• Smeta hujjatlarini ekspertiza qilish va tasdiqlash
  • Nazorat uchun savollar
  • 1-mavzu yo‘l xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati reja




    Download 4,89 Mb.
    bet12/30
    Sana07.12.2023
    Hajmi4,89 Mb.
    #113510
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
    Bog'liq
    30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 2

    Shartnomaviy narxlar
    Yo‘l xo‘jaligida va kapital qurilishda yo‘l - qurilish va ta’mirlash ishlarini pudrat usulida bajarishda iqtisodiy boshqaruv uslubining muhim tayanchlaridan biri bo‘lgan shartnomaviy narxlariga o‘tilgan.
    Shartnomaviy narxlar - bu amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq, buyurtmachi va pudratchi tomonidan, bosh loyihachi tashkilot va yordamchi pudratchi tashkilotlar ishtirokida binolar, inshootlar, korxonalar, ishga tushiriluvchi komplekslarni qurish uchun aniqlangan narxdir.
    Shartnomaviy narxlarga o‘tishdan ko‘zda tutilgan maqsad - qurilishni normativ muddatlarda amalga oshirish, qurilayotgan ob’ektlarning texnikaviy saviyasini ko‘tarish, yo‘l-qurilishi mahsulotining resurstalabligini va uning qiymatini kamaytirishdan iborat. Shartnomaviy narxlarning asosiy hususiyati shundaki - ular narxlar shakllanishining eng muhim ikki tamoyili - umummajburiy smeta me’yorlari va baholari qo‘llanilishiga asoslangan, markazlashgan smeta me’yorlashtirish tamoyili va konkret ob’ektda qurilish-montaj ishlarini bajarishning real shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olish tamoyillarini birlashtirish asosida yaratiladi. Shartnomaviy narxning asosida qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati yotadi. Undan tashqari uning tarkibiga pudratchi faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa xarajatlarning va qurilish ob’ektining umumlashma smeta hisob-kitobida hisobga olinadigan, pudratchi qurilish tashkiloti faoliyatiga tegishli ko‘zda tutilmagan ishlar va xarajatlar rezervining bir qismi qo‘shiladi.
    Konkret ish turi yoki konstruktiv element uchun shartnomaviy narxni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:

    Bu yerda:
    Ssmr-limitlangan xarajatlar, shu jumladan, vaqtinchalik binolar va inshootlarga, SNiP me’yorlarida hisobga olinadigan, qurilishni tashkillashtirish loyihasida ko‘zda tutilgan smeta me’yorlaridan ortiq, ishlarni qish mavsumida bajarilganda bo‘ladigan qo‘shimcha xarajatlar, ko‘chib yuruvchi elektrostansiyalar elektr energiyasidan foydalanilganda elektr energiyaga bo‘ladigan xarajatlardagi farq, tashib keltiriladigan materiallarni transportirovka qilish qiymatining farqi, yuklash- tushirish ishlariga qo‘shimcha xarajatlar va boshqalar hisobga olingan holda aniqlangan ob’ekt smetasi bo‘yicha qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati;
    Ppr-buyurtmachi tomonidan kompensatsiya qilinadigan, qurilish- montaj ishlari tarkibiga kirmaydigan boshqa ishlar va xarajatlar; shu jumladan:
    Mehnatga haq to‘lashning akkord tizimini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar; ko‘chib yuruvchi qurilish-montaj tashkilotlari ishlovchilariga qo‘shimcha to‘lovlar; qo‘shimcha ta’tillar berish bilan uzoq muddat hizmatlari uchun to‘lanadigan haq bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar; tashkiliy ravishda ishchilarni ishga olish bilan bog‘liq xarajatlar; pudratchi tashkilot ishlovchilarini boshqa qurilishlarga komandirovka qilishga bo‘ladigan xarajatlar.
    Loyihada ko‘zda tutilgan ilmiy tekshirish va tajribalarga xarajatlar; qurilish-montaj ishlarini vaxta uslubida bajarish uchun qo‘shimcha to‘lov.
    Ba’zi materiallarning ulgurji va chegaraviy narxlari orasidagi farqlar. Undan tashqari boshqa ishlar va xarajatlar tarkibiga ishlarni yuqori su’ratlarda olib borish va qurishni yangidan o‘zlashtirilayotgan rayonlarda olib borish bilan bog‘liq bo‘lgan pudratchining qo‘shimcha xarajatlari ham kiritiladi.
    Rp-umumlashma smeta qiymatining hisob-kitoblarida hisobga olingan ko‘zda tutilmagan ishlar va xarajatlar uchun belgilangan umumiy rezerv mablag‘larning bir qismi; bundan buyurtmachi tomonidan yetkazib beriladigan materiallar, buyumlar va konstruksiyalar qiymatiga to‘g‘ri keladigan summa mustasno.
    Shartnomaviy narxlar tarkibiga smetada aniqlangan, lyokin pudratchi faoliyatiga tegishli bo‘lmagan xarajatlar kiritilmaydi: yer maydoni ajratilishini rasmiylashtirish xarajatlari; inshoot o‘qlarini belgilab chiqish, yangi yerlarni o‘zlashtirish xarajatlarini qoplash, egallab turilgan yerlar uchun kompensatsiya, bino va inshootlarni buzish, ob’ektlarni o‘z vaqtida yoki muddatidan oldin ishga tushirilishini mukofotlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar; aftorlik texnik nazoratiga xarajatlar, loyiha va izlanish ishlari qiymati.
    Ko‘zda tutilmagan ishlar va xarajatlar uchun rezervning bir qismini shartnomaviy narxlarga kiritish rezervning funksional vazifasi bilan bog‘liq bo‘lib, u pudratchi tashkilotning ishlarini bajarish uslubining o‘zgarishi, smetada ko‘zda tutilgan katta xarajatlar talab qiluvchi qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish oqibatida yuzaga keladigan qo‘shimcha xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.
    Shartnomaviy narxlarga rezerv mablag‘lar bir qismini kiritishning iqtisodiy ma’nosini ob’ektlarni o‘z vaqtida ishga tushirishga topshirilishiga erishish uchun mavjud rezervlardan foydalanishda qurilish tashkilotining manevrligini ta’minlash, iqtisodiy mustaqillikni kengaytirish va o‘z faoliyatining natijalari uchun iqtisodiy javobgarlikni oshirishdan iborat.
    Rezervning bu qismi loyihaning ishchi hujjatlarini ishlab chiqish bosqichida o‘zgartirishlar kiritilishi, qurilish jarayonida ilgari ishchi xizmatlar va smetalarda hisobga olinmagan ishlar aniqlanishi sababli smeta qiymatlariga aniqliklar kiritilishi tufayli pudratchi tashkilotning qo‘shimcha xarajatlarini qoplashga xizmat qiladi. Ko‘zda tutilmagan ishlar va xarajatlar rezervi avval boshda aniqlangan smeta qiymatining stabilligini ta’minlash, ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi va u erishgan natijalarni ishlab chiqarishga joriy etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, iqtisodiy jihatdan asoslangan xarajatlarni qoplashga yo‘naltirilgan iqtisodiy dastgohdir.
    Shartnomaviy narxlar pudrat shartnomalari tuzish uchun hamda, bajarilgan ishlar, pudratchi tomonidan qilingan, loyiha-smeta hujjatlarida, texnik iqtisodiy asoslash va texnik - iqtisodiy hisob- kitoblarda ko‘zda tutilgan xarajatlar uchun hisob - kitoblarga asosdir. Qurilish-montaj ishlarining hajmi va tarkibida o‘zgarish sodir bo‘lmasa, shartnomaviy narxlar butun qurilish davri mobaynida o‘zgarmasligi lozim.
    Loyiha yechimlarini takomillashtirish natijasida ob’ektning ishchi hujjatlar smetalarida aniqlangan smeta qiymati bilan shartnomaviy narxlar farqidan tejam hosil bo‘lishi mumkin. Bu tejamning 25 foizi davlat byudjetiga yo‘naltiriladi. Tejamning qolgan qismi (75 foizi) bosh pudratchi tomonidan qurilish, montaj va loyihachi tashkilotlarga har birining qurilish bahosini kamaytirishga qo‘shgan hissasini hisobga olgan holda taqsimlab beriladi. Pudratchi qurilish tashkilotlari tejamdan olingan ushbu mablag‘ni iqtisodiy rag‘batlantirish fondlariga yo‘naltiradilar.
    Agar ishlarning haqiqiy qiymati va xarajatlar shartnomaviy narxdan ortib ketsa, narxlar qayta tasdiqlanmaydi, qo‘shimcha xarajatlar esa bajaruvchi tashkilotlar ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatlari natijalariga o‘tadi.
    Shartnomaviy narxlarni loyihaning umumlashma smeta hisob- kitoblari asosida (loyihalashtirishning birinchi bosqichi) yoki amaldagi smeta me’yorlari va narxlar tizimiga qat’iyan rioya qilingan holda ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar (loyihalashtirishdan avvalgi bosqich) asosida aniqlanadi.
    Shartnomaviy shartlarni muvofiqlashtirishga asos bo‘luvchi loyiha- smeta hujjatlari majburiy ravishda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi va ekspertiza natijasiga muvofiq ravishda to‘g‘rilanib chiqilishi kerak.
    Umumlashma smeta hisob-kitobiga loyiha tashkiloti tomonidan tuzilgan qurilish tarkibiga kiruvchi barcha ob’ektlar bo‘yicha, hamda butun qurilish bo‘yicha shartnomaviy narxlar vedomostlari ilova etilishi kerak. Bu vedomost buyurtmachi va loyiha tashkilotining shartnomaviy narxlar darajasi bo‘yicha taklifi bo‘ladi (uzil -kesil). Qat’iy shartnomaviy narxlar buyurmachi, pudratchi va loyiha tashkilotlari o‘rtasidagi kelishuv asosida aniqlanadi.
    Agar loyiha yechimlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar pudratchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilsa va joriy qilinsa, shartnomaviy narxlar kamaytirilmaydi.
    Smeta hujjatlarini ekspertiza qilish va tasdiqlash
    Belgilangan tartibga muvofiq inshootning smeta qiymatiga bog‘liq ravishda loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkaziladi.
    Ekspertiza vaqtida quyidagilar tekshiriladi:
    -qurilishning maqsadga muvofiqligi va texnik - iqtisodiy jihatdan asoslanganligi;
    -qabul qilingan texnik yechimlar va qurilish muddatining qurilish me’yorlari va qoidalari (SNiP)ning amaldagi me’yorlariga muvofiqligi;
    -amaldagi smeta me’yorlari va narxlarga muvofiq ravishda, smeta hujjatlari ishlab chiqilishining va qurilish smeta qiymati aniqlanishining to‘g‘riligi.
    Ekspertiza natijalari bo‘yicha aniqlashtirib chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari, shartnomaviy narxlar loyihasi bilan birgalikda bosh pudratchi qurilish tashkilotiga muvofiqlashtirish uchun taqdim etadi. Shartnomaviy narxlarni muvofiqlashtirish uchun pudratchiga loyiha-smeta hujjatlari taqdim etilgan kundan boshlab 45 kunlik muxlat belgilangan.
    Bosh pudratchi belgilangan tartibda yordamchi pudratchi qurilish- montaj tashkilotlari ishtirokida loyiha-smeta hujjatlari va shartnomaviy narxlar loyihasini ko‘rib chiqishni tashkillashtiradi. Ko‘rib chiqish natijasida umuman loyiha bo‘yicha va qurilish tarkibiga kiruvchi har bir ob’ekt bo‘yicha tegishli hisob-kitoblar va normativ hujjatlarga asoslangan mulohazalar tayyorlanishi kerak. Mulohazalar buyurtmachiga jo‘natiladi.
    Buyurtmachi bosh loyihachi tashkilot ishtirokida bosh pudratchining mulohazalarini ko‘rib chiqadi va 10 kunlik muxlat ichida barcha mulohazalar bo‘yicha xulosa tayyorlanadi. Shartnomaviy narxlar bo‘yicha mulohazalar alohida ko‘rib chiqiladi. Barcha ob’ektlar va umumqurilish bo‘yicha shartnomaviy narxlar kelishilgandan keyin bosh loyihachi tashkilot shartnomaviy narxlar vedomostini to‘g‘rilab chiqadi va qurilishning to‘liq smeta qiymatini aniqlaydi. Bu qiymat qurilishning tasdiqlangan bahosi bo‘ladi.
    Bosh pudratchi bilan shartnomaviy narxlarni muvofiqlashtirish bir vaqtning o‘zida qurilish qiymatining umumlashma smeta hisob-kitobini ham muvofiqlashtirish sanaladi.
    Shartnomaviy narxlar muvofiqlashtirilib bo‘lgandan so‘ng loyihani tasdiqlash uchun tegishli instansiyaga taqdim etish mumkin.
    Loyihachi tashkilotlar buyurtmachining topshirig‘i bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihani tasdiqlovchi instansiyalarda himoya qiladilar. Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarining to‘liq komplekti loyiha buyurtmachisida va loyiha tashkilotida saqlanadi. Asosiy loyiha materiallari: (umumiy yozma izoh, bosh reja, qiymatning umumlashma smeta hisob-kitobi, shartnomaviy narxlar vedomosti, birlik qiymatlar katalogi) nomerlangan bo‘lishi, tegishli muhr bilan tasdiqlangan va qo‘l qo‘yilgan bo‘lib, tasdiqlanishi to‘g‘risi yozuvi va tasdiqlanish sanasiga ega bo‘lishi kerak. Loyiha-smeta hujjatini tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi hujjat davlat yagona ish yuritish tizimiga muvofiq keladigan buyruq, qaror yoki farmoyish bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, yo‘l xo‘jaligida amal qilayotgan narx shakllanish tizimi iqtisodiyotning ekstensiv rivojlanish sharoitida yuzaga keldi. Buning natijasida yo‘l qurilish mahsulotining narxi yo‘l ta’mirlash qurilish ishlab chiqarishning iqtisodiyotga, iqtisodiy richag sifatida yetarlicha ta’sir o‘tkaza olmaydi. Narxlarda nafaqat smeta narxlari shakllanishining yangi tamoyillari o‘z aksini topishi, balki yo‘l tarmog‘i va uning mahsulotining is’temolchisi-hudud iqtisodiy mexanizmining faoliyat ko‘rsatishi xususiyatlari ham aks etishi kerak.
    Smeta narxlari shakllanishini takomillashtirish quyidagilarga yo‘naltirilishi kerak:
    -yo‘l va yo‘l inshootlarini qurish va ta’mirlashning barcha xarajatlarida nafaqat yo‘l tarmog‘ining, balki yo‘l mahsuloti iste’molchilarining ham iqtisodiy manfaatlari chambarchas o‘zaro bog‘lanishi kerak;
    -loyihalashtirish va qurilish jarayonida smeta qiymatlarining asoslanmagan holda ortishiga to‘siq qo‘yilishi kerak;
    -narxlarning va narx shakllanishi mexanizmining qurilish muddatlarini qisqartirish va resurslarni tejash borasidagi rolini kuchaytirish kerak.
    Nazorat uchun savollar
    Yo‘l qurilishda qabul qilingan narx shakllanish konsepsiyasi mahsulot ishlab chiqarishning kalkulyatsiya guruhlarida qanday aks etadi?
    Yo‘l qurilshida smeta xarajatlarinig qiymatiga qaysi omillar eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadi?
    Smeta xarajatlarining strukturasi smeta qiymatining umumlashma hisob-kitobida qanday aks etadi?
    Smeta qiymatining yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlari (UPSS) birlik qiymatlaridan (YeRER) nima bilan farq qiladi?
    Yo‘l qoplamasining smeta qiymatini aniqlashda nima sababli yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlardan yoki tayyor preyskurantlardan foydalanish o‘rniga smeta xarajatlarini mukammal kalkulyatsiya qilib chiqish kerak bo‘ladi?
    Xo‘jalik mexanizmini qayta qurish sharoitida yo‘l xo‘jaligida narxlar shakllanishini takomillashtirishga qanday talablar qo‘yiladi?
    Qurilishda narxlar shakllanishi tizimini mukammallashtirishning asosiy bosqichlarini aytib bering?
    Qurilish mahsulotining shartnomaviy narxi, kimlar uni aniqlaydi, shartnomaviy narxlarga o‘tishning iqtisodiy ma’nosi nima?
    Yo‘l xo‘jaligida ishlar majmuini bajarish uchun shartnomaviy narxlar qanday qilib hisoblanadi?


    Download 4,89 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




    Download 4,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu yo‘l xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati reja

    Download 4,89 Mb.