• 11- jadval Ayrim ekinlarnnng ekish me‟yorlari
  • Ekinlarni parvarishlar.
  • -jadval  Dala ekinlarining ekish usuli




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    10-jadval 
    Dala ekinlarining ekish usuli 
    Ekish usuli 
    Qator orasi, 
    sm 
    Ekinlar 
    Keng qatorlab 
    45-60 
    marjumak, soya, loviya, no„xat, kartoshka, 
    makkajo„xori, jo„xori, qand lavlagi, kanop 
    Oddiy, yoppasiga 
    qatorlab 
    13-15 
    no„xat, ko„k no„xat, don ekinlari, yem-
    xashak o„tlar 
    Tor qatorlab 
    6,5-7,5 
    don ekinlari, yem-xashak o„tlar 
    Qo„shib ekish 
    15-60 
    har xil yem-xashak ekinlari 
    Dehqonchilikda minglab o„simlik turlari, navlari har xil maqsadda 
    ekilmoqda. Ekish me‟yori bir-biridan juda katta farq qiladi (2 ming dona urug„dan 
    30 mln. donagacha ekiladi).
    Ekish me‟yorining miqdori 1000 ta urug„ni vazniga qarab aniqlanadi. Ishlab 
    chiqarishda ekish me‟yori miqdor ko„rinishida beriladi (kg, s, t/ga).
    Ekish chuqurligi noto„g„ri tanlansa, maysa soni kamayadi, shuning uchun 
    urug„ me‟yoridan oshirib ekiladi, bu noto„g„ri. Yerga yaxshi ishlov berib, urug„i 
    mayda ekinlar 1-2 sm, urug„i yirik ekinlar 4-7 sm chuqurlikda ekiladi. Ekish 
    chuqurligi tuproq namligiga, mexanik tarkibiga, urug„ning kattaligiga va 
    urug„pallasi yer betiga o„sib chiqishiga bog„liq bo„ladi. Yem-xashak o„tlarning 
    urug„i 1-2 sm, raps, perko 2-3 sm, boshoqli don ekinlari 3-5 sm, makkajo„xori 5-8 
    sm, kartoshkaning tuganak mevasi 6-12 sm chuqurlikka ekiladi. Urug„larni bir 
    tekisda ekish seyalka yordamida bajariladi.


    45 
    11- jadval 
    Ayrim ekinlarnnng ekish me‟yorlari 
    Ekinlar 
    Ekish me‟yori,
    mln. dona urug„/ga 
    Boshoqli ekinlar 
    4-6 
    Makkajo„xori, jo„xori 
    0,20-0,25 
    Soya 
    0,30-0,80 
    Yasmiq 
    2-4
    Yem-xashak o„tlar 
    4-10 
    Beda 
    5-8 
    Tolali zig„ir 
    20-30 
    Ekinlarni parvarishlar. Begona o„tlar bosgan va qatqaloq bo„lgan yerlar 
    boronalanadi. Qator orasi yumshatiladi, begona o„tlardan tozalanadi va ma‟danli 
    o„g„itlar bilan oziqlantiriladi. Ayrim vaqtda ma‟danli o„g„itlar o„suv davrining 
    ikkinchi yarmida ekinlarning ustiga sochiladi. Barglar azotli o„g„itlarni 3-5 soatda, 
    kaliyni 6-9 va fosforni 15-25 soatda o„zlashtiradi. Don shakllanish davrida azotli 
    o„g„itlar ekin ustiga sepilsa don tarkibida oqsil miqdori ancha oshadi.
    O„suv davrida biologik aktiv moddalar qo„llaniladi. Ekinlar yyetilganda 
    hosil yig„ishtiriladi. Hosil yig„ishtirish uchun uning yetilganligini, sifatini yuqori 
    bo„lgan davri aniqlanadi. Hosil yig„ishga mashinalar tayyorlanadi, hosil talab 
    shakliga keltiriladi va ajratilgan joylarda saqlanadi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval  Dala ekinlarining ekish usuli

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish