|
1-mavzu yo‘l xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati reja
|
bet | 3/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #113510 |
Bog'liq 30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 2Nazorat uchun savollar
Mamlakat iqtisodiyotida transport turlarining o‘rni va ahamiyati qanday
2021yilda Reypublika bo‘yicha avtomobil yo‘llarida amalga oshirilgan ishlar
Yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan qaror va farmonlarga misol keltiring
Yo‘l xo‘jaligining kelgusidagi istiqboli to‘g‘risida nima deya olasiz
Mamlakat iqtisodiyotida yo‘l xo‘jaligining o‘rni
2-MAVZU. INVESTITSION JARAYON VA YO‘L XO‘JALIGIDA LOYIHALASH
Reja:
1. Yo‘l xo‘jaligida ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari.
2. Yo‘l ishlarini loyihalashtirishni tashkil etishning maqsadi va vazifalari.
3. Avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirishni iqtisodiy jihatdan asoslash.
4. Avtomobil yo‘llari sohasidagi iqtisodiy izlanishlar.
5. Avtomobil yo‘llarini optimal rivojlantirishning vazifalari.
Yo‘l xo‘jaligida ilmiy-texnika taraqqiyotining maqsadi – avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va yaroqli holda saqlab turish ishlariga yo‘naltirilgan xarajatlarning samaradorligini oshirishdan, ya’ni avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish va mavjud bo‘lganlarining transport –tasarruf holatlarini yaxshilashdan iborat.
Yo‘l xo‘jaligiga ajratiladigan resurslarning chegaralanganligi, ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanishning shunday yo‘llari va yo‘nalishlarini izlashga undaydiki, bunda eng kam xarajatlar bilan eng yaxshi natijalarga erishish mumkin bo‘lsin, ya’ni yo‘l ishlari hajmining o‘sishi mehnat resurslari ortmasdan ta’minlanishi lozim, materiallar, yonilg‘i va energiyaga bo‘ladigan qo‘shimcha talab esa ularni tejash hisobiga qondirilsin.
Shu bilan bir qatorda yo‘l ishlari sifatini yaxshilash va atrof-muhitni muxofaza qilish qoidalariga rioya qilish muhim talablardan sanaladi. Bu masalalarni hal etishda yetakchilik vazifasi ilmiy tekshirish va loyiha tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi. Olimlarning e’tiborlari quyidagilarga qaratilishi kerak:
-mavjud bo‘lgan avtomobil yo‘llari tarmog‘ining holatini tubdan yaxshilash va uning bundan keyingi eng ratsional rivojlanishini ta’minlovchi ilmiy asoslangan tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
-hozirgi zamonda avtomobillar harakatining doimiy ravishda o‘sib borayotgan talablariga muvofiq ravishda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va yaroqli holda saqlash ishlarining saviyasi va sifatini ko‘tarish, ya’ni xilma –xil turdagi va ko‘rinishdagi avtomobillarning tez, xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitini talab etilayotgan saviyada bo‘lishini ta’minlash;
-mehnat, material, energetik va moliyaviy resurslar solishtirma sarfini oshirmagan holda qurilayotgan yo‘llarning kapitalligini va yo‘l qurilish su’ratini oshirish;
-yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan mexanizatsiya vostalarini, resurslarni tejaydigan yangi texonolgiyalarni, yangi taraqqiyparvar yo‘l qurilish materiallarini, hamda arzon va defitsit bo‘lmagan mahalliy materiallar qidirishni va sanoat chiqindilaridan samarali foydalanish usullarini ishlab chiqish va joriy etish.
Ilmiy-texnika taraqqiyotining muhim vazifalaridan biri yo‘l xo‘jaligining resurslarga talabini kamaytirishdir. Yo‘l quruvchilar bu masalani kam resurs talab qiluvchi yer polotnosi konstruksiyalarini, yo‘l qoplamalarini, sun’iy inshootlarni qo‘llash, ishlarni bajarishning eng samarali texnologik uslublari va mexanizatsiya vositalaridan foydalanish hisobiga hal etadilar.
Fundamental nazariy izlanishlar natijalaridan foydalanish yo‘li bilan ilmiy-tekshirish ishlarining sifatini va saviyasini doimo oshirib borish, hamda ishlab chiqarishga ilgari bajarilgan ishlanmalarni faol joriy etishda ishtirok etish kerak. Buning uchun ilmiy jarayonni ishlab chiqarish sharoitlariga maksimal yaqinlashtirib qayta qurish zarur.
Loyihalashtirish sohasida ilmiy-texnika taraqqiyoti loyihalashtirish sifatini ko‘tarish, loyihalashtirilayotgan yo‘l ob’ektlarining texnik –iqtisodiy saviyasini va samaradorligini oshirishga yo‘naltiriladi. Bunga loyiha-izlanish ishlari sifatini kompleks boshqaruv tizimini joriy etish va loyihalashtirishda elektron–hisoblash texnikasini keng ko‘lamda qo‘llash hisobiga erishish mumkin. Loyihalanayotgan ob’ektlarning yuqori darajadagi saviyasini ta’minlash, mehnat unumdorligini oshirish va qurilishning resurslarga talabini kamaytirish quyidagilarni talab qiladi:
-loyihalarda fan va texnikaning erishgan eng yangi yutuqlaridan keng ko‘lamda foydalanish;
-resurslarni asrovchi texnologiyalarni, mahalliy yo‘l-qurilish materiallarini va sanoat ishlab chiqarish chiqindilarini qo‘llash;
-qurilishni tashkil etish masalalarini batafsil ishlab chiqish;
-loyihalar tanlovini, loyiha-smeta hujjatlari ekspertizalarining samaradorligini oshirib borish va yo‘l ob’ektlari qurilishi ustidan mualliflik nazorati olib borish.
Loyihalashtirish sifati ko‘p jihatdan geodezik, geologik, gidrologik va boshqa muhandislik izlanishlarning natijalariga bog‘liq. Izlanishlarda ilmiy-texnika taraqqiyoti yangi va takomillashtirilgan uslublarni va asboblarni ommaviy ravishda qo‘llash hisobiga rivojlanib borishi kerak. Xususan, yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan geodezik asboblar teodolitlar va nivelirlarning yangi modifikatsiyalari, gidroteodolitlar, radio va yorug‘lik masofa o‘lchagichlarining qo‘llanishi tobora kengayib borishi kerak. Joyning sxemasini qog‘ozga tushirishda trigonometrik nivelirlash, aeroizlanish kerak.
Muhandislik–geologik izlanishlar sohasida shurflar qazish, burg‘ulash kabi an’anaviy uslublar bilan, geofizik uslublardan (elektrorazvedka, mikroseysmik, magnitoelektrik tadqiqotlar, radioaktiv uslublar va boshqalar) kompleks tarzda foydalanish ko‘zda tutiladi. Bu esa muhandislik–geologik shart –sharoitlarni baholashda yuqori aniqlikka erishish imkonini beradi.
Bu ishlarning kelajagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish va izlanishlar siklining barcha bosqichlarini o‘z ichiga olgan kompleks avtomatlashgan tizimning texnik asosi xilma-xil periferiya qurilmalariga, avtomatik fotogrammetrik apparaturaga, tez ishlovchi grafoquruvchilarga ega bo‘lgan yuqori quvvatli EHM dan iborat bo‘ladi. Dastlab aerouslub yordamida olingan axborotlar ishlab chiqilishi orqali hududning sifrli yoki matematik modeli tuzib chiqilishi kerak. So‘ng esa EHM yordamida optimal trassani tanlash, yo‘lning konstruktiv elementlarini hisob-kitob qilish, ishlar hajmini va qurilishning smeta qiymatini aniqlash mumkin.
Ishlab chiqarish yo‘l tashkilotlari va korxonalari ilmiy-texnika taraqqiyotining tezlashuviga har tomonlama ko‘maklashishlari va iloji boricha uning erishgan yutuqlaridan avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va yaroqli holda saqlash ishlarida foydalanishlari kerak. Yo‘l quruvchilarning eng asosiy vazifalari moddiy-texnika va mehnat resurslaridan tejamli foydalanish, ishlab chiqarish uslublari va tashkiliy tuzilishini takomillashtirishdan iborat. Industirlashtirish deyilganda, avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlashni eng zamonaviy mexanizatsiya va avtomatlashtirish vositalaridan, samarali yo‘l qurilish materiallari va konstruksiyalaridan foydalanib, hamda ishlarni bajarishning eng taraqqiyparvar uslublarini qo‘llab, kompleks mexanizatsiyalashgan jarayoniga aylantirish tushuniladi. Bunda ustuvorlik resurslarni tejaydigan texnologiyalarga berilishi kerak.
Yo‘l quruvchilar qurilish sifatini va yo‘l inshootlarining xizmat muddati keskin oshirishlari kerak. Masalan, hozirgi paytda asfaltobeton va sementobeton qoplamalarining ta’mirlashlar orasidagi xizmat muddati normativdagidan 2-3 marta kam. Yo‘l ob’ektlari va inshootlarining sifati va xizmat muddati ko‘p jihatdan ishlatilayotgan materiallar, yarimfabrikatlar va konstruksiyalarning sifatiga bog‘liq. Materiallar qiymati esa, odatda qurilish –montaj ishlari tannarxining 50-60 foiz qismini tashkil etadi. Shu sababli yo‘l qurilishini takomillashtirishning bosh yo‘nalishlaridan biri – bu mehnat predmetini, har tomonlama rivojlantirishdir. Qator masalalarning yechimi shunga bog‘liq: yo‘l konstruksiyalarini universallashtirish va tipiklashtirish hamda ularning zavoddan chiqishdagi tayyorgarlik darajasini ko‘tarish; konstruksiyalar va inshootlar materiallarga talabini va og‘irligini kamaytirish; yangi samarali yo‘l-qurilish materiallarini qo‘llash; mahalliy materiallar, chiqindilar va sanoatning yordamchi mahsulotlaridan kengroq foydalanish; yo‘l -qurilish materiallarini tayyorlash va ularni yotqizish texnologiyalarini takomillashtirish va hokazo.
Yo‘l qurilishi sifatini oshirish va industrlashtirishning rivojlanishida ishlab chiqarish bazasini, shu jumladan, asfalt va sementobeton zavodlarini, karer xo‘jaligini, turli poligonlarni, qayta ishlash bazalarini takomillashtirish katta ahamiyatga ega. Yo‘l asosini va qoplamalarini, yer (tuproq) polotnosining yuqori qatlamlarini mustahkamlashning turli uslublarini keng joriy etish ham shu talablarga javob beradi. Tuproqni granulalangan yoqilg‘i shlaklari, kul, ximiyaviy qo‘shimchalar, gidravlik (ohak, sement) va bitumli bog‘lovchi (suyultirilgan bitum, bitum emulsiyalari va shu kabilar), kompleks bog‘lovchi materiallar bilan mustahkamlash uning namlik va sovuqqa chidamliligini oshiradi va yer polotnosida texnologik transport va yo‘l qurilish mashinalarining harakatlanishlariga qulay sharoit yaratadi.
Yo‘l qurilishi ishlarining yaqin kelajagi ularda suyuq organik-mineral qorishmalarni qo‘llanilishi bilan bog‘langan bo‘lib, bu qorishmani tayyorlash uchun xilma-xil mahalliy materiallar, shu jumladan, qum, uncha ko‘p qattiqlikka ega bo‘lmagan tosh materillar, gudron, qora moy, toshko‘mir smolasi, og‘ir neftlar, bitum pastalari va boshqalaridan foydalanish mumkin.
Oxirgi yillarda issiqlik va namlikdan izolyatsiyalovchi maxsus qatlamli yo‘l qoplamalari sohasida izlanishlar va tajriba-eksperimental qurilish ishlari olib boriladi. Tajriba konstruksiyalarida qum, qum-shag‘al aralashmasi, sheben o‘rniga polistrirol, poliuretan yoki polivinilxlar (smolalari) asosidagi penonlastlar, asfalto-keramzitobeton, bitumoperlit, granulalangan penoplast, keramzit yoki boshqa to‘ldiruvchilardan foydalanilgan yengil betonlar qo‘llanildi.
Yer polotnosini mustahkamlash uchun yuqori darajadagi pishiqligi bilan ajralib turuvchi to‘qilmagan sintetik (geotekstlq) materiallar ham qo‘llanilishi mumkin. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, issiqlik va namlikdan himoyalovchi qatlamlarning keng miqyosda qo‘llash, yer ishlari hajmini sezilarli darajada qisqartirish, materiallarni yetkazib kelishiga ketadigan xarajatlarni kamaytirish hamda bo‘sh (zaif) asoslarda ko‘tarmalar barpo etishda yo‘l to‘shamasining pishiqligini va ishonchliligini oshirishga imkon yaratadi.
Asfaltobeton qoplamalarining sifatini oshirishga bir qancha usullar bilan erishish mumkin: asfaltobeton qorishmalariga yuza-aktiv qo‘shimchalarni kiritish, qorishmani aralashtirish jarayonini intesivlashtirish, qorishmani tayyorlash va yo‘lga yetkazish texnologiyasini takomillashtirish va hokazo. Ancha perspektiv usullardan biri alohida og‘ir sharoitlarda yo‘l qoplamasini hosil qilish uchun quyma asfaltobeton ishlatish sanaladi. Bunday qoplamalar yuqori darajadagi pishiqlikka, siljishiga va yorilishlarga chidamlilik xususiyatlariga ega bo‘ladi. Ularning ish muddati oddiy asfaltobetonlarnikidan deyarli 2 barobar yuqori. Yana ham muhim tomoni shundaki, quyma asfaltobeton qorishmalarni katok bilan bosmasdan yo‘l tanasiga yotqizilishi, yo‘l ishlarining tannarxini va mehnat sarfini 10-20 foizga kamayatiradi.
Yo‘l qoplamalarini drenajlovchi va g‘ovok asfaltobeton, kompleks organik bog‘lovchilar asosidagi asfaltobeton hamda har xil tosh materiallardan tayyorlangan asfaltobeton qorishmalaridan tayyorlashni yo‘lga qo‘yish istiqbollidir.
Asfaltobeton qoplamalarning kamchiligi shundaki va kechki paytlarda ularning past darajada yoritilishi bo‘lib, bu harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir etadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, kechasi harakat intensivligi (kunduzgiga nisbatan) 4-5 marta kam bo‘lsada, kechasi va kunduzi sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining soni deyarli bir xil. Yo‘l qoplamalarining rangini tiniqlashtirishning samarali usullarini izlash sun’iy tosh materiallar (sinopal, dorsil) ning yaratilishiga olib keldi. Ular qo‘llanilganda qora yo‘l qoplamalarining o‘rtacha ravshanligi deyarli 40 foizga ortadi, bu esa yoritish uchun elektroenergiya sarfini kamaytirish imkonini berib, bir vaqtning o‘zida yo‘llarning dekorativ sifatini yaxshilaydi (ayniqsa shahar sharoitlarida).
Og‘ir va intensiv avtomobil harakati sharoitlarida sementobeton qoplamalar qurilishi muhim ahamiyatga ega. Yuqori markali tez qotuvchi sementlar, sun’iy tosh materiallar, stekloplastiklar, polimerlar, shlaklar hamda kompleks plastifikator va havo tutuvchi qo‘shimchalar qo‘llanilgan yo‘l betonlarini ishlatish yanada rivojlanib va kengayib borishi kerak.
Yo‘l xo‘jaligi uchun rekonstruksiya qilinayotgan va ta’mirlanayotgan yo‘llardan ko‘chirib olingan eski yo‘l qoplamalaridan qayta foydalanish masalasi katta ahamiyatga ega. Bu birinchi navbatda o‘z tarkibida neft bitumi, granit shebeni va mineral kukunlari bo‘lgan asfaltobeton qoplamalari va yo‘l asosi materiallariga tegishli. Hozirgi paytda eski asfaltobetonni ko‘chirib olish va ishlash (regenatsiya qilish) uskunalari yaratilgan va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Bu usulning bir turi asfaltobeton qoplamalarni DE-232 tipidagi yo‘l mashinalaridan foydalanib termoprofillash sanaladi. Resurslarni tejovchi bunday texnologiyalarning qo‘llanilishi kamchil bo‘lgan materiallarni tejash va sezilarli darajada iqtisodiy samara olishga imkon yaratadi.
Yig‘ma qoplamalarga, ayniqsa oldindan kuchlantirilgan (taranglashtirilgan) katta o‘lchamli temirbeton plitalarga o‘tish qurilish jarayonini yanada industrlashtirish va mehnat unumdorligini oshirish borasida keng imkoniyatlar yaratadi.
Tratuarlar barpo etishda yig‘ma konstruksiyalarni qo‘llash tobora kengayib bormoqda. Bunday qoplamalar asfaltobeton va sementobetonga nisbatan qator afzalliklarga ega: tashqi ko‘rinishi chiroyli yer osti kommunikatsiyalarini ta’mirlash paytida osongina qismlarga ajratiladi, yuqori darajadagi fizik-mexanik ko‘rsatkichlarga ega. Yig‘ma konstruksiyalarni joriy etilishini yanada kengaytirish uchun ularning qiymatini keskin kamaytirish, yo‘l plitalarini va gulli figura elementlarini tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish, ularni ommaviy ravishda ishlab chiqarishni yo‘l qo‘yish va maxsus plita yotkazuvchi mashinalar komplektini ishlab chiqarishni tashkil etish zarur.
Avtomobil yo‘llarida sun’iy inshootlar qurish samaradorligini oshirish borasidagi asosiy tendensiya, industrial usulida tayyorlangan yig‘ma temirbeton konstruksiyalardan foydalanishni kengaytirish bo‘lib qoladi. Ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar qurilishida sun’iy to‘ldiruvchili yengil betonlar, hamda betonning sovuqqa va yorilishlarga chidamliligini oshiruvchi har xil qo‘shimchalarning qo‘llanilishi istiqbollidir. Polimerobetondan va yuqori pishiqlikka ega bo‘lgan kam legirlangan po‘latdan tayyorlangan konstruksiyalarni qo‘llanilishiga yanada ko‘proq e’tibor qaratiladi.
Ko‘priklarning fundamentlari va tayanchlari sohasida takomillashgan qoziq oyoq-ustun, qoziq oyoq-qobiq, burg‘ulab tayyorlangan bo‘ysiz qoziq oyoqlarini qo‘llanilishi ko‘zda tutiladi. Tayanch va ravoq qurilmalarining tik va o‘lchamlari sonini anchagina kamaytirish ham ko‘zda tutilgan.
Tonnellar qurilishi sohasida ilmiy-texnika taraqqiyotining eng muhim bo‘lgan yo‘nalishlari orasida o‘tishning ikkita uslubi perspektiv sanaladi: ishlarni yuqori darajada mexanizatsiyalashtirgan holda burg‘ulash-portlatish usulidan foydalanish va past turg‘unlikka ega bo‘lgan jinslar orasidan tonnellar o‘tkazish imkonini beruvchi shandor tipidagi mexanizatsiyalashgan qalqon (shit) larni qo‘llash.
Muhandislik inshootlarini qurishda «tuproqdagi devor» uslubi katta imkoniyatlarni ochib berdi va ulardan piyodalar o‘tish joylari, transport tonnellari, yer osti kollektorlari, garajlari va boshqa inshootlari qurilishida muvaffaqiyat bilan foydalanilmoqda. Qurilishning an’anaviy uslublariga nisbatan bu uslub mehnat sarfini va ishlar tannarxini kamida 20 foizga, qurilish muddatini 1,5-2 barobarga kamaytirish va ko‘pgina miqdordagi qurilish materiallarini tejab qolish imkonini beradi.
Yo‘l xo‘jaligini industrlashtirishning bosh yo‘nalishlaridan biri mehnat qurollarini mukammallashtirish sanaladi. Bu jarayon alohida ish turlarini mexanizatsiyalashtirishdan butun texnologik jarayonlarni mashinalar bajaradigan kompleks mexanizatsiyaga qarab bormoqda. Yakunlovchi bosqichda esa ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘lib, bunda barcha operatsiyalar avtomatik tarzda ishlovchi mashinalar va asboblar tizimi tomonidan bajarilib, insonga esa faqat nazorat ishlarini mexanizatsiyalashtirish yetarli darajadagi yuqori saviyaga erishdi. Ko‘p ish turlari kompleks mexanizatsiyalashgan usulda bajariladi, lyokin ishlarning bir qismi, asosan yordamchi ishlar qo‘l kuchi yordamida bajarilib kelinmoqda. Shu sababli ilmiy-texnika taraqqiyotining dolzarb yo‘nalishi, faqat asosiy ish turlarini bajarishnigina mexanizatsiyalashtiruvchi emas, balki qo‘shimcha operatsiyalarni ham bajaruvchi tez harakatlana oladigan, ko‘p operatsiya bajaruvchi, kombinatsiyalashgan mashinalar yoki ularning komplekslarini yaratishdan iborat. Zamonaviy talablarga javob beradigan yo‘l qurilish mashinalari elektrogidrouzatma, lazer qurilmalari, mashinalar va ularning ishchi organlari ishini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi avtomatik tizimlar, bort hisob-kitob qurilmalari, har xil ish rejimlarida o‘zgarayotgan ish sharoitiga bog‘liq ravishda mashinalarni sozlay oladigan kuch manipulyatorlari bilan jihozlanishi kerak. Mexanizatsiya vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun ularning osma holda ishlatiladigan almashuvchi uskunalar hisobiga erishiladigan universalligi va yuqori harakatlanuvchanligidan birgalikda foydalanish kerak.
Qurilishning intensifikatsiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy tendensiya mashinalar quvvatini, transport va ishchi tezliklarini, ishchi organlarining samaradorligini oshirishdir. Yo‘l qurilish texnikasining perspektiv modellarini yaratish, qurilish ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan boshqa turdagi va shu turdagi barcha mexanizatsiya vositalari bilan unifikatsiyalashtirish tamoyillari asosida olib borilishi kerak.
Og‘ir va monotonli qo‘l mehnatini qisqartirish, hamda inson hayotiga zararli va xavfli sharoitlarda ishlash uchun sanoat robotlari tizimi va manipulyatorlarni ishlab chiqish ko‘zda tutiladi.
Quvvati yuqori bo‘lgan yangi murakkab mashinalarning qo‘llanilishi yo‘l-qurilish texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tizimini takomillashtirishni talab qiladi.
Hozirgi paytda yo‘l qurilishin zamonaviy yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan texnika bilan jihozlash dasturi amalga oshirilmoqda. Dastur, ishonchli, unumli, tejamli mashinalar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, mavjudlarining bir qismini modernizatsiya qilish, yo‘l texnikasining bir qator yangi namunalarini yaratish va ularni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hisobiga, yo‘l mashinalar parki strukturasini mukammallashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Dastur ko‘p markalilikni qisqartirish, mashina va uskunalarni unifikatsiya qilish hamda qo‘l mehnatini keskin kamaytirishni ko‘zda tutadi.
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va yaroqli holatda tutishning samaradorligiga harakatlanish tezligi va xavfsizligi bog‘liq bo‘lib, bu esa o‘z navbatida avtomobillarda tashish xarajatlarining miqdoriga ta’sir etadi. Yo‘l qurilishi va yo‘l-ta’mirlash ishlab chiqarishi sohasida ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy masalasi ishlab chiqarishni industrlashtirish va sarflanadigan resurslarni har taraflama tejashdan iborat.
Diagnostika uskunalarining yaratilishi va joriy etilishi yo‘lning texnik-iqtisodiy ahvolini tematik baholash va uni ta’mirlash hamda yaroqli holda saqlash bo‘yicha optimal choralarni belgilash imkoniyatini yaratadi. Undan tashqari, texnik vositalarning doimiy ravishda mukammallashib borishi, tasarrufda bo‘lgan yo‘llarda yuqori tezliklarda va xavfsiz harakatlanishni ta’minlaydi.
Sun’iy inshootlarni ta’mirlash va yaroqli holda saqlash ishlarida polimer materiallardan, yog‘och ko‘priklar uchun antiseptiklashtirishning yangi uslublaridan, ko‘priklarning metall qismlarini korroziyadan saqlash uchun samarali ingibitorlar va lak-bo‘yoq materiallardan foydalanishni yanada kengaytirish ko‘zda tutiladi.
Qish paytlarida yo‘llarni yaroqli (yaxshi) holda saqlab (tutib) turish istiqboli, yo‘l chetida qordan himoya qilish polosalari va qishloq xo‘jaligi mafaatlarini ko‘zlab ekin dalalarida qorni ushlab qolish tadbirlaridan iborat bo‘lgan, qorni to‘xtatib qolishning kompleks tizimini ishlab chiqish va joriy etish bilan bog‘liq. Shu bilan bir qatorda yo‘llarni qordan tozalash va yaxmalakka qarshi kurashish uslublarini yanada takomillashtirib borish ham ko‘zda tutiladi.
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va yaroqli holda saqlash borasidagi ishlarning mexanizatsiyalashganlik darajasi, hozirgi paytda yo‘l-qurilish ishlaridagidan bir muncha past. Buning sababi ta’mirlash ishlarini bajarish shart-sharoitlarining anchagina murakkabroq ekanligi bo‘lib, buning oqibatida, yo‘l-ta’mirlash texnikasiga bir muncha yuqoriroq talablar qo‘yiladi. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va yaroqli holda saqlab turish ishlarini mexanizatsiyalashtirishni rivojlantirish sohasida quyidagi tendensiyalar ko‘zga tashlanmoqda:
-maxsus baza mashinalarini ishlatishda har xil turdagi almashinuvchi ish uskunalari (organlari) to‘plamidan foydalanish;
-zanjirli yurish qismiga ega bo‘lgan mashinalarni, pnevmatik yurish qismiga ega bo‘lgan g‘ildirakli texnikalar bilan almashtirish.
Harakat xavfsizligini oshirishning muhim shartlaridan biri avtomobil yo‘llarini muxandislik uskunalari bilan jihozlash va obodonlashtirish ishlari hajmini yanada oshirib borish bo‘lib, u yo‘llarni yo‘l chiziqlari bilan belgilash va yoritish, yo‘l chetlarini mustahkamlash, avtotransport vositalarining to‘xtatishlari uchun maydonlar tashkil etish, aholi yashash punktlarini aylanib o‘tuvchi yo‘llar qurish, avtopavilonlar, aholi yashash punktlarida trotuarlar va piyodalar o‘tish joylarini barpo etish, yo‘llarda ishonchli aloqa vositalarini yaratish va boshqalarni ko‘zda tutadi. Avtomobillar va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi binolar va inshootlar qurilishning miqyosi yanada ortib borishi kerak: avtomobillarga yonilg‘i quyish shahobchalari, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari, yo‘l yoqalaridagi mehmonxonalar, oshxonalar, do‘konlar va hokazo.
Avtomobil yo‘llarini obodonlashtiruvchi elementlar shunday joylanishi kerakki, ular atrof-muhitga chiroy bergan holda, yo‘l bilan birga yagona arxitektura ansambilini tashkil etsin.
Kelgusida avtomobil yo‘llari distansion yoki avtomatik boshqariladigan, yo‘l harakatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan ko‘rsatgichlar bilan jihozlanishi kerak. Bunday tizimni tashkil etish uchun ko‘rsatib turgan ma’lumoti o‘zgarish imkoniyatiga ega bo‘lgan yo‘l belgilari, yo‘llardagi tuman, yog‘ingarchilik, yaxmalak haqida ma’lumot olish uchun asboblar, televizion uskunalar, EHM va aloqa vositalari kerak bo‘ladi.
Mamlakatimizda avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash ishlari hajmining tobora ortib borayotganligi atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini hal etish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yo‘l xo‘jaliklari moddiy – texnika bazasining rivojlanib borishi suv, havo va yer kabi tabiiy resurslardan foydalanishning ratsionalligini oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Bu yo‘nalishda ilmiy-texnika taraqqiyoti, oqava suvlarni tozalash va qayta ishlatishni, yopiq sikldagi suv ta’minoti texnologiyasini yaratishni ko‘zda tutuvchi taraqqiyparvar texnik yechimlarni joriy etishga qaratilishi kerak. Havoning gazlar va chang bilan ifloslanishiga qarshi kurashishning ahamiyati bundan kam emas, bu borada yo‘l texnikalarini ekologik jihatdan tozaroq bo‘lgan yonilg‘i-moylash materiallariga o‘tkazish va bu masalani qisman yechimiga olib keladi.
Yer resurslarini (himoyalash) muhofaza qilish borasidagi prinsipial vazifa, hozirgi kunda chiqindixonalarga chiqarib tashlanayotgan va chiqindixonalar atrofidagi hududlarda antisanitar holatlarning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘layotgan, turmush va qurilish chiqindilarini zararsizlantirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishdir. Yo‘l qurilishi sharoitida qattiq bo‘lgan turmush chiqindilarini utillashtirish, qattiq chiqindilarning ahamiyatga ega bo‘lgan komponentlarini sanoat usulida qayta ishlash va utillashtirish joylariga transportirovka qilish ta’minlangan taqdirdagina mumkin bo‘ladi. Kam o‘zlashtirilgan hududlarda chiqindilarini maxsus poligonlarga olib chiqib ko‘mib tashlash yoki ularni atrof-muhitni ifloslantirmaslik shartlariga amal qilgan holda statsionar yoki (harakatlanuvchi) ko‘chib yuruvchi axlat yoqish qurilmalarida kuydirish foydaliroqdir.
Yo‘l ishlarining yuqori sifatini ta’minlashda qurilish ishlab chiqarishining barcha bosqichlarida nazorat olib borish tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu maqsadda oxirgi bir qatorda, buzib ko‘rish, sindirib ko‘rishlarga xojat qoldirmaydigan ultratovush yoki radioizotop tekshiruvi yordamida tayyor konstruksiyalar va inshootlarning tekshiruvlari amalga oshirilmoqda. Buzib va sindirib ko‘rishni talab etmaydigan nazorat uslublarining qo‘llanilishi yo‘l inshootlarining ahvoli to‘g‘risida (tezkor) operativ ravishda ma’lumotlar to‘plash va bu ma’lumotlar asosida ularni o‘z vaqtida ta’mirlash bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish imkonini beradi.
Ilmiy-texnika taraqqiyotining yana bir qirrasi GOSTlar, SNiPlar va boshqa ilmiy-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va ularni tatbiq etishdir. Standartlashtirish ilmiy-texnik ishlanmalarning erishgan yutuqlarini qonunlashtiradi va ularni ommaviy ravishda ishlab chiqarishga tatbiq etilishiga imkoniyat yaratadi.
Fan va texnika yutuqlarini avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash amaliyotiga tatbiq etish, yo‘l qurilishi va yo‘l ta’mirlash ishlab chiqarishning barcha elementlarini tashkil etishini takomillashtirishni, rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarining saviyasini oshirishni, ishlab chiqarishning tashkiliy-texnikaviy tayyorgarchiligini yaxshilashni ko‘zda tutadi. Yo‘l xo‘jaligidagi katta-katta imkoniyatlar, qurilishning oqim uslubini yanada mukammallashtirish, mavsumiylikka chek qo‘yish, yo‘l tashkilotlari yuklanganligining bir maromliligini ta’minlash, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentratsiyalash, avtomatik boshqaruv tizimlarini yaratish, mehnatni ilmiy tashkil etishning elementlarini joriy qilish, xo‘jalik hisobining yangicha ko‘rinishlarini qo‘llash va xokazolarga bog‘liq. Bular hammasi birgalikda, yo‘l xo‘jaligi faoliyati samaradorligini oshirish va yanada rivojlantirishda, ilmiy-texnika taraqqiyotining katta imkoniyatlari mavjudligi va uning nihoyatda ko‘pqirrali ekanligidan dalolat beradi.
Kapital mablag‘lar samaradorligini oshirish qurilishda loyihalashtirish ishlarini tashkil etilishini yaxshilash bilan chambarchas bog‘liq.
Loyihalashtirish investitsiya jarayonining bir bosqichi sifatida fanning rivojlanishini ishlab chiqarish bilan birlashtiradi.
Loyihalashtirishda qabul qilinadigan yechimlar, ko‘p jihatdan bo‘lajak qurilish ob’ektining sifatini, ularning o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishini, kapital mablag‘larning samaradorligini belgilaydi.
Loyiha bo‘lajak inshootning qanday bo‘lishligini (belgilovchi) aniqlovchi chizmalar va hisob-kitoblar, hujjatlar majmuidan iborat. Loyihada ob’ekt qurilishining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va texnik imkoniyati asoslab beriladi. Loyiha-smeta hujjatlarining mavjudligi - qurilishni boshlash va kapital mablag‘lar bo‘yicha davlat rejasining bajarilishi uchun eng muhim shartdir.
Mamlakat iqtisodiyotida doimiy ravishda loyihalarda taraqqiyparvar texnologiyalarni, uskunalarni, materiallar va konstruksiyalarni, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishning ilg‘or uslublarini qo‘llash hisobiga loyihalashtirishning sifatini mukammallashtirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazib boriladi, bundan ko‘zda tutilgan maqsad loyihalashtirilgan inshootning ishga tushirilishi vaqtida u fan va texnikaning zamonaviy erishilgan saviyasiga mos kelishligini ta’minlashdir.
Iqtisodiyotning tarmoqlari bo‘yicha ob’ektlarni loyihalashtirish loyiha izlanish ishlar rejasiga asosan ixtsoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Loyiha tashkilotlarini ixtisoslashtirishning ikkita turi mavjud:
-tarmoq bo‘yicha, bunda loyiha tashkilotlari halq xo‘jaligining alohida tarmoqlari uchun binolar va inshootlar loyihalarini ishlab chiqishga ixtisoslashtiriladi (transport, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va xokazo);
-texnologiya bo‘yicha, bunda loyiha tashkilotlari loyihaning alohida bo‘limlarini ishlab chiqishga ixtisoslashtiriladi (texnologiya qismi, qurilish qismi, energetika, transport bo‘limlari va hokazo).
Loyihalash va izlanishlar bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar faoliyatlarini baholash va ularda ishlovchilarni rag‘batlantirishning asosiy mezonlari, loyihalashtirilayotgan ob’ektlarning yuqori texnik-iqtisodiy saviyasini ta’minlash, mehnat unumdorligini oshirish va qurilish paytida va tasarruf etishda moddiy resurslar sarfini qisqartirish, ob’ekt qiymatida qurilish-montaj ishlarining ulushini kamaytirish, qurilish va arxitektura yechimlarining sifatini yaxshilash kabi ko‘rsatkichlardan iborat.
Avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish avtomobil yo‘llari bo‘yicha izlanishlar olib boruvchi va loyihalashtiruvchi «O‘zyo‘loyiha» byurosi tomonidan amalga oshiriladi.
Loyiha institutlari yo‘l xo‘jaligidagi buyurtmachilar bilan tuziladigan shartnomalarga binoan ishlovchi xo‘jalik hisobidagi tashkilotdir. Loyiha -izlanish ishlarining qiymati yo‘l qurilish uchun kapital mablag‘lar sarfining umumiy hajmi tarkibiga kirib, yo‘l qurilishi uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi. Loyiha-izlanish ishlari uchun buyurtmachilar va loyiha tashkilotlari o‘rtasidagi hisob-kitoblar to‘liq tugatilgan loyiha yoki butun qurilishni loyihalashtirish ishlarining alohida bosqichlari uchun amalga oshiriladi.
Avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish quyidagilarni o‘z ichiga olgan, loyihalashtirishning umumiy tamoyillari asosida bajariladi:
-loyihalashtirish ketma –ketligi –umumiydan xususiyga;
-tipik yechimlar va loyihalardan maksimal darajada foydalanish;
-loyihalashtirishning variantliligini va kompleksligini ta’minlash.
Variantlilik tamoyili texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha, halq xo‘jaligiga maksimal samara beruvchi ob’ekt barpo etishning eng yaxshi yechimini tanlab olish imkonini beradi.
Variantli loyihalashtirishda, loyihaning tejamliligiga baho beruvchi quyidagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi:
-qiymat va natural, shu jumladan mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlar;
-qurilish va tasarruf ko‘rsatkichlari, shu jumladan ob’ekt qurilishga sarflanadigan ijtimoiy mehnat miqdorini aks ettiruvchi umumiy va xususiy qurilish qiymat ko‘rsatkichlari, shu jumladan, solishtirma kapital mablag‘lar, qurilish-montaj ishlari smeta qiymatini strukturasi, qurilish uchun yer maydoni ajratilishiga xarajatlar, yer uchastkalarini o‘zlashtirishga, eski qurilmalarni (ilgari qurilgan va qurilishga halaqit beruvchi bino va inshootlar) buzishga xarajatlar.
Loyiha yechimlarini tahlil qilishda mutlaq ko‘rsatkichlardan tashqari, tejamlilik darajasini, kapital mablag‘lar samaradorligini aniqlovchi koeffitsientlardan iborat bo‘lgan nisbiy ko‘rsatkichlardan ham foydalanish mumkin.
Loyihalashtirilayotgan ob’ektning (yo‘llar, ko‘priklar) qiymat tasarruf ko‘rsatkichlari barpo etilayotgan ob’ektning tejamliligini va quvvatini (masalan, avtomobil yo‘lining o‘tkazish yoki tashish qobiliyatini), yoki bo‘lajak mahsulot tannarxini (yo‘lda yuklar yoki yo‘lovchilar tashishga bo‘ladigan solishtirma xarajatlarni) tavsiflaydi.
Variantning umumiy natural qurilish ko‘rsatkichlari – bu qurilish muddati, asosiy qurilish materiallari sarfi, shu jumladan, bog‘lovchi (sement, bitum), tosh materiallar, mehnat sarfi, qurilish-montaj ishlarining fond siqimdorligi, ishlovchilar soni va boshqalardan iborat.
Umumiy tasarruf natural ko‘rsatkichlari bo‘lajak avtomobil yo‘lini, shu jumladan quriladigan yo‘l uzunligini (km), egriliklarning rejadagi va profildagi radiuslarini (m), maksimal bo‘ylama nishablikni (foiz), hisob-kitob bo‘yicha aniqlangan harakatlanish tezligini, sun’iy inshootlar sonini, qoplamaning turini va boshqalarni tavsiflaydi.
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga asoslanib loyihalashtiriladigan ob’ektning tanlab olingan variantiga baho beriladi. Bunda loyihaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari etalon yoki bazis ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi. Sifat «qurilish uchun loyiha –smeta hujjatlarining sifatini baholash haqida nizom»ga muvofiq ravishda baholanadi. Bazis (etalon) deb olingan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar loyihalashtirish va qurilish sohasida vatanimizda va chet elda erishilgan ilg‘or tajribalarni aks ettirishi kerak.
Sifatga berilgan baho-loyihalashtiriladigan ob’ektning texnik-iqtisodiy saviyasini tahlil qilish uchun, loyihalashtiruvchi va izlanishlar olib boruvchi tashkilotlar faoliyatini baholash uchun, loyihalashtiruvchi va izlanishlar olib boruvchi tashkilotlarning xodimlarini mukofotlashga mablag‘ ajratish masalalarini hal etish uchun kerak bo‘ladi.
Avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, yo‘l xo‘jaligida yagona texnik siyosatni amalga oshirish vositasi bo‘lgan me’yorlar tizimi, qoidalar, standartlarga asoslangan. Texnik taraqqiyot tobora yuksalib borgan sari loyihalashtirish me’yorlari yangilanadi va qayta tasdiqlanadi.
Loyihalashtirishda qo‘llaniladigan barcha normativ hujjatlar iqtisodiy, qurilish va texnologik turlarga bo‘linadi. Smeta qiymatini hisoblash, solishtirma kapital mablag‘lar sarfini, kapital mablag‘larning iqtisodiy samaradorligini aniqlashga asos bo‘luvchi hujjatlar iqtisodiy normativlarga kiradi.
Loyihalashtirish uchun eng muhim qurilish normativ hujjati «qurilish me’yorlari va qoidalari» (SNiP) bo‘lib, u to‘rt qismdan tashkil topgan:
I qism. «Qurilish materiallariga, buyumlarga, konstruksiyalar va uskunalarga belgilangan me’yorlar»;
II qism. «Loyihaning hajm-tyokislik va konstruktiv yechimlariga, yong‘in xavfsizligiga va texnika xavfsizligiga nisbatan qo‘yiladigan talablar, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan qurilish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan qurilish loyihalashtirishining me’yorlari»;
III qism. «Qurilish ishlab chiqarishini tashkillashtirish va texnologiyasi me’yorlari»;
IV qism. «Smeta me’yorlari va qoidalar».
Texnologik loyihalashtirish me’yorlari uskunalar va mashinalarning ish unumdorligini va ularning asosiy ish ko‘rsatkichlari – ish rejimi, xizmat ko‘rsatuvchi personalning soni, yonilg‘i va tasarruf materiallari sarfini belgilaydi.
Avtomobil yo‘llari uchun loyihalar ishlab chiqish jarayonida qurilish materiallariga, detallarga, konstruksiyalarga, buyumlarga va yarimfabrikatlarga nisbatan belgilangan davlat standartlari tizimiga muhim ahamiyat beriladi.
Loyihalashtirilayotgan ob’ektlar va inshootlarning murakkabligi va muhimligiga qarab loyihalashtirish jarayoni bir yoki ikki bosqichli loyihalashtirishda esa –ishchi loyiha ishlab chiqiladi.
Umumfoydalanish avtomobil yo‘llari odatda ikki bosqichda loyihalashtiriladi. Tipik loyihalardan foydalanish mumkin bo‘lgan idora va vazirliklarga tegishli avtomobil yo‘llari (masalan, xo‘jalik ichi yo‘llari) –bir bosqichda loyihalanadi.
Hozirgi paytda qurilishni loyihalashtirish to‘g‘risidagi qaror quyidagilarga asoslanib qabul qilinadi:
-yirik va murakkab korxonalar va inshootlar bo‘yicha - qurilishni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanganligi (TEO) asosida;
-boshqa korxonalar, binolar va inshootlar bo‘yicha - qurilishning xo‘jalik zaruratini va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslab beruvchi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida;
-muhim halq xo‘jaligi ob’ektlari bo‘yicha – respublika xukumatining qarorlari asosida.
Ob’ekt qurilishi uchun texnik-iqtisodiy asoslash (TEO) va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar tarmoq kapital mablag‘lari hisobiga, muhim halq xo‘jaligi ob’ektlari qurilishi uchun esa byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Avtomobil yo‘llari qurilishi uchun texnik-iqtisodiy asoslash (TEO) va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar yo‘l qurilishining uzoq muddatla Hududiy rejalari asosida loyihalashtirish uchun topshiriq berilib, unda quyidagilar aniqlanadi:
-yo‘l quriladigan hudud haqida ma’lumotlar;
-yo‘lning taxminiy texnik kategoriyasi (toifasi) va uning ma’muriy ahamiyatliligi;
-qurilishni resurslar bilan ta’minlovchi asosiy manbalar (materiallar, suv, elektroenergiya, mehnat resurslari);
-kapital mablag‘lar sarfining ko‘zda tutilayotgan miqdori;
-qurilishni amalga oshiruvchi tashkilot.
Yo‘llarni ikki bosqichda loyihalashtirishda loyiha va ishchi hujjatlar ketma-ket ishlab chiqiladi. Loyiha qismida asosiy loyiha yechimlari aniqlanadi: yo‘lning yo‘nalishi, uning texnik kategoriyasi va asosiy parametrlari, qurilish muddatlari, loyihalashtirilayotgan ob’ekt bo‘yicha asosiy konstruktiv yechimlar, qurilishni kerakli materiallar, suv, elektroenergiya bilan ta’minlash usullari va manbalari, qurilishini amalga oshirish uslublari va texnologiyasi, qurilishning smeta qiymati va kapital mablag‘larning iqtisodiy samaradorligi.
Loyiha quyidagi hujjatlardan tashkil topadi: texnik-iqtisodiy harakteristika, bosh reja va qurilishga transport xizmati ko‘rsatish rejasi, texnologiya qismi, qurilish qismi, qurilishni tashkil etish loyihasi (POS), qurilish smeta qiymatining, hamda qurilishning va yo‘lni tasarruf etishning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblari.
Texnik-iqtisodiy tavsifnomada yo‘l qoplmasi uchun variant tanlash, yo‘lning hududiy joylanishi va ko‘priklarning parametrlari solishtiriladi, texnik parametrlar, yo‘lning alohida uchastkalari qurilishning bosqichlari va ketma-ketligi, transport tuguni yechimlarini barpo etishning maqsadga muvofiqligi, yo‘lning aylanib o‘tish va shahar uchastkalari asoslab beriladi, hamda mazkur ob’ektni loyihalashtirish uchun kapital mablag‘lar sarfining samaradorligi aniqlanadi.
Ishchi hujjatlarda loyiha yechimlari detallashtiriladi (ishchi chizmalar darajasigacha), loyihada ko‘zda tutilgan smeta hisob-kitoblari aniqlashtiriladi.
Qurilish muddatini va loyiha–smeta hujjatlari hajmini anchagina qisqartiruvchi bir bosqichli loyihalashtirishda, ishchi loyiha tarkibida texnik-iqtisodiy tavsifnoma, ishlarni bajarilish jadvali bilan birgalikdagi qurilishni tashkil etish loyihasi ishlab ishlab chiqiladi, ishlarni bajarishning mumkin bo‘lgan bosqichlari aniqlanadi, qurilishning ob’ektlari bo‘yicha smeta qiymatlari hisoblab chiqiladi. Bir bosqichli loyihalashtirishda tipik loyihalardan maksimal darajada foydalanish kerak va quriladigan ob’ekt bilan bir xil bo‘lgan eng tejamli loyiha hududiy shart–sharoitga albatta bog‘lanadi.
Tipik loyiha vazifasi bo‘yicha bir xil bo‘lgan ob’ektlar qurilishida ko‘p marta qayta-qayta ishlatilishga mo‘ljallangan. Ob’ektlar tipik loyihalarining bir necha turlari mavjud bo‘lib, ularni quyidagilarga ajratish mumkin:
-butun bir ob’ekt uchun to‘liq loyiha (quvurlar, ko‘priklar, texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari);
-binolarning takrorlanuvchi qismlari uchun tipik loyiha (ko‘priklarning ravoqlari, binolarning seksiyalari);
-alohida konstruktiv elementlarning tipik loyihalari (balkalar (to‘sinlar), richaglar, panellar). Tipik loyiha ishchi chizmalar, smeta, yozma izohdan tashkil topgan bo‘ladi.
Tipik loyihalarni qurilish bajariladigan joy sharoitiga bog‘lash ishlar hajmi, qo‘llaniladigan mehnat va moddiy resurslar hamda qurilish qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tipik loyihalarni qo‘llash loyihalashtirishni arzonlashtiradi, qurilishni o‘z vaqtida ishchi chizmalar bilan ta’minlanishiga imkon yaratadi va individual loyihalashtirishga nisbatan qurilish qiymatini 10-15 foizga kamaytiradi.
Tipik loyihalashtirish - qurilishning industrial uslublarini qo‘llash, qurilish ishlab chiqarishiga yanada takomillashgan texnika va texnologiyani joriy etish, eng tejamli planirovka va konstruktiv yechimlarni qabul qilishning shartlaridan biridir.
Avtomobil yo‘llarini loyihalashtirishdagi asosiy muammolar ob’ektlar qurilishi va loyihalashtirilishining muddatlari va qiymatini, sifatini ta’minlashdir. Loyihalashtirish va qurilishning davom etish muddati ob’ektning muhimligi va murakkabligigagina emas, balki loyihalashtirish jarayonining tashkil etilishi va texnologiyasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Loyihalashtirish muddatlarini qisqartirishning eng muhim rezervlari loyihachilar mehnatini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirishning avtomatlashgan tizimini joriy etishdir.
Loyihalashtirishning avtomatlashgan tizimidan foydalanish loyiha ishlarining bajarilish muddatlarini ancha qisqartiradi, loyiha-smeta hujjatlarining sifatini yaxshilaydi, loyiha va smetalarda hatoliklar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi, loyihalash oldidagi ish jarayonlari – sxemalar, texnik-iqtisodiy asoslash (TEO), texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqishning va loyihalashtirishning qiymatini hamda sarflanadigan mehnat miqdorini kamaytiradi.
Ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlarining sifatini oshirishning muhim vositasi loyihachilar mehnatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishdir.
Avtomobil yo‘llari tarmog‘i hudud ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasining eng muhim elementi sanaladi. Infratuzilma tarmoqlarining bajaradigan vazifasi - qayta ishlab chiqarish uchun umumiy imkoniyatlar hamda moddiy ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarining faoliyatlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Shunga ko‘ra yo‘llar tarmog‘ining vazifasi – halq xo‘jaligi va aholining avtomobillarda tashishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan sharoitni ta’minlashdir. Bunda umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘l tarmoqlari iqtisodiy rayonlar va umuman halq xo‘jaligi majmuining faoliyat ko‘rsatishni ta’minlaydilar. Mahalliy yo‘l tarmoqlari viloyatlar, ma’muriy tumanlarning kompleks rivojlanishi, tuman ichi va viloyat ichida yo‘lovchilar va yuklar tashish transport aloqalarining amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni ta’minlaydilar.
Yo‘llar tarmog‘ining ratsional rivojlanish muammosiga konkret hududdagi ishlab chiqarish quvvatlarining rivojlanishi bilan birgalikda qaraladi. Respublikaning, viloyatning kompleks ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishiga, hudud ichida ishlab chiqarishning ratsional tashkil etilishi va joylashishi tizimiga, ularni ta’minlovchi avtomobil yo‘llari tarmog‘i mos kelishligi kerak.
Hududda avtomobil yo‘llari tarmog‘ining tashkil etib borish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshadi:
-ishlab chiqarishga va aholiga transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilashning asosiy an’analarini aniqlovchi, butun transport tizimining rivojlanishini bashorat (prognoz) qilish;
-yo‘l tarmog‘i rivojlanishi sxemasi – avtomobil yo‘llarini mukammallashtirishning uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish;
-ob’ektlar, kapital mablag‘lar sarfi, ishga tushuriladigan yo‘llar hajmi ko‘rsatilgan yo‘llar qurish va rekonstruksiya qilishning konkret rejalarini ishlab chiqish;
-loyihalashtirish va qurilish rejalarini amalga oshirish.
Barcha bosqichlarda yo‘l tarmog‘iga, hamma tarkibiy qismlari bir-biri bilan har tomonlama chambarchas bog‘langan, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohaning murakkab hududiy tashkiliy tizimining bir komponenti sifatida qaraladi.
Yo‘l tarmog‘i planirovka tizimi va infratuzilma elementi sifatida, tizimni butunicha tavsiflovchi (murakkablik va elementlarning ierarxiyaliligi, geografik bog‘lanishi, lokal mustahkamlanganligi, tashqi aloqalarning xilma-xilligi) va tizimning rivojlanishini (inersiyalilik, bir tyokisda rivojlanmaslik, tajribalar o‘tkazib bo‘lmasligi, bashoratlar bilan yechimlarni amalga oshirish bosqichlarini ajratib turuvchi katta «davr» ) bildiruvchi bir qator xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar yo‘llar tarmog‘ini bashorat qilish va rivojlanishini rejalashtirishning asosiy tamoyillarini aniqlaydi (belgilaydi).
Asosiy tamoyillar quyidagilardan iborat:
-yo‘l tarmoqlarining barpo etilishi hududda ishlab chiqarish quvvatlarining samarali rivojlanishiga asoslanadi, ya’ni barcha tabiiy, moddiy, mehnat resurslaridan ratsional foydalanishni, sanoat va qishloq xo‘jaligini ratsional tashkil etilishini hisobga olgan holda;
-hududiy joylashuvlar va ijtimoiy – iqtisodiy omillar bilan, yo‘l tarmoqlari rivojlanishining o‘zaro bir - biriga ko‘rsatadigan ta’sirlarini hisobga olish;
-qurilishni bosqichma-bosqich ishlab chiqarish va galma-gal olib borilganda tizimda yuzaga keladigan potensial imkoniyatlardan foydalanish;
-texnik-iqtisodiy solishtirishning qabul qilingan mezonlari bo‘yicha yechimlarning variantliligini ta’minlash va boshqalar.
Ko‘rsatib o‘tilagn tamoyillarga muvofiq ravishda loyihalashtirish oldi bosqichida konkret hududda avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirishni iqtisodiy jihatdan asoslash amalga oshiriladi. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad –yo‘l sharoitlarini yaxshilash zaruriyatini aniqlash va asoslab berishdir. Bunda har xil ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari bo‘yicha qurilish va rekonstruksiya qilish hajmi aniqlanadi, halq xo‘jaligi va aholining avtomobillarda tashishga ehtiyojlarini qondiruvchi eng ratsional yo‘l tarmog‘i shakllantiriladi.
Iqtisodiy asoslash ikki turdagi yirik ishlarni bajarishini o‘z ichiga oladi –loyihalasholdi texnik–iqtisodiy izlanishlarni olib borish va ularga asoslanib avtomobil yo‘llarining rivojlanish sxemasini, hamda alohida yo‘llar bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslash va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.
Loyihalash oldi bosqichida yo‘llar tarmog‘ini mukammallashtirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini va texnik imkoniyatlarini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar quyidagilardan iborat:
-umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari tarmog‘i rivojlanishining bosh sxemasi;
-respublika, viloyat va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari qurilishi va rekonstruksiyasining hududiy sxemalari;
-yirik va murakkab korxonalar hamda inshootlar bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslashlar;
-boshqa ob’ektlar va inshootlar bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar.
Avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilishning bosh va Hududiy sxemalari uzoq muddatli dastur bo‘lib (kelajak 15-20 yilga), unda mamlakatning, hududlarning avtomobil yo‘llariga bo‘ladigan ehtiyojiga baho beriladi. Qurilishi kerak bo‘ladigan yo‘l qurilishi ishlarining hajmi hududning iqtisodiy jihatdan o‘zlashtirilganligiga, hududning amalda mavjud bo‘lgan transport bilan ta’minlanganlik darajasiga, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining yo‘nalishiga bog‘liq ravishda aniqlanadi.
Sxemalarda yo‘l sharoitlarini yaxshilashga bo‘ladigan sharoitlarini yaxshilashga bo‘ladigan ehtiyoj yo‘llarning yo‘nalishlari bo‘yicha zarur bo‘ladigan mehnat, material va yo‘l resurslari miqdori ko‘rsatilgan holda aniqlanadi.
Rejalashtirishdan ko‘zda tutilgan maqsadga ko‘ra yo‘l tarmog‘ini rivojlanishi va qayta jihozlanishini asoslash uchun sxemalar alohida yo‘l guruhlari – magistral yo‘nalishli yo‘llar, umumfoydalaniladigan asosiy yo‘llar, vazirlik va idoralarga tegishli yo‘llar (masalan, qishloq xo‘jaligi ichi yo‘llari) bo‘yicha ishlab chiqiladi. Bunda yo‘l tarmog‘ining quvvatini (uning o‘tkazuvchanlik va tashish qobiliyati) rivojlantirishga ehtiyojni, kapital mablag‘larning miqdori va ajratilishi navbatini ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va iqtisodiy hududlar bo‘yicha joylashtirilishi sxemasi asosida belgilanadi.
Texnik-iqtisodiy asoslashlar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar loyihalasholdi hujjatlari sifatida – trassani tanlash, inshootning quvvatini asoslash, qurilish navbatini belgilash, qurilishni tashkil etish va keyinchalik yo‘lni tasarruf qilish borasidagi eng samarali texnik yechimlarni asoslab berishga, sxemani mukammalashtirish va to‘ldirishga xizmat qiladilar.
Texnik – iqtisodiy asoslashlar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar ishlab chiqishning ob’ektlari avtomobil yo‘llari yoki mustaqil transport –iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘l uchastkalaridir. Texnik-iqtisodiy asoslashlar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar barcha umumdavlat, viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan yirik yo‘llar, chetlab o‘tuvchi va shahar yaqinidagi halqa yo‘llar, avtomobil yo‘llari tugunlari, titulli ko‘priklar va yirik yo‘l o‘tkazgichlar (puteprovod) uchun ishlab chiqiladi.
Texnik-iqtisodiy asoslashlar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bosh yo‘l loyiha – izlanishlar tashkiloti tomonidan buyurtmachi tashkilotlarning topshirig‘iga ko‘ra ishlab chiqilib, zarur bo‘lgan hollarda bu ishlarga ixtisoslashgan loyiha va ilmiy-tekshirish tashkilotlarini ham jalb etadilar.
Loyihalashtirish va qurilishning normativ muddatlariga qarab, ularni ishlab chiqish qurilish boshlanishidan 2-3 yil avval boshlanadi. Uzoq muddat mobaynida loyihalashtirishi va qurilishi mo‘ljallangan, trassani tanlash bo‘yicha katta hajmdagi izlanish ishlari olib borilishini talab qiladigan avtomobil yo‘llari uchun texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish ularning qurilishidan 4-5 yil avval boshlanishi mumkin.
Texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar) bo‘yicha ishlar loyihalash-izlanish ishlari uchun ajratilgan limit chegarasida tarmoq kapital mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Muxandislik izlanishlari qiymatini hisobga olmagan holda, texnik-iqtisodiy asoslashlar (texnik –iqtisodiy hisob-kitoblar)ning qiymat, qurilishga avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishga loyiha ishlanmalari qiymatiga tegishli koeffitsientlarni qo‘llab aniqlanadi (0,3¼0,15).
Texnik - iqtisodiy asoslashlar (texnik - iqtisodiy hisob - kitoblar) tegishli ilovalar bilan birgalikda yozma izoh ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Materiallar hajmi ob’ektning murakkabligi va halq xo‘jaligi uchun ahamiyatliligiga bog‘liq bo‘ladi. U ilmiy-texnika taraqqiyoti erishgan yutuqlarning joriy etilishini baholash, tavsiya etilayotgan variantning optimalligi va halq xo‘jaligi miqiyosida samaradorligi va qurilishning hisob - kitob qiymatini aniqlash uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Avtomobil yo‘li bo‘yicha texnik - iqtisodiy asoslash yozma izohining tarkibi va mazmuni quyidagilardan tashkil topadi foiz
Texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqish zaruriyatini tasdiqlovchi hujjatlar - sxema tarkibiga kirgan qurilayotgan yo‘l haqida ma’lumotlar, texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish uchun boshlang‘ich ma’lumotlarning manbalari to‘g‘risidagi axborotlar*.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha yo‘lning amalda mavjud bo‘lgan holatini bildiruvchi ma’lumotlar.
Yo‘l o‘tadigan hududning transport - iqtisodiy tavsifnomasi.
Amalda mavjud bo‘lgan va kelajakda kutilayotgan yuk va yo‘lovchilar tashishning yuk turlari va qatnov maqsadlari bo‘yicha tahlili asosida loyihalashtiriladigan yo‘lning quvvatini asoslab berish, asosiy o‘zaro aloqa qiluvchi punktlar, ularning transport aloqalariga tavsifnomalar, tashishni avtomobil transportida bajarishning maqsadga muvofiqligining tahlili, yo‘ldagi avtomobillar harakati tarkibi va intensivligining hisob – kitoblari.
Asosiy texnik - iqtisodiy ko‘rsatgichlarga qarab variantlarni solishtirish va yo‘lning yo‘nalishini tanlash.
Tavsiya etilayotgan variant bo‘yicha asosiy qurilish yechimlari.
Qurilishni tashkil etish.
Atrof - muhitni muhofaza qilish.
Qurilish iqtisodiyoti, shu jumladan: smeta qiymatining yiriklashtirilgan ko‘rsatgichlari bo‘yicha qurilishning hisob - kitob qiymatini asoslab berish, qurilish ishlari bajarilishining navbatlari va ketma - ketligi, avtomobillarda tashish tannarxining tavsifnomasi, kapital mablag‘lar ijtimoiy - iqtisodiy samaradorligining hisob-kitoblari, loyihalashtirilayotgan yo‘lning texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarini xuddi shu turdagi qurilib bo‘lingan va loyihalashtirib bo‘lingan avtomobil yo‘llarining ko‘rsatgichlari bilan solishtirish.
10. Avtomobil yo‘lini loyihalashtirilishi va qurilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ekanligiga umumiy baho berish, asosiy texnik -iqtisodiy ko‘rsatkichlar - yo‘lning qurilish uzunligi, kategoriyasi, harakatlanish polosalari soni, yurish qismining kengligi, yer polotnosining kengligi, qoplama turi, qurilishning hisobiy qiymati, qurilish muddati, iqtisodiy samaradorlik koeffitsienti, yo‘l qurilish materiallari, mashinalar, mexanizmlar, mehnat sarfiga bo‘ladigan ehtiyoj, loyihalashtirishning bosqichliligi bo‘yicha tavsiyalardan iborat bo‘lgan xulosalar va takliflar.
11. Tasviriy (illyustrativ) materiallar.
Pudratchi tashkilot bilan kelishilgan, tasdiqlangan texnik - iqtisodiy asoslashda ko‘zda tutilgan, qurilishning hisobiy qiymati butun loyihalashtirish va qurilish davri uchun limit bo‘ladi va kapital qurilish rejalarini tuzish paytida hisobga olinadi.
Iqtisodiy izlanishlardan maqsad – avtomobil yo‘llari tarmog‘ining rivojlanishi iqtisodiyotning muhim shart - sharoiti ekanligini, iqtisodiy jihatdan zarurligini, yo‘l qurilishining alohida ob’ektlarini qurish yoki rekonstruksiya qilishning navbatlari va ketma - ketligini asoslab berish uchun boshlang‘ich (dastlabki) ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tizimlashtirish va tahlil qilishdan iborat.
Ob’ektning ahamiyatliligi va loyihalashtirishning maqsadiga ko‘ra, iqtisodiy izlanishlar loyihalasholdi va kapital qurilish uchun o‘tkaziladigan izlanishlarga bo‘linadi.
Loyihalasholdi izlanishlari o‘z navbatida, hududda yo‘l tarmog‘ining rivojlanish sxemasini tuzish uchun va texnik - iqtisodiy asoslash (texnik - iqtisodiy hisob - kitoblar) ishlab chiqish uchun o‘tkazilinadi.
Tarmoqning rivojlanish sxemasini ishlab chiqish uchun o‘tkaziladigan izlanishlar hududda avtomobil yo‘llari tarmog‘ining kelajakdagi rivojlanishini bundan keyingi (kelgusidagi) loyiha - izlanish ishlari va kapital qurilishni rejalashtirishni belgilash va asoslab berish uchun xizmat qiladi.
Texnik - iqtisodiy asoslash, texnik - iqtisodiy hisob - kitoblar ishlab chiqarish uchun olib boriladigan iqtisodiy izlanishlarning maqsadi - avtomobil yo‘llari tarmog‘ining rivojlanish sxemasida alohida yo‘llar yo‘nalishining optimal variantlarini asoslab berish, yo‘l trassasini, ko‘priklarning joylanish o‘rinlarini tanlash, asosiy loyiha yechimlarini, qurilishning hisobiy qiymatini asoslash, navbatchilik va kapital mablag‘lar sarfining halq xo‘jaligi uchun beradigan samarasi borasidagi to‘ldiruvchi va kengaytiruvchi ma’lumotlarga ega bo‘lishdir.
Kapital qurilish uchun olib boriladigan iqtisodiy izlanishlar loyihaning, ishchi loyihaning texnik - iqtisodiy tavsifnomasini ishlab chiqish uchun o‘tkaziladi.
Texnik - iqtisodiy izlanishlar olib borishda barcha bajariladigan ishlar ikki bosqichda olib boriladi.
1- bosqich: zaruriy boshlang‘ich va texnik materiallarni to‘plash.
2-bosqich: to‘plangan materiallarni ishlab chiqish va tahlil qilish, iqtisodiy va texnik loyihalashtirish maqsadlari uchun boshlang‘ich ko‘rsatgichlarni aniqlash.
Iqtisodiy izlanishlar olib borish tartibi, tarkibi va mazmuni tegishli instruksiyalarga (yo‘riqnomalar) ko‘ra aniqlanadi.
Loyihalash oldi iqtisodiy izlanishlarini olib borish uchun loyihaning bosh muhandisi boshchiligida iqtisodchilar, yo‘l mutaxassislari, geologlardan iborat bo‘lgan kompleks guruh (brigada) tashkil etiladi. Guruh, brigada tarkibiga kiruvchi mutaxassislarning son jihatdan miqdori loyihalashtirishning bosqichliligiga, izlanishlar olib boriladigan rayonning hududiga, avvalgi yillarda olib borilgan izlanishlar materiallarning mavjudligiga va ishlarning bajarilishi uchun ajratilgan muddatlarga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, iqtisodiy izlanishlar, avtomobil yo‘llari tarmog‘ining rivojlanish sxemasini ishlab chiqish uchun 18-24 oy, texnik-iqtisodiy asoslash va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish uchun 12-18 oy, texnik – iqtisodiy tavsifnoma ishlab chiqish uchun 6 oygacha davom etadi.
Iqtisodiy izlanish ishlari uch davrni o‘z ichiga oladi: tayyorgarchilik davri, dalada bajariladigan ishlar davri, xonada bajariladigan ishlar davri. Birinchi va uchinchi davrida bajariladigan ishlar bevosita loyiha tashkilotining o‘zida bajariladi. Ikkinchi davrda bajariladigan ishlar loyihalashtirilayotgan yo‘l joylashgan hududda bajariladi.
Tayyorgarchilik davrining vazifasi – iqtisodiy izlanishlar olib borish uchun berilgan topshiriqni o‘rganib chiqish, karta, adabiy manbalar, ilmiy – tekshirish institutlari va boshqa loyiha tashkilotlarining ishlari bo‘yicha izlanishlar o‘tkaziladigan hudud bilan tanishib chiqish. Izlanishlar o‘tkazish rayoni – asosan loyihalashtirilayotgan yo‘l tarmog‘i (yoki konkret yo‘l) tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan rayondir.
Dala sharoitida izlanishlar davri jarayonida izlanishlar o‘tkaziladigan rayonning chegaralari aniqlanadi, loyihalashtirilayotgan yo‘l tarmog‘i yoki alohida yo‘l tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan hudud belgilanadi, tabiiy sharoit, hududning qurilish materiallari bilan ta’minlanganligi, akvtomobil transporti tomonidan amalga oshiriladigan transport – iqtisodiy aloqalari va avtotransport korxonalarining ishi o‘rganiladi hamda amalda mavjud bo‘lgan transport yo‘llari aniqlanadi.
Iqtisodiy izlanishlarning kameral davrining vazifalari – loyihalashtirilayotgan yo‘l tarmog‘ida yoki alohida bir yo‘lda hisobot yilida va kelajak davrda viloyatda, iqtisodiy rayonda, yo‘l o‘tadigan hududda amalga oshiriladigan, avtomobillarda yuklar va yo‘lovchilar tashishni hisobga olish vedomostini, transport aloqalari va yuk tashish hajmi vedomostini tuzish maqsadida, tayyorgarchilik va dala davrlarida to‘plangan izlanish materiallarini ishlab chiqishdan iborat. Bu materiallar keyinchalik texnik – iqtisodiy loyihalashtirish bosqichida ishlatiladi.
Iqtisodiy izlanishlar paytida yo‘l qurilish uchun kapital mablag‘lar sarfining iqtisodiy samaradorligini hisoblash uchun zarur bo‘lgan materiallar ham to‘plab boriladi.
To‘plangan ma’lumotlar avtomobil transportida ham, transportdan tashqari sohada ham, ma’lum bir yo‘l sharoitlarida transport aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun bo‘ladigan barcha xarajatlar va yo‘qotishlarni hisobga olgan holda nisbiy xarajatlarni hisoblash uchun yetarli bo‘lishi kerak. Kapital mablag‘lar sarfining samaradorligi amalda mavjud bo‘lgan va loyihalashtirilayotgan yo‘l sharoitlarida transport aloqalarini yo‘lga qo‘yish variantlari bo‘yicha xarajatlar va yo‘qotishlarni solishtirish orqali aniqlanadi.
Barcha hisob – kitoblarni bajarish katta mehnat, vaqt sarflashni talab qiladi. Shu sababli, ishlarni bajarishga mehnat sarfini qisqartirish, ba’zi bir optimallashtirish masalalarini yechish maqsadida, variantli texnik – iqtisodiy loyihalashtirish amaliyotida zamonaviy iqtisodiy – matematik uslublar va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi.
Iqtisodiy izlanishlarning barcha materillarini EHM da ishlab chiqish uchun dasturlar paketidan foydalaniladi, shu jumladan, transport aloqalarini, yuklanganlikni, harakat intensivligini aniqlash uchun, xaydovchilardan so‘rov orqali harakatlanishlarni hisobga olish ma’lumotlarini tahlil qilish uchun dasturlar.
Iqtisodiy izlanishlarning pirovard maqsadi, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish uchun eng muhim bo‘lgan ko‘rsatkich – kelgusida yo‘lda kutilayotgan harkat intensivligini aniqlashdir.
Avtomobil yo‘llarining rivojlanish sxemasini, texnik – iqtisodiy asoslashlarni, texnik – iqtisodiy hisob – kitoblarni ishlab chiqishda qabul qilinadigan muxandislik yechimlarining asoslab berilishi, amalda mavjud bo‘lgan harakat intnsivligining tavsifi va uning yillik o‘zgarishi tahliliga bog‘liq. Yo‘lning texnik kategoriyasini belgilash, yo‘l qoplamasining konstruksiyasini, transport yechimlarining variantlarini tanlash, kelajakda kutilayotgan harakat intensivligining qiymatiga ko‘ra aniqlanadi. Hisob – kitoblar olib borilgan yilda harakat intensivligi va tarkibi qanchalik to‘g‘ri aniqlangan bo‘lsa, qabul qilinadigan loyiha yechimlari shunchalik real va optimal bo‘ladi.
Harakat intensivligi yo‘lning ko‘ndalang kesimidan har ikkala yo‘nalishda vaqt birligi ichida o‘tadigan transportlar sonini bildiradi.
Sutkalik harakat intensivligining o‘rtacha yillik qiymati hisobot va kelajak muddatlari uchun avtomobillarning tiplari (turlari), yuk va yo‘lovchi transportlarining harakatlari bo‘yicha alohida hisoblab chiqiladi, so‘ngra olingan ma’lumotlar o‘zaro qo‘shiladi.
Bo‘lajak (kelajakdagi kutilayotgan) harakat intensivligini aniqlash uchun, iqtisodiy izlanishlar ma’lumotlari asosida bevosita sanash uslubidan tashqari, har xil ilmiy tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan bilvosita uslublar ham qo‘llanilishi mumkin. Ularning barchasi u yoki bu darajada ekstropolyatsiya g‘oyasiga suyanadilar va konkret aloqa turlari haqidagi gipotezalari, bazis davrida mavjud bo‘lib kelajak davr uchun ham tatbiq etilgan nisbatlar va qonuniyatlar bilan farqlanadilar. Bu uslublar guruhlarga bo‘linadilar:
-qator o‘tgan yillardagi harakat intensivligining (vaqt qatorlarini) qiymatlarini to‘g‘ridan – to‘g‘ri ekstropolyatsiya qilish, bunda intensivlik o‘zgarishining ilgari kuzatilgan an’analari katta o‘zgarishlarga uchramaydi deb faraz qilinadi;
-ko‘pomilli ekstropolyatsiyada qanchadir davr mobaynida harakat intensivligi bilan uni belgilovchi asosiy omillar (aholining soni va joylanishi, ishlab chiqarish hajmi, ishlab chiqarishning ixtisoslashish va kooperatsiyalashish darajasi va boshqalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar katta o‘zgarishlarga uchramaydi deb faraz qilinadi:
-mazmundor ekstropolyatsiya, bunda kelajakda harakat intensivligida va harakat intensivligi bilan uni belgilovchi omillar o‘rtasidagi aloqalarda muhim o‘zgarishlar yuz beradi deb faraz qilinadi.
Harakat intensivligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar - aholining soni va zichligi, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishining hajmi, yo‘l tarmog‘i bo‘yicha intensivlikning taqsimlanishi, aholi turmush farovonligining o‘sib borishi, aholining harakatlanuvchanligi migratsiya an’analari va boshqalardan iborat.
Uslublarning birinchi guruhidan yo‘l tarmog‘i yetarli darajada rivojlangan va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylashishi bir to‘xtamga kelgan hududlarda harakat intensivligini bashorat qilishda foydalanish mumkin.
Tabiat boyliklari o‘zlashtirilayotgan, industrial baza barpo etilayotgan, yerlarning iqtisodiy o‘zlashtirilishi ketayotgan yangi hududlar uchun ko‘pomilli regressiv modellashtirish uslubi ancha - muncha qulay uslub sanaladi. Mazmundor ekstropolyatsiya uslubi asosan shaharlarda yo‘lovchi transporti harakatini bashorat qilishga tegishlidir.
Yuk va yo‘lovchi tashish transportlarining harakat intensivligini bashorat qilish uchun gravitatsion modellar ishlatilishi mumkin. Ular korrespondensiyalashuvchi punktlarning yo‘lovchi transporti aloqalari bo‘yicha yoki ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan mahsulotlar bo‘yicha o‘zaro bir - birlariga o‘tkazadigan ta’sirlarini baholashga (aniqlashga) asoslangan.
Yo‘lovchi transportining (avtobuslar, shaxsiy foydalanishdagi yengil avtomobillar, taksilar) kelajakdagi harakat intensivligini aniqlash - nihoyatda murakkab va kam o‘rganilgan masala sanaladi. Kutilayotgan harakat intensivligini aniqlashdagi xatoliklar, birinchi navbatda yo‘lovchilar harakati intensivligini chala hisobga olinishi sababli yuz beradi. Umumlashtirib qaraganda yo‘lovchilar harakatlanishi yo‘nalishli va yo‘nalishsiz tashishlar, safarlar (sayohatlar), hamda turistik tashuvlardan tashkil topadi. Agar doimiy yo‘nalishli va turistik tashishlarni mehnat qilish va dam olish joylarining joylashuvi, mayatniksimon migratsiyalar yo‘lovchilar oqimining miqdori va yo‘nalishlari, haqida ma’lumotlar olish imkonini beruvchi iqtisodiy izlanishlarga asoslanib birmuncha yengil aniqlash mumkin bo‘lsa, yo‘nalishsiz va doimiylikka ega bo‘lmagan yo‘lovchilar qatnovlarining (safarlarining) hajmi va yo‘nalishlarini aniqlash masalasi esa murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va transport muammosidan iborat bo‘lib qolaveradi.
Yo‘lovchi tashuvchi yengil avtomobillar sonining o‘sib borishi, insonlar turmush farovonligining ortishi natijasida, aholining harakatlanuvchanligi o‘sib boradi va yo‘lovchi transportining yo‘nalishsiz tashishlari hajmi ortadi. Shu sababli yo‘llardagi yo‘lovchilar harakatlanuvchi hajmini modellashtirish uchun, aholi joylashuvi tizimi, aholining turmush darajasi, shaxsiy foydalanishdagi avtomobillar soni va boshqa o‘zgarishlardagi qonuniyatlarni o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi.
Shunday qilib, texnik - iqtisodiy izlanishlar o‘tkazilishi natijasida, yo‘l tarmog‘ini yoki alohida avtomobil yo‘llarini texnik - iqtisodiy loyihalashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha boshlang‘ich ma’lumotlar tayyorlanadi. Texnik - iqtisodiy ko‘rsatgichlarni variantlarni solishtirish uslubi bilan iqtisodiy loyihalashtirish paytida, avtomobil yo‘llari tarmog‘i joylashtirish, yo‘l qoplamasi konstruksiyasini, tarmoq tarkibidagi alohida yo‘llar qurilishining galma - galligi va bosqichlarining maqsadga muvofiqli asoslab beriladi, kapital mablag‘lar sarfining iqtisodiy samaradorligi hisoblab chiqiladi.
Avtomobil yo‘llari tarmog‘ini optimal rivojlanishining vazifalari:
-hududda konkret davr uchun halq xo‘jaligi va aholining avtomobillarda tashishga bo‘lgan ehtiyojini qondruvchi yo‘llar tarmog‘ini barpo etish;
-uni rivojlanishining optimal ketma – ketligini belgilash, ya’ni yangilarini qurish va tarmoq tarkibida mavjud bo‘lgan yo‘llarni qurilishining resurslar bilan ta’minlanish imkoniyatlariga qarab rekonstruksiyalash ketma – ketligini belgilash.
Yo‘l tarmog‘ini barpo etishda quyidagi masalalar hal qilinadi:
-«Avtoyo‘l» majmui tizimida yo‘l tarmog‘i faoliyat ko‘rsatishining optimalligi mezoni aniqlanadi;
-tashishning son va sifat ko‘rsatkichlarini, yo‘llarda harakat intensivligini, qurilishning ko‘lamini, kapital mablag‘lar hajmini aniqlashni o‘z ichiga oladigan zaruriy va yetarli boshlang‘ich materiallar to‘planadi;
-tarmoq va uning elementlarini yaratishda ratsional uslublar qo‘llaniladi.
Hududning avtomobil yo‘llari tarmog‘i transport – iqtisodiy aloqalarini ta’minlash harakteriga ko‘ra tayanch (magistral yo‘llar, umumdavlat va respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan ) va mahalliy (viloyat ahamiyatiga ega yo‘llar, mahalliy ahamiyatga ega yo‘llar va boshqa mahalliy yo‘llar) turlarga bo‘linadi. Ularning har qaysisi o‘z ijtimoiy – iqtisodiy xususiyatlariga ega bo‘lib, ular yo‘l tarmog‘ining barpo bo‘lishida o‘z akslarini topadilar. Optimallik mezonini asoslab berish, amalda mavjud bo‘lgan avtomobil yo‘llariga kapital mablag‘lar sarfining samaradorligini aniqlash uslublariga tayanadi.
Yuk va yo‘lovchilar oqimi to‘g‘risida zarur bo‘lgan boshlang‘ich ma’lumotlarni olish xuddi avvalgi paragrafda bayon etilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ratsional yo‘l tarmog‘ini qurish uslublari tarmoqning konstruktiv xususiyatlariga baho berish va yo‘l chizmasini tuzishda grafo analitik hamda optimallashtiruvchi (iqtisodiy - matematik) uslublarning qo‘llanilishiga asoslangan.
Avtomobil yo‘llari tarmog‘ining konfiguratsiyasi va uning uzunligini aniqlash, masalaning maqsad yo‘nalishi (yechimning optimallik mezoni), yuk hamda yo‘lovchilar oqimining alohida yo‘llar bo‘yicha taqsimlanish xususiyatlari (transport aloqalari sxemasi) bilan chambarchas bog‘liq.
Hozirgi kunda optimal tarmoqni qurish masalasini yechish yuzasidan ko‘pdan – ko‘p ilmiy – tekshirish ishlari ma’lum. Ularning ba’zilari yo‘l tarmog‘ini va uning alohida elementlarini har xil grafoanalitik uslullarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Bu usullar optimal emas, ammo ular mexanik analoglar asosida grafik tarzda ratsional tutashish burchaklari va yo‘llarning kesishish joylarini topish, magistralning yo‘nalishini aniqlash, yopiq konturli transport aloqalarida avtomobil yo‘llarining tarmoqlanish tugunlarining joylashish o‘rnini topish imkonini beradilar.
Har qanday uslub bilan ham yo‘l tarmog‘ini qurish (tuzish) uchun tarmoqning konfiguratsiyasini aniqlab beruvchi mavjud bo‘lgan yo‘llarning karta – sxemasi, transport aloqalarining hajmlari va sxemalari, yo‘l – transport xarajatlarini va transportdan tashqari yo‘qotishlarni hisoblash uchun zarur bo‘lgan materiallar boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lib xizmat qiladilar.
Avtomobil yo‘llarining chizma ko‘rinishi, unda alohida tugunlarning, uchastkalarning bir – biriga nisbatan joylashish xususiyatlari, ularning hududiy aloqalari tarmoqning topologik morfologiyasini aniqlaydi. Topoligik jihatdan turkumlarga ajratish (klassifikatsiya qilish) tarmoqlarni uch guruhga taqsimlashni ko‘zda tutadi: daraxtsimon (tarmoq tarkibida yopiq konturlar yo‘q), siklik tarmoqlar (tarmoqda yopiq bo‘lmagan konturlar mavjud), uyasimon tarmoqlar (faqat yopiq konturli elementlardan iborat). Bunday tarmoqlarga ajratish (klassifikatsiya qilish) barcha turdagi transportlar uchun har xil ahamiyatga ega bo‘lgan, har xil hududlarning yo‘l tarmoqlarining solishtirish imkonini beradi.
Tarmoqlarining asosiy topologik parametrlar - tugunlar (cho‘qqilar), uchastkalar (zvenolar, bo‘laklar) va ularning uzunliklaridan iborat. Bu parametrlar turli ko‘rinishlarda birgalikda kelib, tarmoqning shaklini uning aloqa darajasini, markaziyligini baholovchi tavsifnomalar va indekslarni tashkil qiladi.
Topologik indekslar tarmoqning muhim ijtimoiy – iqtisodiy tavsifnomasi sanaladi, chunki ular nafaqat yo‘lning uzunligini, balki shaharlar, aholi yashash punklari o‘zaro qanday bog‘langanligini, yo‘lovchi transporti aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun qanday imkoniyatlar mavjud ekanligini ham ko‘rsatadilar. Topologik tavsifnomalar ichida eng muhimi quyidagilar sanaladi: markaziylik darajasi, aloqalashganlik o‘lchami, shakl ko‘rsatkichlari. Markaziylik darajasi topologik masofaning qiymati bilan tavsiflanib (harakterlanib), tarmoqning har qanday cho‘qqisini (aholi yashash punktini) boshqa cho‘qqilardan ajratib turuvchi zvenolar (bo‘laklar)ning maksimal sonini bildiradi. Tarmoqning markaziy o‘rinni eng kam topologik masofaga ega bo‘lgan cho‘qqi egallab turadi.
Aloqalashganlik o‘lchami tarmoqning chizma ko‘rinishini tavsiflaydi.
Tarmoqning topologik tavsifnomalariga baho berish nafaqat hududning avtomobil yo‘llari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash, balki kelajakda tarmoqni rivojlantirish zaruriyatlarini aniqlash uchun ham muhimdir.
Mamlakatning iqtisodiy jahatdan o‘zlashtirilgan hududlarida yo‘l tarmoqlari tashkil topib bo‘lganligi sababli, yo‘l qurilishi rejasini ishlab chiqishda so‘z tarmoqni yangitdan shakllantirish haqida emas, balki uni kelajakda yanada takomillashtirish, ya’ni rivojlanish navbatlari masalalarini hal etish haqida boradi.
Ketma-ketlikni (navbatni) aniqlashning oldiga qo‘ygan maqsadi, kelajakdagi ijtimoiy – iqtisodiy masalalarni hal etishni hisobga olgan holda, mazkur hududda iqtisodiyot va madaniyatning rivojlanish xususiyatlari, uning transport ta’minotini hisobga olgan holda, tarmoq rivojlanishiga kapital mablag‘lar sarfininng eng samarali yo‘nalishlarini tanlash va iqtisodiy jihatdan asoslab berishdir.
Umumiy ko‘rinishda qurilish va mahalliy yo‘llarni rekonstruksiya qilishning navbatliligini hal etish masalasi quyidagi tarzda ifodalanadi:
Halq xo‘jaligi va aholining belgilangan hajmdagi yuklarini avtomobil transporti bilan, yo‘lovchilarni umumfoydalanish va individul (shaxsiy) transporti bilan tashishni amalga oshirish uchun, konkret yo‘nalishlar bo‘yicha yangi avtomobil yo‘llarini ishga tushirishi topshirig‘ini (km) va barcha resurslar bo‘yicha cheklashlarni hisobga olgan holda, avtomobil yo‘llarini qurish yoki rekonstruksiya qilish talab qilinadi.
Bu demak, ma’lum bir davr mobaynida qurilishi va rekonstruksiya qilinishi kerak bo‘lgan ob’ektlarning (avtomobil yo‘llarining)optimal ro‘yxatini tuzib chiqish kerak bo‘ladi.
Bu optimallashtirish masalasi, taqsimlanish masalalari deb ataluvchi masalalar turiga kiradi. Uni hal etish o‘z tarkibiga quyidagilarni oluvchi iqtisodiy – matematik modellashtirish asosida amalga oshirilishi mumkin:
-boshlang‘ich ma’lumotlar va masalaga qo‘yiladigan cheklanishlarining ro‘yxatini tuzish; o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni tavsiflab chiqish va belgilab olish;
-optimallik mezonini aniqlash.
Yechim optmalligining mezoni sifatida tarmoq rivojlanishi natijasida avtomobil transportida, hamda avtomobil transporti xizmatidan foydalanuvchi boshqa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida va ijtimoiy sohada olinadigan maksimal halq xo‘jaligi samarasi qabul qilinadi. Shu bilan birga ijtimoiy sohada erishiladigan samara turli uslublar bilan aniqlanishi mumkin: aholiga xizmat ko‘rsatish sohasidagi tashkilotlar va korxonalarning pul xarajatlari va yo‘qotishlarini to‘g‘ridan – to‘g‘ri hisoblab chiqish asosida, ijtimoiy natijalarni ballar bilan baholash asosida, avtomobil transportida va moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida samara qiymatiga qo‘llaniladigan oshiruvchi to‘g‘rilash koeffitsientlarni hisoblab chiqish yo‘li bilan (asosida). Bu koeffiient, konkret hududda yo‘l qurishning maqsadga muvofiqligini aniqlovchi turli ijtimoiy omillar ta’sirini modellashtirish yo‘li bilan hisoblab chiqiladi.
Maksimal samara olish – bunday mezonning tanlanish shu bilan aniqlanadiki, yo‘l tarmog‘i hudud infratuzilmasining elementi sanaladi, infratuzilma tarmoqlarida esa kapital mablag‘lar sarfining samaradorligi, birinchi navbatda, ularning xizmatidan foydalanuvchi tarmoqlarda ko‘zga tashlanadi.
Mazkur masala optimallashtirish masalasi sifatida iqtisodiy – matematik uslublardan foydalanib hal etilishi mumkin.
Nazorat uchun savollar
Avtomobil yo‘llari qurilishini variantli loyihalashtirishning mohiyati nima?
Avtomobil yo‘llari qurilishining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini qanday ko‘rsatkichlar asoslab beradi?
Hududda avtomobil yo‘llari tarmog‘ini bunyod etishning loyihalash oldi bosqichining asosiy hujjatlarini ayting?
Avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilishning bosh va hududiy sxemalari qanday maqsadda ishlab chiqiladi?
Avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilishni loyihalashtirishda texnik-iqtisodiy asoslashning mazmuni va tarkibini aytib bering?
Avtomobil yo‘llari sohasida texnik – iqtisodiy izlanish ishlarining bosqichlarini sanab o‘ting va tarkibini aytib bering?
Texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish jarayonida loyihalashtirilayotgan yo‘lning texnik kategoriyasi qanday aniqlanadi?
Yo‘l xo‘jaligi ob’ektlari qurilishning iqtisodiy jahatdan maqsadga muvofiqligining mezoni nima?
Texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqishda kanday texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlar tasdiqlanishi lozim?
|
| |