• 11 MAVZU. YO’L QURILISH KORXONALARI MODDIY TEXNIK BAZASINI RIVOJLANTIRISH Reja
  • 1-mavzu yo‘l xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati reja




    Download 4,89 Mb.
    bet25/30
    Sana07.12.2023
    Hajmi4,89 Mb.
    #113510
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
    Bog'liq
    30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 2

    Nazorat uchun savollar

    1. Korxona moliyasi nima?

    2. Korxonaning moliyaviy resurslarini ishlatishning qanday yo‘nalishlari mavjud?

    3. Moliyaviy resrs nima?

    4. Korxona daromad, xarajat, foydasi nima?

    5. Moliya va iqtisodning farqi nimada?


    11 MAVZU. YO’L QURILISH KORXONALARI MODDIY TEXNIK BAZASINI RIVOJLANTIRISH
    Reja:
    1. Yo‘l qurilishining ishlab chiqarish bazasi.
    2. Moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish.
    3. Avtomobil transporti ishini tashkil etish.
    Asosiy ob’ektni (avtomobil yo‘lini) barpo etish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari o‘z kuchlari bilan yoki boshqa manbaalardan sotib olib, yo‘l-qurilish materiallarini etarli darajada tayyorlash va tashib keltirish ta’minlangandagina muvofaqiyatli bo‘ladi.
    Bunday ta’minlanishning poydevori qurilishga tashkiliy-texnikaviy tayyorgarchilik ko‘rish paytidayoq yaratila boshlaydi . Ammo keyinchalik qurilish davrida xam moddiy-texnika ta’minotini tashkil qilish, transportni boshqarish, materiallar, buyumlar va yarim fabrikatlarni tayyorlash, mexanizasiya vositalarining texnik tayyorgarligini ta’minlash bo‘yicha qator tadbirlar va ishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi.
    Qurilishning ishlab-chiqarish bazasini yaratish va uning rejali tarzda ishlab turishini tashkil etish muxim axamiyatga ega.
    Avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari, qurilishni kerak bo‘ladigan qurilish materiallari, yarimfabrikatlar, mashinalar, energiya, suv va hokazolar bilan ta’minlovchi ishlab chiqarish bazasi mavjud bo‘lgandagina normal amalga oshishi mumkin.
    Ishlab chiqarish bazasi xar xil vazifalarni bajaruvchi korxonalar kompleksidan iborat. Odatda bu korxonalarni ikki guruxga bo‘linadi.
    Ishlab chiqarish korxonalari bevosita qurilish jarayonida ishtirok etadilar va qurilishni materiallar, yarim fabrikatlar va tayyor buyumlar bilan ta’minlaydilar. Ular qatoriga asfalt va beton zavodlari, yog‘ochni qayta ishlovchi bazalar va boshqalar kiradi.
    Yordamchi korxonalar bevosita qurilish ob’ektlaridagi va ishlab chiqarish korxonalaridagi texnologik jarayonlarning to‘xtovsizligini ta’minlashga xizmat qiladilar. Ular qatoriga ta’mirlash ustaxonalari, qurilish va transport mashinalarining narxlari (turish joylari-stoyanka), materiallar, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar, tayyor detallarning omborlari, xamda qurilishni elektroenergiya, par, qisilgan xavo bilan ta’minlovchi korxonalar kiradi.
    Qurilishni tashkil etishning umumiy sxemasida bir qarashda yordamchi korxonalar ikkinchi darajali o‘rinda turadilar. Ammo bu korxonalarning ishi aniq va mufassal o‘lga qoyilmas ekan zamonaviy qurilish jarayonida mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan ishlarning bajarilishini ta’minlash mumkin emas. Masalan, elektro-energiyaning yoyilib qolishi asfalt-beton zavodining toxtab qolishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida asfalt tashuvchi avtomobillarning, ob’ektdagi asfalt o‘tkazuvchi mashinalarning va katoklarning to‘xtab turishiga sabab bo‘ladi. bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Shu sababli qurilish ishlab chiqarish bazasining barcha uskunalarini tayyorlash va doimo texnik sozligini ta’minlash avtomobil yo‘llari qurilishining tashkilotchilari va raxbarlarining eng muxim vazifalaridir.
    Qurilishning ishlab chiqarish bazasi doimiy va vaqtinchalik turlarda bo‘ladi. 2-3 yil muddat davomida xizmat qiladigan vaqtinchalik bazalar odatda bitta aloxida yo‘l qurilishi ehtiyojlari uchun tashkil qilinadi.
    Yo‘l qurilishi bitgandan keyin vaqtinchalik baza korxonalari o‘z faoliyatlarini to‘xtatadilar.
    Ularni demontaj qilinib, boshqa ob’ektlarga ko‘chirib olib ketiladi. Bir erda turib ishlash muddati qisqa bo‘lganligi sababli vaqtinchalik bazalarning uskunalari yengil (tez) montaj va demontaj qilinadigan uskunalardan tanlanadi.
    Doimiy bazalar bir joyda uzoq vaqt ishlatishga mo‘ljallangan bo‘ladi. ular hududiy yo‘l-qurilish tashkilotlariga xizmat ko‘rsatadilar. Ularni jihozlash uchun yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan kapital uskunalar tanlanadi.
    Doimiy bazalarning korxonalarida tayyorlangan maxsulotlarning narxi vaqtinchalik turdagi korxonalarnikiga nisbatan past, sifati esa yuqori bo‘ladi. shu bilan bir qatorda maxsulotni qurilish ob’ektlariga etkazish masofasi ko‘pincha yuqori bo‘ladi. Maxsulotning pirovad (yakuniy) qiymati (1m3 sheben, 1 tonna asfalt-beton massasi va hokazo), franko-joydan foydalanish xar bir xususiy xolda anchagina miqdorlarda tebranishi (xar xil bo‘lishligi) mumkin.
    Barcha ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarish xarakteriga ko‘ra ikki guruxga bo‘linadilar:

    • (chiqaruvchi) kavlab oluvchi korxonalar, ularning joylashuvchi, foydali qazilmalar qatlamlarining qaerda joylashganligi bilan aniqlanadi. Ularning o‘rnini o‘zgartirib bo‘lmaydi, faqat joylashuvi va ishlab chiqarish sharoitiga qarab qulayroq bo‘lganini tanlashgina mumkin;

    • qayta ishlovchi (tayyorlovchi) korxonalar, ularning joylashuvi tabiiy shart-sharoitlarga bog‘liq emas (garchi qisman bo‘lsa xam ularga bog‘liq) va qurilishni umumiy tashkillashtirish manfaatlariga qarab o‘zgarishi mumkin. Bunday korxonalarga asfalt va sementbeton zavodlari, sheben zavodlari, bitum bazalari va boshqalar kiradi.

    Qurilishning karer xo‘jaligini tashkil etishni loyxalashtirishda, birinchi navbatda xar bitta foydali qazilma konini ishga tushurishni texnikaviy va iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiqligi tekshirib chiqiladi. Quyidagi shartlar bajariladigan bo‘lsa karerda qazib olish ishlarini olib borish texnikaviy jixatdan maqsadga muvofiq deb sanaladi:

    • kavlab olinadigan material texnik talablarga javob berishi kerak;

    • kavlab olish unchalik murakkab bo‘lmasligi-suvni qochirish sharoitlari yaxshi bo‘lib, katta maydon er bo‘lmasligi kerak;

    • tashib chiqishga qulay yo‘llar mavjud o‘ziga osonlik bilan yo‘l ochish imkoniyatlari bo‘lishi kerak.

    Sifati talab darajasidagi tosh materiallari koni bo‘lgan xududlarda mahalliy trassaga yaqin bo‘lgan karerlardan foydalanish mo‘ljallanadi. Mahalliy tosh materiallari bo‘lmagan xududlarda, ularni yirik sanoat karerlaridan temir yo‘l yoki suv yo‘llari orqali keltiriladi.
    Sanoat karerlari odatda yuqori quvvatga ega bo‘lgan stasionar uskunalar bilan jihozlangan bo‘ladi va ularning maxsulotlari tannarxi, trassa yaqinidagi karerlardan olinadigan maxsulot tannarxidan arzon. Shu bilan birga ularning ob’ektlardan ancha uzoqda ekanligi tashib kelish va qayta ortib-tushurishlar xisobiga qimmatlashishga sabab bo‘ladi. Shu sababli, sifati talabga javob beradigan tosh materiallari koni bo‘lgan xududlarda, odatda mahalliy trassaga yaqin bo‘lgan karerlardan foydalanishni afzal ko‘riladi.
    Bu karerlar bevosita yo‘l-qurilish tashkilotlari tomonidan ishlanadi. Kavlash davrlari va kavlab olinadigan maxsulotlar xajmi to‘ligicha qurilayotgan yo‘lning ehtiyojlariga qarab aniqlanadi. Trassaga yaqin bo‘lgan karerlarning tasarruf muddatlari qisqa bo‘lganligi sababli, ularni ishlatishga maxsus mexanizatsiyalashgan ko‘chma mashina-karer otryadlarining tuzilishi maqsadga muvofiq bo‘lib, ular yo‘ldagi qurilish-montaj ishlari grafigi bilan moslashtirilgan grafik asosida bir karerdan boshqa karerga navbatma-navbat ko‘chib boraveradilar.
    Yo‘l yaqinidagi karerlarning axamiyati juda katta. Xozirgi vaqtda yo‘l qurilishi uchun 50% dan ortiq tosh materiallar trassa yaqinidagi karerlardan kavlab olinadi.
    Qurilish bo‘ladigan xududda qayta ishlovchi (tayyorlovchi) ishlab-chiqarish korxonalarini konkret mahalliy sharoitlarni xisobga olgan xolda va quyidagi ikki talabga asoslanib joylashtiriladi:

    • ishlatilish joyida maxsulot birligining qiymati eng kam (arzon) bo‘lishi kerak;

    • maxsulotni eng uzoq ishlatilish joyigacha etkazib olib borilish vaqti, mazkur maxsulotni tayyorlanishi bilan ishlatilishi ortasidagi davr texnologik talablar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan vaqtdan ortiq bo‘lmasligi kerak.

    Xom ashyo materiallarning olib kelinish sxemasiga bogliq ravishda, zavod va bazani yaqin ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirishning eng xarakterli bo‘lgan uchta variantga ajratish mumkin:

    1. Temir yo‘l stansiyalari yaqinida. Bunday joylashuv barcha materiallar kon qismi (sheben, qum, bitum, sement) temir yo‘l orqali etkazib beriladigan xollarda iqtisodiy jixatdan foydalidir. Suv yo‘llarida joylashgan korxonalar xam xuddi shunday sharoitda bo‘ladilar. Eng muxim farq qish davrida kon regionlarda navigasiyaning to‘xtatilishi sababli olib kelinadigan materiallarni mavsumiy tarzda etkazib berilishida bo‘ladi.

    2. Maukur korxonada ishlatiladigan yo‘l-qurilish materiallarining karerlarni yaqinida. Karer materiallari tashilish masofasining qisqaligi eng unumli va tejamli bo‘lgan transport turlari: transportlar, lotoklar, osma kanat yo‘llar va boshqalardan foydalanish imkonini beradi. Boshqa ta’minlovchi manbaalardan materiallar avtomobillarda tashib kelinadi.

    3. Bevosita qurilayotgan yo‘l yaqinida. Korxonalarning bunday joylashuvi barcha xomashyo bilan ularning birortasiga xam aniq bir ustivorlik berib bo‘lmaydigan xolatlarda qo‘llaniladi.

    Zavod tipidagi ishlab chiqarish korxonalarining trassaoldi va kareroldi variantlari ko‘rinishida joylashuvining kamchiligi shundaki, temir yo‘l suv yo‘llari yaqinida olib kelinayotgan sanoat materiallarini (sement, bitum, mineral kukun va boshqalar) qabul qilish uchun yuklash-tushurish va saqlash bazalari barpo etish kerak bo‘ladi.
    Zavod tipidagi korxonalarning joylashish o‘rnini tanlashda mahalliy energiya, suv manbaalaridan foydalanish, korxonaning ta’minlovchi stansiyalar, karerlar, axoli yashash punktlari va boshqalar bilan boglanish imkoniyatlarini xam xisoblashish va ta’minlash zonalarining birnechta variantlari ko‘rib chiqilib, ularning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini taqqoslash yo‘li bilan eng optimal bo‘lgani tanlab olinadi.
    Ta’minlash zonasi deyilganda qurilishi maukur korxonaning (zavod, baza o‘ki karerning) maxsulotlari bilan ta’minlanadigan yo‘l uchastkalari tushuniladi.
    Ta’minlash zonalarini ajratuvchi chegaradagi ikkita yondosh korxonalar tomonidan chiqarilayotgan bir xil turdagi maxsulotlarning qiymatlari teng bo‘lishi kerak.
    Ishlab chiqarish korxonalarining unumdorligi bevosita yo‘ldagi qurilish oqimining tezligi bilan, ishlar oqim usulida tashkil etilmagan xolatlarda esa qurilish-montaj ishlarining korxona maxsulotiga bo‘lgan sutkalik (smenalik) extiyoji bilan moslangan (kelishtirilgan) bo‘lishi kerak.
    Avtomobil yo‘llari qurishni tashkil etish amaliyotida ikkita bir-biridan prinsipial farq qiluvchi ikki xolat eng tez-tez uchraydi:

    1. Korxonaning unumdorligi yo‘ldagi qurilish oqimining tezligi bilan aniqlanadi. Odatda, bunday xolat ma’lum bir yo‘l ob’ektiga xizmat ko‘rsatish uchun yangi ishlab chiqarish korxonasi yaaratilayotganda uchraydi.

    2. Yo‘ldagi qurilish oqimining tezligi (demak, qurilishning boshlanish va tugash muddatlari) korxonaning unumdorligi va uning maxsulotini ishlatilish joyigacha etkazib berish bo‘yicha transportning imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Odatda bunday bog‘liklik, amalda mavjud bo‘lgan korxonalardan foydalanilganda yoki yangi qurilayotgan korxonalar uchun uskunalar etkazib berilishida cheklanishlarlar mavjud bo‘lganda xamda transport yetishmovchiligi xolatlarida uchraydi.

    Korxonaning ishlab chiqarish unumdorligini aniqlashda chiqariladigan maxsulotning texnologik tavsifnomasini xisobga olish zarur. Tayyorlanishi va ishlatilishi o‘rtasida texnologiya bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan vaqt miqdoriga ko‘ra xamma maxsulotlarni ikki guruxga ajratish mumkin:
    Birinchi guruxga ishlatilishidan avval uzoq vaqt davomida sifati buzilmaydigan omborxonalarda saqlanishi mumkin bo‘lgan maxsulotlar kiradi. Bu guruxga sheben, shagal, qum, sovuq, qora sheben, sovuq asfaltobeton, yig‘ma qoplamalarning plitalari, bino va inshootlarning detallari va boshqalar kiradi. Sovuq qora sheben va sovuq asfaltobeton 4-8 oygacha saqlanishi mumkin, boshqa materiallar uchun-muddat chegaralanmagan.
    Ikkinchi guruxga yaroqlilik muddati juda qisqa bo‘lgan maxsulotlar kiritiladi. Masalan, xar xil sementebeton va issiq asfaltobeton qorishmalari tayyorlangandan song 1-2 soat ichida ishlatilishi kerak. Emulsiyalar va iliq asfaltobeton qorishmalar bir necha soat saqlanishi mumkin.
    Ishlab chiqarish korxonalari ishlarini rejalashtirishda tayyorlanadigan maxsulotning yaroqlilik muddati xisobga olinishi kerak. Birinchi guruxga mansub bo‘lgan maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar yo‘lda qurilish-montaj ishlari boshlanishidan birnecha oy burun ularni chiqara boshlashlari va uni keyinchalik tezlikbilan ishlatilishi uchun omborxonalarida to‘plab borishlari mumkin. Ikkinchi gurux maxsulotlarini (yaroqlilik muddati qisqa) qurilish-montaj uchastkalaridagi iste’mol bilan bir xil maromda (tempda) tayyorlash kerak. Bu maxsulotlarni ishlatilish joylariga juda qisqa muddatlarda etkazib berish kerak.
    Bevosita yo‘lda va ishlab chiqarish korxonalarida mexanizatsiyalashgan ishlarning muvaffaqiyatli bajarilishi ko‘p jixatdan qurilish va transport mashinalarining texnik xolatiga bog‘liq. Qurilish vaqtida mexanizasiya va transport vositalari o‘zaro bir-birlari bilan transport jarayoni orqali boglanganlar. Biror-bir mashinaning texnik nosozlik tufayli to‘xtashi uchun texnologik siklning kechikishiga yoki to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun qurilishga tashkiliy-texnikaviy xizmat ko‘rsatish tarkibiga mashina va transportlarning texnik jixatdan sozligini ta’minlash xam kiradi. Bu maqsadda mashinalarga texnikaviy xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tashkil etiladi.
    Texnikaviy xizmat ko‘rsatish deb, detallar va birikmalarning xizmat muddatidan avval va me’yordan ortiq eyilishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar kompleksiga aytiladi. Texnikaviy xizmat smenalararo va davriy turlarga ajratiladi.
    Smenalar aro xizmat ko‘rsatish mashinalarga yonilg‘i va suv quyish, moylash (agar buncha zarurat bo‘lsa), mashinaning ishchi organlarini, yurish qismini, boshqarish va tormozlash tizimini, yoritish tizimini nazorat qilib ko‘rib chiqish va texnik sozligini aniqlash va boshqa ishlardan iborat.
    Davriy texnik xizmat ko‘rsatishda mashinalar chang va loydan tozalanadi (yuviladi), barcha birikmalarning ishonchliligi, tugunlarning (uzellarning), agregatlarning, detallar va priborlarning ishonchliligi tekshiriladi, dvigatel va ishchi organlarni sozlash ishlari bajariladi.
    Texnik xizmat ko‘rsatish paytida mashinani qarab chiqish vaqtida aniqlangan mayda nosozliklar bartaraf qilinadi.
    Yo‘l-qurilish mashinalarini ta’mirlash, bajariladigan ishlarning xajmi va murakkabligiga qarab ikki turga ajratiladi: joriy va to‘liq ta’mirlash. Joriy ta’mirlashda mashinalar qisman bo‘laklarga ajratilib, aloxida agregatlar, uzellar va detallar (baza detallari bundan mustasno) almashtiriladi, bequsur ishlashga xalaqit berayotgan nosozliklar yo‘qotiladi.
    To‘liq ta’mirlashda mashinalar butunlay qismlarga ajratilib, eyilgan uzellar va agregatlar almashtiriladi yoki ta’mirlanadi, birikmalarning boshlangich xolatlari tiklanadi va mashina qaytadan yig‘iladi va sozlanadi.
    Ta’mirlanayotgan mashinalarning turib qolishlarini kamaytirish (qisqartirish) maqsadida ta’mirlashning agregat-uzel uslubini qo‘llash kerak, uning moxiyati shundaki, ta’mirlanishi kerak bo‘lgan uzellar va agregatlar mashinalardan echilib yangisi yoki avvaldan ta’mirlab qo‘yilganlari bilan almashtiriladi. Bu uslub qurilish mavsumli davrida mashinalarni bevosita ishlash joylarida ta’mirlashda ayniqsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Joriy va to‘liq ta’mirlashlar, xuddi davriy texnik xizmat ko‘rsatishlar kabi, avvaldan rejalashtiriladi. Ta’mirlashlar o‘rtasidagi muddatlar mashinaning rusumi va turiga qarab me’yorlanadi. Texnik xizmat ko‘rsatishlar nixoyatda puxtalik bilan o‘tkazilsa, ta’mirlashlar o‘rtasidagi muddat uzaytirilishi mumkin.
    Mashinalar parkini tasarruf etishning yillik, kvartallik va oylik rejalarida xar bir mashina bo‘yicha aloxida-aloxida texnik xizmat ko‘rsatilish turlari va ta’mirlashlarning o‘tkazilish muddatlari qo‘rsatilishi kerak. Mashinalarni davriy xizmat ko‘rsatish uchun va ayniqsa ta’mirlash uchun to‘xtatish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish grafiklarida xisobga olinishi kerak. Yangi qurilish davri mobaynida mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini ikki-uch smenada tashkil etish xisobiga ularning turib qolishlarini qisqartirishga erishish kerak. Ammo xech qachon ularning xajmi va sifatining pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Uzoq vaqt turib qolish bilan aloqador bo‘lgan, mashinalarni to‘liq ta’mirlashni, iloji boricha qish davriga qoldirish kerak.
    Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning oldini oluvchi-reja tizimi mashinalarning eyilish oqibatida (asta-sekin) birdan to‘xtab qolishlarni qisqartiradi. Ammo ishlarni bajarish amaliyotida to‘satdan ishdan chiqish xolatlari yuz berib turadi (sinishlar), shuning uchun yo‘l tashkilotlari ko‘chib yuruvchi ta’mirlash ustaxonalariga ega bo‘lishlari uarur. Odatda texnikaviy xizmat ko‘rsatish vata’mirlash bo‘yicha barcha ishlar kompleksini bajaruvchi statsionar turdagi bitta markaziy ta’mirlash bazasini va birnechta ta’mirlash poyezdlari xamda ko‘chib yuruvchi ta’mirlash ustaxonalarini tuzish maqsadga muvofiq.
    Markaziy ta’mirlash bazasi qurilishning markaz qismida mexanizatsiyalashgan ishlar xajmi eng ko‘p bo‘lgan joylarda joylashtiriladi. Amalda mavjud bo‘lgan elektr energiyasi, issiqlik energiyasi manbaalari va suv otkazgichlardan foydalanilgani ma’qul.
    Markaziy ta’mirlash bazalari yil bo‘yi beto‘xtov ishlab turadilar. Yangi qurilish mavsumi paytida ularning tarkibidan, joriy va avariyaviy ta’mirlashlarni bevosita qurilish maydonlarida amalga oshirish uchun kerakli uskunalar bilan (jihozlangan) ta’minlangan, ko‘chib yuruvchi ta’mirlash poezdlari ajratiladi. Eng oddiy xolatlarda esa bu maqsad uchun bitta ko‘chma ustaxonalar mexanizatsiyalashgan bo‘limlar bilan birgalikda (xarakatlanadilar) ko‘chib yuradilar.

    Download 4,89 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




    Download 4,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu yo‘l xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati reja

    Download 4,89 Mb.