•
III. Boshqaruvning ijtimoiy uslublari
xodimlarni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Bu
uslublar xodimlarning jamoadagi o‘rni va mohiyatini, etakchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-
quvvatlash, xodimlarni ishga qiziqtirishni korxona pirovard maqsadlari bilan bog‘lash,
mehnat nizolarining oldini olish, ular ro‘y bergan taqdirda bu nizolarni hal etish imkonini
beradi. Ushbu uslublar quyidagi xususiyatlarga ega:
•
1. Ijtimoiy rejalashtirish
— ijtimoiy me’yorlar (turmush darajasi, mehnatga haqto‘lash, uy-
joyga ehtiyoj, mehnat sharoiti va boshqalar)ni ishlab chiqish, ijtimoiy maqsad va mezonlarni
belgilash imkonini beradi.
•
2. Tadqiqotlarning ijtimoiy uslublari
xodimlarni tanlash, baholash, joy-joyiga qo‘yish va
o‘qitish uchun zarur ma’lumotlarni tayyorlashda, asoslangan qarorlar qabul qilishga xizmat
qiladi.
•
3. SHaxsiy sifatlar
— ijtimoiy shaxsning tarkibiy qismi bo‘lib, xodimning mehnat jamoasida
barqaror namoyon bo‘ladigan xususiyatlarini ko‘rsatadi.
•
4.
Axloq — insonning jamiyatda ma’naviyatga, axloqiy me’yorlarga amal qilgan holda o‘zini
tutishidir.
•
5. SHerikchilik
— har qanday ijtimoiy guruhlarning eng muhim xususiyati bo‘lib,
insonlarning o‘zaro munosabatlarini belgilaydi.
•
6. Musobaqalashish
— ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib, insonlarning
muvaffaqiyatga erishishga, g‘olib-
likka,
o‘zini namoyon etishga intilishini ko‘rsatadi.
•