Keys texnologiyasining mazmun va mohiyati




Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/23
Sana29.05.2024
Hajmi0,91 Mb.
#256833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
4 MMMM

Keys texnologiyasining mazmun va mohiyati. 
Case so‗zi, lotincha casus – voqea, hodisa so‗zidan kelib chiqqan va keyinroq 
inglizcha – case - to‗plam, aniq vaziyat, study – ta‘lim ta‘lim so‗zlarining birikuvidan 
hosil qilingan bo‗lib, aniq vaziyatlarni o‗rganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga 
ega natijalarga erishishga asoslangan ta‘lim texnologiyasidir. Bunda muammoli 
ta‘lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni o‗rganish asosida aniq qarorlar 
qabul qilishga asoslanadi. Boshqacha aytganda, bu tushuncha hayotda yuz beradigan 
qandaydir voqea yoki hodisani, aniq bir vaziyatning tafsilotini anglatadi. 
Keys – stadi (aniq bir holat yoki vaziyat), muayyan jarayonida sodir bo‗ladigan 
haqiqiy voqelikni so‗zlar, raqamlar, obrazlarda ifoda etishda namoyon bo‗ladi. 
Bundan tashqari, bu ifoda ta‘lim sohasida, hodisa yoki vaziyatni tadqiq etish uchun 
ishlatiladigan axborot, stenografiya sifatida qo‗llaniladi. Keys-stadi hodisa yoki 
vaziyatni oddiy tafsilotidan farqli o‗laroq, u o‗quv materialini o‗zlashtirish uchun 
ko‗maklashuvchi axborotni o‗z ichiga oladi, bunga duch kelgan muammoni aniqlash 
va uning yechim yo‗llarini izlash orqali erishiladi. Keys-stadi, muayyan o‗quv 
maqsadli bilim olish vositasi sifatida ishlab chiqilishi zarur. Ushbu maqsadlar keng 
ko‗lamli bo‗lib, axborotlar, ma‘lumotlar yoki tafsilotlar bilan ta‘minlanishini nazarda 
tutadi, ular muayyan qarashlar yoki usullarni namoyish etishda qo‗llanilishi mumkin.
Keys ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870-yilda qo‗llanilgan 
edi. 1920-yilda Garvard biznes-maktabi (HBS) o‗qituvchilari yuristlarning o‗qitish 
tajribasiga tayanib, iqtisodiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama 
qilishni ta‘limning asosiy usuli etib tanlashganidan keyin mazkur o‗qitish uslubi keng 
tatbiq etila boshladi.
Keysda bayon qilingan va ta‘lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning 
maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo‗naltiradigan aniq real 
yoki sun‘iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga 
asoslanadigan ta‘lim uslubidir.


Keys-stadi - ta‘lim, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo‗yilgan ta‘lim 
maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal 
qilish jarayonida prognoz qilinadigan o‗quv natijalariga kafolatli yetishishni vositali 
tarzda ta‘minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan 
iborat bo‗lgan ta‘lim texnologiyasidir. Agar u o‗quv jarayonida ma‘lum bir maqsadga 
erishish yo‗li sifatida qo‗llanilsa, metod xarakteriga ega bo‗ladi, biror bir jarayonni 
tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma‘lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, 
texnologik jihatni o‗zida aks ettiradi. 
Keys-stadi metodining asosiy kategoriyasi bu - tahlil(analiz)dir. Tahlil etish 
kategoriyasi ob‘yektni xayolan bo‗laklarga bo‗lish yoki ilmiy tadqiq etish sifatida 
tushunilishi mumkin. Analizning turli tasniflari mavjud bo‗lib ommaviy analiz 
tasnifini quyidagicha belgilash mumkin: tizimli analiz, korrelyasion analiz, faktorli 
analiz, statistik analiz va boshqalar. 
Analizning ushbu barcha turlari keys-stadi metodi doirasida qo‗llanilishi mumkin 
bo‗lib, mazkur holat metodning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. 
O‗quvchilar tomonidan keysni yechish texnologiyasi:
Birinchi bosqich – keysni hal etish bo‗yicha individual (auditoriyadan tashqari) ish.
Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa bo‗lib (auditoriyada) ishlash.

Download 0,91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Keys texnologiyasining mazmun va mohiyati

Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish