|
4-sinf ona tili darslarida fonetikani o‘rgatish tizimi mundarija kirish I bob. Boshlangʻich sinflarda fonetikani o‘rganishning ilmiy-metodik asoslari
|
bet | 2/10 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 42,14 Kb. | | #160415 |
Bog'liq 4-SINF ONA TILI DARSLARIDA FONETIKANI O‘RGATISH TIZIMIKurs ishining predmeti: Boshlangʻich sinflarda o‘quvchilarni unli va undosh tovush va harflarni to‘g`ri yozish va talaffuz qilishga o‘rgatish ta’limiy hamda didaktik vositaladan foydalanish jarayoni
Kurs ishining obyekti: Boshlang’ich sinf ona tili darslarida fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlarni o‘rganish va taxlil qilish orqali o‘quvchilarning hosil qilingan ko‘nikmalarini shakllantirish
Kurs ishining vazifalari:
Maskur muamoga oid ilmiy- metodik adabiyotlarni o‘rganish va taxlili;
amaldagi ona tili darsliklaridan o‘rin olgan fonetik hodisaga uchragan so‘zlarning mashq va topshiriqlarni tahliliy o‘rganib chiqish.
o‘quvchilarni mustaqil ishlashga yo‘naltiruvchi mashq va topshiriqlarni ishlash jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish
ishlab chiqilgan ta’limiy hamda didaktik vositalarni samaradorlik darajasini aniqlash;
I BOB. BOSHLANGʻICH SINFLARDA FONETIKANI O‘RGANISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI
1.1. Boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi fanining predmeti
Boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi fanining predmeti o‗quvchilarga o‗zbek tilini o‗rgatish yollari va vositalari, ona tilini egallash, ya‘ni nutqni, o‗qish va yozishni, grammatika va imloni o‗zlashtirib olish to‗g‗risidagi ilmdir. Umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarida (1-9-sinf) ona tili fanini o‗qitishning asosiy maqsadi – o‗z fikrini og‗zaki va yozma tarzda to‗g‗ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‗zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarida ona tili fani ni o‗qitish-ning asosiy vazifasi: o‗quvchi shaxsini fikrlashga, o‗zgalar fikrini anglashga, o‗z fikrini og‗zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‗quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‗zning tarkibi, so‗z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllan-tirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‗g‗ri va ravon bayon eta olish ko‗nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat 11 . Umumiy o‗rta ta‘limning boshlang‗ich sinflarda o‘qish fani o‗quvchilarni ongli, to‗g‗ri va ifodali o‗qishga o‗rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyatini hamda mustaqil fikrlash qobiliyati shakllantiradi. O‗quvchilarni har tomonlama rivojlan-tirishga xizmat qiladi 22 . Metodika maktab oldiga qo‗yilgan ta‘lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o‗rgatishning vazifalarini va mazmunini belgilaydi, ta‘lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta‘lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi. Metodika fani quyidagi masalalarni o‗rganadi: 1. O‗qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi. Nimani o‘qitish kerak? sawoliga javob beradi, ya‘ni boshlang‗ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta‘lim mazmunini belgilab beradi, o‗quvchilar uchun darsliklar va qo‗lanmalar yaratib, ularni takomil-lashtirib, samaradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi. 2. O‗qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o‗quvchilar amaliy ishlari - mashqlar va yozma ishlarning izchil tizimini ishlab chiqadi, ya‘ni „Qanday o‘qitish kerak?" savoliga javob tayyorlab beradi. 3. O‗quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko‗nikma hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya‘ni „Nega xuddi mana shunday o‘qitish kerak?" savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni, metodlarni o‗rganadi, tanlangan metodlarni asoslaydi, tavsiyalarni eksperimental tekshiradi. Boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o‗qitish metodikasining dast-labki bosqichi bo‗lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang‗ich sinf o‗quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o‗rgatadi. Shu bilan birga, boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasining o‗ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang‗ich sinflarda ona tilini o‗qitish grammatika, imlo va unga bog‗liq holda nutq o‗stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o‗rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o‗qish metodikalarini ham o‗z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi: 1 Umumiy o'rta ta'limning boshlang‘ich ta‘limdan davlat ta‘lim standarti va o‘quv dasturi. Respublika ta‘lim markazi – T.: 2017. 18-bet 2 Umumiy o'rta ta'limning boshlang‘ich ta‘limdan davlat ta‘lim standarti va o‘quv dasturi. Respublika ta‘lim markazi – T.: 2017. 87-bet. a) boshlang‗ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud tizimini, ya‘ni kursning (xat-savod o‗rgatish, o‗qish, grammatika, imlo, nutq o‗stirish va h.k.) dasturini belgilash va asoslash; b) o‗qish va yozuvdan bilim va ko‗nikmalarning shakllanishi jarayonini hamda bu jarayonda o‗quvchilar duch keladigan qiyin-chiliklarni o‗rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to‗g‗rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish; d) ona tilidan beriladigan o‗quv materialini o‗quvchilar aniq tushunishi va puxta o‗zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o‗quvchilarning umumiy taraq-qiyotiga, ya‘ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o‗ylashini, nutqini o‗stirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab chiqish; e) ona tilini o‗rgatish bilan bog‗liq holda maktablar oldiga qo‗yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o‗quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish. Ona tili o‗qitish metodikasi ta‘limning turli bosqichlarida o‗quvchilarning bilim, ko‗nikma va malakalarini aniqlaydi, o‗qish-ning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklarni bartaraf etish usullarini topadi. Ona tili metodikasi ta‘lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini o‗qitishning izchillik va uzluksizligini ta‘minlaydi. Maktab-gacha ta‘lim muassasasida asosan, bolalarning nutqini o‗stirish nazarda tutiladi. Boshlang‗ich sinfda o‗quvchilar nutqini o‗stirish-dan tashqari, ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o‗zlashtirishlari ham nazarda tutiladi. Boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi fani quyidagi bo‗limlarni o‗z ichiga oladi: 1. Savod o‘rgatish metodikasi.Ya‘ni elementar o‗qish va yozishga o‗rgatish. Bolalarga savod o‗rgatish pedagogika fanida-gina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki, xalqning savodxonligi mustaqillik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir. 2. Husnixat metodikasi. Boshqa fanlar kabi husnixat o‗qitish metodikasining ham o‗z predmeti bor. Husnixat o‗qitish metodika-sining o‗rgatish predmeti ta‘lim berish sharoitida chiroyli yozuvni egallash, grafik jihatdan to‗g‗ri, chiroyli yozishga o‗rgatish jarayoni hisoblanadi. 3. O‘qish metodikasi. Boshlang‗ich sinflarda o‗qish pred-metining vazifasi bolalarni to‗g‗ri, tez (me‘yorida), ongli va ifodali o‗qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi. 4. Grammatika, fonetika, so‘z yasalishini o‘rganish metodikasi. Bu bo‗lim unsurar to‗g‗ri yozuvga va husnixatga o‗rgatishni, grammatik tushunchalar, boshlang‗ich imlo malaka-larini shakllantirishni nazarda tutadi. 5. Nutq o‘stirish metodikasi. Bu bo‗lim boshlang‗ich sinflarda alohida o‗rin tutadi. Bolalar birinchi navbatda tilni, nutqni o‗quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o‗ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o‗zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfblogik shakli bilan ham og‗zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni ham egallaydilar. Metodika bolalar nutqini boyitishi, sintaktik va bog‗lanishli nutqini o‗stirishni ham ta‘minlahi kerak. Shuni aytib o‗tish kerakki, bog‗lanishli nutq maktablarda alohida bo‗lim sifatida o‗rganilmaydi, u til fanining boshqa bo‗limlari bilan bog‗langan holda shakllantiriladi. Savod o‘rgatish metodikasining maqsad va vazifalari O‘qish va yozish - nutq faoliyatining turi. Maktabda o‗qitish unsurar o‗qish va yozishga o‗rgatishdan boshlanadi. „Alifbe"ga asoslangan holda qisqa vaqt ichida o‗quvchilar o‗qish va yozishga o‗rgatiladi, ya‘ni o‗qish va yozish ko‗nikmasini egallaydilar. Savodga o‗rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo‗lgan muddatni, ya‘ni ikki o‗quv choragini qamrab oladi. Savodga o‗rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta‘lim savodga o‗rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‗rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‗ra matn-dan gap, gapdan so‗z, so‗zdan bo‗g‗in va tovush, yoki aksincha, tovush > bo‗g‗in > so‗z > gap > matn uzviy aloqada butundan bo‗lakka, bo‗lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o‗quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang‗ich ta‘limning ilk savodga o‗rgatish davridanoq, o‗quvchilar nutqini yangi so‗zlar hisobiga boyitishga alohida e‘tibor qaratiladi. "Alifbe" darsligida berilgan: yangi so‗zlar, matn, kichik hikoya va she‘rlardan foydalanib, o‗quvchilarni so‗z ma‘nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she‘riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e‘tibor beriladi. Sinfdan tashqari o‗qish darslari o‗quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borish-ga, ularni mustaqil o‗qishga, o‗qituvchi va otaonalar yordamida badiiy o‗qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Boshlang‗ich ta‘limning ilk savodga o‗rgatish davridanoq, o‗quvchilar nutqini yangi so‗zlar hisobiga boyitishga alohida e‘tibor qaratiladi. O‗qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo‗lib, u nutqqa oid malakadir. O‗qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan, ya‘ni og‗zaki hikoya qilish, o‗zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan uzviy bog‗liq holda shakllanadi. Maktabda o‗qitishning muvaffaqiyati savod o‗rgatisfming qanday tashkil etilganligiga bog‗liq. O‗quvchini savod o‗rgatish jarayonida unsurar o‗qish va yozishga o‗rgatishda o‗quvchilarning faoliyat ko‗rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari uchun talab bo‗lishi, o‗z fikrini og‗zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat va ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim. O‗qish va yozish malakasi bilan ikkinchisining muvaf-faqiyatli amalga oshuvini ta‘minlaydi. Shuning uchun ham o‗qishga o‗rgatish bilan yozuvga o‗rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan, savod o‗rgatish jarayonida bola juda ko‗p o‗qishi va yozishi zarur. O‗qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o‗qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko‗pincha o‗qilgan matnni og‗zaki yodlab olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning almashinishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o‗stiradi. O‗quvchi oldida uzoq muddatda amalga oshadigan maqsad – o‗qish va yozishni o‗rganish hamda hozirda bajarishi shart bo‗lgan kundalik maqsad – topishmoqni o‗qish va javobini topish, so‗z va gaplarni o‗qish, rasm asosida so‗zlab berish kabilar turadi. O‗zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya‘ni fonematik yozuvdir. Harbir tovushuchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O‗qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. Bu o‗qish va yozish faoliyatida o‗quvchi uchun qiyinchilik tug‗dirgandek tuyulsa-da, aslida o‗qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni ifodalovchi harflar soni uncha ko‗p emas. O‗qish va yozishni o‗zlashtirish uchun tovush va harflarning o‗zaro miiiiosabatiga oid qoidalarni o‗zlashtirish kifoY. Savod o‗rgatish metodikasida o‗zbek tili tovushlar va harflar tizimining o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi. O‘zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. O‗zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993-yil 2-sentabrdagi „Lotin yozuvi-ga asoslangan o‗zbek alifbosini joriy etish to‗g‗risida"gi qonunga muvofiq o‗zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos gratik‘shakl qabul qilindi. O‗qituvchi savod o‗rgatish jarayonida o‗quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o‗qishga o‗rgatishda o‗zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Savod o‗rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So‗z bo‗g‗inga bo‗linadi, bo‗g‗indan kerakli o‗rganilayot-gan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o‗rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o‗qish jarayoni o‗zlash-tiriladi. Bunda o‗zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgi-lash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o‗rgatishda o‗zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega: 1. Savod o‗rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi o‗zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‗. E harfi so‗z va bo‗g‗in boshida qo‗llanadi (ekin, echki, aeroplan), undoshdan keyin o‗rta keng lablanmagan unli tarzida o‗qiladi (kel, tez). Savod o‗rgatishda oldin so‗z boshida ketadigan e, so‗ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi bilan tanishtiriladi. O harfi o‗zbekcha, umumturkiy so‗zlarda quyi keng, lablangan o tovushini ifodalaydi, ruscha-baynalmilal so‗zlarda urg‗usiz bo‗g‗inda a tarzida (botanika), o‗ tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (traklor) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so‗zlar savod o‗rgatish davridan so‗ng o‗quv jarayoniga kiritiladi. A tovushi bahor, savol kabi so‗zlarda o kabi, muomala, munosabat kabi so‗zlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi. U tovushi qovun, sovun kabi so‗zlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham u yoziladi. 1 tovushi bilan, sira kabi so‗zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda doimo saqlanadi. 2. O‗zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf bilan belgilanadi. Ular quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jurnal), j (jo‘ja), k, 1, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‗, sh, ch, ng. Undoshlami o‗rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi. Alifbo davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya‘ni ovozdor tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki sonor tovushlarni bo‗g‗in va so‗z tarkibidan ajratib olish oson. Lekin ng sonor undoshi n va g undosh tovushlari va harflari bilan tanishtirilgach, o‗rgatiladi. Harf birikmalarini o‗rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning alifbe davrining oxirgi bosqichida o‗rganilishi maqsadga muvofiqdir. J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j tovushini o‗rgatish, talaffuzini tushuntirish, analitik-sintetik mashqiar yordamida ko‗nikmalar hosil qiliinadi, keyingi darsda esa sirg‗aluvchi j tovushi va lining talaffuzi o‗rgatiladi. So‗ng bu ikki tovushning talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik-sintetik mashqiar yordamida mustahkamlanadi. Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini ifodalovchi ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach, o‗rgatiladi. O‗quvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o‗qish va yozishga ko‗nikishlari lozim. Bu davrda s‘h (is‘hoq) tarzida o‗qiladigaii holatga to‗xtalmaydi. Jarangsizjufti bor jarangli undoshlar talaffuzi (b-p, d-t, p-f, g-k, Z~s kabi) haqida dastlabki amaliy tushunchalar hosil qilinadi, ularning talaffuzi va yozilishiga e‘tibor qaratiladi. X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dast-labki tushunchalar beriladi, ularni farqlash bo‗yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi. Tutuq belgisi (‗) unli tovushdan so‗ng kelsa, uni cho‗zib talaffuz qilishga, undosh tovushdan so‗ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo‗llashga doir ko‗nikmalar shakllantiriladi. Savod o‗rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh va kichik) shakli va ularning ishlatilish o‗rni o‗rgatiladi. O‗quvchilarni o‗qishga o‗rgatish bo‗g‗in asosida olib boriladi. Bo‗g‗inlab o‗qishga o‗rgatish uchun so‗zni bo‗g‗inga bo‗lishi, bo‗g‗in chegarasini aniqlashni o‗rgatish muhim sanaladi. Savod o‗rgatish davrida o‗quvchilar so‗zlarni bo‗g‗inlarga to‗g‗ri ajrata olsalar, o‗qish ko‗nikmasini ham yaxshi egallaydilar. Boshlang‘ich ta’limda o‘quv dasturi – o‗quvchilarning savodxonligini ta‘minlash, ularni og‗zaki va yozma nutqida adabiy nutq me‘yorlariga rioya qilishga o‗rgatishdan iborat. Mazkur ona tili o‗quv dasturi quyidagi bo‗limlarni o‗z ichiga oladi: 1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish. 2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish. Savodga o‗rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo‗lgan muddatni, ya‘ni ikki o‗quv choragini qamrab oladi. Savodga o‗rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta‘lim savodga o‗rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‗rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‗ra matn-dan gap, gapdan so‗z, so‗zdan bo‗g‗in va tovush, yoki aksincha, tovush > bo‗g‗in > so‗z > gap > matn uzviy aloqada butundan bo‗lakka, bo‗lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o‗quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang‗ich ta‘limning ilk savodga o‗rgatish davridanoq, o‗quvchilar nutqini yangi so‗zlar hisobiga boyitishga alohida e‘tibor qaratiladi. "Alifbe" darsligida berilgan: yangi so‗zlar, matn, kichik hikoya va she‘rlardan foydalanib, o‗quvchilarni so‗z ma‘nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she‘riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e‘tibor beriladi. Sinfdan tashqari o‗qish darslari o‗quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borishga, ularni mustaqil o‗qishga, o‗qituvchi va otaonalar yordamida badiiy o‗qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi.Bunday so‘zlarni yozilgandek o‘qish imloni o‘rganishga tayyorlaydi. Bular avval orfografik, so‘ng orfoepik o‘qitiladi.
Ma'lumki yozish san'ati yozuvchining fe'l-atvori, bilimi va qanchalik darajada mukammal insonligidan dalolat berib turadi. Insonlarning yozuvi orqali ular qay darajada savodxon ekanliklarini bilib olishimiz mumkin. Yozuvlar yuqoridagilardan dalolat berar ekan, demak biz o‘quvchilarni chiroyli va savodli yozishga o‘rgatish orqali ularda yuqoridagi sifatlarni shakllantirishga erishishimiz mumkin. O‘quvchilar ifodali o‘qish va savodli yozish orqali e'tiborli, irodali, tartibli bo‘lishga o‘rganib boradilar. Bu esa jamiyatimizda shakllanayotgan har bir shaxsga tegishli bo‘lgan fazilatlardan biridir.
Fоnеtikа tоvushlаr bilаn bоg’liq hоdisаlаrni o‘rgаnаr ekаn, dеmаk, tоvushlаr hоsil bo‘lishidа bеvоsitа ishtirоk etuvchi nutq оrgаnlаri, ulаrning vаzifаlаri, nutqdа sоdir bo‘luvchi tоvush o‘zgаrishlаri vа ulаrning sаbаblаri, nutqning fоnеtik jihаtdаn bo‘linishi vа uning аhаmiyati hаmdа tilining tоvushlаr tizimini o‘rganish uning vаzifаsigа kirаdi.Fonetikada nutq tovushlari 4 tomondan o‘rganiladi:
1) nutq organlarining nutq tovushlarini talaffuz qilishdagi harakati, ya’ni artikulyatsiyasi o‘rganiladi;
2) tovushlar qanday fizik tebranishlar natijasi ekanligi, ya’ni akustik tomonini hisobga olinadi;
3) nutq tovushlari bo‘ғin, urg’u va ohangning eshituvchi tomonidan anglab his etilishi tekshiriladi;
4) nutq tovushlarining tildagi so‘zlar, frazalar va gaplarni bir-biridan farqlash uchun xizmat qilishi, ya’ni fonologik tomoni o‘rganiladi.
Hаr bir til o‘z fоnеtikаsigа egа. U shu tildаgi tоvushlаrning hоsil bo‘lishi vа tаlаffuzining o‘zigа хоs хususiyatlаrini, uning tаsnifi bilаn bоg’liq mаsаlаlаrni o‘rgаnаdi, tаlаffuz vа yozuv munоsаbаtlаrini hаmdа urg’u vа bo‘g’in xususiyatlаrini tеkshirаdi.Fonetikani o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati bor. Tilning talaffuz alomatlari nazariy jihatdan o‘rganiladi. Fonetika amaliyotda keng qo‘llaniladi. Tilning tovush tarkibini yaxsh o‘rganishda, orfografiya masalalarini to‘g’ri hal qilishda, yozuvi bo‘lmagan xalqning yozuvini yaratishda, eski yozuvdan yangi yozuvga o‘tishda, chet el tillarini o‘rganishda, tili chuchuk bolalarning tilini tuzatishda va boshqa sohalarda fonetikaning ahamiyati nihoyatda kattadir.
Tilning tоvush sistеmаsini o‘rgаnishdа qo‘yilgаn vаzifаlаrigа ko‘rа fоnеtikаning а) umumiy fоnеtikа, b) tаriхiy fоnеtikа, v)qiyosiy fоnеtikа, g) tаvsifiy fоnеtikа, d) ekspеrimеntаl fоnеtikа kаbi turlаri аjrаtilаdi.
Umumiy fоnеtikа - turli tipdаgi tillаrning nutq tоvushlаrining хilmа-хilligini o‘rgаnuvchi bo‘lim. Umumiy fonetika sifаt jihаtdаn turli tillаrdа insоn nutq аppаrаtining tоvush hоsil qilish imkоniyatlаrini,nutq оrgаnlаri yordаmidа tоvushlаrni hоsil qilish usullаri vа ulаrdаn nutqdа fоydаlаnish imkоniyatlаrini o‘rgаnish kаbi mаsаlаlаr bilаn shug’ullаnаdi.
Tаriхiy fоnеtikа - mа’lum bir tilning tоvush sistеmаsini tаriхiy rivоjlаnishdа o‘rgаnаdi, ya’ni til tаrаqqiyotining turli dаvrlаridа tоvush sistеmаsidаgi tаriхiy o‘zgаrishlаrni, ulаrning o‘zgаrish sаbаblаrini tеkshirаdi.
Qiyosiy fоnеtikа - qаrindоsh tillаrning tоvush sistеmаsi munоsаbаtlаrini o‘rgаnаdi. Mаsаlаn, turkiy tillаrning qiyosiy fоnеtikаsi, slаvyan tillаrining qiyosiy fоnеtikаsi kаbi.
Tаvsifiy fоnеtikа yoki fоnоlоgiya mа’lum bir til tаrаqqiyotining mа’lum bir dаvri оrаlig’idаgi tоvush sistеmаsini o‘rgаnish bilаn shug’ullаnаdi. Ilmiy-tаvsifiy fоnеtikа tоvushlаr dinаmikаsi bilаn hаm shug’ullаnаdi, u tilning fоnеtik sistеmаsini hоsil qilishdа til tаriхini chеtlаb o‘tmаydi.
Ekspеrimеntаl fоnеtikа - nutq tоvushlаrining fiziоlоgik vа аkustik хususiyatlаrini turli хil аsbоb-uskunаlаr yordаmidа o‘rgаnаdi. Tеkshirishning ushbu usuli nutq tоvushlаrining аlоhidа bеlgi-хususiyatlаrini аniq bеlgilаshgа imkоniyat yarаtаdi.
Nutqning fonetik qismlarini o‘rganishiga qarab fonetika ikki turli bo‘ladi: segmental fonetika va supersegmental fonetika. Nutq tovushlari hosil bo‘lishi va uning xususiyatlarini o‘rganuvchi fonetika segmental (segment-nutq bo‘lagi) fonetika deyiladi. Nutq tovushlaridan katta bo‘lgan fonetik birliklar: bo‘g’in, so‘z va frazalarni o‘rganuvchi fonetikaga esa supersegmental fonetika deyiladi yoki prosodika deyiladi.
Asosiy fonetik birliklar: fraza, takt, bo‘g’in, nutq tovushlari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
4-sinf ona tili darslarida fonetikani o‘rgatish tizimi mundarija kirish I bob. Boshlangʻich sinflarda fonetikani o‘rganishning ilmiy-metodik asoslari
|