.kimlar vatan ravnaqi uchun xizmat qilishga urinishgani
xaqida gapirish mumkin
emas.e'tiborni faqat podshoxlar zulmi va ularga qarshi qaratilan xalq kurashiga
burmoq lozim bo'ladi. Maxsus maktablarda mutaxassislik juda chegaralab o'tilishi
kerak... Oliy o'quv yurtlariga shunday kishilarni qabul kilishga erishish kerakki,
ular xalqning omi qatlamidan bo'lishsin va ularni mutaxassislik bo'yicha chuqur
bilim olish emas, balki faqat diplom qiziqtirsin1.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, sobiq Ittifoq davrida ta'limga, milliy tarbiyaga,
fikr-mushohada yuritishga e'tibor berilmagan. Aksincha. ,bugungi kunda
mustaqillik
sharoitida, bilimlar iqtisodiyoti davrida tarixga xolisona munosabat
bildirib, o'quvchilarda o'ziga ishonch ruhini tarbiyalashimiz, mustaqil fikr yurita
olishlariga zamin Hozirlashimiz lozim. Ana shu vazifalarni amalga oshirishda
yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarur.
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi o'quvchi shaxsining
rivojlantirish orqali ta'lim maqsadiga erishishni ta'minlashdan iborat. Aslida
pedagogik texnologiya quyidagi tarkibiy unsurlarga ega bo'lib u quyidagilardan
iborat:
-ta'lim jarayonining umumiy loyixasi;
-ta'limni tashkil etishga nisbatan ijtimoiy extiyoj
-ta'lim maqsadi
-ta'lim mazmuni, shakl, metod usullari texnikasi
-o'quvchi va o'qituvchi faoliyati
-ta'lim natijasi
Ta'limda pedagogik texnologiyadan foydalanish jarayonida o'quvchilarning
yosh, fiziologik,psixologik xamda shaxsiy xususiyatlarini
xisobga olgan xolda,
ta'lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish, xamda faoliyatni
ob'ektiv baxolash shartlariga amal qilish lozim.Xususiy fanlarni o'qitish jarayonida
samarali ravishda texnik vositalar imkoniyatidan keng foydlanish muxim
xisoblanadi. Ilmiylik, amaliylik , tavsifiylik pedagogik
texnologiyaning muxim
xususiyatlari xisoblanadi. Ta'limda pedagogik texnoligiyalardan. Foydalanib,
ortiqcha ruxiy va jismoniy kuch sarf etmay qisqa vaqt ichida yuksak natijaga
erishish mumkin. Pedagog inter faol usullardan foydalanib, o'z bilimini chiroyli
taqdimotini
uyushtirishi mumkin, chiroyli taklif muxim talablarni keltirib
chiqarganidek, o'quvchi shaxsiga samimiy, oqilona munosabatda bo'linganda fan
predmetlaridan o'zlashtirishni yuqori sifat ko'rsatkichlariga yetkazish mumkin.