319
O„simlik g„unchalaganda, gullaganda va urug„ tuga boshlaganda sug„oriladi.
Hosilni asosan qo„lda eng qisqa muddatda yig„ishtirish
tavsiya yetiladi, meva
quzoqlarining sarg„ayganlari sachrab urug„i to„kilib ketadi. O„rilgan urug„liklar
xirmonga keltirilib, 7-8 kun mobaynida quritilib maydalanadi va tozalanadi.
Birinchi klass urug„ining laboratoriyadagi unuvchanligi 95%, namligi 13%,
boshqa ekinlar bilan aralashgan urug„i 240 dona, shundan begona o„tlar 160 dona,
ikkinchi klass urug„lariniki: 80%, 95%, 13%, 400 va 240 donaga muvofiq bo„lishi
kerak. Xashaki sholg„om urug„i yozda urug„idan ekiladi. Urug„ olish uchun asosan
avgustning oxirida karamdoshlardan boshqa ertagi ekinlar yig„ishtirib olingandan
so„ng ekiladi.
Tuproqni ekishga tayyorlashdan oldin sug„oriladi va yer yetilgandan so„ng
25-30 sm chuqurlikda haydalib, tekislanadi. Haydashdan oldin gektariga P
60
K
60
kg
solinadi.
Ekish. Bir gektar yerga 3-4 kg. Urug„lar unib chiqishi uchun sug„oriladi va
nihollar yagana qilinmaydi. Kuzgi sovuq tushgunga qadar 1-2
marta traktorda
kultivatsiya qilinadi va 1 marta sug„oriladi. O„simliklar qishda yaxshi saqlanishi
uchun
oxirgi kultivatsiya chuqurroq, qilinadi. Qishda ekinlar mollar payxon
qilishdan saqlanadi. Ekinlar bahorgacha yaxshi saqlanishi lozim.
Bahorda bir
marta traktorda kultivatsiya qilinadi, gektariga N
30
kg bilan oziqlantiriladi.
Jo„yaklar olinib, ekin uch marta sug„oriladi. Urug„liklar yozda ekilganda
ildizmevani ekkanga nisbatan 7-10 kun oldin va bir xilda pishadi va gektariga 10-
12 s urug„ hosili beradi.