• VII bob. MOYLI EKINLAR 7.1. MOYLI EKINLARNING UMUMIY TAVSIFI
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet221/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
     


    320 
     
     
    rasm-33:1. Xashaki sholg„om 

     
    Takrorlash uchun savollar: 
    1. Xashaki sholg„omdan foydalanish va uning to„yimliligi? 
    2. Xashaki sholg„om ildizmevasining shakllari qanday bo„ladi? 
    3. Xashaki sabzi va xashaki sholg„omni yetishtirish texnologiyasidagi 
    farqlar? 
    4. Xashaki sholg„omning urug„i qanday yig„ib olinadi? 
     
    Tedagogok texnologiya 
    “BBB” texnologiyasi 
    Mavzu matnini o„qib chiqib, olingan ma‟lumotlarni induvidual sohalarga 
    ajrating. Qadam bilan qo„yilgan belgilar asosida BBB jadvalini to„ldiring 
    BBB jadvali 
    № 
    Mavzu savollari 
    Bilaman 
    Bilishni 
    istayman 
    Bilib oldim 
    1. 
    2. 
    3. 


    321 
    VII bob. MOYLI EKINLAR 
    7.1. MOYLI EKINLARNING UMUMIY TAVSIFI 
     
    Ushbu ekinlarning urug„i va mevasi tarkibida 20-60% moy bo„lib, oziq-
    ovqatda, konserva ishlab chiqarishda, qandolat va non mahsulotlari tayyorlashda 
    qo„llaniladi. Bundan tashqari,o„simlik moyi margarin, sovun, lak, buyok, alif, 
    stearin, linoleum ishlab chyqarishda, tabobatda, parfyumeriyada, teriga ishlov 
    berishda ko„llaniladi.
    Moy ishlab chiqarilgandan keyin qolgan kunjara va shrot chorva mollariga 
    yuqori tuyimli ozuqa hisoblanadi. Ayrim moyli ekinlar silos tayyorlashda 
    ko„llaniladi.
    Yer yuzida moyli ekinlar ko„p tarqalgan, ekin maydoni 140 mln. ga dan 
    ortiqdir. Eng ko„p tarqalgan ekinlar: soya (111,3 mln. ga), kungaboqar (20,6 mln. 
    ga), maxsar (7,82 mln. ga), yyeryong„oq (23,7 mln. ga), moyli zig„ir (7,5 mln. ga), 
    kunjut (9,4 mln. ga). Moyli ekinlar AQSh, Kanada, Hindiston, Braziliya, 
    Argentina, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Moldova, Ukrainada keng tarqalgan.
    O„zbekistonda moyli ekinlardan maxsar, kungaboqar, kunjut, yeryong„oq, 
    moyli zig„ir va soya ekilmoqda.
    31
    Moyli ekinlar turli botanik oilalarga mansub, ular - karamdoshlar, 
    dukkakdoshlar, sutlamaguldoshlar va boshqalardir.
    O„simlik moyi - glitserinning moy kislotalari bilan birikishidan vujudga 
    keladigan murakkab efirlardir. Yog„ tarkibiga uglerod (75-79%), vodorod (11-
    13%) va kislorod (10-12%) kiradi. Oqsil va uglevodga nisbatan moyning quvvati 
    ikki-uch barobar ortiqdir.
    Moyning sifati ularning tarkibidagi kislotalarga, ya‟ni to„yinmagan (olein 
    linoleum, linol) va to„yingan (palmitin, stearin) kislotalarga bog„liq. Moyli ekinlar 
    tarkibidagi moyning miqdori, sifati yetishtirish sharoitiga bog„liq.
    31
    Amanova M., Rustamov A., Аllanazarova L., Хudayqulov J. “Yeryongoq ekinini yetishtirish agrotexnikasi 
    boyicha tavsiyanoma”. “NISIM”, Тoshkent-2016.


    322 
    100 g moy qancha yodni qabul qilsa, shunga qarab yod soni aniqlanadi. Yod 
    soni ko„p bo„lgan moy tez quriydi. Shunga qarab o„simlik moyi 3 guruhga 
    bo„linadi: 
    - quriydigan moy (perilla, lyalemansiya, rijik, zig„ir moyi)-yod soni 130 dan 
    ortiq bo„ladi; 
    - yarim quriydigan moy-yod soni 85-130 bo„lib, bu oziq-ovqatda 
    ishlatiladigan moy (kungaboqar, kunjut, soya, raps, xantal, maxsar); 
    - qurimaydigan moy (yeryong„oq va kanakunjut moyi)-yod soni 85 dan kam 
    bo„ladi.
    Oziq-ovqatda va texnikada qo„llaniladigan moy tarkibida bog„lanmagan yog 
    kislotalar soni kam bo„lishi kerak. Bu moylarni neytrallashtirish yog„ kislotalarini 
    neytrallash uchun sarflanadigan o„yuvchi kaliy miqdoriga qarab kislota soni 
    aniqlanadi. To„la pishmagan urug„da kislota soni ko„p bo„ladi.
    O„simlik moyi sovun ishlab chiqarishda qo„llanadi. Shu xususiyatga baho 
    berish uchun sovunlanish soni aniqlanadi. Bir gramm moy tarkibidagi 
    bog„lanmagan va glitserin bilan birikkan xolatdagi hamma yog„ kislotalarni 
    neytrallash uchun sarflangan uyuvchi kaliy miqdoriga qarab sovunlanish soni 
    aniqlanadi. Texnikada qo„llanadigan moyda kislota soni va sovunlanish soni 
    yuqori bo„lgani ma‟qul.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish