2)
muammo yechimini aniqlashga jamoaviy tarzda erishish. Muammoning
yechimida turli muqobil javoblarning mavjudligi.
Yagona yechimning mantiqan
mavjud emasligi,
3)
muammo yechimini izlashda yagona maqsadning qo‗yilishi,
4)
faoliyatni baholashning guruhiy tizimining mavjudligi.
Keys – bu yaxlit axborotlar majmui. Qoidaga ko„ra, keys uch qismdan iborat
bo„ladi:
1) keysni tahlil etish uchun zarur yordamchi axborotlar,
2) aniq vaziyat bayoni,
3) keys topshirig‗i.
Keysda bayon qilingan vaziyat institutsional tizimda (shu o‗rinda
va keyinchalik -
korxonada) diskret (ayni shu) vaqtda tashkiliy hayotdagi tipik muammolarni qayta
yaratadigan real yoki sun‘iy qurilgan hodisalarning ideal tarzdagi in‘ikosidan
iboratdir. Muammoli vaziyat. Mazkur holda vaziyat sub‘yektining
hozirgi vaqtda
yoki kelgusidagi maqsadlarga erishishiga xavf soladigan vaziyat tushuniladi.
Keysning ilmiy pasporti tayyorlanadi va unda albatta ilmiy pasport tayyorlaniladi.
Maqsadning qo‗yilishi.
-
Keysning o‗quv kursi tuzilmasidagi o‗rnini belgilash.
-
Uning ta‘lim maqsadini to‗liq ifoda etish.
Keysning talabalarning ta‘limdagi yutuqlari natijalari uchun ―mas‘uliyat zonasi‖ni
aniqlash, o‗zlashtirilishi kengaytirilishi rivojlantirilishi lozim bo‗lgan bilim, malaka
va ko‗nikmalar ro‗yxati.
Muammo qandaydir harakatlar qilish uchun yetilgan
zarurat bilan uni amalga
oshirish uchun shart-sharoitlar yetishmasligi o‗rtasidagi ziddiyatning amal qilishi va
ifodalanishi shaklidan iboratligi sababli muammoning ifodalanishi ana shu ziddiyatni
belgilaydi.
―Keys-stadi‖ texnologiyasidan ta‘lim natijalarini nazorat qilish va tekshirishda ham
foydalanish mumkin. Har bir o‗quvchiga imtihondan oldin individual keys beriladi.
O‗quvchilar keysdagi
topshiriqlarni bajarib, hisobot shaklida o‗qituvchiga
topshiradilar.
Darsga tayyorlanish jarayonida o‗qituvchi o‗quv maqsadlarini
hisobga olgan holda
har xil turdagi keyslarni ishlab chiqishi lozim.
Keys asosidagi o‗quv mashg‗ulotlarida o‗quvchilar faoliyatini turli shakllarda tashkil
qilish imkoniyati mavjud. Masalan, taklif etilayotgan vaziyat sahnalashtirilishi hamda
―Aqliy hujum‖,
bahs-munozara, ilmiy bahslashuv metodlari orqali muhokama
qilinishi mumkin.
Ochiq muloqotda asosiy omillar o‗quvchilarning ko‗nikma
va malakalari,
o‗qituvchining muloqotni tashkil eta olish qobiliyati sanaladi. Savollarni berish
jarayonida o‗qituvchi o‗quvchilarning diqqatini keys
matnidagi aniq axborotga
qaratadi, to‗g‗ri javob berishga undaydi. Keys matndagi muammoni ajratib olish,
vaziyatni baholash, hodisa va jarayonni tahlil qilish o‗quvchilarning kommunikatsion
ko‗nikmalarini ham rivojlantiradi.
Darsga tayyorlanish jarayonida o‗qituvchi o‗quv maqsadlarini hisobga olgan holda
har xil turdagi keyslarni ishlab chiqishi lozim.