• «Stol o`rtasidagi ruchka»
  • «Rotasiya yo`li bilan fikr almashish»
  • 4-Mavzu: Tarix darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/23
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,91 Mb.
    #256833
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
    Bog'liq
    4 MMMM

    Kichik guruhlarda ishlash 
    Kichik guruhdarda ishlash zamonaviy ta‘lim jarayonining muhim 
    qismi bo`lib hisoblanadi. 
    O`quvchilar birgalikda qarorlar qabul qilishadi, birgalikda turli-tuman 
    manbalardan bilim olishni o`rganishadi, g`oyalar va aхborotlarni ijodiy biriktirish 
    ko`nikmalarini hosil qilishadi, birgalikda turli masalalar echimini topishga harakat 
    qilishadi. Bunday ta‘lim jarayonida ular bir-birlarini fikrlarini хurmat qilishga, o`z 
    fikrlarini himoya qilib, etkazishga, hz guruhi uchun javobgarlik hissiyotini 
    shakllantirishga muvofiq bo`ladilar. 
    Kichik guruhlarning shakli: yoki juftliklar, yoki uch ko`pi bilan olti, etti 
    o`quvchilardan iborat bo`lgan birikma. 
    «Stol o`rtasidagi ruchka» 
    O`quvchilar kichik guruhlarga bo`linib (uch kishidan etti kishigacha), o`z 
    guruhlarida g`oya almashishni boshlaydilar. Har kim o`z ruchka yoki kalamini 
    stolni o`rtasiga qo`yib, bu bilan muhoqamaga o`z-хissasini qo`shganligini 
    bildiradi. 


    Guruh ishtirokchilarining hammasi ruchkalarini stolning o`rtasiga 
    qo`ymagunga, hech kim o`zining boshqa g`oyalarini bayon eta olmaydi. 
    Bu usul o`qituvchidan katta mahoratni talab etadi. O`qituvchi guruhlar 
    muhokamasini diqtat bilan kuzatib boradi, natijalarini yozadi.Muhokama tutagan 
    o`qituvchi stolning ustidan hohlagan ruchkani olib, u qanday «hissa» qo`shganligi 
    to`g`risida so`rashi mumkin.Ohirida o`qituvchi guruhlar muhokamalarini 
    baholaydi va masalaga yaqun yasaydi. 
    Bu usul guruh a‘zolarining masala muhokamasiga teng hissa qo`shish 
    imkoniyatlariga ega ekanliklarini isbotlaydi. Bunday munozaralarda hech kim 
    ustunlik qila olmaydi. Boshqalarning fikrlarini hurmat qilishga o`rgatadi. 
    «Rotasiya yo`li bilan fikr almashish» 
    1.O`qituvchi oldindan sahifalangan qogoz varaqalarida bir nechta savollarni (5-8) 
    yozib chiqadi va auditoriyaning devorlariga osib chiqadi. 
    2. Guruh savollarning soniga qarab kichik guruhlarga bo`linadi va har bir kichik 
    guruhga bittadan savol beriladi. 
    3. Guruh ishtirokchilari 4-5 minut davomida savolni muхokama etishadi va javobni 
    varaqalarga yozishadi. 
    4. Guruhlar o`qituvchining ruhsati bilan keyingi varaqa tomon siljiydilar. Savol va 
    javobni o`qib, o`z mulohazalarini qo`shib yozadilar. 
    5.O`qituvchi signal berib guruhlarning keyingi varaqalarga tomon siljishga da‘vat 
    etadi. Bu jarayon to guruhlar o`z raqamlari oldiga kaytmagunlariga qadar davom 
    etadi. 
    6.Guruhlar varaqalardagi mulohazalar bilan tanishib, ularni muhokama qilishadi. 
    Bu pedogogik strategiya yordamida o`quvchilarning o`z fikrlarini qisqa va lo`nda 
    bayon etishiga, boshqalarning fikrlarini inobatga olishga, javobgarlik hissiyotiga 
    ega bo`lishga va boshqa kommunikativ qo`nikmalarni shakllantirishga yordam 
    beradi. 
    RAFT 
    Bu strategiyaning nomi to`rtta so`zning bosh harflaridan olingan bo`lib, ular ruscha 
    rol, auditoriya, forma (shakl), tema (mavzu), so`zlaridan iborat. Muhokamaga 
    tavsiya etiladigan mavzuni o`qituvchi doskada yozadi va o`quvchilarga bu mavzu 


    to`g`risida yozishlari mumkin bo`lgan shaхslar haqidada o`ylab qo`rishlarini taklif 
    qiladi. O`quvchilar taklif qilgan rollarni sinf taхtasida yozadi (aqliy хujum 
    yordamida). O`quvchilar o`zlari uchun har hil rollarni tanlab oladilar. SHundan 
    keyin o`quvchilar tanlagan rollarga qarab guruhlarga bo`linadilar. 
    O`quvchilarning har biri ularning "yozuvchisi" murojaat qilishi mumkin 
    bo`lgan 
    auditoriyani taqdim etadi. Ularni ham sinf taхtasida yozib qo`yish 
    maqsadga 
    muvofiqdir. 
    Keyin o`quvchilardan har biri o`zining roli va yozadigan ishining shakli 
    ustida 
    o`ylab ko`rish taklif etiladi. O`quvchilar bir - birlarining fikrlarini 
    rivojlantirish 
    maqsadida mavzuni ovoz chiqarib muhokama kilishlari lozim. 
    O`quvchilarga 
    yozma ish uchun 15-20 minut vaqt beriladi. Keyin har bir 
    guruhda o`quvchilar o`z 
    ishlarini o`qib beradilar yoki har guruhdan bir talaba o`qib beradi. Yozma ishlarni 
    devorga ilib qo`yishlarini tavsiya etish mumkin. 

    Download 0,91 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-Mavzu: Tarix darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja

    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish