|
-MAVZU YO‘L XO‘JALIGINING ASOSIY FONDLARI
|
bet | 13/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #113510 |
Bog'liq 30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 26-MAVZU YO‘L XO‘JALIGINING ASOSIY FONDLARI
Reja:
1. Asosiy fondlarning tarkibi va strukturasi.
2. Asosiy fondlardan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlari.
3. Asosiy fondlarning yeyilishi (eskirishi) va qayta tiklanishi.
Asosiy fondlarning tarkibi va strukturasi
Yo‘l xo‘jaligining asosiy fondlari nisbatan mustaqil ikki qismdan tashkil topadi. Avtomobil yo‘llari va yo‘l tashkilotlarining asosiy fondlari. Yo‘llar va yo‘l inshootlarining qiymatlari, yo‘l tashkilotlaridagi asosiy fondlar qiymatidan bir necha barobar ko‘pdir. Yo‘l xo‘jaligining ekstensiv o‘sishidan intensiv rivojlanish yuliga o‘tishi, birinchidan, transportning asosiy fondlari bo‘lgan avtomobil yo‘llaridan samarali foydalanish hisobiga jamiyatning transportga bo‘lgan talablarini qondirishdir. Ikkinchi tomondan, tarmoq ichi aspektida ishlab chiqarishni intensifikatsiya qilish yo‘l tashkilotlarining asosiy fondlaridan ham samarali foydalanishni taqazo etadi.
Yo‘l tashkilotlarining asosiy fondlari viloyatlarda yo‘llar qurilishi va tasarrufi bilan shug‘ullanadigan sho‘ba korxonalarda mujassamlashgan bo‘lib, ularning 45 foizga yaqini yo‘l qurilishi bilan, 55 foizi esa yo‘llar tasarrufida faoliyat ko‘rsatadilar. Ulardan tashqari umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarining tashkilotlari ham mavjud bo‘lib, ular asosan yo‘llarni ta’mirlash va yaroqli holda saqlash ishlari bilan shug‘ullanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari qurilish, rekonstruksiya, ta’mirlash va avtomobil yo‘llarini yaroqli holda saqlash uchun ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarining tarkibiy qismidir. Ular ishlab chiqarishning moddiy-texnik sharoitlarini belgilab, ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat davomidpa ishtirok etadilar va o‘zlarining natural ko‘rinishlarini o‘zgarishsiz saqlab qoladilar va o‘z qiymatlarini eskirgan sari asta-syokin yaratilayotgan mahsulot qiymatiga o‘tkazadilar.
Yo‘l tashkilotlari maishiy, kommunal, madaniy, meditsina xizmatlari uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan asosiy vositalarga ham ega. Ular qatoriga uy-joy binolari, meditsina punktlari binolari, klublarni kiritish mumkin. Ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan asosiy fondlar uzoq xizmat muddatiga egadirlar va ularning qiymatlari ham eskirgan sari asta-syokin tashkilotda ishlovchi xodimlar tomonidan yaratilayotgan mahsulot qiymatiga o‘tib boradi.
Yo‘l tashkilotlari asosiy fondlarining strukturasida yetakchi o‘rinni mashina va uskunalar, hamda transport vositalari egallab turadi.
Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish sanoat ishlab chiqarish fondlari sanoat ishlab chiqarish fondlaridan va boshqa tarmoqlarning ishlab chiqarish fondlaridan, asosiy ishlab chiqarishdan tashqari fondlardan tashkil topadi.
Umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llardagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining boshqa yo‘llardagi asosiy fondlar strukturasidan farqi shundaki, avtomobil yo‘llarining inventar qiymatlari tarkibiga umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llarga xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l tasarruf uchastkalari binolarining qiymatlari ham kiritiladi. Boshqa yo‘llar tizimida bunday tartib yo‘q bo‘lib, yo‘llar tasarrufidagi sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining strukturasi yo‘l qurilishidagi asosiy fondlar strukturasidan farq qilmaydi. Farq faqat shundaki, pudratchi yo‘l qurilish tashkilotlarida sanoat ishlab chiqarish fondlari qurilishga xizmat qiluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ataladi. Boshqa tarmoqlarning asosiy ishlab chiqarish fondlariga sanoat korxonalrining (yig‘ma temir beton zavodlari, ta’mirlash ustaxonalari, yog‘ochga ishlov beruvchi kombinatlar), yordamchi qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan fondlar, savdo va umumiy ovqatlanish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning fondlari kiradi.
Sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlari quyidagi elementlardan tashkil topadi: Turli bo‘limlar va xizmatlarni joylashtirishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarish binolari, nazorat qorovullash budkalari, konlar, yordamchi ishlab chiqarish binolari, omborxonalar;
Texnik funksiyalarni bajarishga mo‘ljallangan, mehnat o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan inshootlar. Bular qatoriga ko‘priklar, estakadalar, galereyalar, xo‘jalik ichidagi yo‘llar, temir yo‘llar, osma yo‘llar, har xil omborlar;
Uzatish qurilmalari -transformator podstansiyalari, kabellari, elektr liniyalari;
Mashina va uskunalar, sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining eng muhim qismi bo‘lib, ular qatoriga issiqlik energiyasi, elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kuch mashinalari va uskunalar, har xil dvigatellar va energiyani bir turdan boshqasiga o‘zgartiruvchi uskunalar, hamda qurilish-montaj ishlarini bajarishda bevosita ishtirok etuvchi ishchi mashinalar va uskunalar, o‘lchov asboblari, laboratoriya anjomlari, hisoblash texnikalari kiradi;
Transport vositalari - yuk avtomobillari, tirkamalar, shatakchi avtomobillar, motovozlar, temir yo‘l platformalari va boshqalar;
Ishlab chiqarish jarayonida qo‘l mehnatini mexanizatsiyalashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan asbob-uskunalar, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarini aktiv va passiv qismlarga ajratish mumkin. Asosiy fondlarning aktiv qismiga, ya’ni mehnat vositalariga ishchi mashinalar va uskunalar, transport vositalari, asbob-anjomlar va ishlab chiqarish inventarlari kiradi. Asosiy fondlarning bu qismi ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etib, ishlab chiqarish miqiyoslarini aniqlaydi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv qismiga ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan, lyokin ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan moddiy sharoitni vujudga keltirishga xizmat qiladigan elementlar kiradi (binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari va hokazolar).
Asosiy fondlarni hisobga olish va rejalashtirish natural va pul ko‘rinishida amalga oshiriladi. Pul ko‘rinishida ifodalangan asosiy fondlar asosiy mablag‘lar, deb ataladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini pul o‘lchamida ifodalash ularning strukturasi va dinamikasi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining alohida qiymat elementlarining miqdoriy salmog‘i uning strukturasini belgilaydi. Konkret yo‘l tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish fondalarining strukturasi, qurilish tashkilotining quvvati, ishlab chiqarish bazasining hududiy konsentratsiyalashuvi, bir vaqtda qurilayotgan ob’ektlarning, soni, qurilish maydonining o‘lchami, ishlab chiqarish dasturining strukturasi kabi bir qator muhim omillar asosida aniqlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining strukturasi hisobot yili uchun fondlarini, yillik o‘rtacha qiymatlari haqidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi. U 13 ta qo‘shiluvchilar yig‘indisining 1/12 qismi sifatida aniqlanadi: hisobot yilining 1 yanvariga asosiy fondlar qiymatining yarmisi, keyingi yil 1 yanvariga asosiy fondlar qiymatining yarmisi olinadi. Fevraldan dekabrgacha bo‘lgan oylar uchun esa to‘liq hisobot ma’lumoti bo‘yicha olinadi.
Asosiy fondlarning qayta tiklanishini rejalashtirish va amortizatsiya ajratmalarining miqdorini aniqlash uchun asosiy fondlarning to‘g‘ri baholangan bo‘lishiga muhim ahamiyatga ega. Asosiy fondlarning baholanishi quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
-ularning dastlabki narxlari bo‘yicha, ya’ni asosiy fondlarni sotib olish yoki qurishga amalda sarflangan xarajatlar bo‘yicha;
-tiklanish qiymati bo‘yicha, ya’ni zamonaviy sharoitda qayta tiklashga bo‘ladigan xarajat bo‘yicha.
Eskirishni hisobga olgan holda asosiy fondlarni tiklanish narxi bo‘yicha baholash mavjud fondlar haqida ob’ektiv ma’lumotga ega bo‘lish va amortizatsiya ajratmalarining eng to‘g‘ri hisoblanishiga imkoniyat yaratadi. Lyokin bu usul vaqti-vaqti bilan qayta hisobga olish va qayta baholashlar o‘tkazib turilishini talab qiladi, bu esa odatda kattagina mehnat sarflash bilan bog‘liq.
qiymat ko‘rsatkichlarining qo‘llanilishi asosiy ishlab chiqarish fondlarining ahvoli va dinamikasi to‘g‘risida tarmoq va alohida tashkilotlar bo‘yicha umumlashgan harakteristika olishga imkon beradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining ahvolini harakterlash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
-asosiy fondlarning eskirganlik koeffitsienti; eskirganlik qiymatining asosiy fondlarning yil oxiridagi qiymatiga nisbati tariqasida aniqlanadi. Eskirish summasi tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq ravishda olinadi.
-asosiy fondlarning eskirishi bir yilda bir marta inventar ob’ektlarning hisobot davri oxiriga bo‘lgan balans qiymatlarini tasdiqlangan yillik eskirish me’yorlariga ko‘paytirish orqali hisoblanadi. Hosil bo‘lgan eskirish summasini avvalgi yilning oxiriga bo‘lgan eskirish summasiga qo‘shiladi.
-mashinalar narxining yoshi strukturasi koeffitsienti - amortizatsiya xizmati muddati tugamagan mashinalar sonini, mashinalarning umumiy soniga bo‘lib topiladi.
Yo‘l tashkilotlari asosiy ishlab chiqarish fondlarining dinamikasini baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Asosiy fondlarning o‘sish koeffitsienti. Bu koeffitsient yil davomida olingan asosiy fondlar qiymatining, hisobot davri oxiridagi fondlar qiymatiga (hisobdan chiqarilgan fondlar qiymatidan tashqari) nisbati sifatida aniqlanadi. Asosiy fondlarning hisobdan chiqish koeffitsienti yil mobaynida hisobdan chiqarilgan asosiy fondlarning to‘liq dastlabki qiymatlarini, hisobot davri boshlanishiga bo‘lgan asosiy fondlar to‘liq dastlabki qiymatiga nisbati sifatida aniqlandi. Asosiy fondlarning yangilanish koeffitsienti yangidan olingan asosiy fondlar qiymatining hisobot davri oxiriga bo‘lgan asosiy fondlarning to‘liq qiymatiga nisbatidan iborat.
Asosiy fondlarning eskirganlik koeffitsienti, mashinalar narxining yoshi bo‘yicha strukturasi asosiy fondlarning yangilanish koeffitsienti barcha asosiy fondlar miqyosida va alohida olingan yo‘l mashinalari va mexanizmlar miqyosida hisoblanadi. Ko‘rsatkichlarning konkret qiymatlari birinchi navbatda yo‘l tashkilotlari ishlab chiqarish bazasiga kapital mablag‘lar rejasining bajarilishiga, yangi asosiy fondlarning ishga tushirish rejasining bajarilishiga hamda asosiy fondlarni kapital ta’mirlash rejasiga bog‘liq bo‘ladi.
Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga bo‘ladigan ehtiyojlari natural va qiymat ko‘rsatkichlari orqali ifodalanishi mumkin. Natural ko‘rsatkichlarda ifodalangan ehtiyojlar barcha ishlab chiqarishlar va xo‘jaliklardagi umumiy bajariladigan ishlar hajmi asosiy mashinalar va uskunalarning turlari bo‘yicha direktiv me’yorlar asosida aniqlanadi. Natural ko‘rsatkichlar ishlarni mexanizatsiyalashtirish, texnikalarni tasarruf etish va ta’mir-rejalarini ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Ammo ular yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga ehtiyojlarini umumlashtirgan holda rejalashtirishga o‘zlarining konkret buyumlashgan ko‘rinishlari tufayli biroz noqulaydir. Shu sababli natural ko‘rsatkichlarni qo‘llash alohida mashina turlari va uskunalaridan foydalanish samaradorligini baholash bilan chegaralanib, tegishli ishlash me’yorlari mavjudligi sababli ishlatiladi. Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga ehtiyojlari qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalanganda, fondlar umumlashgan qiymatda va alohida elementlarga ajratilgan ko‘rinishda beriladi.
Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga ehtiyoji mutlaq va nisbiy bo‘ladi. Mutlaq ehtiyoj tegishli ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun barcha fondlar va ularning elementlari qiymatida ifodalanadi, nisbiy ehtiyoj esa solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsientlarida o‘z ifodasini topadi (umumiy va xususiy).
Umumiy solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsienti asosiy ishlab chiqarish fondlari yillik o‘rtacha qiymatini yillik mahsulot qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi (yo‘l qurilishida -korxonaning o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmiga; yo‘llarni tasarruf etishda - xo‘jalik usulida yo‘llarni ta’mirlash va yaroqli holatda ushlab turish bo‘yicha bajarilgan yillik ishlar hajmiga).
Xususiy solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsienti asosiy ishlab chiqarish fondlarining elementlari bo‘yicha ular yillik o‘rtacha qiymatlarini yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bo‘lib aniqlanadi. Ishlab chiqarishning asosiy fondlariga bo‘ladigan nisbiy ehtiyoji yo‘l tashkilotlari faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan bir qator omillar ta’sirida ro‘y beradi.
Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga bo‘lgan mutlaq ehtiyoji ishlab chiqarish dasturi hajmiga bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish nomenklaturasi bo‘yicha barcha bajariladigan ishlar hajmi asosida yoki tegishli fond sig‘imdorligi koeffitsientlari va ishlab chiqarish faoliyati hajmining qiymat ko‘rinishida ifodalangan ma’lumotlari asosida aniqlash mumkin. Har qanday hollarda ham qabul qilinayotgan normativlar yoki solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsientlari iloji boricha ishlab chiqarish sharoitlariga mos kelishi kerak.
Asosiy ishlab chiqarish fondlariga bo‘ladigan nisbiy ehtiyojiga ta’sir etuvchi omillar ko‘p bo‘lganligi sababli, solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsientlari perspektiv davr uchun har qaysi yo‘l tashkiloti uchun bajariladigan ishlarning konkret strukturasini, asosiy fondlardan foydalanishning amalda erishilgan saviyasini va rejalashtirilayotgan fondlar bilan qurollanganlik hamda mehnat unumdorligini hisobga olgan holda individual qiymatlariga ega bo‘lishi kerak.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari yo‘l xo‘jaligi tarmog‘i faoliyatining samaradorligini belgilovchi harakteristikalardan biri sanaladi. Bu ko‘rsatkichlarning amaliy ahamiyati ular asosida hal etiladigan iqtisodiy masalalar to‘plamida o‘z ifodasini topadi.
Ular quyidagilardan iborat:
-qator yillar uchun butun tarmoq, ishlab chiqarish birlashmalari, alohida yo‘l tashkilotlari bo‘yicha asosiy fondlardan samarali foydalanishdagi o‘zgarishlar tendensiyalarini aniqlash;
-asosiy fondlardan samarali foydalanishni rejalashtirish;
-turli yo‘l tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanishni solishtirish va baholash;
-konkret sharoitlarda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish darajasini baholash hamda ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish asosida ularni oshirish imkoniyatlarini izlab topish;
-yo‘l xo‘jaligi ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish uchun uning asosiy fondlar va kapital mablag‘larga bo‘ladigan ehtiyoji yiriklashtirilgan hisob-kitoblarini amalga oshirish;
-yangi mashinalar va uskunalar joriy etilishining samaradorligini aniqlash, mashinalar parkini optimal rejalashtirish, mehnat vositalarini ish turlari va inshootlar bo‘yicha ratsional taqsimlash.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi natural (xususiy) va qiymat (umumlashgan) ko‘rsatkichlarda baholanadi.
Natural ko‘rsatkichlar mashina va uskunalardan vaqt va unumdorligi bo‘yicha, qiymat ko‘rsatkichlari esa hamma asosiy fondlar va uning elementlaridan foydalanishni harakterlaydilar. Natural ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi: mashina va uskunalarning smenalilik koeffitsienti, sutka va yil mobaynida mashinalarning o‘rtacha ishlash soati, mashinalar parkidan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffitsienti, smena ish vaqti balansida smena ichida vaqt yo‘qotishlar salmog‘i, mexanizatsiyalashgan ishlarda yillik, strategik va ishlab chiqarish ish me’yorlarining bajarilish darajasi, bitta ro‘yxatdagi mashinaga nisbatan natural birliklarda o‘lchangan mahsulot ishlab chiqarish miqdori.
Smenalilik koeffitsienti mashinalarning sutka vaqti mobaynida qanday ishlatilishini harakterlaydi, ya’ni
M1, M2, M3 – birinchi, ikkinchi va uchinchi smenada ishlaydigan ma’lum turdagi mashinalar soni;
Mumum – shu turdagi mashinalar parkining umumiy soni.
Hozirgi kunda asosiy qurilish va yo‘l mashinalari bo‘yicha yillik ish kunlariga to‘g‘ri kelayotgan smenalik koeffitsienti 1,1 ni tashkil etmoqda va 1,3-1,4 dan yuqori emas. Yil mobaynida mashinalarning bir kunlik ish muddati 8-10 soatni tashkil etadi. Ko‘pchilik qurilish va yo‘l mashinalari yoz paytida 2 smena, qish paytlari esa hech bo‘lmasa 1 smena ishlashliklarini hisobga olgan holda shuni tan olishimiz kerakki, yillik ish vaqti fondining anchagina qismini mashinalar turli sabablarga ko‘ra bekor turib qoladilar va bu sabablar ichida eng muhimi -yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlarining ko‘p turlarining mavsumiyligidir. O‘rta hisobda ro‘yxatdagi har bitta yo‘l va qurilish mashinalari yil mobaynida yo‘l qurilishida 1425 soat, turli tashkilotlarda esa 1000 dan 2000 soatgacha ishlaydi.
Mashinalarning yillik direktiv ish me’yorlari mashinalardan vaqt bo‘yicha foydalanish ko‘rsatkichlari hisob-kitoblari asosida belgilanadi: yil davomida bitta ro‘yxatda turgan mashinaga to‘g‘ri keladigan mashina- soatlar soni, parkdan foydalanish koeffitsienti.
Rejalashtirilayotgan mashinalar parkidan foydalanish koeffitsienti quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda:
V-bitta o‘rtacha ro‘yxatdagi mashinaning yil mobaynidagi ish soatlari; D-kalendar bo‘yicha davrdagi kunlar soni;
Tsm-ish smenasining o‘rtacha davom etish vaqti.
Mashinalardan foydalanishning ish unumdorligi bo‘yicha yillik direktiv me’yorlari, mashinalardan yil mobaynida vaqt bo‘yicha foydalanish ko‘rsatkichi V ni, mashinalarning o‘rtacha soatlik tasarruf ish unumdorligi P soat ga ko‘paytirib topiladi, uning qiymati yagona me’yorlar haq to‘lash milliy miqdorlaridan olinadi.
Natural ko‘rsatkichlar asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv qismidan foydalanish haqida ob’ektiv ko‘rinishni aks ettiradilar. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishda qator yillar mobaynida tarmoqda va alohida tashkilotlarda yuz berayotgan o‘zgarish tendensiyalarini aniqlash, fondlar strukturasi va ratsional tarkibini baholash kapital mablag‘laridan aniqlashda natural ko‘rsatkichlardan foydalanib bo‘lmaydi. Bunday maqsadda asosiy fondlar qiymat iqtisodiy samara bilan solishtirilgan holda hisoblab chiqilgan umumlashgan qiymat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Har xil vaqtlarda ishga tushirilgan asosiy fondlar bo‘yicha taqqoslashni amalga oshirish uchun ularning qayta tiklanish qiymati bo‘yicha qayta baholash ma’lumotlaridan foydalanish kerak bo‘ladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini belgilovchi umumiy ko‘rsatkich sifatida tarmoq, birlashma va korxonalarda fond samaradorligi ko‘rsatkichi ko‘rsatilgan va u asosiy fondlar yillik o‘rtacha qiymatining har bir so‘miga to‘g‘ri kelayotgan mahsulot ishlab chiqarish milliy miqdorini (ishlar milliy miqdorini) o‘zida aks ettiradi. Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini rejalashtirishda fond samaradorligiga baho berishda shuni yodda tutmoq kerakki, uning milliy miqdoriga ko‘pdan-ko‘p ob’ektiv va tartibga olinuvchi omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Muhim ob’ektiv omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
-ishlab chiqarish dasturining strukturasi, ya’ni alohida ish hajmlaridagi mutanosiblik;
-ishlarni amalga oshirishda ishlatiladigan xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, konstruksiyalar va detallarning umumiy hajmida korxonalarning o‘ziga tegishli yordamchi ishlab chiqarishida tayyorlangan mahsulotlarning tutgan salmog‘i;
-mahalliy yo‘l qurilish materiallarining mavjudligi, ularning xususiyatlari va o‘rtacha tashish masofalari;
-yo‘l tashkiloti faoliyat ko‘rsatayotgan rayondagi tabiiy iqlim sharoitlari;
-yo‘l qurilish va rekonstruksiyasida bajariladigan ishlar uchun smeta narxlari;
-ishlarning mexanizatsiyalashganligi, shu jumladan kompleks mexanizatsiyalashish darajasi;
Fond samaradorligiga ta’sir etuvchi tartibga olinuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
-asosiy ishlab chiqarishsh fondlarining amaldagi strukturasi bilan ishlab chiqarish dasturi strukturasi va boshqa ob’ektiv ishlab chiqarish sharoitlari o‘rtasidagi mutanosiblik;
-mashinalar narxi va uskunalar, transport vositalaridan vaqtida va unumli foydalanish.
Alohida yo‘l tashkilotlari bo‘yicha fond samaradorligining qiymati anchagina keng chegarada bo‘lib, 1,11 dan 3,8 gacha boradi. Ammo fond samaradorligining yuqoriligi har doim ham asosiy fondlardan foydalanishning yuqori darajasida samarali ekanligini bildirmaydi. Ma’lum bir sharoitlarda (masalan, umumiy ish hajmida yer ishlari salmog‘ining yuqori bo‘lishi, arzon mahalliy tosh materiallardan foydalanish, ishlarining kompleks mexanizatsiyalashganligi darajasining yuqori bo‘lishi) fond samadorligi ortishi mumkin. Asosiy fondlardan yuqori samaradorlik bilan foydalanilayotgan tashkilotlarda fond samaradorligining qiymati past bo‘lishi ham mumkin.
Ko‘pdan-ko‘p omillarning ta’sirlari o‘zaro chambarchas bog‘lanib ketadilar va fond samaradorligining konkret qiymatlarini aniqlaydalar.
Korrelyatsion regressiv tahlilning turi bo‘lgan ko‘p omilli regressiya usullarni yo‘l ta’mirlash qurilish boshqarmalari faoliyatini harakterlovchi ko‘rsatkichlarga nisbatan qo‘llanishi natijasida (100 ta tashkilot majmui miqyosida), fond samaradorligiga ta’sir etuvchi muhim to‘rt omilini aks ettiruvchi quyidagi tenglamani olish imkonini berdi:
Bu yerda:
X1-brigada pudratchi uslubida bajarilgan ishlar hajmining salmog‘i, foiz;
X2-fondlar bilan qurollanganlik (korxonadagi asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishlovchilar soniga nisbati), ming so‘m;
X3-korxonaning xizmat ko‘rsatiladigan yo‘lning har kilometriga to‘g‘ri kelayotgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati, ming so‘m;
X4- korxona tomonidan yil mobaynida bajariladigan ishlar hajmi, ming so‘m.
Tenglama tarkibiga kirgan omillar bilan fond samaradorligi o‘rtasidagi aloqaning tig‘izligi yuqori. U 0,82 ga teng bo‘lgan ko‘p marta korrelyatsiyalanish koeffitsienti bilan harakterlanadi. Bu koeffitsientning kvadratiga teng bo‘lgan, ko‘p marta determinatsiyalanish (0,67) koeffitsienti deb ataluvchi ko‘rsatkich shuni ko‘rsatadiki, fond samaradorligi variatsiyasining 67 foiz tenglama tarkibiga kirgan omillarning variatsiyasi hisobiga sodir bo‘ladi. Tenglama tarkibiga kirmagan barcha boshqa omillarning variatsiyasi fond samaradorligi variatsiyasining 33 foizgacha o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi, bu esa tenglama tarkibiga kirgan omillarning yuqori ahamiyatidan darak beradi.
Fond samaradorligi bir necha omilarning birgalikdagi ta’siri tenglamaga tegishli omillar o‘zgarishilarining regressiyalarini qo‘yish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.
Ishlab chiqarishining asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanganligining ortib borishi (X2 va X3 omillari) fond samaradorligining pasayish tendensiyasini keltirib chiqarishiga e’tibor bermoq kerak. Gap shundaki, ishlab chiqarishning asosiy fondlari bilan ta’minlanganligining ortib borishi yanada ko‘proq jonli mehnatni buyumlashgan mehnat bilan almashinib borishiga, buning natijasida, bitta ishlovchiga to‘g‘ri keladigan mehnat vositalari massasining tinimsiz o‘sib borishiga, ya’ni mehnatning fondlar bilan qurollanganligining o‘sib borishiga sababchi bo‘ladi. Ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilar sonini kamaytiruvchi qo‘shimcha va yordamchi operatsiyalarni mexanizatsiyalashtirish mehnat unumdorligini ko‘taradi, agar vaqt birligida bajariladigan ishlar hajmi o‘zgarmay qoladigan bo‘lsa, fond samaradorligining pasayishiga olib keladi, ishdan ozod bo‘lgan ishlovchilar esa boshqa korxonalarga o‘tkaziladilar. Bunday vaziyat bizning iqtisodiyotimizda juda ko‘p tarmoqlari rivojlanishida o‘nlab yillar davomida tipik axvol bo‘lib keldi. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning yaxshilanishi, asosiy fondlar massasi o‘sishidan ko‘ra mahsulot ishlab chiqarishning tezroq o‘sishiga erishish, fondlar bilan qurollanganlikka nisbatan mehnat unumdorligi o‘sish su’ratining ilgariroq bo‘lishiga erishish fond samaradorligining kamayish tendensiyasiga chek qo‘yishi kerak. Bunda yo‘l tashkilotlarining asosiy fondlarining bir birligiga to‘g‘ri keladigan xizmat ko‘rsatadigan yo‘llarning uzunligi ortib borishi kerak bo‘ladi.
Asosiy fondlardan foydalanish bilan yo‘l xo‘jaligi tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatlarining optimallashib va o‘sib borish masalalari uzviy ravishda bog‘liq bo‘lib, buning ma’nosi shuki, belgilangan ishlab chiqarish dasturi strukturasi, qabul qilingan smenalik, ishlab chiqarish resurslaridan to‘laqonli foydalanishni ta’min etuvchi ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish sharoitida, maksimal imkoniyat darajasida o‘z kuchlari bilan qurilish-montaj ishlari hajmini bajarishlari kerak. Amaliy hisob-kitoblarda resurslardan, xususan, asosiy fondlardan foydalanish darajasi bazis yili bo‘yicha, uning hisob- kitob qilinayotgan yilda mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining quvvatini belgilovchi ish hajmi ko‘rsatkichiga o‘tish asosiy ishlab chiqarish asosiy fondlarining yillik o‘rtacha qiymatini taraqqiyoti (ijtimoiy zaruriy) fond samaradorligiga ko‘paytirish orqali aniqlanishi mumkin. Bunda fond samaradorligi har bir tashkilot uchun quyidagi shart-sharoitlarga bog‘liq ravishda o‘zining ma’lum bir qiymatiga ega bo‘ladi:
-ishlab chiqarish dasturidagi ishlar strukturasi;
-narxlar hosil bo‘lishining iqtisodiy geografik omillari;
-tabiiy iqlim sharoiti omillari;
-mehnatning fondlar va mexanizatsiya bilan qurollanganlik darajasi;
-material resurslar iste’mol qilishda o‘zlarining yordamchi ishlab chiqarishlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar salmog‘i;
-asosiy fondlardan foydalanishning yillik va sutkalik rejimlari.
Ushbu omillar har bir alohida tashkilotlar uchun alohida ahamiyat kasb etganligi sababli, har qaysi tashkilot uchun fond samaradoligining taraqqiyot qiymati har xil bo‘lishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatlari bir xil bo‘lgan korxonalarda ham, bunday uslubda hisob-kitob qilinganda, ularning ishlab chiqarish quvvatlari har xil bo‘ladi.
Bunday uslub bilan hisoblangan ishlab chiqarish quvvati korxona shart-sharoitlaridan olingan funksiya bo‘lib, mazkur korxonada ishlar hajmini oshirish bo‘yicha mavjud ishlab chiqarish rezervlarini aniqlashda ishlatilishi mumkin.
Konkret holatlarda yo‘l ta’mirlash qurilish tashkilotlari tomonidan amalda bajarilgan ishlar hajmi ularning ishlab chiqarish quvvatlariga nisbatan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Ular ko‘plab va har xil omillarga bog‘liqdirlar.
Hozirgi kunda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini oshirish har bir yo‘l tashkilotining muhim ehtiyojiga aylanib bormoqda. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini oshirishning ektensiv va intensiv yo‘llari bor.
Ektensiv yo‘l asosiy fondlardan foydalanish vaqtini oshirishni bildiradi, ya’ni yil mobaynida ishlanadigan soatlar miqdorini ko‘paytirishni. Buning uchun ishlarning sezonligi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotilish vaqtlarini qisqartirish, yo‘l qurilish mashinalarini qish paytlarida ham maksimal yuklanganlik darajasida ishlatish kerak bo‘ladi.
Mashinalarning ishda bo‘lish vaqtlarini oshirishda ularni ikki, uch smena ishlatish muhim ahamiyatga ega, lyokin yo‘l xo‘jaligida mashinalarning smenalilik koeffitsientining ortishi o‘z navbatida masalalarni keltirib chiqaradi. Bunday muammolar qatoriga yo‘l tashkilotlarining mexanizator kadrlar bilan, injener-texnik xodimlar bilan ta’minlanishi masalalarini qo‘yish mumkin. Undan tashqari smena ichida sodir bo‘ladigan mashina va uskunalarning nosozligi, ehtiyot qismlarning yetishmasligi, yonilg‘i moylash materiallari yo‘qligi, ish fronti, qurilish materiallari va konstruksiyalari, avtotransport vositalari, mehnat intizomining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlarni qisqartirishga harakat qilish kerak.
Ta’mirlashni kutishda va me’yoridan ortiq ta’mirlash ishlarida mashinalarning kutib qolishlari, yo‘l qurilish mashinalarining smena orasida emas, balki to‘liq kun mobaynida ish vaqtlarini yo‘qotishning eng asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Ta’mirlashni kutib qolish bilan bog‘liq bo‘lgan vaqt yo‘qotishlar, mashinalarning to‘satdan buzilib qolishlarini oldini olish maqsadida, sistematik tarzda texnikalarning holatlarini nazorat qilib turish, o‘z vaqtida va sifatlar texnik xizmat ko‘rsatish, kundalik texnik ko‘rik o‘tkazish hisobiga qisqartirilishi mumkin.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini oshirishda ektensiv yo‘l bilan bir qatorda, vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini oshirishni bildiruvchi intensiv yo‘ldan ham foydalaniladi. Buning uchun ishlarni bajarish texnologiyalarini mukammallashtirish, mexanizatorlar ishini tashkil etishning ilg‘or usullarini qo‘llash, mashinalarning konstruktiv imkoniyatlaridan iloji boricha to‘laqonli foydalanish kerak bo‘ladi.
Mavjud mashinalarni ish unumdorliklarini hisobga olgan holda ish turlari bo‘yicha optimal taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada zamonaviy iqtisodiy matematik uslublardan foydalangan holda alohida ish turlarini bajaruvchi otryadlar va zvenolar butlash, yo‘l qurilish tashkilotlaridagi mashinalar parkini to‘g‘ri butlash ham katta ahamiyatga ega.
Asosiy fondlarni eskirishi va qayta tiklanishi
Asosiy fondlar tarkibiga kiruvchi avtomobil yo‘llari ko‘plab omillar ta’sirida tabiiy va fizik jihatdan eskiradi. Yo‘l tashkilotlarining buxgalteriyasida buxgalterlik hisobi va hisobotlarida avtomobil yo‘llarining eskirishi davlat byudjetidagi muassasa va tashkilotlarga qarashli asosiy fondlarning eskirishi sifatida aniqlanadi va aks ettiriladi. Bu maqsadda «Yo‘llar va yo‘l inshootlari», «Yo‘llar va yo‘l inshootlaridagi», «Yo‘llar va yo‘l inshootlaridagi fondlar» va «Yo‘llar va yo‘l inshootlarining eskirishi» subschetlaridan foydalaniladi.
Yo‘llarning eskirishi bo‘yicha yeyilish summasi har bir yilning oxirida tegishli inventar ob’ektlarning hisobot yili oxiriga bo‘lgan balans qiymatini (hisobot yilining qaysi oyida sotib olinganligi yoki qurilganligidan qat’iy nazar) belgilangan yillik yeyilish me’yoriga ko‘paytirib hisoblanadi. Balans qiymati eskirishni hisobga olmagan holda dastlabki yoki boshqacha aytganda tiklanishi lozim bo‘lgan qiymatini bildiradi.
U №01 «Asosiy mablag‘lar» aktiv schetning №01-1 «Yo‘llar va yo‘l inshootlari» nomli aktiv subschetida aks ettiriladi. Hisobot yili uchun aniqlab chiqilgan yeyilish (eskirish) summasi №85-1 «Yo‘llar va yo‘l inshootlaridagi fondlar» passiv subschetining debit qismida va №02-1 «Yo‘llar va yo‘l inshootlarining yeyilishi» nomli passiv subschetning kredit qismida aks ettiriladi. Bu schetlarning ja’mlari tegishli tarzda vaqti-vaqti bilan balansning «Avtomobil yo‘llari tasarrufi» moddasida aks ettiriladi.
Balansning «aktiv» qismida (chap tomonida) aks ettiriladigan schet va subscheilar aktiv, balansning «passiv» (o‘ng tomonida) aks ettiriladiganlari esa passiv deb ataladi.
|
| |