|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
74
Shuningdek, bu borada respublikamizda yana koʻplab ishlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston Xalq
ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda
Britaniya Kengasi bilan hamkorlikda “Chet tillarni egallashning umumyevropa kompetensiyalari: oʻrganish,
oʻqitish va baholash” (CEFR) shartlariga tayangan holda ishlab chiqilib, unda ta’limning barcha bosqichlari
bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar belgilandi. Shuningdek, angliyalik ekspert
Rod Balayto boshchiligidagi mutaxassislar tomonidan toʻliq ekspertizadan oʻtkazilib, takomillashtirildi
hamda 2013-yil 8-mayda “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar boʻyicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash
toʻg’risida”gi 124-sonli Qarori bilan tasdiqlandi.
Oʻzbekistonda xorijiy til sifatida ingliz tilining oʻqitlishini kuzatadigan boʻlsak, ingliz tili darslarida
oʻqituvchi oldiga 3 ta: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarni qoʻyganligini koʻramiz. Agar
mavzu: “My motherland” deb olsak, ta’limiy jihati, olmoshlar ya’ni pronouns va ularning turlari,
ishlatilishini, atoqli otlar va ular haqida ma’lumot berishimiz, tarbiyaviy tamoni oʻquvchilarda vatanparvarlik
hissini shakllantirishimiz, rivojlantiruvchi yurtimiz tarixi, allomalari, madaniyati haqida hikoyalar qilib
berishimiz mumkin. Oʻquvchilar barcha ma’lumotlarni ingliz tilida gapira olish koʻnikmasi yoki grammatika
saboqlaridan tashqari milliy ruhiyatni ham oʻzlarida his etadilar [7].
Mamlakatimizdagi boʻlgani kabi chet tili faqat dars doirasi bilan cheklangan tizimlarda til muhitida
muloqot qilish imkoniyatining vaqti va til qanchalik sur’atda oʻqitilayotgani jiddiy ahamiyatga ega. Tinglab
tushunish, soʻzlash, oʻqish, yozish va soʻz boyligini egallash bilimlarini olish uchun va ushbu barcha
koʻnikma-malakalarni chet tilida akademik nuqtayi nazardan toʻg‘ri va benuqson qoʻllay bilish uchun 5-7 yil
mobaynida darslar muntazam va samarali oʻtkazilishini nazarda tutadigan oʻquv dasturi boʻlishi lozim.
Bunday nuqtayi nazardan fikrlaydigan boʻlsak, 2, 3 va 4-sinflarda bir haftada oʻtiladigan chet tillari darslari
yetarli emas. Tabiiy jihatdan ham yozma, ham og‘zaki muloqot vositasi boʻlgan til oʻqitish davomiylikni
taqozo qiladi. 7-8 yoshli boshlang‘ich sinf oʻquvchisining haftasiga atigi 4-5 soat muloqot qilish imkoni
boʻlgan va oʻz atrof muhitida qoʻllashning imkoni boʻlmagan begona til tizimini oʻzlashtira olishi mumkin
emas.
|
| |