• Uchinchi yondashuv «korxonaga sodiklik»ka asoslangan.
  • Egiluvchanlik
  • ikkinchi «mehnat bozori» yondashuvi




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/13
    Sana19.05.2024
    Hajmi1,19 Mb.
    #244339
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    ikkinchi «mehnat bozori» yondashuvi 
    ish beruvchini 
    tashqi mehnat bozorida eng maqbul kasbga ega ishchi kuchini qidirishga 
    rag‘batlantiruvchi omillar bilan bog‘liqdir. Bu holda tashqi bozordan ishchi kuchini 
    jalb etish muayyan cheklashlarga ega ekanligini hisobga olish lozim. Jumladan, 
    kadrlarni tanlash uchun sarf-xarajatlar talab etiladi. Bozor kon’yunkturasi mazkur 
    firma uchun talab etilayotgan malakali ishchi kuchiga taklifni kamaytirishi mumkin, 
    ushbu sharoitlarda tashqi mehnat bozoridan foydalanish xodimlarni yollash bilan 
    bog‘liq xarajatlarni ko‘paytirib yuboradi. 

    Uchinchi yondashuv «korxonaga sodiklik»ka asoslangan. 
    Bu holda xodimlarni 
    korxona (firma) faoliyatiga jalb etish shu darajaga etadiki, xodimlarda korxonaga o‘z 
    mulkidek munosabatda bo‘lish shakllanadi. Mazkur yondashuvda xodim va ish 
    beruvchi bilan iqtisodiy munosabatlar xodimlar va korxona o‘rtasidagi shartnomada 
    mustahkam-langan bo‘ladi. Ushbu shartnomada ish haqi, boshqa iqtisodiy 
    masalalar mas’uliyati, hokimiyatni sui iste’mol qilish cheklovlari belgilab qo‘yiladi. 
    «Korxonaga sadoqat» psixologik omillar — xodimlarning sidqidilligi, topshiriqlarning 
    aniqligi va ularning ijroga bog‘liqligi, shaxsiy qadriyatlar va firma qadriyatlari, 
    shaxsiy va guruhiy munosabatlarni qamrab oladi 



    Xodimlarni boshqarish tizimi quyidagi tamoyillarga javob berishi 
    kerak: 

    Egiluvchanlik 
    — ishlab chiqarishda va xodimlar tarkibida ro‘y berayotgan 
    o‘zgarishlarga muvofiq qisqa muddatda tizim tuzilmasini qayta tashkil etish 
    imkoniyati. 

    Markazlashtirish 
    — korxona bo‘linmalari va xizmatlaridagi xodimlar 
    funksiyalarini oqilona markazlashtirish, tezkor boshqarish funksiyalarini kuyi 
    bo‘g‘inlar ixtiyoriga berish. 


    Download 1,19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish