|
3 (79) 2021 pedagogik mahoratBog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
73
madaniyat bilan tanishish, ikki tilli ta’limning vazifalari - ikki madaniyatning oʻzaro aloqasi bilan ikki tilda
oʻrganish va oʻzini anglash. Til ta’limidagi til - bu shunchaki oʻrganish mavzusi, ikki tilli tilda esa bu ta’lim
va oʻzini namoyon qilish vositasidir. Ikki tilli ta’lim sharoitida bola har ikki tilning oʻzaro bog’liqligi orqali
predmetli bilimlarni oladi [4].
S.Gudschinskiy ikki tilli oʻquvchiga ta’lim berishning pedagogik, ijtimoiy va psixologik sabablarini
keltiradi. Pedagogik sabablarga oʻquvchining oʻqish va yozish koʻnikmalarini ikkinchi tilga oʻtkazishini
kutib, oʻrganishda birinchi tilda ravonlikdan foydalanish, qanday yozish va oʻqish kerakligi kiradi.
Psixologik va ijtimoiy sabablar orasida oʻquvchilar uchun madaniyat zarbasini minimallashtirish (chet
tili va turli madaniyat qadriyatlari bilan tanish boʻlmagan maktab muhiti), shaxsiy qadr-qimmatini
barqarorlashtirish va muvaffaqiyatga erishish odatini shakllantirish kiradi [5].
Til – bu ijtimoiy hodisa. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan har bir xalqning ona tili
uning milliy oʻziga xosligi va ma’naviy madaniyatining yorqin koʻrsatkichidir.
Koʻp yillik amaliyot shuni koʻrsatdiki, bolalikda bilingvizm (ikki tillilik) bola hayotida har bir tilning
tutgan oʻrniga, uning ikki tillilikdan qaysi vaziyatlarda va qay darajada foydalanishiga bog‘liq holda
shakllanadi. Maktabgacha yoshda ikki tillilik shakllanishining quyidagi oʻziga xos holatlarini koʻrsatib oʻtish
mumkin:
- bola tug‘ilgan paytidan boshlab ikki tilli oilada bir tildan oʻzga tilga oʻtib muomala qilish sharoitida
tarbiyalanadi;
- bola oilada ona tilida soʻzlashadi, undan tashqarida esa (qoʻshnilar, qarindoshlar va boshqa shaxslar
bilan) oʻzga tilni oʻzlashtiradi;
- bola oʻzga tilni aniq maqsadga yoʻnaltirilgan mashg‘ulotlarda va ulardan tashqari vaqtlarda
maktabgacha ta’lim muassasasida egallaydi.
Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar koʻp millatli
boʻlib, ular asosan: oʻzbek, rus, tojik, koreys, tatar, arman va boshqa millatlarga mansub.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning oʻzga tilni (oʻzbek, rus va boshq.) egallab olishlari va shu bilan
birga ona tilini ham unutmasliklari uchun sharoit yaratishga ommaviy intilish pedagogik jarayonni oqilona
tashkil etish bilan uyg‘unlikda olib borilishi lozim.
Psixolingvistik adabiyotlarda yozilishicha, haqiqiy ikki tillilik faqat odam hech boʻlmaganda bitta tilda
har qanday fikrni mos tarzda ifodalashga qodir boʻlgan taqdirdagina rivojlanadi. Agarda nutq bironta tilda
ham toʻlaqonli shakllanmagan boʻlsa, bu holda fikr tuzilmasi buzilib ketadi va oʻz fikrini ifodalashga boʻlgan
intilish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, bu esa nafaqat psixologik ezilishlarga, balki muloqot sifatidagi
chuqur yoʻqotishlarga va inson shaxsiga ziyon yetishiga olib keladi. Yarim tillilik deb ataladigan bunday
hodisa, umuman olganda, jamiyat uchun ham ancha xavflidir, chunki bunda uning a’zolarining muayyan
qismi hissiyotlarini boshqara olmaydi hamda oʻz hissiyotlari, ehtiyojlari, istak-xohishlarini tegishli tarzda
soʻz shakliga keltira olmaydi. Agarda inson xohlagan narsasini ayta olmasa, u boshqalar bilan teng ravishda
raqobatlashishga, kommunikatsiyaning odatdagi shakllaridan foydalanishga qodir boʻlmay qoladi hamda u
oʻz-oʻzini boshqarishning qandaydir boshqa shakllariga murojaat qilishga, ba’zan esa zoʻravonlik qilish,
kuch ishlatishga majbur boʻladi. Shundan kelib chiqqan holda, ilk yoshdan boshlab individning nutqiy
rivojlanishini tuzatishni toʻg‘ri tashkil etish zarurdir. “Ilk start” ona tilini qabul qilishga va keyinchalik har
qanday boshqa tilni oʻzlashtirib olishga ham ijobiy ta’sir koʻrsatadi. “Til qanchalik oldin egallab olinsa,
bilimlar ham shunchalik oson va toʻliqroq oʻzlashtiriladi” [6].
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni oʻrganish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi Qarori qabul qilingandan soʻng, chet tillarini
oʻrganish va oʻrgatish tizimida yangi davr boshlandi desak mubolag’a boʻlmaydi. Chunki, qarorga koʻra:
- xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz) oʻrgatishning yagona tizimi ishlab chiqildi;
- chet tillarni 1-sinfdan oʻqitish yoʻlga qoʻyildi;
- til oʻqitish borasidagi muqobil darsliklar chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi;
- adabiyotlar tarjimasi faoliyati yanada takomillashtirilmoqda;
- respublikamizning barcha chet tili oʻqituvchilarining malakasi oshirilishi tashkillandi.
Bularning barchasi dunyoga yuz tutayotgan Oʻzbekistonning farzandlari yanada bilimli va
dunyoqarashi keng boʻlishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Birinchi Prezidentimiz nutqlaridan
birida shunday deydi: “Hozirgi kunda xorijiy tillarni oʻrganish va oʻrgatishga yurtimizda katta ahamiyat
berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyatidan oʻziga munosib oʻrin egallashga
intilayotgan mamlakatimiz uchun chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda oʻz buyuk
kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati
yoʻqdir.”
https://buxdu.uz
|
| |