|
4-Mavzu: Tarix darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish RejaBog'liq 4 MMMMChiqish qog`ozi
Agar munozaraga vaqt etishmasa, o`quvchilar o`zlarining mulohazalarini
qog`ozga uch band bo`yicha yozadilar:
1.Darsning eng muhim qismi 1. 2. 3.
2.Dars mavzusi bo`yicha bir savol 1. 2. 3.
3.Dars materiali bo`yicha umumiy sharh 1. 2. 3.
Bu vazifa o`quvchilarda mavzu bo`yicha olgan bilimlarini umumlashtirib,
qisqa va lo`nda bayon etish, savol berish ko`nikmalarini hosil qilishga o`rgatadi.
Yuqorida keltirilgan pedagogik strategiyalardan tashkari O`quvchilarning
mustaqil ishini tashkil qilishga yordam beradigan pedagogik strategiyalar»
bo`limida ko`rsatilgan INSERT, Sinkveyn va ikki qismli kundalik usullaridan
unumli foydalanish mumkin.
ESSE
Yozma topshiriqning ushbu turi o`quvchilarga o`rganilayotgan mavzuga doir o`z
bilimlari bo`yicha хulosa qilishga yordam berish va o`qituvchiga o`z o`quvchilari
nimalarni o`ylashi hususida ma‘lumot olish maqsadida qo`llaniladi.
Lo`nda qilib aytganda o`quvchilardan qo`yidagi ikki topshiriqni bajarish so`raladi,
ya‘ni mazkur mavzu bo`yicha ular nimalarni o`rganganlarini yozish va javobini
topa olmagan bitta savol berish. O`qituvchi darhol yozma ishlarni yig`ishtirib
oladi. Keyinchalik yozma ishlarda berilgan takliflardan darsni rejalashtirishda
foydalanishi mumkin.
INSERT
Ko`p insonlar o`qish jarayonida shunday holatga duch kelishadi: kitobni betini
oхirigacha o`qishadi. Lekin nima o`qiganlarini hech eslay olishmaydi. Bu inson
o`qiganda nima o`qiganligini tushunmasligi, o`qish jarayonida faol ishtirok
etmasligining misolidir. Bunday passiv o`qishni bartaraf etish yo`llaridan biri -
INSERT.
Ushbu strategiya o`qish jarayonida interaktiv belgilar tizimi yordamida
o`quvchilar o`z tushunishlarini kuzatib borishlariga qaratilgan.
Belgilar qo`yidagicha bo`lishi kerak:
«V» - (ha) degan belgini bildiradi, o`qiyotganlaringizni aniq bilganingiz yoki
bilaman deb uylaganlaringiz chetiga qo`yiladi;
«-» - «manfiy» - o`qiyotganlaringiz bilganingiz yoki bilaman deb
uylaganlaringizga zid bo`lsa, shu belgi qo`yiladi;
«+» - «musbat» - o`qiyotganlaringiz siz uchun yangi bo`lsa, shu belgi
qo`yiladi:
«?» - «so`roq» - degan belgini o`qiganlaringiz siz uchun tushunarsiz bo`lsa yoki
shu savolga doir batafsilroq ma‘lumotlarni olishni hohlashingizni bildiradi.
Har bir satr yoki taklif etilgan fikrni belgilash kerak emas. Ushbu belgilar
yordamida ma‘lumot to`g`risida umumiy tasvir aks etilsa qifoya bo`ladi.
Aхborotni mukammalroq tushunish uchun INSERT jadvalini tuzish tavsiya etiladi.
Unda olingan aхborot toifalarga bo`linadi.
|
| |