•
Xodimlarni boshqarishning chet el tajribalari
. Transmilliy
korporatsiyalar, qo‘shma korxonalar, 100 foizli Nizom
jamg‘armasiga ega chet el sarmoyasi hisobiga shakllangan
qo‘shma korxonalar jadal rivojlanib
borayotgan hozirgi global-
lashuv sharoitida xodimlarni boshqarishning umum e’tirof
etilgan qoida va tamoyillari bilan bir qatorda ushbu sohada
har bir davlatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish
kerak.
•
Ikki yoki bir necha mamlakat ishbilarmonlari ishtirokida
tashkil etilgan qo‘shma korxonalarda tadbirkorlar o‘z
sheriklari-ning davlatidagi nafaqat amaldagi qonunchiligi,
balki o‘ziga xos mehnat etikasi, milliy xususiyatlarini,
madaniyatini, urf-odatlarini ham juda yaxshi
bilishlari talab
etilmoqda. SHuning uchun, aytaylik, yaponiyalik
ishbilarmonlar o‘zlarining AQSHda joylash-tirilgan
korxonalarida xodimlarni boshqarishning an’anaviy uslublarini
amerikaliklarning ichki ishlab chiqarish munosa-batlari va
turmush tarzini hisobgaolgan holda sezilarli darajada
o‘zgartiradilar.
•
Gollandiya modelida imzolangan
bitimlarga hurmat
hamda firmaning har bir a’zosi tomonidan bu bitimlar
ijrosini eng yaxshi tarzda bajarish uchun maqbul
yo‘llarni izlash xosdir. Ammo belgilab qo‘yilgan qoida
va tamoyillar o‘zgargan
taqdirda ishlab chiqarish
tarkibidagi xohlagan bo‘g‘in yangi bitim bo‘yicha o‘z
tashabbusi bilan chiqishi va uni yangi bitim
imzolangunga qadar himoya qilish huquqiga ega.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, boshqaruvning bu
modeli gollandiyaliklarning XVI asrdayoq tarkib
topgan siyosiy tamoyillariga borib taqaladi. O‘sha
davrda muhim qarorlar qabul qilish uchun mamlakat
provinsiyalari aholisiga yangi qarorlarning ahamiyati
to‘g‘risida uzoq vaqt tushuntirish olib borish va ularni
ushbu prinsipial masalalarda bir murosaga
keltirish
kerak bo‘lgan.