|
Til va adabiyot o'qituvchilariga qo‘yiladigan yangi taiablar
|
bet | 13/133 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #134002 |
Bog'liq Ўзбек тили ва адабиети таълимида ахборот технологиялари Word varianti2.4. Til va adabiyot o'qituvchilariga qo‘yiladigan yangi taiablar
Til va adabiyot fani o'qituvchisi, avvalo, u yoki bu mavzuni, bo‘limni o'qitish metodikasini ishlab chiqishi, so‘ngra ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalarining o'rni hamda ahamiyatini belgilab olishi taqozo qilinadi.
Zamonaviy ta’lim jarayonida, shu jumladan o‘rta maktabda, o'qitish natijalarning samarasi foydalanilgan vositalarga bog'liqdir, an’anaviy vositalar (doska, bo‘r, darslik, ko'rgazma, texnik audio- vizual va b.) qatoriga yangi vosita (anketa, test, tayanch sxema va bloklar, multimedia vositalari, videoproektorlar, interaktiv doskalarjlar kelib qo'shildi. Zamonaviy til va adabiyot o'qituvchisi esa o'z mutaxassisligini yetarli darajada egallagan bo'lishi bilan birga zamon va ta’lim jarayoni talablariga javob bera olishi zarur. Ya’m zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalana olishi, axborot texnologiyalarini qo'llay olfthi, yaratilgan elektron ta’lim resurslarini foydalana olishi, shuningdek, o'zi mustaqil ravishda elektron resurslar: fan xususiyatlarini aks ettira oladigan sifatli taqdimotlar, o'rgatuvchi multimcdiali vositalar, elektron testlar yarata olishi zarur.
Odatda o'rgatuvchi multimediali dasturiy vositalar yaratish bilan kompyuter dasturchilari shug'ullanadilar. Ammo bu dasturchilar o'zlari yaratayotgan mahsulot sifati bo'yicha yetarli bilimga ega bo‘lsalar-da, ko'p hollarda o'qitish metodikasini yetarlicha o'zlashtirmagan bo'lishlari mumkin. Bu esa o'rgatuvchi dasturiy vositaning metodik talablarga to'liq javob berishini ta’minlay ohnaydi. Shu sababdan fan o'qituvchilarining dasturiy multimedia mahsulotlarini yarata olish malakasini shakllantirish alohida ahamiyatga ega bo'lmoqda. Bo'lg'usi mutaxassis nafaqat ko'plab dasturlash tillarini, balki o'rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturlar yaratishning metodik tamoyillari bo'yicha bilimlarni cgallashi lozim. Bu esa ko'p bosqichli tayyorgarlikni taqozo qiladi:
informatikaning umumiy asoslari;
grafika bilan ishlash;
ovoz bilan ishlash;
integratsiyalashgan muhitda ishlash;
o'rgatuvchi dasturlami yaratish metodikasini egallash.
Bu bosqichlar o‘zida multimediali o'rgatuvchi dasturlar yaratish ko'nikmasini shakllantirishda muhim hisoblanadi. Biror bosqichni o'zlashtiimaslik o'rgatish jarayonini to'liq bo'lishini ta’minlay olmaydi. Agarda biror bosqich bo‘yicha bo'lg'usi o'qituvchida bilimlar avvaldan mavjud bo‘lsa, unda malakasini oshirish bo'yicha qo'shimcha imkoniyat paydo bo'ladi. Ushbu tayyorgarlikning dastlabki bosqichi informatika fanini o'rganish bilan bog'liq bo‘lib, informalikaning umumiy asoslarini o'rganish ommabop dasturlar bilan tanishishni ta’minlaydi.
Boshlang‘ich bosqichda albatta MS Windows qobig'i va MS Office dasturiy paketi o‘rganilishi lozim. Bu dasturlami o'zlashtirish zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning dastlabki ko'nikmalarini shakllantiradi. Bunda grafik qobiqlar bilan ishlash konikmasining shakllanishi oddiy va tushunarli dasturlar kompyuter texnologiyalarining amaliy metodiarini o'rganishni dastlabki bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi. MS Office komponentlari ina’lum ma’noda universal sanalgani uchun bo'lg'usi o'qituvchining axborot texnologiyalarini o'zlashtirishida m.ustahkam asos bo'ladi.
Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi - grafika dasturlari bilan ishlashga 0‘rganishdan iborat. Bu bosqich grafikaning turlariga mos ravishda bir qancha kichik bosqichlarga boTinadi:
rastrli;
vektorli;
uch o'lchamli;
animatsiyali.
O'rganish ketma-ketligi juda muhim emas, ammo animatsiya asoslari bilan tanishishni statik grafikaning barcha turlarini o'zlashtirgandan keyin amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Birinchi bosqichdagi kabi grafikani o'rganishni eng ommaviy dasturlardan boshlash kerak. Adobe PhotoShop rastrli grafika dasturlari orasida keng ommalashgan bo'lib, bu dasturda rastrli rasmlar bilan ishlashmng samaraii metodlan mujassainlashgan. Bundan tashqari, mazkur dastuming oxirgi versiyalari vektorli jarayonlaming ma’lum bir imkoniyatlariga ega. Agarda boshlang'ich ko‘nikmalar zarunyati bo'lsa, u holda Windows va Officening standart dasturiari MS Paint va MS Photo Editordan foydalanish mumkin. Bu ikki dastur ma’lum bir doirada PhotoShopning imkoniyatlari va metodlanni takrorlaydi. Rastrli grafika vositalarini o‘rganishda urg‘uni yangi tasvirlami yaratishga emas, balki tayyor tasvirlarni tahrirlashga qaratmoq darkor. Chunki til o'qituvchisi o‘rgatuvchi dasturlami yaratishda rassom sifatida emas, balki tahrirchi, korrektor sifatida kasbiy faoliyat oiib boradi. Rastrli dasturlar birinchi navbatda skaner yordamida olingan yoki Intemetdan olingan tasvirlami tahrirlashda yordam beradi. Ommaviyligi jihatdan Corel Draw dasturi ham keng tarqalgan. Adobe firmasining yanada sodda dasturlaridan bin Illustrator sanaladi. Bu ikki dastur vektor grafikasining keng imkoniyatii vositasini tashkil qiladi. Vektorli dasturlar lurli grafiklarni va chizmalarni yaratish, tahrirlash uchun samarali vositalardir.
Uch o‘lchamli grafika umiimiy dastuming majburiy qismiga kirishi shart emas, chunki u faqat real obyektlami modellashtirishda ishlatiladi Ammo 3Dni$ o'rganishni aniq va tabiiy fanlar yo'nalishlari bo'yicha o'qituvchilar tayyorlash ta'lim mazmuniga kiritishni tavsiya etish mumkin. Eng ko‘p tarqalgan uch o‘lchamli redaktorlar sifatida 3D Studio Max va Mayalarni qarash mumkin.
Ular uncha murakkab bo'lmagan interfcysga ega. Rastrli va vektorli grafika bilan ishlash bilimlariga ega bo‘lib, uch o‘lchamli grafikada ishlash ko‘nikmasini tezda o'zlashtirish mumkin.
Animatsiyali grafikani yaratishni bir-biriga yaqin interfeysga ega yuqorida keltirilgan dasturlarda amalga oshirish imkoniyati mavjud. Ular asosan grafika turlari bilan farqlanadi: rastrli grafika uchun Adobe ImageReady, vektorli grafika uchun - Corel R.A.V.E., uch o'lchamli grafika uchun esa - 3D Studio Max o'rinlidir.
Navbatdagi bosqichda ovoz bilan ishlash mctodlari o‘rganiladi. Bu yerda ovozlami yozish, tahrirlash va qayta yaratish masalalari muhim hisoblanadi. Bu masalalarni Sound Forge dasturi yordamida hal etish mumkin. Bu dastur ovozni yozish, fayllarni asosiy ovoz formatlariga o’tkazishm amalga oshiradi. Undan tashqari, mazkur dastur yordamida ovozlami tahrirlash, ovozga maxsus effcktlarni qo‘shish imkoniyatlari ham mavjud. Ovozlami eshitish uchun ommabop bo'lgan Winamp dastundan foydalanish mumkin. Ammo multimedia mahsulotlarida ovoz namoyish etiladigan dastur bilan
integrallashgan bo‘lib, eshitish uchun maxsus vositalami talab c (may di.
Grafika yaratish va ovoz bilan ishlash bilimiga hamda metodlariga ega muiaxassis keyingi navbalda multimedia mahsulotlarini namoyish etish va yaratish vositaiarini o‘rganadi. Bunga birinchi navbatda HTML dasturlash, ya’ni WYSIWYG dasturlari guruhiga mansub MS Word, MS FrontPage, Macromedia Dreamweaver bilan ishlash, MS PowerPointda namoyishlar tayyorlash kiradi
Shuningdsk, murakkabroq bo'lgan multimediali interaktiv namoyish yaratish dastun bo‘lgan Macromedia Flash, grafika va ovozni qayta ishlash, shuningdek, animatsiya yaratish dasturi bo'lgan Adobe AfterEffect va boshqa dasturlami tavsiya etish mumkin. Bu bosqichda talaba o'zi o'rgatuvchi multimedia ilovalarini yaratishni bilishi zarur.
Metodik bosqich bo'lg‘usi mutaxassisga «Qanday va qaysi vositalar bilan o‘quv materiallarini o‘quvchiga yetkazish kerak?» degan savolga javob berishi zarur. Bu bosqichda ular o‘zlarining grafika bo'yicha bilimlari asosida va kompyuteming audio iinkoniyatlarini bilgan holda, qaysi vaziyatlarda axborotlami qanday uzalish maqsadga muvofiqligini aniq bilishlari shart.
|
| |