Texnologiya tushunchasi
―Texnologiya‖- grekcha ―techne‖ so'zidan olingan
bo'lib, mahorat, hunar va ―logos‖- tushuncha, ta'limot ma'nosini anglatadi.
Texnologiya samarali
vositalar yordamida ishlab chiqarishda mahsulotning sifat
o'zgarishga olib keluvchi tizimli usullar yig'indisidir.
Pedagogik texnologiya
ta'lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va
texnika resurslari va ularning o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda butun o'qitish va
bilimlarni o'zlashtirish jarayonini yaratish, qo'llash va aniqlashtirishning tizimli
usulidir. (YUNESKO)
“Pedagogik texnologiya
- ta'lim maqsadlariga va shaxsning rivojlanishiga
qaratilgan pedagogik faoliyatni mutassil ravishda rivojlantirish tizimini
loyihalashdir‖ (N.Azizxo'jaeva).
Pedagogik texnologiyalar
ta'lim- tarbiya jarayoniga o'ziga xos bo'lgan innavatsion
yondashuvdir. U pedagogikada ijtimoiy- muhandislik tafakkurining ifodasi,
o'qitish, tarbiyalash jarayonini ma'lum darajada standart holatga solib, uning
optimal loyihasini tuzish bilan bog'liq tushunchadir. Jumladan, o'qitishning
vazxonlik usulilaridan voz kechib, komp`yuterlar, ta'limning texnik vositalari
yordamida o'qitish, o'quvchining bilish faoliyatining boshqaruvchisi, tashkilotchisi,
maslahatchisi, yakuniy natijaga erishishga yo'lovchi- o'qituvchi, ustoz rahbarligida
o'quvchilarning ko'proq mustaqil faoliyatini tashkil etish va eng muhimi
o'qituvchining deyarli har xil natijaga erishish imkoniyatining mavjudligidir.
Ayniqsa, o'qitishga yagona davlat ta'lim standartlari joriy etilgan, jahonning barcha
davlatlari andozalari talabiga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlashning
hozirgi davrida keyingi
holat alohida ahamiyat kasb etadi. O'quv jarayonini pedagogik texnologiyalar
asosida tashkil etilganda ta'lim maqsadlari belgilanadi yoki loyihalanadi,
kutilayotgan yakuniy natija- ijobiy sifat o'zgarishi kafolatlanadi, o'quv jarayonining
takrorlanuvchi sikli yaratiladi, tezkor qaytuvchi aloqa vujudga keladi, o'quv
maqsadlari, o'quv jarayoniga kerakli tuzatishlar kiritilib borilaveradi.
Pedagogik jarayonni tafakkur asosida standartlash loyihasi g'oyasi XVI asrda
yashagan slavyan pedagogi YA.O. Komenskiy tomonidan ilgari surilgan edi. U
o'zining ―Buyuk didaktika‖ deb nomlangan mashhur asarida ta'lim- tarbiya
jarayonini bir qolipga solmoqchi bo'lganki, unda ―har bir usul va narsalar vaqt
jihatidan‖ shunday joylashtirilishi kerak ediki, ―butun pedagogik jarayon yaxshi
sozlangan soat kabi bexato yurishi kerak‖ edi. Buyuk pedagog YA.O.Komenskiy
yetmagan orzuga XX asr pedagoglari yetib, pedagogik texnologiyalar yaratishdi.
XXI asrda bu ijtimoiy voqelik innovatsion pedagogik texnologiyalar nomini olib,
butun dunyo pedagoglariga dasturamal bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Amaliyotda
qo'llanilayotgan
pedagogik
texnologiyalarni
umumlashtirib,
quyidagicha
turkumlash mumkin.
-insonparvarlik va demokratik pedagogik munosabatga asoslangan pedagogik
texnologiyalar (shaxsiy munosabatni shakllantirish, yakka holdagi yondoshuv,
demokratik boshqaruv, insonparvarlikka yo'naltirilgan texnologiyalar)
-ta'lim oluvchilarni faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan pedagogik
texnologiyalar (o'yinli texnologiyalar, muammoli o'qitish, kommunikativ o'qitish
texnologiyalari kabi)
-o'qitish jarayonini samarali tashkil etish va boshqarishga asoslangan pedagogik
texnologiyalar (dasturli o'qitish, differentsiyali o'qitish texnologiyasi, yakka holda
o'qitish, istiqbolli o'qitish,
guruhli va jamoali o'qitish texnologiyasi, axborotli texnologiya kabi)-o'quv
materialini metodik taqqoslashtirish va didaktik rekonstruktsiya qilishda pedagogik
texnologiyalar. (aqliy harakatni shakllantirishning tartibli texnologiyasi, didaktik
birlikni mustahkamlash texnologiyasi va boshqalar).
-xalq pedagogikasiga asoslangan texnologiyalar.
Ta'lim- tarbiya amaliyotida keng qo'llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning
turlaridan namunalar keltirish mumkin:
-komp`yuterli- axborot texnologiyalari;
-modul texnologiyasi;
-diagnostik texnologiyalar;
-mul`timediyali texnologiya;
-muammoli o'qitish texnologiyasi;
-differentsiallash texnologiyasi;
-dasturli ta'lim texnologiyasi;
-masofadan o'qitish texnologiyasi;
-mustaqil ta'lim texnologiyasi;
-bilimni baholash texnologiyasi;
-tarbiyalanganlik darajasini aniqlash texnologiyasi;
-pedagogik hamkorlik texnologiyasi;
-o'yinlar texnologiyasi; (imitatsion o'yinlar, rolli o'yinlar, o'yin- munozara kabi).
-interfaol usulli texnologiyalar va boshqalar.
|