4.
Ta‘lim oluvchilarning emotsional holatlarini boshqarish mumkinligi,
5. Faoliyatni baholash imkoniyati.
Keys texnologiyasini tashkil etishda o‗qituvchining faoliyati
ikki bosqichdan iborat
bo‗ladi.
Birinchi bosqich
- keysni va uning tahlili uchun savollarni
ishlab chiqish uchun
o‗qituvchining ijodiy ishi. Bu bosqich o‗quv mashg‗ulotidan oldin amalga oshiriladi
va pedagogning ilmiy-tadqiqot, metodik va konstruktiv faoliyatini qamrab oladi.
Ikkinchi bosqich
- o‗qituvchining auditoriyadagi faoliyati. Bunga o‗qituvchining
kirish so‗zi,
xulosasi, kichik guruhlarda
ishni tashkil etishi,
bahs-munozarani
boshqarishi, vaziyat tahlili bo‗yicha o‗quvchilar faoliyatini baholashi kiradi.
Hamkorlikdagi faoliyatga kirishish. Bu bosqichning asosiy
vazifasi hamkorlikdagi
faoliyatga bo‗lgan motivatsiyani shakllantirish.
Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish. Bu bosqichning
asosiy vazifasi kichik
guruhlarda yoki individual tarzda muammoni hal etish bo‗yicha
faoliyatni tashkil
etish. Har bir guruhda spiker (muammo yechimini taqdim etadigan),
kotib
(muhokamaning borishini yozib boradigan), vaqt nazoratchisi (vaqt o‗tishini nazorat
qiladigan) tanlanadi. Agar keys to‗g‗ri tuzilgan bo‗lsa bir guruhning yechimi boshqa
guruhning javobiga o‗xshamaydi. O‗qituvchi bahsni tashkil etadi va uni boshqaradi.
Keysni bajarish jarayonida o‗quvchilarda quyidagi ko‗nikmalar rivojlanadi:
Axborotni qabul qilish va qayta ishlash (matnni tahlil qilish, sabab-oqibat aloqalarini
o‗rnatish, muammoni hal etish yo‗llarini qidirish, axborotni sintez qilish).
Kommunikativ
(suhbat yuritish, boshqalarni ishontirish, o‗z nuqtai nazarini himoya
qilish, boshqalarning xulq-atvorini baholash, o‗zini nazorat qilish).