2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
1.3. BIOLOGIK AZOT 
O„simlik oqsili muammosini hal qilishda havo azotini biologik usulda 
o„zlashtirish asosiy usullardan biri bo„lishi mumkin. Biologik aylanishga havo 
azotining kirib borishi yer yuzida qo„shimcha oqsil yetishtirishni ta‟minlaydi. 
Biologik azot o„zlashtiradigan o„simliklar hosili tarkibida ko„proq oqsil to„planadi. 
Biologik azot ishtirokida hosil bo„lgan oqsil ekologik jihatdan toza, yuqori sifatli 
bo„lib oziq-ovqatda va chorvani boqishda yaxshi natija beradi. Yuqori me‟yordagi 
mineral azot bilan o„simlikni ta‟min qilib oqsil miqdori oshirilsa, bunda o„simlik 
tarkibida nitrat ko„payadi, hosil sifati pasayadi, nitrat modda almashinuvini 
o„zgartirib ko„p xastalikka asos bo„lib qoladi, chunki nitrat gemoglobin 
funksiyasini o„zgartiradi va organizmda kislorod yetishmay qoladi.
Havo azotini biologik usulda o„zlashtirishda ma‟lum darajada tashqi muhit 
ekologik muammolarini hal qiladi, chunki sizot suvlari, tashki muhit nitrat bilan 
zararlanmaydi. Biologik usulda azotni o„zlashtirish hosil yetishtirishda sarf 
harajatni iqtisod qiladi. Yaltirbosh ekinida, misol uchun 1 kg oqsil yetishtirish 
uchun 65 Mj, 1 kg beda oqsilini ytishtirishda 21 Mj quvvat sarflanadi. 1 t biologik 
azot o„zlashtirish uchun 80 Gj quvvat sarflanadi.
Biologik azotni o„zlashtirish fotosintez jarayonida ro„y beradi. Ilmiy 
tadqiqotlar natijasi bo„yicha havo azoti ko„ppoq o„zlashtirilganda fotosintez 
jarayoni faollashadi.
Dukkakli ekinzorda havo azoti faol o„zlashtiriladi, tuproqning unumdorligi 
oshadi. Bir gektarda 2-3 yil ichida beda 250-400 kg azot to„playdi. Bu azot 
5
www.FAOstat.fao.оrg – 2017 years 


21 
bedadan bo„shagan yerlarga ekilgan ekinlardan bir necha yil yuqori hosil olishni 
ta‟minlaydi. Biologik azotni yaxshi o„zlashgirish uchun uni yetishtirish sharoiti 
talabga javob bermaydi, shuning uchun ham undan kam hosil olinadi.
«Azotni o„zlashtirish dukkakli ekinlarni tuproqda yashaydigan maxsus 
bakteriyalar bilan simbiozi evaziga amalga oshadi. Bakteriyalar o„smlik ildizini 
zararlaydi va tuganaklar hosil qiladi. Dukkakli ekinlarning bir turi yoki bir nechta 
turiga bakteriyalar ixtisoslangan bo„ladi. Agar dukkakli ekinlar bir necha yil 
yetishtirilmagan bo„lsa, tuproqda bu bakteriyalar bo„lmaydi. Bakteriyalarning 
sporalari tuproq yoki torf bilan aralashtirilib urug„larga ekishdan oldin 
yopishtiriladi. Urug„ unib chiqqandan keyin bakteriyalar ildizga kirib borib, 
xujayralarda yashaydi va o„simlik bilan simbioz hosil bo„ladi. Agar dukkakli 
o„simliklar mineral azot bilan ta‟minlangan bo„lsa biologik azot to„planmaydi»
6

O„zbekistonda dukkakli ekinlar kam ekiladi. Takroriy ekin sifatida dukkakli-
don ekinlarining ekin maydoni qanchalik kengaytirilsa, etishtiriladigan oqsil 
miqdori shuncha oshadi. Biologik azot o„zlashtnrilishini oshirishda muammolar 
mavjud.
Eng avvalo, shu jarayonni to„la tekshirish lozim va talab qilinadigan sharoitni 
texnologik tadbirlar bilan yarata bilish lozim. Havo azotini o„zlatirishda o„simlik 
va Rhizobium bakteriyalari ishtirok etadi. Bu bakteriyalarning 11 turi mavjud. Har 
bir turi ma‟lum bir o„simlik turiga moslashgan. Masalan, Rhizobium japonicum 
faqat soyada rivojlanadi, Rh. Lupini-lyupinda, Rh. leguminosarum-vika, ko„k 
no„xat, burchoqda, yasmiqda rivojlanadi.
Rhizobium tur xillarining ildiz tanasida rivojdanishi bir xil emas. Rhizobium 
tur xili o„simlikda faol rivojlansa - bu "faol shtamm" deb ataladi. Demak, faol 
simbioz ro„y berishi uchun eng birinchi shart: moslashgan Rhizobium tur xillarini 
tuproqda mavjudligi.

Download 7.59 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish