JALIGIDA JORIY VA KAPITAL XARAJATLARNI MOLIYALASHTIRISH
Reja
Avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va yaroqli holda tutishni moliyalashtirish
Moliyalashtirishni rasmiylashtirish tartibi
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlarini moliyalashtirishning huquqiy-me’yoriy qoidalari
Korxona moliyaviy tizimining asosiy vazifasi, joriy ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning yanada o‘sib borishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni tashkil toptirishdan iborat.
Korxonaning ishlab chiqarish fondlari, mehnat resurslari, tabiiy resurslar, mahalliy byudjetga va yuqori tashkilotlarni ta’minlashga ajratmalarni ko‘zda tutuvchi, byudjet bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlari iqtisodiy normativlari orqali tartibga solinadi.
Moliya – tegishli resurslar orqali, barqaror normativlar va moliyaviy me’yorlar asosida, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalarining pul bilan ta’minlanishining balanslanishiga imkon yaratish uchun xizmat qiladi.
Kapital qurilishni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan pul mablag‘larining miqdori, iqtisodiyotning erishilgan rivojlanish darajasi va uning yanada o‘sishi uchun kapital mablag‘lar sarfining ahamiyatiga ko‘ra aniqlanadi.
Kapital mablag‘larning moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat: Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar, amortizatsiya ajratmalari, korxona oladigan foydaning bir qismi, bank krediti, asosiy fondlarni qayta tiklash uchun maxsus yo‘naltiriladigan jamoa xo‘jaliklari va kooperativ tashkilotlarning o‘z mablag‘lari, hamda ichki rezervlarni safarbar etish hisobiga ajratiladigan mablag‘lar.
Undan tashqari yo‘l qurilishini moliyalashtirishga quyidagi qo‘shimcha manbalar ham jalb etiladi: avtotransport korxonalarining yuklarni tashishdan oladigan daromadlaridan 2 foizli ajratma; hukumat qabul qilgan qarorlarga asosan ajratiladigan mablag‘lar.
Qoidaga ko‘ra loyiha-smeta hujjatlari bilan ta’minlangan ishlar moliyalashtirilmaydi. Kapital qurilish rejasiga kiritilmagan ob’ektlarga xarajat qilish taqiqlanadi. Texnologik uskunalarni yetkazib berishga shartnomalar tuzishga bu maqsadlar uchun kapital mablag‘larni moliyalashtirish rejasida va smetalarda ko‘zda tutilgan mablag‘lar miqyosida ruxsat etiladi.
Buyurtmachi tashkilotlar va pudratchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat bo‘lib pudrat shartnomasi xizmat qiladi.
Bank tomonidan qabul qilingan pudrat shartnomasi bo‘lmaganda ishlarni bajarish qat’iyan man etiladi. Bunday holatlarda pudratchi tashkilot tomonidan qilingan xarajatlar (to‘lanmaydi) qoplanmaydi. Buyurtmachining bu ishlarni moliyalashtirishga mo‘ljallangan mablag‘lari boshqa ehtiyojlarga yo‘naltiriladi.
Bajarilgan ishlar uchun to‘lovlar buyurtmachi tomonidan har oyda tugallangan texnologik bosqich ishlab chiqarish va ishlar majmuining qiymatiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. To‘lovlarning umumiy summasi ob’ekt bo‘yicha ishlar smeta qiymatining 95 foizi atrofida bo‘lishi kerak. To‘liq hisob - kitob davlat qabul komissiyasining dalolatnomasi tasdiqlanib, ob’ekt ishga tushirilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Qurilish dasturi bajarilishi uchun ma’suliyatni oshirish maqsadida pudrat shartnomasidagi ishlar hajmini yillar bo‘yicha taqsimlanish jadvali ilova qilinadi. Undan tashqari, har yili titul ro‘yxatiga muvofiq ravishda ishlar hajmi va turlari kvartal bo‘yicha taqsimlangan yillik topshiriq tuziladi.
Ishlarni bajarishning kvartal rejasi bajarilmay qolgan holatlarda (yil boshidan o‘sib boruvchi jami hajmi), shu davrda bajarilgan ishlarga, jadvaldan orqada qolish tugatilmaguncha, buyurtmachi haq to‘lamaydi va bajarilgan pudrat ishlari hisobotiga bu ishlar kiritilmaydi.
Bunday holatlarda qurilish tashkiloti tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan vaqtinchalik ehtiyoj tufayli, yo‘l qo‘yilgan orqada qolishni tugatish majburiyatini taqdim etgan holda, kredit olish uchun bankka murojaat qilishga majbur bo‘ladi.
Kvartal rejasi buyurtmachining aybi bilan bajarilmay qolsa (texnik hujjatlar, uskunalar, materiallar o‘z vaqtida yetkazib berilmasa), buyurtmachi pudratchining barcha xarajatlarini, bank krediti uchun foiz to‘lovlari bilan qo‘shib kompensatsiya qiladi.
Ob’ektning ishga tushirilish muddati izdan chiqqan holatlarda shartnoma tuzuvchi har ikkala tomon birdek mulkiy javobgar bo‘ladilar.
Moliyalashtiruvchi bankning asosiy vazifalari
Respublika sanoat-qurilish bankiga sanoat, aloqa, transport va boshqa korxonalarga xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda, yangi qurilishni, mamlakat halq xo‘jaligi tarmoqlarida mavjud bo‘lgan ob’ektlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni moliyaviy ta’minlash va kreditlash ham yuklatilgan. Agrosanoat majmui, uy - joy kommunal xo‘jaligi va ijtimoiy sohaga tegishli bo‘lgan ob’ektlar bundan mustasno.
Xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida, iqtisodiy siyosatni amalga oshiruvchi, ijtimoiy ishlab chiqarishni tartibga soluvchi davlat organlarining biri sifatida bankning roli anchagina ortadi. Kredit hisob - kitob richaglaridan foydalanib (bank) davlat buyurtmachilarining ustuvorligini ta’minlash, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning intensivlashuvini tezlashtirish tadbirlarini amalga oshiradi.
Banklar faoliyati to‘liq xo‘jalik hisobi va o‘z – o‘zini moliyaviy ta’minlashga asoslangan. Ularning barcha xarajatlari mijozlarga kredit berish natijasida olinadigan daromad (kredit uchun foiz stavkalari) va bajargan hisob - kitob operatsiyalari uchun olinadigan ajratmalar hisobiga qoplanadi.
Sanoat-qurilish banki kapital qurilish rejalarini shakllantirishda ishtirok etib, qurilish ishlab chiqarishini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi. Uning mahalliy muassasalari buyurtmachilar va pudratchilar, mahsulot yetkazib beruvchilar, loyihachi va boshqa tashkilotlar o‘rtasida bajarilgan ishlar, yetkazib berilgan uskunalar, yo‘l qurilish texnikasi, ishlab chiqilgan loyiha – smeta hujjatlar uchun hisob - kitoblarni amalga oshiradilar; agar titul ro‘yxatga kiritilgan va tasdiqlangan umumlashma - smeta hisob - kitoblarida ko‘zda tutilgan holatlarda boshqa turdagi hisob - kitoblarni ham bajaradilar.
Sanoat qurilish bankining muassasalari avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va yaroqli holatda tutib turishni ta’minlashni moliyaviy ta’minlash vazifalarini bajaradilar.
Sanoat qurilish banki ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishni, qurilayotgan ob’ektlarning o‘z vaqtida ishga tushirilishini nazorat qiladi; reja, to‘lov, moliya intizomlariga to‘liq rioya qilinishi, qurilish yoki ta’mirlanayotgan ob’ekt bo‘yicha to‘laligicha va alohida ish hamda xarajatlar turlari bo‘yicha smeta limitlarining bajarilishi ustidan ham nazorat olib boradi.
Titul ro‘yxatlarini ko‘rib chiqish jarayonida bank muassasalari ob’ektlar sonini qisqartirish va barcha resurslarni ishga tushiriladigan qurilish ob’ektlariga to‘plash maqsadida bitta buyurtmachida bir vaqtda qurilayotgan ob’ektlar soniga e’tiborni qaratadilar. Joriy yil uchun ajratilgan mablag‘lar qurilishning normativ muddatlariga mutanosibligini va dastlabki tasdiqlangan ko‘rsatkichlarga nisbatan biron - bir o‘zgarishlar bo‘lmaganligini tekshiradilar. Dastlabki tasdiqlangan titul ro‘yxati va umumlashma smeta hisob - kitobi to‘liq qurilish muddati uchun o‘zgarmasligi kerak. Ishlarni bajarish yoki konstruktiv yechimlarning takomillashgan va taraqqiyparvar texnologiyalari qo‘llanilgani sababli loyihani qayta ko‘rib chiqish zarurati paydo bo‘lgandagina ko‘rsatkichlarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.
Banklar muntazam ravishda qurilish ob’ektlarining loyiha – smeta hujjatlari bilan ta’minlanganligini nazorat qilib boradilar. Ular qurilishga tipik loyihalarning joriy etilishini, individual loyihalashtirishga ruxsat etuvchi hujjatlarni tekshiradilar. Rejalashtirilayotgan davrda oldingi yilning 1 iyunigacha texnik hujjatlar bilan ta’minlanmagan ob’ektlar qurilishining titul ro‘yxatga kiritilmaydi. Bank muassasalari sanksiyalar va rag‘batlantirishlarni qo‘llash, nazorat vazifalarini amalga oshirish orqali moliyaviy intizomning yaxshilanishiga imkoniyat yaratadilar. To‘lov qobiliyati, ya’ni yo‘l tashkilotining bankdagi hisob raqamida pul mablag‘larining mavjudligi, ishlar hajmi va sifati, asosiy va aylanma fondlardan foydalanish, mehnat unumdorligining saviyasi kabi omillar ta’sirining natijasini aks ettiradi.
|
| |