19
II BOB. UYG’ONISH DAVRIDA ILK O’QITISH METODLARI
2.1. Sharq Renessansi Tasviriy san’atda
Sharq Uyg'onishi, Sharq Renessansi xaqida gap
ketganda turli soxa olimlari,
tarixchilar, adabiyotshunoslar, madaniyatshunoslar va san'atshunoslar bu masalaga
befarq bo'lmaganlaridek, qarashlar xam asosan ikkiga bo'linadi. Uyg'onish atamasi
(italyancha-fransuzcha-Renaissans-Uyg'onish)
ni
dastavval
shu
madaniyat
soxiblari-italyan gumanistlari ishlatganlar jumladan italiyalik yozuvchi J.
Bakachcho bu atamani Djotto ijodiga qarata, «u antik san'atni uyg'otdi» deb
birinchi bor ishlatgan edi. Butun bir davrni anglatuvchi tushuncha sifatida san'at
tarixchisi J. Vazari (1511-1574 y.) tarafidan uning «Mashxur san'atkorlar
xayotidan lavxalar» kitobida (1550) tilga olingan. Bu tushuncha birinchi paytda
antik madaniyat an'analarini Italiyada «ming yillik yovvoyilikdan so'ng»
tiklanishini anglatib, so'ngroq ilmiy tadqiqotlarda keng ishlatila boshlandi. YA.
Burxart Uyg'onish (Renessans) ni aloxida tipdagi madaniyat deb baxoladi.
Masalaga
qiziqish ortib, ilmiy izlanishlar ko'paya borgani sayin Uyg'onish
tushunchasi, bu davr madaniyatining xronologik va geografik chegaralari, uni
davrlashtirish xususida ziddiyatli, turlicha fikrlar bildirila boshlandi. Y. Xeyzing
o'zining «o'rta asrchilikning kuz fasli» asarida Uyg'onish davri-o'rta asr
madaniyatining
intixo davri deb xisoblasa, boshqa olimlar Uyg'onish davri yangi
davr madaniyatining boshlanishi deb sanaydilar. Ko'pchilik olimlar Yevropa
Uyg'onish klassik tarzda davrlashtirib u XIV-XVI
asrlarga xos deb bilsalar,
boshqalar Uyg'onish madaniyatini bir muncha ilgariroq XII asr – Karolinglar
Renessansidan boshlab, Ispaniya, Italiya shimolidagi mamlakatlardagi (Shimoliy
Uyg'onish) Uyg'onishni XVII asr bilan yakunlaydilar. 1950 yillarning o'rtalaridan
e'tiboran «Sharq» Uyg'onish davri masalasida jiddiy munozara baxs ketdi.
Xitoy
madaniyati tarixi taxlilida akademik N. Konrad Uyg'onish davrini qadimgi, o'rta
asrlar singari insoniyat sivilizatsiyasining barcha mintaqalariga xos umumbashariy
xodisa deb qaraydi.
Umumjaxoniy jarayon xisoblagan Uyg'onish Sharqda (Xitoy) VI-VIII
asrlarda
boshlanib, ¢arb sari siljigan va XIV asrda Yevropa xodisasiga aylangan.