Agar bola xavfsizlikda yashasa,u o’ziga va atrofdagilarga ishonadi




Download 395 Kb.
bet4/4
Sana18.02.2023
Hajmi395 Kb.
#42699
1   2   3   4
Bog'liq
Ona tili va adabiyot darslarida og
Xumoyinmirzo topshiriq Botanika Slayd, Yong\'oqli dala xati, 1-amaliy mashg\'ulot, 3-mavzu, 1-amaliy, 2-mavzu, 1 ma`ruza, Borland C Builderda massivlar bilan ishlash, qozoqboyeva xayrinisobonu ona tili óqitish metodikasi amaliy ish, psixalogik xizmat asoslari, Axborot tizimlari amaliy, 1-MAVZU taqdimt, savollar, 3 dekabr 4.2
1.Agar bola xavfsizlikda yashasa,u o’ziga va atrofdagilarga ishonadi.
2.Agar bola do’stlik bilan yashasa,u yer yuzi yashash uchun ajoyib joy ekanligini anglaydi.
3.Agar bola rostgo’ylik va adolatda yashasa,u haqiqat va adolat nimaligini o’rganadi.
“G’oyalar gilami”metodi ham yozma nutq savodxonlik darajasini oshirish omillaridan biridir.O’qituvchi tomonidan tayyorlab qo’yilgan so’zlar shajarasidan o’quvchilar yangi so’zlar hosil qilishadi yoki bo’lmasa “Kapalak”usulida qo’shimchalar orqali yangi so’zlar hosil qilinib,o’sha so’zning xatosiz yozilishi ta’minlanadi.Masalan: kitob,kitobxon, kitobsevar,kitoblar,kitobda,kitobdan…

O’quvchi umumlashgan tushunchalar orqali o’z fikrini izchil va xatosiz yozib boradi,talaffuzi va imlosida farqlanishi bor so’zlar tushuntiriladi.

O’quvchining bilimlari, his-tuyg’ulari, fikrlarini yozma ravishda bayon etish uning ma’naviyati va ma’rifati ko’zgusidir. Shunday ekan, qadimdan ota-bobolarimiz, buyuk siymolarimizning yozma savodxonlikni yaxshilashdagi xatti-harakatlari, mislsiz xattot bo’lishga intilishlari hech kimga sir emas. Buning isboti sifatida tarixiy bir dalilni keltirmoqchiman. Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining “Boburnoma” asarida o’g’li Humoyunga xatlaridagi imlo xatolari xususida quyidagi fikrlarni aytib o’tadi: “…xatlaringda yolg’uzluq, yolg’uzluqkim debsen, podshohliqta aybdur… Podshohliq bila yolg’uzluq rost kelmas…Xatingni xud tashvish bila o’qusa bo’ladur, vale asru mug’laqtur…Imlong yomon emas. Agarchi xili rost emas. Iltifotni “to” bilan bitibsen, kulunjni “yo” bilan bitibsen. Xatingni xud har tavr qilib o’qusa bo’ladur, vale bu mug’laq alfozangdin maqsud tamom mafhum bo’lmaydur… Takalluf qilay deysen, ul jihattin mug’laq bo’ladur. Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti; ham sanga tashvish ozroq bo’lur, ham o’quvchig’a”.
Hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan o’quvchilarning yozma savodxonligi, uni xato va kamchiliklarsiz bayon etishi dolzarb masaladir. Bu masalani bartaraf etish, yechimini izlab topish har bir pedagogdan, ayniqsa, ona tili o’qituvchilaridan ilmiy salohiyat, mas’uliyat va sabot talab etadi.
Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki,unda o’quvchi o’zini shaxs deb sezsin,unga bo’lgan e’tiborini tuysin.Agar o’qituvchi dars davomida”muvaffaqiyat muhitini”tashkil etib,o’quvchida o’qishda muvaffaqiyat qozonishiga yordam bersa,uning o’z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirib borsa takomillashgan o’quv jarayoni ham o’z-ozidan yuzaga keladi. Oshkoralik,ishtirokchilarning o’zaro hamkorligi,ular keltirgan dalillarning tengligi,hamkorlikdagi bilimlar banki,o’zaro baholash va nazorat imkoniyati bilan belgilanadigan ta’limiy muloqot manbai yaratiladi. Demakki, o’qituvchining o’zi ham doimiy ravishda o’z ustida ishlashi, pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borishi, jahon va milliy pedagogik meros hamda ilm-fan yutuqlaridan ijodiy foydalangan holda ta’lim jarayonini takomillashtirib borishi lozim.
Download 395 Kb.
1   2   3   4




Download 395 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Agar bola xavfsizlikda yashasa,u o’ziga va atrofdagilarga ishonadi

Download 395 Kb.