• 3. Moddiy mas’uliyat. Bu xodimning mehnat faoliyati yoki faoliyatsizligi oqibatida korxonaga etkazilgan moddiy zararini qoplashdir. • 4. Intizomiy mas’uliyat
  • 5. Ma’muriy mas’uliyat
  • II. Boshqaruvning iqtisodiy uslublari
  • 2. Xo‘jalik hisobi
  • Farmoyish bilan ta’sir ko‘rsatish




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/13
    Sana19.05.2024
    Hajmi1,19 Mb.
    #244339
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    2. Farmoyish bilan ta’sir ko‘rsatish 
    — boshqaruv maqsadlariga bevosita 
    ma’muriy boshqarish orqali erishishga qaratilgan. Xodimlarga farmoyish orqali ta’sir 
    ko‘rsatish vositalariga ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnat va ijro intizomi, 
    mehnatni me’yorlash, ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilishga Qaratilgan 
    rahbariyatfarmoyishlari, buyruqlari, ko‘rsatmalarini keltirish mumkin. 

    3. Moddiy mas’uliyat. 
    Bu xodimning mehnat faoliyati yoki faoliyatsizligi oqibatida 
    korxonaga etkazilgan moddiy zararini qoplashdir. 

    4. Intizomiy mas’uliyat 
    — mehnatga oid amaldagi qonunchilikka rioya 
    etilmagan taqdirdagi mas’uliyatdir. 

    5. Ma’muriy mas’uliyat 
    — xodim tomonidan ma’muriy huquq-buzarliklarga 
    yo‘l qo‘yilgan hollardagi mas’uliyatdir. Bu jazo choralari davlat yoki mahalliy 
    hokimiyat organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan mansabdor 
    shaxsga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq qo‘llaniladi. 



    II. Boshqaruvning iqtisodiy uslublari 
    — xodimlarga iqtisodiy qonunlar va me’yoriy 
    hujjatlar asosida ta’sir ko‘rsatishdir. Ularning quyidagi turlari mavjuddir. 

    1. Xo‘jalikni rejali yuritish 
    — bu har qanday korxona faoliyat yuritishining 
    asosiy qonuni hisoblanib, korxona maqsadlariga erishishning aniq strategiyasi 
    mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxona erkin tovar 
    ishlab chiqaruvchi hisoblanib, bozorda boshqa korxonalarning teng huquqli sherigi 
    maqomiga ega bo‘ladi. Korxonaning iqtisodiy rivojlanish rejasi tovarga bozor talabi 
    bilan zarur resurslar o‘rtasidagi balansni ta’minlovchi asosiy shakli hisoblanadi. 

    2. Xo‘jalik hisobi 
    — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini xo‘jalik 
    faoliyati natijalari (sotish hajmi, daromad) bilan taqqoslash asosidagi xo‘jalik 
    yuritish uslubidir. U korxona mustaqilligi, o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlashi, 
    iqtisodiy me’yorlarga asoslangan. 


    Download 1,19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish