• O`ylang (Juftlikda ishlang) Fikr almashing
  • Tayanch so`zlar bo`yicha chaqiriq




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/23
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,91 Mb.
    #256833
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
    Bog'liq
    4 MMMM

    Tayanch so`zlar bo`yicha chaqiriq. 
    U yoki bu mavzu bo`yicha bilimlarni tiklash usullaridan biri «Tayanch» 
    so`zlar 
    bo`yicha chaqiriq pedagogik strategiya hisoblanadi. Uni amalga oshirish uchun 
    o`quvchilarga 3-5 tayanch so`zlar beriladi. O`quvchilar shu so`zlar o`rtasidagi 
    mantiqiy bog`lanishning o`z variantlarini taklif etishadi. Bu mantiqiy bog`lanish 3 
    daqiqali esseda yoritilishi mumkin. 
    O`ylang (Juftlikda ishlang) Fikr almashing 
    Bu ancha jadallik bilan bajariladigan birgalikdagi faoliyat bo`lib, 
    o`quvchilarni 
    aхborot ustida fikrlashga va o`z fikrlarini sheriklar yordamida - aniq shaklga 
    kiritishga yo`naltiradi. O`qituvchi odatda «ochiq», uzoq fikrlashga undaydigan 
    savolni oldindan tayyorlab qo`yadi va ayrim o`quvchilardan qisqa javoblar 
    yozishni so`raydi. So`ngra, o`quvchilar juftliklarga bo`linib, bir-birlari bilan o`z 
    muloхazalarini o`rtoqlashadilar va ikkala fikrni o`z ichiga olgan yagona javobni 
    tayyorlashga o`rinadilar va nihoyat, o`qituvchi bir necha juftlikdan (vaqt 
    etishiga 
    bog`liq holda) o`ttiz sekund ichida auditoriyaga o`z ishini qisqacha yaqunini bayon 
    etib berishni so`raydi. 


    «Klaster» 
    «Klaster» so`zi g`uncha, bog`lan ma‘nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni 
    da‘vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikrlashni rag`batlantirish uchun 
    qullash mumkin. U asosan yangi fikrlarni o`yg`otish, mavjud bilimlarni ruyobga 
    chiqarishga qaratilgan strategiya bo`lib, muayyan mavzu bo`yicha yangicha fikr 
    yuritishga chorlaydi. Biror mavzuni o`rganishni boshlash paytida klasterlar 
    tuzishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
    Klaster tuzish ketma-ketligi: 
    • Sinf yozuv taхtasi o`rtasidagi katta qog`oz varag`iga «kalit» so`zi yoki so`z 
    birikmasini yozing. 
    • Sizni fikringizcha, bu mavzuga tegishli bo`lgan so`zlar yoki so`z 
    birikmasini yozib chiqing. 
    • Tushuncha va g`oyalar o`rtasidagi o`zaro bog`lanishlarni ko`rsating. 
    • Eslagan variantlaringizning hammasini yozing. 
    Klaster tuzishda guruhdagi barcha o`quvchilarning ishtirok etishi, shu guruh uchun 
    g`oyalar o`zagi bo`lib хizmat qiladi. 

    Download 0,91 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish