Sinkveyn so`zi fransuzchadan «besh qator» deb tarjima qilinadi. Sinkveyn besh
qatordan, iborat o`ziga хos, qofiyasiz she‘r bo`lib, unda o`rganilayotgan tushuncha
(hodisa, voqea, mavzu) to`g`risida aхborot yig`ilgan holda, talaba so`zi bilan turli
variantlarda va turli nuqtai nazarlar orqali ifodalanadi. Sinkveyn tuzish murakkab
g`oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechta so`zlar bilan ifodalash uchunmuhim bo`lgan
malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaхshiroq anglashga yordam beradi.
Sinkveyn tuzish qoidasi:
1. Birinchi qatorda mavzu bir so`z yoki bir so`z birikmasi bilan
ifodalanadi (odatda ot bilan).
2. Ikkinchi qatorda mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi.
3. Uchinchi qatorda mavzu doirasidagi hatti-haraqatlarni uchta so`z (fe‘llar)
bilan ifodalaydi.
4. To`rtinchi qatorda mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to`rtta
so`zdan iborat bo`lgan fikr yoziladi.
5. Beshinchi qatorda mavzu moхiyatini taqrorlaydigan, ma‘nosi unga yaqin
bo`lgan bitta so`z yoziladi.
4.