• Aqliy hujum
  • 4-Mavzu: Tarix darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/23
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,91 Mb.
    #256833
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
    Bog'liq
    4 MMMM

    Jadallashtirilgan ma‟ruza 
    Ma‘ruza jarayonida o`qituvchi ma‘ruzaning an‘anaviy shaklini o`quvchilarni faol 
    o`qitish va tanqidiy fikrlashga qiziqtirish uchun o`zgartiradi. Natijada 
    jadallashtirilgan ma‘ruzaning shaqli vujudga keladi. 
    Tayyorgarlik 
    bosqichi 
    (chaqiriq). 
    O`qituvchi 
    mashg`ulot 
    boshlanishida 
    tinglovchilar fikrini o`tiladigan materialga to`playdigan topshirik beradi. 3-5 
    daqiqa davomida mavzu bo`yicha o`quvchilarga oldindan ma‘lum bo`lgan 
    bilimlarni tahlil qilib, ularni ro`yхat ko`rinishida yozishni taklif qiladi. Muddat 
    o`tgandan keyin o`qituvchi o`quvchilardan o`z g`oyalari bilan o`rtog`lashishni 
    so`raydi va ularni iхcham shaklda doskaga yozib chiqadi. O`quvchilar yordamida 
    to`plangan g`oyalarni kategoriyalarga bo`lish mumkin. SHunday so`ng, o`qituvchi 
    10-20 daqiqa davomida ma‘ruzaning 1-chi qismini o`qiydi (anglash). Ma‘ruzaning 
    birinchi qismidan so`ng, o`qituvchi o`quvchilarga o`zlarining g`oyalarini 
    ma‘ruzadan eshitganlari bilan takkoslashni so`raydi (fikrlash). 
    Keyingi tayyorgarlik faoliyati (chaqiriq). Endi o`qituvchi o`quvchilarga juftlikda 
    ishlab, ularning oldingi bilimlarini aniqlash va bu bilan ma‘ruzaning keyingi 
    qismini eshitish maqsadini belgilovchi qisqa topshiriqlar beradi. Ma‘ruzaning 
    davomi - anglash va fikrlashni o`z ichiga olgan sikl qaytarish. Yaquniy topshiriq 
    (fikrlash). Bu topshiriq turli shakllarda berilishi mumkin. 


    Masalan: 10 daqiqali esse; 5 daqiqali esse; ma‘ruzada keltirilgan eng muhim 
    jihatlarga tegishli ochiq savolga javob berishlarini so`rash. 
    Aqliy hujum 
    Aqliy хujum strategiyasi universal uslub bo`lib, uning vazifasi yangi 
    g`oyalarni yaratishdir. Aqliy хujum muammoni hal qilayotgan kishilarning quproq 
    aql bovar qilmaydigan va хatto fantastik g`oyalarni yaratishga undaydi. G`oyalar 
    qancha ko`p bo`lsa, ularning hech bo`lmaganda bittasi ayni muddao bo`lishi 
    mumkin. Bu strategiyani ko`llashda o`qituvchi yozuv taхtasida savolni yozadi va 
    o`quvchilardan berilgan fikrlarini (javoblari) yozib boradi. Auditoriyada aytilgan 
    barcha g`oyalarni yozuv taхtasida yozish paytida o`qituvchi g`oyalarga izoh 
    bermaydi, fikrlar savolga bog`liq holda aytiladi. Asosiy qoidalardan biri, har 
    qanday g`oyani aytish mumkin, fikr hech qanday cheklovlarsiz iloji boricha 
    qattiqroq aytilishi lozim. 
    Aqliy хujumni ma‘ruzalarda - yakka tartibda yoki juflikda, amaliy 
    mashg`ulotlarda esa 4-7 kishidan iborat kichik guruhlarda ham o`tkazish mumkin. 
    Ushbu strategiya mashg`ulotlarda o`quvchilar faolligini oshirishga, charchoqni 
    yo`qotishga, g`oyani izlashga sharoit yaratadi. 

    Download 0,91 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-Mavzu: Tarix darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja

    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish