•
Boshqaruv uslublari
— ishlab chiqarishni boshqarish maqsadlariga erishish uchun
xodimlarga boshqaruv ta’sirini o‘tkazish vositalaridir. Odatda, boshqaruvning
quyidagi uslublari farqlanadi:
•
I. Boshqaruvning ma’muriy uslublari.
Bu uslub hokimiyatga, xodimlarga imtiyozlar
berish va jazo choralari ko‘rishga asoslangan. Xodimlarga ma’muriy ta’sir
ko‘rsatishning besh asosiy vositasi mavjuddir:
•
1. Tashkiliy ta’sir
— korxona faoliyatini muvofiklashtirib turuvchi me’yoriy hujjatlar
(korxona nizomi, jamoa shartnomasi, shtatlar jadvali, xizmat yo‘riqnomalari, ish
o‘rnini tashkil etish qoidalari)ga asoslangan. Tashkiliy ta’sir yuqori darajada yo‘lga
qo‘yilgan korxonalarda mehnat va ijro intizomi, pirovard ishlab chiqarish natijalari
yuqori bo‘ladi va farmoyish ta’sirini qo‘llashga hojat bo‘lmaydi.
•