4-Mavzu:Tarix darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Reja
1.Pedagogikada dars jarayoniga yangicha yondoshuvlarning (innovatsiyalarning)
maqsad va vazifalari.
2.Texnologiya
tushunchasi.
Ta'lim
texnologiyasi
va
o'qituvchi.
3.Tarix darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Keys
texnologiyasining mazmun va mohiyati.
Tayanch so'z va iboralar:
Darsga formal-an'anaviy, akademik yondoshuvdan voz kechish zaruriyati.
Pedagogikada dars jarayoniga yangicha yondoshuvlarning (innovatsiyalarning)
maqsad va vazifalari. Texnologiya tushunchasi. Texnologiya va metodika. Ta'lim
texnologiyasi va o'qituvchi. Darsning texnologik kartasi. Ta'lim
jarayonida
interfaol usullar. Interfaol usullar–o'quvchilarning o'zaro va o'qituvchi bilan faol
muloqoti sifatida. Bunday pedagogik usullarni qo'llash shartlari. Psixologik vaziyat
yaratish. Sotsiologik tadqiqotlar o'tkazish, muammoviy anjumanlar tashkil qilish,
ilmiy ishlar yozish o'quvchilarni ilmiy izlanishga yo'naltirish
shakllari
sifatida.Ta'limda formal-an'anaviy, akademik yondoshuv; pedagogik texnologiya
va
metodika; texnologik karta; interfaol usullar; ta'limda
amaliy ishlarni tashkil
qilish.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish- obyektiv zaruriyat.
Jamiyat
rivojidagi
ilmiy-
texnikaviy
taraqqiyot
ishlab
chiqarishni
texnologiyalashririshga olib keladi. Hozirgi davrda texnologiyalashrirish jarayoni
hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda.Texnologiyalashtirish ob'ektiv jarayon
bo'lib, ishlab chiqarishning
barcha sohalariga kirib boradi, ular evolyutsiyasining
yangi vazifalarini sifatli hal etilishiga asos soladi.
Texnologiyalashrirish tushunchasini bevosita pedagogik jarayonlar bilan bog'lasak,
u holda ta'lim- tarbiya qonuniyatlarini amalga oshirish,
ularning yangi
qonuniyatlarining o'ziga xos qirralarini kashf etish asosida umumiy maqsadga
erishish- ijobiy sifat o'zgarishlariga ega bo'lgan barkamol avlod shaxsini
shakllantirish tushuniladi. Yoki pedagogik texnologizatsiyani
shaxsda yangi sifat
o'zgarishlarini loyihalovchi, kutilajak natijani kafolatlovchi, ta'lim-
tarbiyani