Lug‘atni boyitish va faollashtirish




Download 43.89 Kb.
bet3/9
Sana18.05.2022
Hajmi43.89 Kb.
#21394
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sharofat
Texnika xavfsizligi, ЭСТЕТИКА, Reja Kirish. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va unga o’tishning , Insert-metodi (2), 2-laboratoriyalıq jumıs, Spektrofotometr-WPS Office, portal.guldu.uz-Ona tili va adabiyot, Moliyaviy siyosat, 240-242, KT maruza
Lug‘atni boyitish va faollashtirish

Lug‘atni rivojlantirishda uni sifat jihatdan takomillashtirish dastlabki o‘ringa chiqadi. Bu antonimiya (o‘tkir-o‘tmas, achchiq-chuchuk), sinonimiya (o‘tkir - uchi o‘tkirlangan, o‘tkirlangan), ko‘p ma’nolilik (o‘tkir pichoq, achchiq qalampir, achchiq til) kabi hodisalarni tushunish va ularni nutqda faol qo‘llashga taalluqlidir. Bolalar narsalar, tabiat hodisalari, insonlar qilmishlarini ko‘rib, ulardagi har xillik va umumiylikni aniqlashni hamda ularning ma’nosi qarama-qarshi yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar, taqqoslashlar, aniq fe’llar, tashbeh (epitet)lar yordamida nutqda aks ettirishni o‘rganadilar. So‘z birikmasiga sinonim yoki antonimni tanlab olish usullari bolalarga so‘zlarning ko‘p ma’noga egaligini tushuntiradi. Narsalarning funksiyalarini taqqoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar (hayvonlar, idish-tovoqlar, transport va boshq.) shakllanadi.
Lug‘atni rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, grammatik jihatdan to‘g‘rilikni shakllantirish ravon nutqni tuzish usullarini (gaplarni bog‘lovchilar, leksik takrorlashlar, sinonimlar yordamida bog‘lash vositalari; tavsiflash, bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi) o‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Turli funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq dialogli muloqot negizida rivojlangan nutqning barcha tomonlari til ongining shakllanishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi va ular buning uchun bolaning kattalar bilan muayyan shakldagi muloqotiga, to‘g‘rirog‘i, nafaqat tashqi olam va boshqa odamni bilishga qaratilgan muloqotga, balki tilning o‘zini, uning tuzilishi va faoliyatini anglab yetishga qaratilgan muloqotga muhtoj bo‘ladilar. Lug‘at ishlariga oid dasturlarni amalga oshirish mashg‘ulotlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim uch xil ko‘rinishdagi mashg‘ulotlardan tashkil topadi5:
Lug‘at ishlari atrof-olamdagi doimo kengayib borayotgan narsalar va hodisalar doirasi bilan tanishtirish jarayonida amalga oshiriladigan mashg‘ulotlar (ekskursiya, narsalarni namoyish qilish va h.k.);
Lug‘at ishlari bolalarning atrofdagi narsalar va hodisalar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga tayanadigan mashg‘ulotlar (sifatlar, xususiyatlar, o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirish);
Umumlashtirishlar jarayonida lug‘at ishining hal qiluvchi vazifasi tushunchalarni shakllantirishdan iborat bo‘lgan mashg‘ulotlar. Nutqiy va lug‘atni rivojlantirishning bilish jarayonlarini rivojlantirish bilan yagonaligi (qabul qilish, tasavvur qilish, fikrlash). Nutqiy va bilish faoliyatining aniq maqsadni ko‘zlagan holda tashkil etilishi, bilish faoliyatini tashkil etish uchun asos sifatida ko‘rgazmaviylikning mavjudligi6.

Download 43.89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 43.89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lug‘atni boyitish va faollashtirish

Download 43.89 Kb.