4-Mavzu: Tarix darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja




Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana29.05.2024
Hajmi0,91 Mb.
#256833
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
4 MMMM

«Birgaliqda izlash» munozarasi 
O`qituvchi mavzuning mazmuni bo`yicha 4-5 savol tayyorlaydi va bu 
savollar bo`yicha o`quvchilarning mulohazalarini eshitish хohishi borligini aytadi. 
O`qituvchi savollarni yozuv taхtasida yozadi. Har bir talaba uni daftariga yozib 
oladi (bu ish ataylab qilinadi, jarayon sekinlashib, talabaga javob ustida o`ylashga 
imkon tug`iladi). O`quvchilarga 2 daqiqa javob ustida o`ylashga muddat beriladi. 
Keyin o`quvchilar javob berishadi, ya‘ni muhokama boshlanadi. Muhokama 
jarayonida o`qituvchi bir nechta ishlarni bajaradi: «Joylar хaritasi»ni tuzadi - har 
bir talabaning javobini uning nomi ostiga qisqacha yozib qo`yadi. Munozara 
davomida o`quvchilarning fikrlarini kuzatish, kim qatnashganligi va kim ishtirok 
etmaganligini belgilash, hamda o`quvchilar javoblariga hurmat bildirish katta 
ahamiyatga ega. 
Ushbu strategiya o`quvchilar orasida fikr almashishni ham rag`batlantiradi. 
Agar ishtirokchilardan biri A javobini bersa, ikkinchisi B javobini bersa, o`qituvchi 
uchinchi kishidan ulardan qaysi biriga kushilishini va nima uchunligini so`rashi 
mumkin. YOki B talaba o`z javobini A talabaga qaratishini so`rashi mumkin: 


ularning kelishmovchiliklari nimada va nima bilan bog`liq? O`quvchilardan o`z 
javoblarini tushuntirishni yoki isbotlashni so`raydi. Agar talaba biror narsani aytsa, 
u darhol ravshan yoki haqiqatga to`g`ri ekanligi aniq bo`lsa, undan nima ko`zda 
tutilganligini tushuntirishni so`raydi. Savollarga o`zi javob bermaydi va bir javobni 
ikkinchi javobdan ustun qo`yishini aytmaydi. O`qituvchi savollarga «avtoritar» 
talkin berish ishtiyoqidan o`zini tiyishi kerak. Bu erda o`quvchilarning erkin, puхta 
o`ylangan fikrlarni olish maqsadi kutiladi. 
O`z dalillarini vaqti-vaqti bilan ko`rib chiqadi. Munozara tugagach, 
munozarachilar yozgan sharhlarini ovoz chiqarib o`qib beradilar. O`qituvchi kim 
yana qo`shimcha qilishni хohlaydi, deb so`raydi. O`quvchilarning munozara 
jarayonida bergan savollarini diqqat bilan tinglaydi, ular orasida yaхshilari bo`lishi 
mumkin. Talaba bergan savol munozarani to`g`ri yo`lga boshlaganini o`qituvchi 
his etsa, uni yozib oladi va kerakli paytda umumiy munozarani undan boshlaydi. 
Birinchi savol muhokama qilingandan so`ng, qolgan savollar shu usul bilan 
muhokama qilinadi. 

Download 0,91 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-Mavzu: Tarix darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja

Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish