Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlarini moliyalashtirishning huquqiy-me’yoriy qoidalari




Download 4,89 Mb.
bet10/30
Sana07.12.2023
Hajmi4,89 Mb.
#113510
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 2

Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlarini moliyalashtirishning huquqiy-me’yoriy qoidalari
O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrda tasdiqlangan 6 ta bob 30 ta moddadan iborat “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘RQ-117-sonli qonunining Avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, qurish va saqlash nomli 4-bobida 13-16 moddalarida avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash, yo‘l tashkilotlarining huquq va majburiyatlari yoritib berilgan.
Misol uchun ushbu qonunning13-moddasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak:
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini moliyalashtirishga ajratilgan mablag‘lar belgilangan maqsadga ega bo‘ladi va tegishli avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, saqlash hamda rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilmaydi yoki sarflanmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini moliyalashtirish mahalliy budjet mablag‘lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Ushbu moddada avtomobil yo’llari tasniflari bo’yicha moliyalashtirilishi belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining “Shahar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) tartibi bo‘yicha nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2008-yil 7-maydagi 49-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 40-son, 410-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 52-son, 534-modda), 2006-yil 20-dekabrdagi PQ-535-sonli “2007—2010-yillarda umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari qurilishini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 51-52-son, 508-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-noyabrdagi 226-sonli “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etishni hamda sifatini nazorat qilishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 45-son, 442-modda) muvofiq tegishli shahar va tuman hokimliklari tasarrufida bo‘lgan shahar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) tartibini belgilangan.
Nizomga binoan Avtoyo‘llarni ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish (to‘lovlarini amalga oshirish) tartibi quyidagicha belgilanadi
1. Mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish (to‘lovlarini amalga oshirish) tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-sonli “Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-yil, 17-18-son, 146-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2003-yil, 9-son, 83-modda) asosan amalga oshiriladi.
2. Avtoyo‘llarni ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish (to‘lovlarini amalga oshirish) manbalari mahalliy budjet mablag‘lari va qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
3. Davlat budjetining g‘aznachilik ijrosi sharoitida Buyurtmachilar o‘rnatilgan tartibda xarajatlar uchun to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining (bundan keyin matnda — G‘aznachilik) tegishli hududiy bo‘linmalari orqali amalga oshiradi. Bunda Buyurtmachilar ta’mirlash xarajatlariga to‘lovni amalga oshirish uchun talab etiladigan barcha hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda G‘aznachilik bo‘linmasiga taqdim etadilar.
4. Avtoyo‘llarni ta’mirlash xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) qat’iy ravishda tasdiqlangan budjet mablag‘lari doirasida, Buyurtmachi xarajatlari smetasining 4-guruhida shu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan xarajatlar Davlat budjeti xarajatlari funksional tasnifiga muvofiq quyidagi bo‘lim, kichik bo‘lim va boblar orqali amalga oshiriladi:
7 045 201 110 — shahar obodonlashtirish boshqarmasining shahar avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari;
7 045 202 110 — shahar obodonlashtirish boshqarmasining xo‘jaliklararo (qishloq) avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari;
7 045 203 110 — tuman obodonlashtirish boshqarmasining tuman markazlari avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari;
7 045 204 110 — tuman obodonlashtirish boshqarmasining xo‘jaliklararo (qishloq) avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari;
7 045 205 110 — tuman obodonlashtirish boshqarmasining shahar posyolkalari avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari.
5. Manzilli ro‘yxatga kiritilgan, lekin o‘rnatilgan tartibda loyiha hujjatlarini, resurs smetalarini inobatga olgan holda, yoki bajariladigan ishlar ro‘yxatini tasdiqlanishi ta’minlanmagan avtoyo‘llar bo‘yicha bajarilgan ishlarni moliyalashtirishga (to‘lovlarini amalga oshirishga) yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Tasdiqlangan va kelishilgan avtoyo‘llarni ta’mirlash manzilli ro‘yxatlari, shuningdek, oyma-oy taqsimlangan xarajatlar smetalari Buyurtmachilar tomonidan G‘aznachilikning tegishli hududiy bo‘limlariga va xizmat ko‘rsatuvchi banklarga taqdim qilinadi.
7. Pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish hajmlari loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlangan mukammal ta’mirlash, shuningdek obyektlar bo‘yicha joriy ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish (to‘lovlari) Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
bo‘nak to‘lovlar — birinchi ikki oy davomida joriy yilda bajariladigan ishlar qiymatining 30 foiz miqdorini teng ulushlarga bo‘lgan holda;
joriy moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) — ajratilgan bo‘nak to‘lovlarini oyma-oy mutanosib ravishda chegirib qolishni hisobga olgan holda, haqiqatda bajarilgan ish hajmining 95 foizidan kam bo‘lmagan qismi. Qolgan 5 foiz miqdordagi qismi, shartnomada ko‘rsatilgan, kafolat muddati tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi.
8. Avtoyo‘llarni joriy ta’mirlashni moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) (mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan obyektlardan tashqari) joriy yil ish hajmining 15 foiz miqdorida bo‘nak berish yo‘li bilan, keyinchalik ajratilgan bo‘nak to‘lovlarini mutanosib ravishda ushlab qolishni hisobga olgan holda oyma-oy moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi.
9. Avtoyo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha bajarilgan ish uchun Buyurtmachining pudrat tashkilotlari bilan hisob-kitoblari, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan bir oyda bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomalari asosida, bajarilgan ish miqdori (qilingan xarajatlar) to‘g‘risidagi o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalar (ma’lumotnomalar) bo‘yicha amalga oshirilishi lozim.
10. Buyurtmachilar har chorakda avtoyo‘llarni ta’mirlash manzilli ro‘yxatlarini kelishgan tegishli hududiy moliya idoralariga shartnomaviy narxlarda mablag‘larni o‘zlashtirishning borishi, shuningdek manzilli ro‘yxatga muvofiq obyektlar kesimida moliyalashtirish to‘g‘risida hisobot topshiradi.

Download 4,89 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Download 4,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlarini moliyalashtirishning huquqiy-me’yoriy qoidalari

Download 4,89 Mb.